Telegram Web Link
E’lon❗️

⚙️ Davlat aktivlarini boshqarish agentligi vebresurslari faoliyatini optimallashtirish va ma’lumotlarni qayta ishlash markazining yuklamalarni qabul qilish imkoniyatini oshirish maqsadida 2025-yil 22-mart soat 09:00 dan 23-mart soat 23:59 gacha texnik ishlar olib borilishi ma’lum qilindi.

📱Shu munosabat bilan my.gov.uz orqali mazkur tashkilotning raqamli xizmatlaridan foydalanishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so’raymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 E’lon! 
 
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan “HET BILLING” dasturiy kompleksida texnik-profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan 2025-yil  21-martdan 22-martgacha elektr energiyasi uchun onlayn tо‘lovlarni amalga oshirish, shaxsiy hisob raqamdagi ma’lumotlarni olish, shuningdek, my.gov.uz orqali ushbu tashkilotning elektron xizmatlaridan foydalanishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so’raymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 E’lon! 

⚙️ Soliq qoʻmitasining katta hajmli maʼlumotlar bazasini yangi serverlarga bosqichma-bosqich koʻchirish ishlari davom etayotgani munosabat bilan, 2025-yil 21, 22- va 23-mart kunlari my.gov.uz orqali koʻrsatiladigan ayrim elektron soliq xizmatlari faoliyatida uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr soʻraymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎆 Navro‘z ayyomi muborak bo‘lsin!

🎊 Navro‘z – nafaqat tabiat, balki qalblarning ham uyg‘onishidir.
U – yangilanish, yasharish va mehr-oqibat bayrami. O‘tmish va kelajakni bog‘lovchi muqaddas an’ana. Tinchlik, osoyishtalik va farovonlik ramzi.

🎉 Bir-birimizga mehr-oqibat ko‘rsatish, xatolarni kechirish va yangi marralar sari intilish fursatidir.

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni mana shunday go‘zal ayyom bilan chin qalbdan muborakbod etadi!

🌷Sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat va omadlar tilaymiz! Xonadoningizdan qut-baraka, dasturxoningizdan to‘kinlik arimasin!

▶️https://youtu.be/5H8FJj2IFqo

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#pensiya #nafaqa

⚡️Pensionerlar uchun yana bir qulaylik!

🔔 Endilikda harbiylashtirilgan davlat tashkilotlarida ishlagan xodimlar my.gov.uz orqali "Pensiya hisobvarag‘i haqida ma’lumotnomа"ni onlayn olishlari mumkin.

📱 Ilgari bu ma’lumotnomani olish uchun xodimlar vakolatli organga an’anaviy tarzda murojaat qilishlari kerak edi. Endi esa Yagona portal orqali istalgan paytda olish imkoniyatiga ega!

📝Ushbu ma’lumotnomalar Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga muvofiq bepul taqdim etiladi.

❗️Pensiya maqomi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani quyidagi harbiylashtirilgan davlat tashkilotlari xodimlari olishlari mumkin:

👮Ichki ishlar vazirligi;
🚒 Favqulodda vaziyatlar vazirligi;
🛡Mudofaa vazirligi;
🛂Davlat bojxona qo‘mitasi;
💂Milliy gvardiya.


🧑‍💻 my.gov.uz bilan hammasi oson, tez va qulay!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#пенсия #пенсия

⚡️Еще одно удобство для пенсионеров!

🔔Теперь сотрудники военизированных государственных организаций могут получить "Справку о нахождении в пенсионном учете" онлайн через портал my.gov.uz.

📱 Раньше для получения этой справки нужно было обращаться в уполномоченный орган традиционным способом. Теперь же можно получить ее в любое время через Единый портал!

📝Данные справки предоставляются бесплатно в соответствии с Постановлением Кабинета Министров №612 от 20 ноября 2023 года.

❗️Получить справку о пенсионном статусе могут сотрудники следующих военизированных государственных организаций:

👮Министерство внутренних дел;
🚒 Министерство по чрезвычайным ситуациям;
🛡Министерство обороны;
🛂Государственный таможенный комитет;
💂Национальная гвардия.


🧑‍💻С my.gov.uz все просто, быстро и удобно!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#infografika #malumotnomalar

❗️Qurilish sohasidagi natijalar: 100 000 ga yaqin ruxsatnoma onlayn taqdim etildi!

📆 2024-yil davomida qurilish sohasida katta o‘zgarish va yutuqlarga erishildi.

🏗 100 000 ga yaqin qurilishi tugallangan obyektlarga foydalanish uchun ruxsatnomalar onlayn berildi.

🏢 Bu mamlakatimizda yangi uy-joylar, maktablar, shifoxonalar va boshqa ko‘plab muhim obyektlar qurib bitkazilganidan dalolat beradi.

📈 Respublika bo‘yicha 128 000 dan ziyod loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlandi.
Bu kelgusida qurilish loyihalari ko‘lami kengayishi va mamlakatimizning yanada rivojlanishiga ishora qiladi.

📍Hududlar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi uy-joy qurishda eng ko‘p loyiha-smeta hujjatlarini kelishgani bilan yetakchilik qildi. Toshkent viloyati esa foydalanishga qabul qilingan obektlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichga chiqdi.

📱 Qurilish sohasidagi davlat xizmatlarining raqamlashtirilishi xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirdi va shaffoflikni ta’minladi.

🟡 Bu raqamlar mamlakatimizda qurilish sohasi faol rivojlanayotgani, yangi uy-joylar va ijtimoiy obyektlarga talab ortayotgani, davlat xizmatlarining raqamlashtirilishi tufayli jarayonlar shaffof va samarali bo‘layotganini anglatadi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☄️ Diqqat, davlat va xususiy tashkilotlar uchun maxsus taklif!

Siz tashkilotingiz axborot tizimlari va resurslarining xavfsizligi ishonchli ta’minlanishini istaysizmi?

🌐"Raqamli hukumat" tizimining Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi – bu borada sizga eng manfaatli takliflarni beradi:

💵Tejamkorlik: 3-4 barobargacha mablag‘ingiz va vaqtingizni tejang!
Ilg‘or Cloud portal: zamonaviy texnologiyalar va avtomatlashgan funksiyalardan foydalaning!
🛡 Ishonchli axborot xavfsizligi: 24/7 tizimida nazorat va himoya!
🔝 Uzluksiz faoliyat: 2 ta mustaqil elektr ta’minoti, UPS tizimi va dizel generatorlari!
🌐 Yuqori tezlikdagi internet: tezkor va ishonchli tarmoq!
Zamonaviy texnologiyalar: Xalqaro UPTIME Instituti TEIR III sertifikatiga ega qurilmalar!

❗️Qimmatli resurslaringizni ishonchli qo‘llarga topshiring!

📣 Murojaat uchun:

📱Shartnoma bo‘limi: +998 55 501 36 19 (1073)

📱 Data-center va Cloud yo‘nalishi:
📱 +998 55 501 36 06 (1119)
📱+998 55 501 36 06 (1136)

💻 "Raqamli hukumat" – ishonchli hamkor!

▶️ https://youtu.be/GC93RQyU5zU

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💬 my.gov.uz orqali ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotingizni yuklab oling

💻Bugungi kunda ish haqi ma’lumotnomasini olish uchun vaqt ham, naqd ham sarflamaysiz. Ma'lumotnomada fuqaroning ish haqidan olgan daromadi, to‘langan daromad solig‘i miqdori aks etgan bo‘ladi.

📱 Shunchaki, internetga ulangan qurilma (kompyuter, mobil telefon) orqali my.gov.uz dan ro‘yxatdan o‘tasiz. Xizmat uchun ariza yuborgan zahotingiz ma’lumotni ko‘rasiz.

👉 Xizmat mutlaqo bepul va bir zumda taqdim etiladi.

🧑‍💻
my.gov.uz bilan vaqtingiz va naqdingizni tejang!

Biz bilan har doim oson, tez va qulay ekanligini unutmang!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#oila_va_bolalar #malumotnomalar

⚡️Kamroq qog‘oz sarflab, ko‘proq vaqtni farzandingiz bilan o‘tkazing!

🤱🏻Endi yosh ota-onalar chaqaloqqa tug‘ilish haqidagi ma’lumotnoma va guvohnoma olish uchun alohida vaqt ajratib, davlat idoralariga yugurishlari shart emas. Hammasini my.gov.uz orqali qulay tarzda, navbatlarsiz onlayn rasmiylashtirish mumkin.

📱 my.gov.uz yordamida siz uydan chiqmasdan turib:

💬 Tug‘ilish haqidagi ma’lumotnoma
💬 Tug‘ilish haqidagi guvohnoma
💬 Yolg‘iz ona arizasiga asosan qayd qilingan tug‘ilganlik haqida ma’lumotnomani oson va tez olsangiz bo‘ladi.

Buning qulayligi nimada?

Avvalo, vaqtingiz va kuchingizni tejaydi
Hamma hujjatlarni bir joydan olasiz
Navbatlarsiz onlayn rasmiylashtirasiz

👨‍👩‍👧‍👦 Farzandlaringiz bilan birga ko‘proq vaqt o‘tkazish uchun my.gov.uz'dan foydalaning!

📱Yangiliklar va foydali maslahatlardan doimiy xabardor bo‘lish uchun bizni kuzatishda davom eting!

▶️https://youtube.com/shorts/EZRtQcYGAmc

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#семья_и_дети #справки

⚡️ Меньше бумаги и больше времени с ребенком!

🤱🏻Теперь молодым родителям не нужно тратить время на посещение государственных органов для получения справки о рождении и свидетельства. Все можно удобно оформить онлайн без очередей через my.gov.uz.

📱 С помощью my.gov.uz не выходя из дома, вы можете легко и просто получить:

💬 Справку о рождении
💬 Свидетельство о рождении
💬 Справку о рождении на основании заявления матери-одиночки.

В чем удобство?

Экономит ваше время и силы
Все документы можно получить в одном месте
Оформление без очередей онлайн

👨‍👩‍👧‍👦 Используйте my.gov.uz, чтобы проводить больше времени с вашими детьми!

📱Чтобы быть в курсе новостей и полезных советов, продолжайте следить за нами!

▶️https://youtube.com/shorts/EZRtQcYGAmc

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

🌙 My.gov.uz portali foydalanuvchilarini muqaddas ayyom bilan samimiy muborakbod etamiz!

🤲 Ramazon hayiti – mehr-oqibat, bag‘rikenglik va hamjihatlik bayrami bo‘lib, barchamizni ezgu niyatlar sari yetaklaydi. Ushbu fayzli kunlarda oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, dasturxoningizga baraka, qalbingizga esa shodu-xurramlik tilaymiz.

📱 Biz har doim sizga yanada qulay va samarali davlat xizmatlarini taqdim etish yo‘lida astoydil harakat qilamiz. Sizning ishonchingiz biz uchun eng katta rag‘batdir!

❗️ Hayit ayyomingiz qutlug' bo'lsin, azizlar!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Diqqat! Yagona identifikatsiya tizimida (ONEID) vaqtinchalik uzilishlar!

🧑‍💻 Hurmatli foydalanuvchilar!

⚙️ ONEID tizimidagi texnik nosozlik tufayli avtorizatsiya va ro‘yxatdan o‘tish jarayonlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.

⌨️ Ayni paytda mutaxassislarimiz muammoni tezkor bartaraf etish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishmoqda.

Tizim ishga tushganidan so‘ng, rasmiy veb-saytimiz va ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali sizlarni xabardor qilamiz.

💻 Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

📝 imtihonning yozma qismi — 5-6-aprel kunlari;

🗣 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 7-25-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

📱Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz portalining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya):
https://telegra.ph/Chet-tili-04-01-4

❗️ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

⚠️Talabgorlarni imtihon o'tkaziladigan binoga kiritish imtihon boshlanishidan 30 daqiqa oldin yakunlanadi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#transport

⚡️Haydovchilar uchun muhim yangilik!

🚕 Taksi faoliyati bilan shug‘ullanuvchilarga qulay sharoit yaratish maqsadida muhim o‘zgarishlar joriy qilindi.

100 mln so‘mgacha soliq yo‘q!

🚗 Endi o‘zini o‘zi band qilgan taksichilar yil davomida 100 mln so‘mgacha daromad topsalar, hech qanday soliq to‘lamaydilar.

100 mln so‘mdan oshganda soliq avtomatik ushlab qolinadi!

💰 Ilgari bu jarayon uchun ortiqcha hujjatbozlik talab etilgan bo‘lsa, endilikda taksi agregatorlari (yuridik shaxslar) soliqni avtomatik ushlab, davlatga o‘tkazadi. Ya’ni, siz soliq to‘lash bilan ovora bo‘lmaysiz.

Lisenziya varaqasini olish yanada oson!

📱 1 yilga o'z+o'zini band qilgan shaxslar uchun lisenziya varaqasini olish 375 ming so‘m, agar my.gov.uz orqali rasmiylashtirsangiz – 337 500 so‘m!

🧑‍💻 O‘z-o‘zini band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, ishingizni qonuniy qiling va ortiqcha tashvishlardan xalos bo‘ling!

💬 Siz qonuniy ishlash orqali barqaror daromad olasiz.
💬Hujjatbozlik bilan ovora bo‘lmaysiz.
💬Mijozlar ishonchini oshirasiz!

🚀 Taksichilik bilan shug‘ullanayotgan do‘stlaringizga yuborib qo‘ying!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/05 21:39:11
Back to Top
HTML Embed Code: