Telegram Web Link
"Portu" 2:2 "Manchester Yunayted"

Birinchi bo'lim haqida
👍151
👍12
"Portu" 3:3 "Manchester Yunayted"
👍10
Fernandeshning qizili
👍10
Bugun nafaqat maydonda, balki tribunalarda ham oʻziga xos "kurash" boʻladi. Mamlakatimizning eng zoʻr fan-klublari qanday muxlislik qilish kerakligini ko'rsatib qoʻyishadi 🔥

Umid qilamizki, futbolchilar ham finalga xos oʻyin ko'rsatishadi!

Siz bugun qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?

Muhammadali
👍212
"Andijon" klubi muxlislarini tabriklayman!🔥
1🔥31👍10😁32
Katanes salomatligi yomonlashgani sababli oktabrdagi yig'inni o'tkazib yuborishidan xabar topdingiz. Termamiz eng muhim pallada bosh murabbiysiz Eron va BAAga qarshi o'yinlar o'tkazishi, albatta yomon holat. Uni ustiga bu sog'liq bilan bog'liqligiga, odam nimadir deyishga ham qiynaladi. Lekin Katanesda bu holat birinchi marta emasligi va u, takrorlansa, termadan o'zi ketishini aytgandi. Biroq uni eng muhim bosqichda ketkazish ham to'g'ri emas. Bu esa O'FA uchun vaziyatni yanada qiyinlashtiradi.

Uning o'rniga yordamchilari ishlashi ma'lum. Ammo bu xabar chiqquncha, tarmoqlarda Kapadze ishlashi mumkinligi aytilgandi. Bu shunchaki mish-mish bo'lib qoldi (hozircha). Balki Kapadze terma jamoa boshqaruviga kelmagani ham to'g'ridir, chunki ikki o'yinni deb uni qurbon qilib yuborish hech gap emas. Ya'ni, agar kutilgan natija qayd etilmasa, ta'tilda, uyida tinchgina o'tirgan Kapadze ham tanqidlar ostida qoladi.

Boshqa tomondan, Katanes keyingi o'yinlarda bo'ladimi? Balki shu pallada o'zgarish qilish to'g'ridir? Lekin avvalgi saralashlardagi tajribamiz shuni ko'rsatadiki, bu bosqichda murabbiy almashtirish foydasiz va bu bosqichni boshlagan murabbiy, o'zi yakunlaganida, JChga chiqardik degan farazlar qolgan, xolos.

Agar murabbiy oxir-oqibat o'zgartirilsa, yana o'sha gapga qaytamiz - Kapadzedan yaxshiroq variant yo'q. Chet ellik murabbiy hozirgi boshqichda rulga o'tirib, bizga natija olib kelishiga ishonish juda qiyin. Kapadze esa termamiz bir necha yildan beri qanday uslubda, tarkibda o'ynayotganini yaxshi biladi, balki o'yinlar davomida, o'zi ham jamoaning bahslarini ko'ra turib, nimani o'zgartirish kerakligini tahlil qilib yurgan ham.

Muhammadali
👍13
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Messi va Iniestaning bir jamoada o'ynashi futbol qoidalariga zid edi!)

Muhammadali
10🔥54👍9👏3🤔1
Bugun yana men va dodam O'zbekiston terma jamoasini qo'llab-quvvatlashga stadionga boramiz.

O'tgan yili "Bunyodkor" stadionida terma jamoalar 2:2 hisobida durang o'ynaganini ham birga tomosha qilgandik. Bugun ham shunday shiddatli o'yin bo'lishi shubhasiz. Ammo bu safar biz futbolchilarimizdan g'alaba kutamiz!

Muhammadali
1👍17615🤔7
Oʻzbekiston - Eron

Qisqa fikr bildiraman deb boshladim, lekin Vatan jamoasi o'ynar ekan, qisqa gapirish mushkul.

Muhammadali
🔥22👍10
Shimoliy Koreya 86-daqiqada gol kiritib, BAA bilan durang qayd etdi! Koreyaliklar bu saralashda nafaqat bizni, balki boshqa raqiblarni ham hayron qoldirishda davom etmoqda! Endi BAAda 4 ochko. Biz bilan farq 3 ochko.

Muhammadali
👍52
Bugun ham dodam bilan birga g'alaba qozonishimizga ishongan holda "Bunyodkor" o'yingohiga yo'l olamiz. Asosiy futbolchilarimizdan ba'zilari maydonga tusholmas, lekin raqibda ham shunday holat. Ob-havo esa qanday bo'lishidan qat'iy nazar, ikki terma ham teng sharoitda o'ynaydi.

Tarkib va taktika haqida gapirishga hojat yo'q. Chunki kutilmagan o'zgarish bo'ladi, deb o'ylamayman. Agar hujumga chiqayotganda Eron bilan o'yin kabi BAAga qarshi ham faqat Eldor tomon krosslar amalga oshirilaversa, shedevr maqolada aytilganidek: Eldor oʻsha uch futbolchini aldab oʻtib gol ursin-da...

Muhammadali
👍25
Stadionda internet ishlamaydi. Barchani g'alaba bilan tabriklayman! O'yin haqida fikrlar keyinroq
👍36
Телеграмдаги энг сифатли каналлардан бири ФУТБОЛИЩЕЕЕнинг янги каналига обуна бўлинг 👇

https://www.tg-me.com/+5UAAk2Pz0EliNzAy
https://www.tg-me.com/+5UAAk2Pz0EliNzAy
👍8
Forwarded from Zuhriddin Qilichev
Улар учрашди

Йиллар ўтиб кетди, лекин бу иккиси яратган шедевр тренддан тушгани йўқ.



📲 @zuhriddin_qilich
😁84👍6🔥1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁6👍5
Bugun Zo'rTV orqali 23:50 dan "Real Madrid" - "Borussiya D" uchrashuvini tomosha qilishingiz mumkin. Agar uyqingiz kelmasa, 2:00 da "Yuventus" - "Shtutgart" bahsini tomosha qilishga taklif qilaman.

Motta boshchiligida turinliklar ichki chempionatda bor yog'i bitta to'p o'tkazib yuborishgan. O'sha ham penaltidan kiritildi. Birorta mag'lubiyat yo'q. Lekin duranglar va g'alabalar soni teng - 4 tadan. Shu vaqtgacha "Yuve" jiddiy raqiblardan "Roma" (0:0), "Napoli" (0:0) va "Latsio" (1:0) bilan o'ynadi va faqat "Latsio"ni mag'lub eta oldi. "Latsio" himoyachisi Romanyoli 24-daqiqada qizil olganidan keyin, Motta jamoasi to'liq ustunlik bilan o'ynadi va minimal hisobda g'alaba qozondi. Qiziq, hozircha "Yuve" yaxshi o'yin ko'rsatayotgan bo'lsa-da, lekin katta jamoalarga qarshi o'yinda ulardan ustun ekanligi sezilmayapti. Aslida hammasi joyidadek, chunki "keksa senyora" Chempionlar Ligasida yorqin o'yinlar bilan 2 bahsda 2 g'alabaga erishdi. Birinchi turda "PSV" mag'lub etildi (3:1), ikkinchi turda esa bir kishi kam bo'lib qolib, 2:1 hisobida mag'lub bo'layotganda kambek amalga oshirib, 3:2 bilan g'alaba qozondi!

Bugun esa ular Germaniyaning "Shtutgart" jamoasi bilan o'ynashadi. "Shtutgart" o'tgan mavsum "Bavariya"ni ortda qoldirib, Bundesligada ikkinchi o'rinni egallagandi. Asosiy hujumchisi Girassi esa to'purarlar ro'yxatida Keyndan keyin 28 gol bilan ikkinchi bo'lgan (Girassi "Borussiya D"ga transfer qilindi). Ammo bu mavsum jamoaga stabillik yetishmayapti. Balki ikki turnirda ishtirok etayotgani ham ta'sir qilayotgandir. Jamoa 7 o'yinda 2 g'alaba, 3 durang va 2 mag'lubiyat qayd etib, 9 ochko bilan 10-o'rinda bormoqda. Shu vaqtga qadar Sebastyan Hyoness jamoasi jiddiy raqiblardan "Frayburg" (1:3), "Borussiya D" (5:1), "Bavariya" (0:4) bilan o'ynadi va bitta o'yinda g'alaba qozondi. Chempionlar Ligasida esa: "Real Madrid" 1:3) va "Sparta Praga" (1:1). Hozircha g'alaba yo'q.

Bu mavsum ichki chempionatda bitta gol o'tkazgan "Yuve"ga qarshi, 15 ta gol o'tkazgan "Shtutgart" o'rtasidagi bahsda Turin klubi favorit maqomida. Ammo "Real" bilan o'yinda ko'rdik-ki, nemislarda aslida o'yin tomonlama barchasi joyida, biroq buni har doim ham natijada akslantira olishmayapti. Bugun qanday hisob qayd etilishidan qat'iy nazar, tomoshabop futbol bo'ladi deb o'ylayapman.

Muhammadali
🔥11👍9
2025/07/08 15:40:13
Back to Top
HTML Embed Code: