Telegram Web Link
Forwarded from Jonixonov (Maqsud Jonixonov)
777 х 0 =?

Бир хабарни ўқидим. Бу хабарга кўра юртдошларимиз бир ҳафтада, диққат қилинг, бир ҳафта ичида (!) ўз автомобилларига чиройли рақамлар олиш учун 17 миллиард 843 миллион 900 минг сўм сарфлаган. Бу маблағнинг 95 фоизи жисмоний шахсларга тўғри келади. 17 миллиард 843 миллион 900 минг сўм!!! Шу ҳафтада энг қиммат авторақамнинг баҳоси 206 миллион сўм бўлибди.
Мен бу хабарнинг ёлғон хабар бўлишини жуда истадим. Унчалик тилим келмаса-да “фейк” бўлсин дедим. Унчалик ёқтирмасам-да, шу дақиқаларда “фейк” сўзини хуш кўрдим. Лекин “бу ёлғон хабар” деган хушхабар келмади.
Эй менинг элдошларим, азиз юртдошларим! Элибойларим, бой боболарим! Шунча пулни мактаб учун деса сарфлармидингиз? Шунча пулни китоб учун деса сарфлармидингиз? Миллат маърифати учун шунча пул берармидингиз? Қандайдир касалликдан азоб чекиб ётган болалар учун бир ҳафтада шунча пул йиғармидингиз?
Нечук ҳашаматга мунчалар ўчмиз? Тўйлардаги исрофгарчилик устига энди рақамвозлик қўшилди. Сохта обрў нимага керак? Навбати келган рақамни олиб кетаверсак қадримиз тушиб кетармиди? Мен Эшқобил Шукур деган бир одам 333 рақамли машинада юрдим нима-ю, 359 рақамли машинада юрдим нима? Нима ўзгаради? Мен 333 рақамли машинада бошқа одамга айланиб қолармидим?
Менинг автомобилимдаги рақам 777 бўлгани билан, ўзим 0 бўлсам, нима фойда? 777ни 0га кўпайтирсангиз баробар 0, барибир 0.
Аввало ўзимиз олтин рақамли бўлайлик, маърифатимиз олтин рақамли бўлсин.

✍️ Эшқобил ШУКУР

@jonixonov
ДИҚҚАТ, ЭЪЛОН!

“Муштум” журнали таҳририятига қуйидаги ходимлар ишга олинади:

1. Оператор-монтажчи (1 нафар)
2. Фарғона водийси бўйича махсус мухбир (1 нафар)
3. Самарқанд, Жиззах вилоятлари бўйича махсус мухбир (1 нафар)
4. Қашқадарё, Сурхондарё вилоятлари бўйича махсус мухбир (1 нафар)
5. Навоий, Бухоро вилоятлари бўйича махсус мухбир (1 нафар)
6. Қорақалпоғистон Республикаси ва Хоразм вилояти бўйича махсус мухбир (1 нафар)

Маълумот учун тел.: +99895-068-08-61

⭕️ Каналга обуна бўлинг 👇👇👇
https://www.tg-me.com/mushtumjurnali
#achchiq_fikr

Millatning intellektual darajasi uning kitobxonlik darajasi bilan o‘lchanadi. Kitobxonlik rivojlanmas ekan, davlat ham, millat ham tanazzulga yuz tutadi.

Qozoqboy Yo‘ldoshev,
professor

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Forwarded from Habib SIDDIQ ijodi
Мутолаа қилинг
“НИМКОСА”
Инсон ҳаёти давомида ўзи иштирок этган ёҳуд гувоҳ бўлган воқеа-ҳодисалар жараёнини, атрофидаги одамларнинг феълу атворини, турли холат ва вазиятлардаги эврилишларни беихтиёр кузатади, мушоҳада қилади, маълум хулосалар чиқаради. Ижодкор эса бундай холларда ўзи учунгина эмас, балки ижтимоий аҳамиятга эга фикр ва ечимлар топишга, тафаккур “элаги”дан ўтказишга, теран ҳаётий хулосаларини бошқалар билан ҳам баҳам кўришга интилади.
Таниқли ёзувчи, олим, публицист ва таржимон Ҳабиб Сиддиқнинг мазкур тўпламига жамланган, гоҳи ҳазил-мутойибага йўғрилган, баъзан тагдор захарханда юкланган, кўнгилдаги гаплар, икир-фикрлар, кўндаланг саволлар, ён дафтардаги қайдлар ўқувчини теран мушоҳада қилишга, атрофга очиқ кўз билан қарашга, ҳаётнинг қадрига етишга ундайди.
Адибнинг кўп йиллик кузатув ва изланишлари маҳсули бўлган тўпламнинг “Muharrir nashriyoti”да чоп этилган тўлдирилган иккинчи нашридан ўрин олган митти асарлари ўқувчиларга манзур бўлади ва ҳаёт йўлларида асқотади деган умиддамиз.
#Tugʻilgan_kun

⚡️ Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

Bugun Samarqand davlat universiteti o’zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Jumagul Suvonovaning tug’ilgan kuni.

Batafsil: 👉https://www.samdu.uz/uz/news/54338

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Forwarded from Тошпýлат Тугалов
ЭЪЛОН!
Ҳурматли ижодкорлар!
6 май куни соат 10.00 да Пушкин номидаги Ахборот-кутубхона марказида Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси, шоира ва ёзувчи Саломат Маматқулованинг " Ялангтўш тутган йўлбарс"," Қалбимдаги Ватан", "Ҳукмдорнинг буюк армони" каби китобларининг тақдимоти бўлиб ўтади. Тадбирга Бухоролик меҳмонлар, санъаткорлар таклиф этилган. Адабиётга қизиққан мухлислар, уюшма аъзолари, вилоят ижодкорлари, ёшларни ушбу тадбирда иштирок этишларини сўраймиз.

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Самарқанд вилоят бўлими
Forwarded from Zarnews.uz
Эркин Комиловни ўз асарларига ошуфта этган ёзувчи

Тойлоқлик адиба Саломат Маматқулова қишлоқда туриб ҳам самарали ижод қилиш мумкинлигини ўз ҳаёти мисолида исботлаган ёзувчилардан. Ўтган давр мобайнида бешта роман, қисса ва ўнлаб ҳикоялар яратди.

——-

Erkin Komilovni oʻz asarlariga oshufta etgan yozuvchi

Toyloqlik adiba Salomat Mamatqulova qishloqda turib ham samarali ijod qilish mumkinligini oʻz hayoti misolida isbotlagan yozuvchilardan. Oʻtgan davr mobaynida beshta roman, qissa va oʻnlab hikoyalar yaratdi.

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/x1u4

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtube
TAKLIFNOMA

Qadrli kitobxonlar, O'zbekiston Milliy universiteti O'zbek filologiyasi fakultetida "Kitobxonlar oyligi" doirasida 2024-yil 10-may kuni, soat 14:00da Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi Ma’mura Zohidovaning "Manglaydagi yoziq" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Tadbirga barcha kitobsevarlarni chorlaymiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Forwarded from QOʻSHRABOT HAYOTI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mulohaza

Ruhiyat musavviri


Nazarning ijod yo‘li ko‘pchiliknikiga judayam o‘xshayvermaydi. Odatda, aksariyat yozarmanlar oldin she’r, keyin hikoya, so‘ng qissa, undan keyin roman yozishday yo‘ldan yurishadi. Nazar esa 1984-yilda, ya’ni hali talabaligida “Urush odamlari” degan kattagina qissa yaratdi. Asar 1986-yilda “Yoshlik” jurnalida e’lon qilindi va muallifiga katta shuhrat keltirdi. Shundan so‘ng yozuvchining “Momoqo‘shiq”, “Maymun yetaklagan odam”, “Shamolni tutib bo‘lmaydi”, “Yalpiz hidi”, “Go‘ro‘g‘li yoki hayot suvi” kabi asarlari nashr etilgan.

👉davomi...

@yoshlikjurnali
Forwarded from Ijod gulshani
ADIBLAR VA KITOBLAR

Rossiyalik bolalar shoirasi Agniya Barto g‘alaba bayramini biror marta ham nishonlamagan. Chunki uning 18 yoshli o‘g‘li Garri 9-maydan besh kun ilgari fojiali tarzda halok bo‘lgan edi. Shundan so‘ng ko‘ngliga sig‘magan, shekilli, shoira bu kunni umuman bayram qilmagan.
Biroq u urush tufayli bir-birini yo‘qotgan oilalarni topish yo‘lida 1965-yildan 1974-yilgacha Moskva radiosida tinim bilmay ishlaydi. Shoiraning jonbozligi tufayli urush oqibatida to‘zg‘ib ketgan 927 ta oila qayta tiklanadi.

***

Shoir Sergey Yeseninning nomi rus mumtoz adabiyoti tarixi sahifalariga oltin harflar bilan muhrlangan. Ammo uning ichida go‘yo ikkita odam yashar edi. Biri muloyim, mehribon inson bo‘lsa, ikkinchisi o‘zboshimcha bezori bir kimsa edi. Masalan, u mushtlashishda juda ustasi faranglardan bo‘lib, uncha-muncha kishini shoshirib qo‘yardi. U hamisha politsiyachilardan qochib yurar, hatto, bir marta Lubyanka turmasida qamalib chiqqandi. Bir gal Parijda ham bezorilik qilib Fransiyadan quvg‘in bo‘lgandi. Shoirga nisbatan 13 marta jinoiy ish qo‘zg‘atilib, shundan to‘rttasida u bezorilikda ayblangan.

***

Fridrix Nitsshe umrining oxirgi yillarini ruhiy bemorlar kasalxonasida o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi. U 44 yoshida Shveytsariyaning Bazel shahridagi psixiatriya shifoxonasiga yotqizilganda, chuqur ruhiy bemorlik holatida edi. Buyuk faylasuf umrining qolgan qismini ruhiy xastalikda o‘tkazgan.

***

Shoir Aleksandr Blok mashhur olim Dmitriy Mendeleevning kuyovi edi. Blok xotinini juda yaxshi ko‘rar, ammo ularning nikohi juda g‘alati bo‘lgan. Yoshlarning tanishuvi bolalik chog‘laridanoq boshlangan edi. Bunda Sasha qanchalik
otashin muhabbat izhor qilmasin olimning qizi uning sevgisiga umuman e'tibor bermagan. Ma'shuqaning bunday nozu firog‘i shoirni battarroq maftun qilgan ekan.

***

Nobel mukofoti laureati shoir Iosif Brodskiy Rossiyada yashagan chog‘ida unga bekorchi tekinxo‘r degan aybni taqamoqchi bo‘lishgan. Chunki u ayrim sabablarga ko‘ra uzoq vaqt ishsiz yurgan.
Samuil Marshak, Korney Chukovskiy, Aleksandr Tvardovskiy, Dmitriy Shostakovich, Konstantin Paustovskiy singari mashhur ijodkorlar o‘sha davrdagi adabiyotning xo‘jayini -- goslit direktori Kosolapovga xat yozib, Brodskiydan bu aybnomani olib tashlashni so‘rab murojaat qilishgan.

***

Rus tarixchisi Nikolay Karamzin Rossiya tarixi va adabiyotini boyitishda beqiyos hissa qo‘chgan ijodkor hisoblanadi. Ammo, uning yana bir xizmati haqida ko‘pchilik bilmaydi.
Karamzin asarlari tilini ravonlashtirish maqsadida rus adabiyoti tarixida birinchi marta "Ёё" harfini qo‘llaydi va bahonada ushbu harf muomalaga kirib qoladi. Shu bilan birga adib rus tiliga juda ko‘p yangi so‘zlarni kiritib, uni behad boyitadi.

***

Vladimir Mayakovskiy Parijda bo‘lganida Tatyana ismli qizga oshig‘u beqaror bo‘lib qoladi. Ammo, qiz qurg‘ur unga rad javobini berib xafa qiladi. Kengfe'l shoir bunga javoban kitobi uchun olgan qalamhaqining hammasini gul do‘koniga berib, har hafta o‘sha o‘jar qizga guldasta jo‘natib turishlarini iltimos qiladi.

***

Yozuvchi Mixail Bulgakov esa "Usta va Margarita" romani uchun olgan gonorarini mutlaqo begona odamga berishlarini vasiyat qiladi. Kimda kim uning qabriga asarning birinchi qo‘lyozmasi kuydirilgan kunda gul keltirib qo‘ysa, qalamhaqini o‘sha kishiga berishni vasiyatnoma yozib tasdiqlatadi.
Qarangki, uning baxtli muxlisi leningradlik jurnalist Vladimir Nevelskiy o‘sha kuni o‘zi bilmagan holda yozuvchining qabriga gul qoyib, mo‘maygina gonorarga ega bo‘ladi. Adibning bevasi unga pulni pochta orqali jo‘natadi. Yosh jurnalist bu pulga qimmatbaho kater sotib oladi.

***

Mashhur yozuvchi Saltikov-Shchedrinning bolaligi juda og‘ir o‘tgan. Otasi bolalar tarbiyasini batamom xotinining. ixtiyoriga tashlab qo‘ygandi. U juda berahm dag‘alfe'l ayol bo‘lib, hatto bolalariga ham kun bermasdi. Shu bois Saltikov-Shchedrin yoshligida juda badxulq va qo‘rs bola bo‘lgan deyishadi. Oiladagi bu holat uning "Janob Golovlyovlar" asarida o‘z aksini topgan.

To‘plab taqdim etuvchi:
Xudoyberdi KOMILOV.
Yozuvchi Norto'xta Qilich taqdimotda bir gapni aytib qoldilar:

"198...yil kitobim nashrdan chiqdi, 60 ming nusxada. 27 ming rubl oldim. Bu pulga ikkita volga berardi. Volganing bahosi 16.900 edi. Hozir qiziqib kitobning oxiriga qaradim, 500 nusxa. Adabiyotga bundanam ortiq haqorat bo'ladimi?"

Ey voh, dedim tomog'imga nimadir tiqilib, siz qag'danam bilardingiz, nainki adabiyot balki hamma ilmu ijod sohalari xorlik davrini boshdan kechiryapti. Hech bir mehnat, hech qaysi mutaxassis qadrlanayotgani yo'q. Faqat balandparvoz nutq irod qiladiganlar, bo'yab-bejab ko'rsatadiganlar, labbaychilar, xushomadgo'ylar, qarsakbozlar qadr topyapti, xolos.

Haytovur meni hech kim eshitmadi.

#bugunning_manzarasi
#Mulohaza

“Yoshlik” har bir xonadonda bo‘lishi kerak bo‘lgan nashr (+video)

– “Yoshlik” jurnalining dastlabki sonlaridanoq Erkin A’zam, Xayriddin Sultonov, Murod Muhammad Do‘st kabi ijodkorlar tez elga tanildi, – deydi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Salim Ashur.

👉davomi...

@yoshlikjurnali
2024/05/18 08:41:18
Back to Top
HTML Embed Code: