Telegram Web Link
Tarkiblar maʼlum.

Dembele zaxirada. Ikkinchi boʻlimda baribir maydonga tushsa kerak.

Parti qaytgani hisobiga Merino markaziy hujumda.
Гармония – это когда в составе есть классные игроки, но они еще не в том статусе, когда команда играет на них, а не они на команду. Это когда тренер получает все необходимые ему инструменты и может строить именно то, что хочет, не идя на компромиссы. Идеально, когда всю эту гармонию сзади поддерживает Доннарумма, у которого как будто есть волшебная кнопка «Не пропускать».

Этот «ПСЖ» – сочетание гармонии с мастерством на грани читерства. Но.

«Арсенал» в двух полуфинальных матчах создал 4,8 xG. Хватило бы своевременно реализовать половину, чтобы эта гармония не прошла в финал. Стоит отдать должное таким усилиям.
Forwarded from OBZOR TV (Bakht1y0r)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇪🇺UEFA Chempionlar ligasi

Yarim final Javob o'yini

🗼"PSG" ⚔️ "Arsenal"⚽️

Barcha vaziyatlar: Hasan Turdialiyev va Muhammadali Muhammadkarimov sharxida

TO'LIQ O'YIN 👈👈👈👈👈👈👈

@OBZORTVUZ
Futbol obzorlar kanali !
https://www.tg-me.com/+aAXoXhgP0WJjODAy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇩🇪"Bavariya" chempionlikni qoʻlga kiritgandan soʻng, birinchi oʻyinini 🇩🇪"Borussiya M"ga qarshi oʻtkazadi!

Ushbu uchrashuvni soat 21:30 da 📺Setanta Sports 2 telekanali yoki 📺 setantasports.com platformasi orqali tomosha qiling❗️

📱Shuningdek 📺 Setanta Sports Football YouTube kanalida 🇺🇿o'zbekcha sharhda tomosha qilishingiz mumkin✔️

21:30 | "Bavariya" ⚡️ "Borussiya M"
Havola:
youtube.com/live/y8QW-0F7PGc
🎧Sharhda: Muhammadali Muhammadkarimov

📺 @setanta_uzb

#Football #BL #Matchday
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2011-yil, Ispaniya kubogi finali, "Barselona" 0:1 "Real Madrid".

Kechagidek esimda, asosiy vaqt 0:0 bilan yakunlandi, ekstra taymlarda "Real"ning chap qanotdan tashkil etgan kombinatsiyasi, Di Mariyadan ideal uzatma va Ronaldu deyarli ikki metrga sakrab Pintu darvozasini ishg'ol etdi!

Bu men televizorda ko'rgan birinchi yevrofutbol. Shunday qilib 11 yoshli bolakayning dodasi bilan kechasi tomosha qiladigan klasikolari boshlangan.

Gvardiola - Mourinyo qarama-qarshiligi eng yuqori cho'qqiga chiqqan vaqti men futbolni katta qiziqish bilan tomosha qilardim. Messining super gollari, Ronalduning fenomenal o'yinlarini ko'rib zavqlanardim. Marselo va Dani Alvesdek himoyachilar boshqa hech qachon dunyoga kelmasa kerak deb o'ylardim. Futbolchi bo'lish xohishi eng yuqori nuqtaga chiqqan vaqtlar. Keyinchalik esa sharhlovchi bo'lish niyatida o'yinlarni endi shunchaki tomosha qilish emas, ekran ortidagi ovozni yaxshilab tinglab, uning so'zlarini qaytarishga, taqlid qilishga o'tilgan vaqtlar...

Negadir klasiko deganda menda bolalikdagi xotiralar kelaveradi. O'sha yillar hamma klasikolarni dodam va ukam bilan birga tomosha qilardik. Dodam "Barsa" muxlisi, ukam esa "Real"ga muxlislik qilardi. Qandaydir beg'ubor, zo'r davrlar edi. (Gapirgan gapiga turib bera oladigan, o'z-o'zidan so'kib ketmaydigan zamonlar.) Dodam jamoasi yutqazsa ham, negadir hech sharhlovchini so'kmas, hakamni ayblamasdilar. Raqib muxlisini hurmat qilib, ukamni va "Real"ga muxlislik qiladigan do'stlarini yaxshi oʻyin bilan tabriklardilar. Men shunday atmosferada o'sganib uchun, futbolni rohatlanib ko'raman.

Ayniqsa, o'sha yillar qaysidir klasikoni Murod aka va Davron aka birgalikda sharhlaganlari yodimda. Mazza qilganman, rosti. Havas qilganman ham. Davron akaning klasikoni sharhlaganlarini eshitib katta boʻlganman.

Bugun esa men ham YouTube'da bo'lsa-da el klasikoni sharhlayman. Havas bilan shu joygacha yetib keldim va kam boʻlmadim. Davron akadan "oltin o'rtalik"ni o'rganishga harakat qilyapman. Lekin fe'limda bor shekilli, baʼzan haddan tashqari emotsiya va chegaraga yaqin gaplar ham chiqib ketadi, buni esa Xayrulla akadan koʻrib, o'rganyapman. Zoʻr ta'rif, gap kelganda ayamaslik va muvozanatni ham saqlashga urunish. Master va maestroni uyg'unlashtirishga harakat (ilojsiz menimcha).

Yosh sharhlovchilar albatta shunday eng zoʻr bahslarda ishlashni xohlashadi, lekin hamma narsaning o'z vaqti bor, deymiz va kutamiz. Vaqti keldi shekilli:) Sizni ham efirga taklif qilaman:

http://youtu.be/2OVEn77a7Tk
Birinchi el klasiko sharhi uchun birinchi boʻlimning oʻziyam kifoya qilib qo'yyapti. Butun boshli oʻyin ssenariysi bir taymda mujassamlashdi. Sharhda "Barsa"ni bu oʻyini bilan maqtash oson, lekin "Real" muxlislari ko'ngliga taskin bera oladigan so'zlarni birinchi boʻlimda ishlatib boʻldim.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi 🇦🇪"Al Nasr" jamoasi Saudiya chempionatida Chempionlar Ligasi yoʻllanmasini qo'lga kiritish uchun kurashmoqda🔥

Bugun Stefano Pioli shogirdlari "Al Uxdud" klubiga qarshi bahs olib boradi⚽️

"Al Nasr" agar ushbu uchrashuvda g'alaba qozonsa, yana uchinchi o'ringa chiqib oladi

Siz esa mazkur bahsni soat 23:00 da 📺 Setanta Sports Football YouTube kanali orqali 🇺🇿o'zbekcha sharhda tomosha qilishingiz mumkin.

23:00 | "Al Uxdud" ⚡️ "Al Nasr"
📱Havola: youtube.com/live/pjaSq7WyBsM
🎧Sharhda: Muhammadali Muhammadkarimov

📺 @setanta_uzb

#Football #SPL #Matchday #Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Agar futbol tinderi mavjud bo'lganida, Anchelotti va Braziliya terma jamoasi o'rtasida ilk daqiqalardanoq "match" yuzaga kelgan bo'lar edi. Braziliyaliklar – bu oyog'ining to'pga tegishidan genetik zavqlanadigan insonlar; o'yindan ular kabi hech kim shunday "kayf" olmaydi.

Braziliyaliklarga to'g'ri erkinlik zarur. Ularni taktik qoliplarga tiqmang, o'zlarini ochishlariga qo'yib bering! Anchelotti aynan shunday ishlaydi. U jamoalarni insoniy munosabatlar bilan bog'laydi, o'yinchilarga erkinlik beradi va murakkab bo'lmagan hamda moslashuvchan taktik yondashuv bilan to'ldiradi.

Futbolchilarni tizim emas, balki ularning o'zlari boshqaradi. Anchelotti o'yinchilari tabiiy, oldindan aytib bo'lmaydigan, samimiy. Ular matematik masalalarni hal qilishmaydi, balki o'zlarini to'laqonli namoyon etishadi. Baxtli, chunki Anchelotti ularning tabiatini buzmasdan, qanday bo'lsalar, shunday qabul qiladi.

Anchelotti yashagandek ishlaydi: erkin va mustaqil. Terma jamoadagi ish unga juda mos keladi, ayniqsa hozir u allaqachon boboga aylangan paytda. Ko'proq sharob, tabiat va sigara, kamroq rutina, mashg'ulotlar va monitor.

"Семнадцатый номер" kanalidan tarjima post

Muhammadali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muhammadali
▶️Uchrashuv boshlanmoqda 00:30 | "Espanyol" ⚡️ "Barselona" Havola: youtu.be/QVkbIFXFRMQ 🎧Sharhda: Muhammadali Muhammadkarimov 📺 @setanta_uzb #Football #LL #Matchday #YouTube
"Barselona" muxlislarini tabriklayman. Kataloniyaliklar chinakam chempionlik mavsumini o'tkazishdi. "Avtobus" qo'yadigan jamoalardan tortib, chempionlik uchun kurashgan klublarni-da tor-mor etishdi. Mavsum davomida har bir raqibga qarshi kichik emas, katta ustunlik bilan o'ynadi. Yirik hisoblar ko'p bo'ldi. Shoular, chiroyli gollar, remontadalar. Bu mavsum eng ko'p kambek qilgan jamoalar ro'yxatida "Barsa" yetakchilar qatorida hisoblanadi.

Mavsumning eng yaxshi futbolchisi - Yamal deb topilsa kerak. Bugungi o'yini bilan bu intrigaga oxirgi nutqani qo'ydi.

Lekin men uchun Pedri eng zo'ri bo'ldi. To'g'ri, Yamal yo'q o'yinlarda jamoa ochkolar yo'qotganini fakt o'laroq aytishingiz mumkin. Ammo Pedrisiz markazni tasavvur qilish qiyin. Aynan u hujum yo'nalishini belgilab beradigan, tempni boshqaradigan, kalit paslar bilan super vaziyat hosil qila oladigan, kamgap yetakchi. Pedri bu mavsum orqali o'zining shu vaqtgacha bo'lgan praym davrini ko'rsatdi. Juda ko'p o'yinlarda "MVP" sohibi bo'ldi. U gollar va assistlar ro'yxatida yetakchilar qatorida emasdir, lekin qolgan barcha jabhalarda unga tengi yo'q.

Muhammadali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ajoyib! Juda yoqimli a?
Бугун Бундеслигада асосий савол - ЕЧЛ йўлланмасини ким қўлга киритади?

«Боруссия» 5-ўринда кетаётган бўлса-да, имконияти яхшироқ, чунки 3-4 ўринлардаги икки жамоа ўзаро баҳс олиб боради.

Демак «Боруссия» аутсайдер билан ўйинда масалан 2 тўп фарқи билан ғалаба қозонса, камида 4-ўринни олиши аниқ. «Фрайбург» ютган тақдирда, дортмундликлар «Айнтрахт»ни тўплар нисбатига кўра қувиб ўтиши учун +2 тўплар нисбати керак.

Агар «Фрайбург» дуранг ўйнаса, «Боруссия»ни ҳар қанақа ҳисобдаги ғалаба, агар «Фрайбург» ютқазса, «Боруссия»ни дуранг қониқтиради.

@aslanov_futbol
2025/06/30 06:05:55
Back to Top
HTML Embed Code: