Telegram Web Link
Бугун даврадош жўрамиз, шоир, журналист Дилмурод Дўст тувилган кун!

ОҚШОМ. СЕН ВА РАСМ


Тошкент тунги чироқлар
Нурлари оғушида.
Чироқ нурларин рақси
Ҳайрат навозишида.


Эслатар бунда сени
Ҳар қадам, гулу гиёҳ.
Чироқ орзуларингдек
Товланур пушти, сиёҳ...


Тарих мулкига жойлаб
Ўшал кун, ул насмни.
Чироқлар ёғдусида
Тушгандик бу расмни.


Бугун сен йўқ, қолгани
Расм, тунги чироқлар.
Энди мен билан кезар
Боғни соғинч, фироқлар...


Ҳайронман бу ҳолга мен,
Сенсиз ҳам осмон ойли.
Васлинг билмадим, аммо
Ҳижронинг ҳам чиройли.


Тошкент тунги чироқлар
Нурлари оғушида...

© Дилмурод Дўст
👍22🎉12❤‍🔥3👏2🤝1
🔥44👍22❤‍🔥1
Forwarded from zouᴉɹɥǝW
#Izlam
#Kitobli_yakshanba

Bu galgi “Kitobli yakshanba” da Najmiddin Ermatovning “Turon sog’inchi” kitobini tahlil qilamiz.

Orangizda kitobni o’qib tugatganlar bormi?

Yakshanbagacha sotib olib, o’qib chiqishga ulgurasiz.

@mehrnoz_abbos
🔥19👍144🥰2❤‍🔥1
Уфққа қараб қушлар учди,
Ўнги келмай тушлар учди,
Тўкилганим увол дея
Парланиб-о, ёшлар учди.
Бир мен қолдим учолмаган.

Висол мендан кечиб кетди,
Хулё сари кўчиб кетди,
Кўзларима тиккан ўша
Чимилдиғин ечиб кетди,.
Бир мен қолдим кечолмаган.

Ғусса келди қўлида тўр,
Кишан, тушов - яроғи мўл,
Чирқиллади oлашақшақ,
Қочиб кетди ҳаттоки йўл.
Бир мен қолдим қочолмаган.

На илдиз бор, ва на қанот,
Фақат дард бор йўқдир сабот,
Аҳволима бўзлаб, бўзлаб,
Менда яшаб ўтди ҳаёт.
Бир мен қолдим яшолмаган.

Бир мен қолдим яшолмаган...


©Нажмиддин Эрматов
2019, феврал
👍63🔥13💔6😭3❤‍🔥2🎉1🤝1
KO‘K BO‘RI

                Najmiddin Ermatov ijodiy makoni, xususan, uning "Turon sog‘inchi" she’riy to‘plami haqida so‘z yuritganda, avvalo uning she’riyatini "yovqirlik" ruhi, ya’ni jasorat, ichki kuch va o‘zlikni anglash bilan uyg‘unlashgan ijod sifatida tasvirlash lozim. Shayton, taqiq va afsusni aks ettirgan ochilish misralaridan to butun to‘plamning "Jon", "Qon", "Shon" kabi bo‘limlariga qadar shoirning insoniyat, tarix va turkiy xalqlarning kechinmalari bilan qiyoslanadigan mushohadasi aks etadi. Bu to‘plamni adabiy jihatdan tahlil qilishda uning o‘ziga xos xususiyatlari va hozirgi o‘zbek she’riyatidagi o‘rnini aniqlash muhimdir.
                "Turon sog‘inchi"dagi asosiy motivlardan biri — tarixiy-madaniy sog‘inch va hozirgi zamon bilan o‘tmish o‘rtasidagi dialektik aloqa. Shoir bu asarda insoniyatning yashash ma’nosi, taqdir va millat ruhiyatini falsafiy maslak bilan aks ettiradi. "Shayton", "taqiq" va "afsus" kabi ramzlar orqali Ermatov insoniyat tarixidagi muqaddas va murakkab davrlarni qayta talqin qiladi. Uning she’rlarida ko‘pincha milliy-madaniy qadriyatlar orqali bugungi avlodning o‘zini anglash masalasi yotadi.
                Kitobning "Jon", "Qon", "Shon" kabi qism(qur)larga bo‘lingani uning mazmunini tuzilma va mavzu jihatidan uyg‘unlashtiradi. Har bir bo‘lim ma’lum bir ramziy g‘oyani aks ettiradi: "Jon" hayot falsafasi, muhabbat va insoniy kechinmalarni; "Qon" kurash, adolat va xalqning mustaqillik yo‘lidagi jasoratini; "Shon" esa Turon diyorining shonli o‘tmishi va uning yangi davrdagi o‘rnini ifodalaydi.
                Ermatovning yana bir muhim yutug‘i — tilning ravon va tabiiyligi. Shoir xalq og‘zaki ijodidan ilhomlanib, qadimiy turkiy so‘zlar va iboralarni jonlantiradi. U zamonaviy she’riyatdagi ortiqcha murakkablik va tilimizga "begona" bo‘lgan arab-fors-yunon so‘zlaridan qochadi. Bu o‘quvchiga shoir fikrini yaqinroq his qilish imkonini beradi. "Yovqirlik" sifatida talqin etilgan bu uslub o‘quvchini faqat tarixiy qahramonlar bilan emas, balki o‘zining ichki kuchi bilan ham bog‘laydi.
                To‘plamning uch qismga ajratilishi kitobning ichki mantiqiy izchilligini ta’minlaydi. Bu nafaqat mavzularni aniq ifodalashga, balki o‘quvchini muayyan his-tuyg‘ular zanjiri bo‘ylab olib borishga xizmat qiladi. Kitobning muqovasi ham bu ramziy tuzilmani aks ettirib, "Turon sog‘inchi"ni she’riy jihatdan eng yaxshi tartiblangan asarlardan biriga aylantiradi.
                Muallif ovozining she’rlariga singishganligi alohida e’tiborga loyiqdir. O‘quvchi she’rlarni ichdan o‘qir ekan, shoirning o‘z ovozini his qiladi. Bu she’riy tuyg‘ularning jonli va tabiiyligini oshiradi.
                Najmiddin Ermatovning "Turon sog‘inchi" she’riyati zamonaviy o‘zbek she’riyatining yangi bosqichini aks ettiruvchi muhim ijodiy yutuqdir. Unda tarixiy-madaniy sog‘inch, milliy qadriyatlar va zamonaviy inson kechinmalari mahorat bilan uyg‘unlashtirilgan. Bu she’riyat o‘quvchini nafaqat qadimiy Turon ruhiyatiga, balki yangi davr ma’nosini izlashga ham undaydi. Ermatovning tili tabiiy va aniq bo‘lib, u xalq ruhi bilan uyg‘unlashgan ijodkor sifatida milliy adabiyotimizda munosib o‘rin egallaydi.
               

Maqola va maqolalarning to‘lig‘ini o‘qish 👇👇👇

https://www.tg-me.com/santuagaraoflibrary/2976
👍42🔥12❤‍🔥41🥰1
Qor misoli kaftingga qo'ndim,
Kuyib ketdi kafting taftimdan.
Tisarilding,
axir bilmasding,
Qorning cho'g'dek yonishin, erkam.

Men yonardim,
sen hayron eding,
Hadik ichra yumding ko'zingni.
Ko'z o'rgangan, yurilgan o'sha,
Yo'llar tomon burding yuzingni.

Ketayapsan,
yonayapman men,
Ortingda qor- oppoq alanga.
Olding sovuq- yog'ayapti qor...
Ishonch bilan boqding o'shanga.

Ranjimagin, yonarkan deya,
Ketavergin sen o'sha izdan.
Ranjimayman,
dunyoning sovuq
Qorlariga ko'nikkan qizdan.


https://www.tg-me.com/Najmiddin_Ermatov
👍57❤‍🔥179🔥9🥰4💔3💯1
Turon sog’inchi haqida
zouᴉɹɥǝW
Shoir Najmiddin Ermatovning “Izlam” loyihasi doirasida nashr etilgan “Turon sog’inchi” kitobi
haqida suhbat.

@mehrnoz_abbos
👍316👏3🔥2🎉2❤‍🔥1🥰1
Унгача чидайвер, бовурим,
Симобдай ютилса ҳаволар.
Унгача яғриндан яғирин
Тулпорлар оларда даволаб.

Унгача, куюклим, суюклинг
Аёзда кўз ёши музласа,
Чидайвер, чидайсан бу юкнинг
Ипини баҳорлар узмаса.

Унгача қушларнинг ортидан
Дарахтлар учади олланиб.
Қақшаган дарёлар юртида
Оғочдай қоларсан зорланиб.

Отанг ҳам чидаган, сиқилма,
Эгатга эш билиб бошини.
Остонанг бошига тиғ илма,
Ўғрига едиргин ошингни.

Бахтидай ёрилиб товони
Орзуси кулук бу оналар
Унгача чидатиб дунёни
Туғади сендайин болалар.

Чидайвер ғурбатда меҳнатдан
Нон топган ҳеч кимса ўлмас-а?
Бу чидоқ қон сурар, албатта,
Боланг ҳам чидайди ўлмаса.

Чидовга ўргатгин барчани
Ғойибдан келгувчи кунгача.
Чидайвер, минг йиллик арчанинг
Умри ҳам тугайди унгача.

Қисматинг қуяди қулоққа:
“Ҳислат бу, эмасдур иллатинг!”
Чидаш-ла борурсан узоққа,
Унгача бормайди миллатинг...

Унгача чидайвер, бовурим.

Н.Э.
Декабрь, 2024

https://www.tg-me.com/Najmiddin_Ermatov
👍7844😭42🔥16❤‍🔥14🤝3👏2💯1
Forwarded from Mutolaa
📢 Yilning eng kutilgan kechasi - "Qo'rboshilar qo'shig'i" she'riyat spektakliga marhamat!

🎙️ She’riyat va adabiyotga oshufta qalblar uchun, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining “Mutolaa” loyihasi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida “MUTOLAA’DA SHE’RIYAT” teatrlashtirilgan kechasini taqdim etadi.

➡️ Dastur bosh qahramoni: yosh va iste'dodli shoir Najmiddin Ermatov

➡️ Dastur mehmoni: taniqli aktyor va shoir Erkin Bozorov

🔖 So‘z va adabiyot muxlislarini 12-dekabr (kuni) soat 18:00 da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kutib qolamiz.

👇 Ro’yxatdan o’tish uchun:
https://forms.gle/JXuWztq9yywF8wbNA

👤 Yilning eng eksklyuziv tadbirini aslo o'tkazib yubormang!

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥57👍3313❤‍🔥5🎉4👏3🥰2
Izlam turkumidagi ijodkorlarning telegramdagi ijodiy kanallari:

1-mavsum

Azizbek Norov @kitob_xiyoboni
Tillaniso @TillanisoEN
Xurshid Abdurashid @xurshidabdurashid
Jontemir @jontemir_t
Feruza Xayrullayeva @FeruzaXayrullayeva
Madina Norchayeva @Madina_Norchayeva
Muhammad Siddiq @Muhammad_Siddiq
Mirzohid @bobil_kutubxonasi

2-mavsum

Furqat Alimardon @f_alimardonqoralamalari
Bayram Ali @BeshinchiTomon
Sevara Alijonova @sevara_alijonova
Mansur Jumayev @Mansur_Jumayev
Najmiddin Ermatov @Najmiddin_Ermatov
MehrNoz Abbosova @mehrnoz_abbos
MohiRa @Altruistning_qizi
Nozima Habibullayeva @Nozima_Habibullayeva
Suhrob Ziyo @suhrob_ziyo1
Jaloliddin Sayyid @jaloliddinsayid
Gulhayo Anorova @GulhayoAVRON
Shahriyor Shavkat @shahriyor_shavkat
Jumanazar Yo‘ldosh @Jumanazar_Yuldash
Rahmat Bobojon @Rahmat_Bobojon

📚 @akademnashr

#IZLAM to‘plamini chegirmali narxda xarid qiling.


Xarid: www.tg-me.com/akademsavdo

Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter
👍24❤‍🔥21👎1🥰1
Forwarded from Mutolaa
😊 Yilning eng eksklyuziv sheʼriy spektaklidan lavhalar!

🔥 "Mutolaa" loyihasi doirasida tashkil etilgan sheʼriy kecha kutilganidan-da ajoyib atmosfera va unutilmas voqeliklar bilan oʻtdi!

• Ushbu tadbirda yosh hamda iqtidorli shoir Najmiddin Ermatov oʻz sheʼrlari bilan barchani qoyil qoldirgan boʻlsa, dastur mehmoni aktyor Erkin Bozorov chiqishlari tadbirni yanada fayzli oʻtishiga sababchi boʻldi.

Kechamizni tashkil qilishda yaqindan yordam koʻrsatgan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyatiga tashakkur bildiramiz.

Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Instagram | Facebook | Ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥44👏26👍185🔥1
2025/07/08 23:07:36
Back to Top
HTML Embed Code: