Telegram Web Link
21–28 iyun kunlari Toshkent shahridagi Jar sport sog‘lomlashtirish markazi voleybol sport turi boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiga mezbonlik qildi.

Musobaqada erkaklardan 20 ta va ayollardan 14 ta jamoalar ishtirok etib, O‘zbekiston chempionligi uchun kurashdi. Har ikki toifada jami 400 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etdi.

Ayollar jamoasi:

🥇 1-o’rinADPI” terma jamoasi
🥈 2-o’rin “NamDU
terma jamoasi
🥉 3-o’rin “BuxDU” terma jamoasi


Erkaklar jamoasi:

🥇 1-o’rin Road patrul terma jamoasi
🥈 2-o’rin Matonat terma jamoasi
🥉 3-o’rin Uztelekom terma jamoasi


Bundan tashqari turli nominatsiyalar boʻyicha ham voleybolchilar munosib taqdirlanishdi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍63
Ilk bor akademik eshkak eshuvchimiz Jahon kubogida shohsupaga koʻtarildi

Shveysariyaning Lyusern shahrida akademik eshkak eshish boʻyicha Jahon kubogi bahslari oʻtkazilmoqda. Quvonarlisi, unda Oʻzbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor mazkur toifadagi musobaqada dastlabki medalini qoʻlga kiritdi.

LM1x dasturida (yengi vaznli yakkalik) kechgan bahslarda Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi Shahzod Nurmatov marraga uchinchi boʻlib yetib keldi va bronza medaliga sazovor boʻldi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍73
🥊 Andijonda sportning boks turi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida viloyat chempionatiga start berildi

Shahrixon tumani olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida boks sport turi bo‘yicha U-17 yosh toifasidagi o‘smirlar o‘rtasida viloyat chempionati rasman boshlanib, musobaqani Andijon viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i va viloyat boks federatsiyasi ijrochi direktori Oʻ.Toshpo‘latov ochib berdi.

Musobaqada viloyatning barcha tuman va shaharlaridan U-17 yosh toifasidagi jami 224 nafar iqtidorli yosh bokschilar ishtirok etib, g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashmoqda.

Mazkur saralash bosqichi 3-iyul kunigacha davom etadi va g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilar mamlakat miqyosida o‘tkaziladigan respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍5👏1🎉1
2025/07/13 21:21:44
Back to Top
HTML Embed Code: