Telegram Web Link
Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#shoira_qalbi

Daryo

Ming yilki, o‘zinga chorlayverasan,
Shovillaysan betin olib xushimni.
Ming yilki, lojuvard mavjlar sasida,
Chag‘alaylar kirar yo‘qlab tushimni.

Anglamoq istayman, bilmoq istayman,
Ming ohda to‘liqib shivirla siring.
Mayda o‘zanlarga tortmas xayolim,
Axir, yuragimga tutash manziling.

Bag‘ringda chayqalar kemadayin vaqt,
Shamolga yuz tutding asrlar osha.
Zamonlar o‘tsada kokiling tarab,
Sen mag‘rur malaksan, sen hamon o‘sha.

Zaqqum yutgan edi kecha girdoblar,
Yig‘lab quchar edi tarix bo‘ylaring.
Daxshatmidi qonli "Jangi loy"larda,
Xis etish Temurning mag‘lub o‘ylarin.

Kecha kechib o‘tdi qirg‘oqlaringdan,
Oqib qancha zaxl o‘tmishning zangi.
Yoningda og‘angdek turadi Sayxun,
Qilich qinga kirdi, tindi jarangi.

Bugun ko‘zlaringda moviyrang samo,
Quyoshga ko‘zgusan yaraqlar aksi.
Oppoq yelkanlarda suzadi orzu,
Mavjlaringda avji sabolar raqsi.

Dilginamga ko‘chgan azim to‘lqinlar,
Nigohimda balqqan, sog‘inch, ziyosan.
Yashasada qalbda so‘ngsiz hayqiriq
Lek sen hamon sokin, Chirchiq daryosan.

Nargiza Asadova

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🕊21
Forwarded from NARGIZA ASAD
#Жума тонгги

«Қайси бир мусулмон фарзанд савоб умиди билан эрталаб ота-онасини зиёрат қилса, Аллоҳ таоло унга жаннатнинг икки эшигини очади. Агар улардан бирини зиёрат қилса, унга жаннатнинг бир эшигини очади. “Ота-онадан қайси бирини хафа қилгудай бўлса, уни рози қилмагунча Аллоҳ ундан рози бўлмайди”.


Имом Бухорий “Ал-адаб ал-муфрад” китобидан
Ибн Аббос (розияллоҳу анҳу) ривояти

https://www.tg-me.com/Nargiza_Asad
7👍2🙏1
FRANSUZCHA GAPIRA OLASIZMI?

Sochining uchidan tortib tuflisining poshnasiga qadar Parij* ufurib turar, nozik bo‘ynidagi havorang ro‘moli shamolda yo‘lovchilarni qo‘ng‘iroqdek chorlardi.

Men sizga nima dedim, fransuz dedimmi, ana u ko‘cha mirshabi tomon ketdi. Gaplari shundoqqina eshitilib turardi.
..


📖Batafsil o'qish uchun: telegra.ph/09-23

https://www.tg-me.com/Nargiza_Asad
41
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Таниқли шоир ва таржимон Карим Бахриевнинг “Дунё шеърияти антологияси” номли таржима китоблари тақдимотидан лавҳалар.

@Nargiza_Asad
👍83🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#shomrang_hislar

qalb 🤍
cœur 🧡

@Nargiza_Asad
7🐳1💘1
#eslatma

Yutqazganda emas,
Voz kechganda yengilasan.


Mirach Chagʻri Oqtosh
@Nargiza_Asad
💯85🤝3🔥1
Forwarded from NARGIZA ASAD
#Xotira uygʻonsa

Shunday insonlar boʻladiki, hayotingda nur kabi tigʻiz, nur kabi yorugʻ.
Ustoz Shukrullo ham mening umrimda yaxshi xotiralar bilan qolgan.
Bugun tongdan ustozning haqqiga duo qildim. Ruhlari shod boʻlsin ilohim



SO‘ZBOSHI - ÖNSÖZ

Nargiza qizim nozikta’b shoira. U tuyg‘u, ichkin iztirob sohibi. Ko‘ngli yorug‘, shunga yozganlarida bir nafis g‘ussa, anduh seziladi.
Katta shoira bo‘lishiga ishonaman.

O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo 01.02.2019 yıl.

***
Kızım Nargiz ince kalpli şair. O duygu ve derin ıstırap sahibi. Niyetleri aydın. O yüzden yazdıklarında da bir nefis dert, ıstırap hissedilir.
Büyük şair olacağına güvenim tamdır.

Özbekistan halk şairi Şükrüllah 01.02.2019 yıl

“Sabah çizgileri” kitaptan
https://www.tg-me.com/Nargiza_Asad
7🕊32🔥2
NARGIZA ASAD
Video
Гўзал Фарғонада “Адабиёт кунлари” ўтказилмоқда. Муқимий, Чархий, Аъзам Ўктам каби миллат шоирларига замин бўлган кентда самимиятга йўғрилган учрашувлар давом этмоқда.
🔥5🥰2
2025/10/25 03:05:30
Back to Top
HTML Embed Code: