Telegram Web Link
Termiz shahrining Bog’ishamol hamda Shodlik mahallalarida 2 ta zamonaviy universal sport maydonchalari qurilib, foydalanishga topshirildi

Avval xabar berganimizdek, Sport vaziri Adkham Ikramovning Surxondaryo viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari davomida hudud aholisining sport bilan shug’ullanishlari uchun qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida zamonaviy sport maydonchalirini bunyod etish borasida mas'ullarga tegishli topshiriqlar berilgan edi.

Shundan so’ng o’itgan qisqa fursat mobaynida Termiz shahrining Bog’ishamol hamda Shodlik mahallasida 2 ta zamonaviy universal sport maydonchalari qurilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu inshootlarning ochilish marosimida Termiz shahar hokimligi, Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Ushbu sport maydonchalari yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib, ularning sport bilan faol shug’ullanishlariga xizmat qiladi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Oʻq otish sporti boʻyicha Oʻzbekiston chempionati gʻolib va sovrindorlari taqdirlandi

Poytaxtimizda oʻq otish sporti boʻyicha U21 yosh toifasidagi Oʻzbekiston chempionati yakuniga yetdi. Bugun musobaqaning gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi tashkil etildi.

Rasmiylar shohsupaga koʻtarilgan merganlarni erishgan muvaffaqiyati bilan qutlab, ularga kelgusi musobaqalarda ham omad va yangi gʻalabalar tilashdi. Taqdirlash marosimida Sport vaziri oʻrinbosari Shaxrillo Maxmudov ishtirok etdi.

Mazkur chempionat terma jamoa murabbiylar shtabiga asosiy tarkib uchun zaxira sportchilarini koʻzdan kechirish imkoniyatini taqdim qildi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2025/06/30 13:47:58
Back to Top
HTML Embed Code: