Telegram Web Link
O‘zDJTSUda suv sport turlarini rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-noyabrdagi “Suv sporti turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 382-son Qarorida bir qator ustuvor vazifalar belgilab berilgan.

Ushbu qarorda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Toshkent viloyati sport boshqarmasi hamda “Uzbekistan Aquatics” federatsiyasi Toshkent viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda talablar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda suv sport turlarini rivojlantirish istiqbollari mutaxassislar ishtirokida keng muhokama qilindi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
"Besh tashabbbus olimpiadasi" doirasida 30 yoshdan yuqori bo'lgan aholi o'rtasida "Mahalla ligasi" musobaqasining mahallalararo sektor bosqichlari davom etmoqda

Andijon viloyatining Marhamat tumanida sektorlararo 30-yoshdan yuqori boʻlgan fuqarolar oʻrtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning shaxmat, shashka hamda mini futbol turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi.

Qizgʻin tarzda oʻtkazilgan bellashuvlarning gʻolib va sovrindorlari musobaqaning keyingi tuman bosqichiga yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi.

Eslatib o'tamiz birinchi bosqich musobaqalari joriy yilning 30-iyun sanasiga qadar davom etadi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2025/06/30 18:48:18
Back to Top
HTML Embed Code: