Telegram Web Link
💼 "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlari — aholi salomatligini mustahkamlash yo‘lida muhim qadamlardan biri

⚡️ Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida shahar hokimligi, sport maktabi, Toshkent kimyo texnologiyalar instituti Yangiyer filiali, Mahalla uyushmasi, Nuroniylar jamg‘armasi bo‘limi hamkorlikda aholining sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faolligini oshirish hamda salomatligini mustahkamlash maqsadida "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarini o‘tkazish jarayonlariga start berildi.

Mazkur tadbirda 30 yoshdan 70 yoshgacha va undan katta yoshdagi fuqarolar faol ishtirok etmoqda. Sport sinovlari aholining jismoniy holatini baholash, ularni sportga jalb etish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qiladi.


Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏21🥰1🎉1
🏆 Bahrayn-2025: Nasima Mamirova delegatsiyamizga yana bir kumush medalni taqdim qildi

III Osiyo yoshlar oʻyinlarining bugungi bellashuvlarida delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi medal qoʻshildi. Yengil atletikaning 2000 metrga stipl-chez yugurish dasturida ishtirok etgan hamyurtimiz Nasima Mamirova marra chizigʻini ikkinchi boʻlib kesib oʻtdi va kumush medalga sazovor boʻldi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍104🎉2
Dinara Safina Toshkentda yosh tennischilar uchun master-klass o‘tkazdi
 
Bugun Olimpiya shaharchasida mashhur rossiyalik tennischi, 2009-yilgi dunyo reytingida birinchi raketkasi va “Katta Dubulg‘a” turnirlari finalchisi Dinara Safina ishtirokida master-klass bo‘lib o‘tdi.
 
Mazkur tadbir ITF W15 Tashkent xalqaro ayollar tennis turniri doirasida tashkil etildi.

Avval xabar berganimizdek, turnir 2025-yil 20–26-oktabr kunlari Toshkentda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) va O‘zbekiston tennis federatsiyasi hamkorligida o‘tkazilmoqda.
 
Dinara Safinaning master-klassi o‘nlab yosh sportchilar, murabbiylar va tennis ixlosmandlarini bir joyga to‘pladi.

Ishtirokchilar afsonaviy tennischi bilan bevosita muloqot qilish, savollar berish va u bilan birgalikda kortda mashq o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
 
Mashg’ulot davomida Dinara texnika, psixologik tayyorgarlik va intizomning ahamiyati haqida so‘zlab, muvaffaqiyat siri o‘yinga muhabbat va mehnatsevarlikdan boshlanishini ta’kidladi.
 
Mashg‘ulotdan so‘ng matbuot anjumani, fotosessiya tashkil etildi, unda sportchi jurnalistlar hamda yosh tennischilar savollariga javob berdi.
 
“Eng muhimi — har safar kortga chiqqanda jarayondan zavq olish. Muhim narsa faqat g‘alaba emas, balki o‘sish va o‘zingga ishonchdir. Men o‘zbekistonlik bolalarning ko‘zida o‘zim boshlagan paytdagi ishtiyoqni ko‘rdim”, — dedi Dinara Safina ishtirokchilar bilan suhbat chog‘ida.
 
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
6👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari yangi barpo etilgan Olimpiya shaharchasida bo‘lib, u yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, faoliyat olib borayotgan sport ustalari va murabbiylari bilan fikr almashdi.


Veb-sayt|Telegram| Facebook| YouTube| InstagramXParlamentTV_RADIO| Yoshlar parlamenti
👍4🥰1👏1
2025/10/31 05:37:57
Back to Top
HTML Embed Code: