Telegram Web Link
Nasrullayev va Alijonov avvalgi o'yinlardan farqli, o'yin boshidan juda oldinga chiqib o'ynayaptimi yoki menga shunday tuyildimi? Shu kungacha bo'lgan bahslarda dastlabki daqiqalarda bu darajada oldinga chiqishmasdi, menimcha.
Biroz avval Abbos zarba yo'llagan hujumda Alijonov to'pni jarima maydoni ichida turgan Boburga emas, balki ortga uzatdi. Avvalgi bahslarda esa Eldor bir o'zi bir nechta himoyachilar bilan turgan bo'lsa-da, ikkinchi qavatga uzatma amalga oshirilaverardi. Buyam katta o'zgarish) chunki ko'pchilik mana shu jihatni tanqid qilayotgandi. Ya'ni, hujumlar rang-barang emas, faqat ikkinchi qavatga uzatma beryotgandik.
Muhammadali
Biroz avval Abbos zarba yo'llagan hujumda Alijonov to'pni jarima maydoni ichida turgan Boburga emas, balki ortga uzatdi. Avvalgi bahslarda esa Eldor bir o'zi bir nechta himoyachilar bilan turgan bo'lsa-da, ikkinchi qavatga uzatma amalga oshirilaverardi. Buyam…
Jarima maydoni tashqarisidan kamida 3 ta zarba yo'lladik. Bir qancha himoyachilar qurshovida turgan yagona hujumchining boshiga to'pni oshirgandan ko'ra, mana shu usul ancha xavfli chiqyapti, sizlar ham sezyapsizlarmi?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
30-daqiqa.

Toshkentdagi dastlabki yarim soatlik va mehmondagi 30 daqiqalikni solishtirsak, bugungisida yaqqol ustunligimizni ko'rsatyapmiz.

Nega biz (sifatli maydonda) o'z muxlislarimiz qarshisida emas, mehmonda, hatto abgor maydonda yaxshiroq o'ynaymiz? Qiziq, doim shunaqa nima uchundir. O'z muxlislarimiz o'zimizga ortiqcha bosim qiladimi yo?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Golga loyiq vaziyatlar yaratib bo'lgandik! Golni o'zi ham yetib keldi! Abbos!
Iltimos, shu o'yin uslubini saqlab qolaylik. Butun boshli ikkinchi bo'limda 1:0 ni saqlashga urinish - mag'lubiyatga teng.

Eronga qarshi hisobda ortda borayotganida, koreyslarning hujumdagi haqiqiy kuchini ko'rdik.
Шимолий Корея бугунгача бешала ўйинидаям биринчи бўлиб гол ўтказиб юборган. БАА ва Қатар билан ўйинларда ҳисобни тенглаштира олди. Эрон билан 0:3 ни 2:3 га айлантирди. Тошкентдаги ўйинда пеналтидан ҳисобни тенглаштириш имкониятига эга бўлганди.

Яъни, кореяликлар гол ўтказгандан кейин ҳам ўйинга қайта олиш характерига эга. Шунинг учун ортиқча эҳтиёткорликка ўтмасдан, иккинчи голни уриш лозим.

@aslanov_futbol
Nega Bobur?
Bobur yaxshi o'ynasa ham, baribir zaxiraga olinarkan, bechora.
Shu darajada himoyada o'ynayapmiz-ki, gol o'tkazishimiz kutilmagan holat bo'lmaydi.
Hisobni saqlashga o'ynash ham ikki xil bo'ladi: biri to'liq himoyaga yotib, kelgan to'pni tepib yuborish. Yana biri to'pni olib, o'yinni nazorat qilish, kerak vaqtda, imkon bo'lganida hujumga o'tish.

Biz ko'proq birinchi variantni qo'llayapmiz. To'pni olgach, 2-3 uzatmadan keyin yo'qotyapmiz
Mendan chiroyli o'yin emas, natija so'rang deganida, biz bunchalik bo'ladi deb o'ylamagandik.
Keyingi o'yinlar martda. Yangi yilni yangi murabbiy bilan boshlash uchun bundan ortiq sabab bo'lishi mumkin emas.
O'tkir yana penaltini qaytardi!!!!!
0:0 пайтида
Ўзбекистон - Шимолий Корея

Зарбалар: 15 - 1
Рақиб яриммайдонида пас: 98-50
Рақиб жарима майдонида тўп тегиниш:  24:1

1:0 пайтида.

Зарбалар: 1-7
Рақиб яриммайдонида пас: 34-107
Рақиб жарима майдонида тўпга тегиниш: 1:8

Нега бунчалик ётиш керак?
Юсупов, маладес. Агар ютсак, 4 очко Ўткирники бўлади.

@aslanov_futbol
O'tkir Yusupooovv!!!
Ўткир Юсупов умрининг охиригача, аниқроғи, ўзи хоҳлаб, «бўлди, бошқалар ўйнасин» демагунча, терма жамоа дарвозасида туришга ҳаққи бор, бугундан бошлаб.

@aslanov_futbol
Hartugulee
2025/07/06 06:56:28
Back to Top
HTML Embed Code: