Telegram Web Link
🇪🇸"Real"da endi faqat bitta La Liga qoldi. Chempionlik uchun imkoniyat bor va "qirollik klubi" ham bor e'tiborini ushbu turnirga qaratadi🔥

📺Bugun Anchelotti jamoasi "Selta"ga qarshi maydonga chiqadi. Yaqinda "Barsa" bilan 4:3 hisobida shou uyushtirib bergan vigoliklar poytaxt jamoasiga qanday qarshilik ko'rsata oladi?🔄

Mazkur uchrashuvni bugun soat 17:00 da 📺Setanta Sports 2 telekanali yoki 📺 setantasports.com platformasi orqali tomosha qiling❗️

📱Shuningdek 📺 Setanta Sports Football YouTube kanalida 🇺🇿o'zbekcha sharhda tomosha qilishingiz mumkin✔️

17:00 | "Real Madrid" ⚡️ "Selta"
Havola:
youtu.be/MDnO6_v4yXQ
🎧Sharhda: Muhammadali Muhammadkarimov

📺 @setanta_uzb

#Football #LL #Matchday
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Lekin, baribir, toʻliq murabbiylar shtabini ayblashdan yiroqman. Nega transferlar qilinmadi? Nega qishda Karvahalning o'rni to'ldirilmadi, exxe bunday savollar koʻp va ular Anchelottiga emas!
"Bavariya" muxlislarini tabriklayman, ular Bundesliga chempionligi, oʻzi umuman ichki sovrinlarga o'rganib ketishgan. Lekin Harri Keyn uchun xursandman. Uning darajasidagi futbolchilar koʻplab sovrinlar qalashtirib tashlashgan, lekin Harri birinchi chempionligini qoʻlga kiritdi.
Ba'zi futbolchilar bo'ladi, ularni boshqa klubda tasavvur qila olmaysiz. Chunki siz futbol ko'rishni boshlaganingizdan beri yoki o'sha futbolchi prof futbolga qadam qo'yganidan beri faqat bir klubda to'p suradi.

Men TAAni shundaylar qatorida ko'rardim. Ya'ni, uni tanibmiz-ki, qizil libosda. Hech-da u "Liverpul"dan ketadi deb o'ylamagandim. Sababi, Liverpul shahrida tug'ilgan, 6 yoshidan shu klub akademiyasida o'ynashni boshlagan. U asosiy jamoaga qo'shilgan yillari "qizillar" kuboklar uchun da'vogar klubga aylandi va bir necha sovrinlar qo'lga kiritdi ham.

Angliyaning eng zo'r klublaridan birida to'p sursang, seni hamma yaxshi ko'rsa, APL dunyoning eng tomoshabop ligasi bo'lsa, ingliz futbolchisi uchun bundan ortiq cho'qqi bormi?

Kamdan-kam inglizlar APLdan tashqarida o'ynagan (o'ynaydi) va har doim ham faoliyati muvaffaqiyatli bo'lavermagan. Lekin Trent komfort zonadan chiqishni istaganini aytdi. U o'zini boshqa klubda ham sinab ko'rmoqchi. Katta ehtimol keyingi manzil - Madrid.

Shu nuqtada o'ylab qolasan, balki ketishiga sabablardan biri maosh bo'lsa-chi? Bo'lishi mumkin, chunki "Liverpul" maosh masalasida boshqa grandlarga qaraganda, moliyaviy tomondan u qadar "baquvvat" emas. Trent ba'zi saytlardagi ma'lumotlarga qaraganda, "Liverpul"da 9-10 mln funt yillik maosh oladi. Bu menimcha Salah va Van Deykdan keyingi uchinchi ko'rsatkich. Balki "Real" Trentning bu boradagi talabiga mos taklif bergandir.

Nima bo'lganda ham Aleksander-Arnoldning keyingi faoliyatini kuzatish qiziq. U zamonamizning eng yorqin futbolchilaridan biri. Aynan futbolchilardan dedim, chunki uni himoyachi deb atash qiyin, balki keyinchalik pozitsiyasini ham o'zgartirib yuborar. Ayniqsa "Real"ga shunday o'yinchilar hozir juda zarur)

Muhammadali
Aynan ikki qanot futbolchisi tashkil qilgan gol! Jerar Martendan uzatma Erik Garsiyadan gol!
"Barsa"ning qarshi hujumi shu vaqtgacha "Inter" tashkil qilgan barcha qarshi hujumidan xavfli chiqdi. Yana Jerardan pas, Erikdan zarba, lekin bu safar Zommerrrdan super seyv!!
"Barsa"dan doimiy ish! Remontada!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Birinchi boʻlimda "Inter" gʻalabaga haqli boʻlgani kabi, ikkinchi boʻlimda "Barsa" yutishga haqli! 3:2
Dahshat!!!
Marchinyak boshqargan JCh finalida ham 3:3 hisobi qayd etilgandi!
Sharhlovchi orzu qiladigan oʻyin bu!
Yamal soʻnggi nuqtani qoʻyadigan oʻyin boʻlyapti!
4:3. Frattezi! Bunaqa oʻyinlarni stadiondan tomosha qilish kerak edi!!
Kim yutsa ham bunga haqli edi! Ikki jamoa ham bizga tarixiy oʻyinni taqdim etishdi, rahmat!
Bu mavsum ham dramatik uchrashuvlar, so'nggi daqiqalarda kiritilgan gollar va kambeklar boy o'tyapti. Kecha ham deyarli futbolda mavjud bo'lgan barcha ssenariylarni o'zida jam qilgan jangni tomosha qildik. Sharhlovchi orzudagi o'yin bo'ldi. Davron aka ham "Juzeppe Meatsa"da o'tirgan sharhlovchidan kam emotsiya bermadi. Futbolchilar maydonda qancha mashaqqat cheksa, sharh ham katta kuch talab etadi. Futbolchi 90 yoki 120 daqiqa uchun kuchini balanslashtirsa, sharhlovchida ham shunday. Super o'yin, super sharh!

Bugun esa finalning ikkinchi ishtirokchisi aniqlanadi. Rostini aytaman, yarim finallar oldidan "PSJ" - "Arsenal" juftligi "Barsa" - "Inter" qarama-qarshiligidan yorqinroq o'tsa kerak, deb tahmin qilgandim. Ammo birinchi o'yinlardan keyin, bu tahmin o'zini oqlamadi. Kecha Italiyada o'tgan olovli o'yindan so'ng, bundan-da super o'yinni finalda ham ko'rmasak kerak degan fikr keldi.

Ammo men bugungi juftlikdan ham fantastik o'yin kutyapman. Arteta o'zining eng zo'r mavsumini o'tkazmoqda, Enrike jamoasi esa men ko'rgan "PSJ" orasidagi eng kuchlisi! Titanlar jangi!

Hasan aka bilan birga Zo'rTV'da sharhlaymiz!

Muhammadali
2025/06/30 17:36:54
Back to Top
HTML Embed Code: