Eng serdaromad mobil o'yinlarning daromadi qancha?

Turkiyaning Dream Games kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Royal Match o'yini $2 mlrd bilan 2023 yilda dunyodagi eng daromadli mobil o'yin deb topildi.

Shu davrgacha eng serdaromad o'yinlarning daromadini ko'rib chiqamiz:
1. Dungeon Fighter Online (2005) $20 mlrd;
2. Honor of Kings (2015) $15 mlrd;
3. Space Invaders (1978) $13,9 mlrd;
4. League of Legends (2009) $13,4 mlrd;
5. CrossFire (2007) $13 mlrd;
6. Pac-Man (1980) $12,8 mlrd;
7. PUBG (2017) $12,7 mlrd;
8. World of Warcraft (2004) $11,3 mlrd;
9. Street Fighter II (1992) $10,8 mlrd;
10. Monster Strike (2013) $10,5 mlrd;

Tencent hozirda ikkita eng serdaromad mobil o'yinlar ( Honor of Kings va PUBG Mobile) boshqarib kelayotgan eng yirik kompaniyalardan biri bo'lib qolmoqda.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
⚡️Saudiya Arabistonida quriladigan ulkan turistik loyihalar haqida bilasizmi?

— Saudiyada kelasi 10 yillikda qurib bitkazilishi kutilayotgan qiymati $8 mlrd miqdordagi Toshbaqa shaklidagi suvda suzuvchi layner turistlar uchun eng ulkan suvda suzuvchi inshoot boʻlishi, unda bir vaqtda 60 000 odam yashashi kutilmoqda.

— Toʻliq ishga tushganda 460 000 ishchi ishlaydigan, boshlangʻich $48 mlrd qiymatdagi dunyodagi eng uzun shahar ham Saudiyada qurilmoqda va bu 2030-yil yakunlanadi. Loyiha umumiy $500 mlrd pul ajratiladi va bu bilan shaharda 9 mln odam yashashi mumkin.

— Saudiya Arabistoni yana bir ajoyib boʻlgan, 400 metr balandlikdagi kub shaklidagi osmono'par bino qurmoqda. Inshoot 19 million kv/m ortiq maydonni oʻz ichiga oladi va 104 000 xonadonlarni oʻz ichiga oladi. Loyihaning taxminiy qiymati
$4 – $18 mlrd atrofida boʻladi.

💬@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Oʻrta Osiyo va Sobiq SSSR davlatlarida juda katta mashhurlikka erishgan «Слова пацана» haqida gaplashamiz (2-qism)

— Premyera 2023-yil 9-noyabrdan 21-dekabrgacha „Wink“ va „Start“ onlayn kinoteatrlarida boʻlib oʻtdi. Chiqarilganidan keyin serial Rossiyada ham, sobiq SSSR mamlakatlarida ham keng shuhrat qozondi. Serialga oʻsha vaqtda 100 mln rubl yoki
$1 315 000 ga yaqin pul sarflangan.

— Serialdagi mashhur aktyorlar 7 oylik ish davomida har oy uchun 142 000 rubldan oylik olishgan. Ammo ularga tashqaridan taklif qilingan reklama takliflari 220 000 dan 420 000 rublgacha boʻlgan.

— Shu yil, 24-yanvar holatiga koʻra serial ichki bozorda atiga $125 000 ishlagan. Ammo, serial chet davlatlarda $10 mln miqdordan koʻproq pul ishlab topgan.

— Serial ijodkorlari Rossiyaga berilayotgan sanksiyalariga qaramay yaqin kelajakda serialni Netflix platformasiga joylashga jiddiy harakat qilishmoqda.

- "Слова пацана" seriali aktyorlari qancha goranar olishadi/

💬 @NarxiQancha — Narxlar haqida #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Eng yirik harbiy byudjetga ega davlatlar va Oʻzbekiston harbiy byudjeti haqida

1. AQSH – $801 mlrd
2. Xitoy – $293 mlrd
3. Hindiston – $76,6 mlrd
4. Buyuk Britaniya – $68,4 mlrd
5. Rossiya – $65,9 mlrd
6. Fransiya – $56,6 mlrd
7. Germaniya – $56 mlrd
8. Saudiya Arabistoni – $55,6 mlrd
9. Yaponiya – $54,1 mlrd
10. Shimoliy Koreya – $50,2 mlrd

— Dunyoning qolgan davlatlarining umumiy harbiy byudjeti miqdori $536 mlrd boʻlib, bu butun dunyo harbiy byudjetining 25,3 foizini tashkil etadi.

— Oʻzbekiston Respublikasi harbiy byudjeti miqdori 2023-yil maʼlumotlariga koʻra, $692,5 mln miqdorda boʻlishi mumkin.

💬@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ishlab chiqaruvchilar har bir sotilgan avtomobildan qancha daromad ko'rishadi?

Dunyo avtomobil sanoatida shunday avtomobillar borki ular ishlab chiqaruvchisiga katta miqdorda daromad keltirishadi.

Masalan Ferrari sotgan har bir mashinasidan o'rtacha $100 ming ishlab topadi.

O'rtacha:
— Audi, Mercedes-Benz va BMW $9500 - 17250;
Porsche $18 500;
— Maserati $5 500;
Tesla $9 570;
— Toyota $1 200;

Lekin tarixda eng zarar keltirgan avtomobillar ham mavjud.

Ular har biridan:
— RENAULT VEL SATIS (2001-2009) $26 ming (ummumiy $1,61 mlrd);
— AUDIO A2 (2000-2005) $10,9 ming ($1,93 mlrd);
— RENAULT LAGUNA III (2007-2015) $4,8 ming ($2,09 mlrd);

Milliy brendimiz UzAutoMotors ning qancha daromad ko'rishi to'g'risida ma'lumotlar ochiqlanmagan.

💬@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O'zbekistonda dachalar ijarasi qancha?

Kunlar isishi bilan tog'li hududlardagi dachalarga bo'lgan talab sezilarli oshadi.

Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidagi dam olish maskanlarida dachalarning narxi joyi va vaqtiga qarab turlicha baholanadi.

Masalan, ish kunlari oddiy 1 ta baseyn 1 ta yotoqxona va 1 ta bolalar xonasiga ega dacha $50 bo'lsa, dam olish kunlari $100 gacha chiqadi.

2 ta yotoqxona, 1 ta bolalar xonasi (5 kishilik), mehmonxona, basseyn yopiq abagref (8×4), sauna (finskiy), stol tennis, wi-fi, kalonka, playstation, go’zal tabiat va LCD TV ga ega dachalarning narxi ish kunlari $99dan boshlansa, dam olish kunlari talabga qarab narxi $300 gacha chiqishi mumkin.

Dam olish uchun barcha sharoitlar qilingan, xullas premium klassdagi dachalar ham mavjud bo'lib uning bir kuning narxi $2000 ni tashkil etadi.

💬@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kaddafi davrida Liviyada oylik maoshlar qancha edi?

Muammar Kaddafi davrida Liviya ancha katta iqtisodiy taraqqiyotga erishdi. 2001—2005-yillarda Liviya inflatsiya darajasi pastligi bo‘yicha (-3,1%) Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Uning davrida:
— Aholi jon boshiga YaIM $14 192;
— Oilaning har bir a'zosi uchun davlat yiliga $1000 subsidiya to'lagan;
— Ishsizlik nafaqasi $730;
— Hamshiraning maoshi $1000;
— Har bir yangi tug'ilgan chaqaloq uchun $7000 to'langan;
— Yosh oilaga uy sotib olish uchun $64000;
— Shaxsiy biznesni boshlash uchun bir martalik moddiy yordam $20 000;

Katta soliqlar va yig'imlar taqiqlanadi. Ta'lim va tibbiyot bepul, Chet elda ta'lim va amaliyot — davlat hisobidan. Dorixonalarning bir qismi dori-darmonlarni bepul tarqatish bilan. Dori — darmonlarni soxtalashtirish uchun-o'lim jazosi.
Aholi uchun elektr energiyasi uchun to'lov yo'q. Benzin suvdan arzonroq ($0,14).

💬@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Gentra ikkilamchi bozorda qimmatlashmoqdami?

UzAuto Motors Gentra modelini ishlab chiqarishni to'xtatgan bo'lsada, ikkilamchi bozorda unga talab ortib bormoqda.

Sergeli avtomobil bozorida yangi Gentra avtomobillari $13 mingdan $17 mingacha sotilmoqda, deya ta'kidladi Repost.uz tahririyati.

Ishlab chiqarishni to'xtatgandan so'ng Gentra narxining oshishi bir necha omillarga bog'liq:

1. Modelning ommabopligi: Gentra ko'plab haydovchilar uchun ishonchli tanlov sifatida tan olingan.
2. Bozor taqchilligi: ishlab chiqarishning to'xtalishi bozordagi taqchilikka sabab bo'lib, narxlarning oshishiga olib keladi.
3. Sotuvchilar ham katta rol o'ynaydi, chunki ular sotish uchun oz miqdordagi Gentrani taqdim etadilar.

Ikkilamchi bozorda yuzaga kelgan holatga asoslanib, Chevrolet Gentra narxlarning oshishiga qaramay, u jozibali avtomobil varianti bo'lib qolmoqda.

💬@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mashinalar narxi va Malumotlariga qiziqadiganlar bormi? - ♨️

Unday bo'lsa ushbu kanalga sizni taklif qilaman©️

Bu kanalda xarxil turli mashinalarni narxlari va malumotlarni barchasi beriladi !
Zamonaviy mashinalarni narxini va malumotlarini bilmasdan qolib ketmang

kanalga obuna bo'lamiz 👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻

https://www.tg-me.com/auto_malumot
https://www.tg-me.com/auto_malumot
https://www.tg-me.com/auto_malumot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️TBC Group 2024-yilning birinchi choragini qanday natijalar bilan yakunladi?

10-maydagi yig'ilishdan so'ng, TBC kompaniyasi yilning dastlabki uch oyida qanday natijalarga erishganini ma'lum qildi. Masalan, Payme va TBC UZ ilovalarida ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni yil boshidan buyon 1,4 millionga oshib, jami 14,6 millionni tashkil etdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakat aholisining 13 foizi TBC Group mahsulotlaridan har oy davomida foydalanadi.

Shuningdek, omonatlar hajmi $244 milliongacha ko‘tarildi. TBC bankning kredit portfeli 2023-yilning shu davriga nisbatan 110 foizga oshib $345 millionga yetgan.

Markaziy bank statistikasini tahlili shuni ko‘rsatdiki, TBC Bank so‘nggi 6 oy ichida kredit berish toifasida eng yuqori o‘sishni qayd etdi.
Guruhning sof foydasi deyarli 1,5 barobar oshdi.

💬@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'z uslubingizga mos mukammal soat izlayapsizmi?

💁‍♂️ U holda bizning onlayn do'konimiz aynan siz uchun! Patek Philippe, Tissot va Rolex kabi mashhur brendlardan ilhomlangan premium nusxalarimizning keng assortimentini sizga taklif etamiz.

🚚 Bepul yetkazib berish qulayligidan bahramand bo'ling va oldindan to'lovsiz muddatli to'lov (Alifnasiya,Solfy) asosida onlayn buyurtma bering. Bizning kollektsiyamiz hashamatning mohiyatini aks ettiruvchi sifat bilan yaratilgan premium soatlarni o'z ichiga oladi.

🎁 Lekin bu hammasi emas! Biz bilan xarid qilganingizda, nafis qadoqlangan xaridingiz bilan birga kichik sovg'a ham olasiz. Sayt orqali kollektsiya bilan tanishib xarid qiling va hashamatni qulay narxlarda his qiling!

Buyurtma uchun:@dariiemotsii_admin yoki +998930007570.

🚚 O’zbekiston bo’ylab yetkazib berish bepul

Telegram | Instagram | Instagram-2 | Sayt 🌍
⚡️O'zbekistonda bo'sh ish o'rinlari qancha?

Markaziy bankning Mehnat bozori sharhiga ko‘ra, O‘zbekistonda bo‘sh ish o‘rinlari I chorakda 36,8 mingtaga yetgan.

“Vakansiya”larning asosiy qismi Toshkent shahri hisobiga to‘g‘ri keladi — 60 foiz. Keyin o‘rinlarda Samarqand (11 foiz) va Toshkent (9 foiz) viloyati.

Ish kuchiga talab yuqoriligi sabab savdo, IT va axborot sohasi xodimlari maoshi ko‘proq o‘sdi. Qurilish sohasida esa ish kuchi ko‘payib borayotgani ortidan maoshlar sekinroq o‘smoqda.

Shuningdek, o‘zini o‘zi band qilganlar soni yil boshidan beri qariyb 300 ming kishiga ko‘payib, 2,8 million nafarga yetgan.

Xorijda ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonliklar uchun bo‘sh ish o‘rinlari soni 48 mingtadan oshgan. Biroq qo‘yilgan professional talablar odamlarni chet elda yaxshi maosh evaziga ishlashiga to‘sqinlik qilmoqda.

💬@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/05/15 05:06:00
Back to Top
HTML Embed Code: