Telegram Web Link
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan:

Karimova Eʼzozxon Gapirjonovna — Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Taʼlim sohasida uzoq yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan E. Karimova 2021-yilda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi boʻlimi boshligʻi, 2021-2023-yillarda Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.

2023-2024-yillarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori vazifasida ish olib borgan.

Vazirlik jamoasi Eʼzozxon Karimovaga maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
#natija_2025

🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan va tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon natijalari maktablar kesimida roʻyxat shaklida portal.piima.uz saytiga joylashtirildi:

🔗https://portal.piima.uz/page/ixm

Ushbu sahifada Agentlik tizimidagi maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchilarning imtihonda olgan natijalari hamda egallagan o‘rnini koʻrish imkoniyati mavjud.

❗️Maʼlumot uchun, Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon natijalarining roʻyxat shaklidagi koʻrinishi barcha maktablarga yetkazildi. Hujjat topshirgan maktabingizga murojaat qilib ushbu roʻyxat bilan tanishishingiz mumkin.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🧑🏻‍💻😊“Raqamli Avlod” IT Oromgohi 2025 – Yozgi mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

Mustaqilligimizning 34 yilligiga bag‘ishlangan ushbu loyiha 2025-yil 25-avgustdan 29-avgustga qadar ONLINE formatda bo‘lib o‘tadi.

🟡 Onlayn yo‘nalishlar:
• Python
• Dot Net
• Vue JS
• Sun’iy intellekt (AI)
• DevOps
• Flutter
• Web Design

🎁 Faol ishtirokchilarni qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda!

📝 Ro‘yxatdan o‘tish: online.raqamliavlod.uz

📌Shoshiling! Zamonaviy texnologiyagalar va qiziqarli darslarni qoldan boy bermang!

___

Raqamli avlod
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#GinnesRekordi

Missiya bajarildi – O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi!


“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida yoshlarimiz tarixiy yutuqqa erishdi. 1946 nafar iste’dodli yosh muhandis bir vaqtning o‘zida 1946ta kichik robotni yig‘ib, ulkan natija qayd etdi. Ushbu yutuq O‘zbekiston nomini yana bir bor “Ginnes rekordlar kitobi” sahifalariga yozdirishga sabab bo‘ldi.

Bu jarayonda faol ishtirok etgan yoshlarimizni tabriklayman. Bugun oʻzbek yigit-qizlari birgalikda harakat qilsa barcha vazifalarni uddalay olishini yana bir bor isbotlashdi.

@hilola_umarova
🔥15
#Jarayon
#SAT

🔰 Ayni damda Nurafshon shahridagi Prezident maktabida navbatdagi xalqaro Digital SAT imtihoni bo‘lib o'tmoqda.

2023-yilning may oyidan boshlab Nurafshon shahridagi Prezident maktabi Digital SAT imtihonini o'tkazuvchi markaz hisoblanadi.

✳️ Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.

📌 SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi bo‘lib, 1926-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Baholash mezoni 400-1600 ball shkalasida bo‘ladi.

🏛 Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔥7👍2👏2
#Rasmiy

TAYINLOV

⚡️⚡️⚡️Nazirov Abror Urinbayevich – Nurafshon shahridagi Prezident maktabining ijrochi direktori etib tayinlandi.

📌A.Nazirov – 1984-yilda Toshkent viloyati Angren shahrida tavallud topgan. Ma'lumoti - oliy.

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktab direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

⭕️Prezident maktabining jamoasi Nazirov Abror Urinbayevichning kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilab qoladi.

🏛 Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔥35👏134👍2🤔1🫡1
#imtihon_natijalari_2025
#ikkinchi_bosqich
#Prezident_maktablari

📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 2-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!

📆 Joriy yilning 27-iyul kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 2-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi.

Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin:
https://www.cambridgeinternational.org/J25-presidential-schools-results/

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥5🏆52
#OCHIQ_ESHIKLAR_KUNI
#OTA_ONALAR_MAJLISI

🔰Nurafshon shahridagi Prezident maktabiga 2 bosqichli test sinovlaridan yuqori ballar bilan o'tib, 5-sinfga qabul qilingan 24 nafar o'quvchilar va ularning oila a'zolari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
.

Maktabda yaratilgan shart-sharoitlar, maktab ichki intizom-qoidalari, talablari haqida yaqindan tanishtirilib, o‘quvchilarning kelgusi o‘qishlarida ulkan muvafaqqiyatlar tilab, o‘quv yili davomida ota-onalar bilan hamkorlikda, hamjihatlikda faoliyat olib borishga kelishib olindi.

🏛 Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
14🔥7🎉4👍2🥰1
#Bizning_shunday_õquvchilarimiz_bor

Nurafshon shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi sovrindorlari!

❇️ Bitiruvchilarimiz Saydullayev Faxriddin, Abdumalikov Azmiddin va Aminov Ulug’bek “El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2025-yilgi birinchi ochiq tanlovida test va suhbat bosqichlarida ishtirok etib, yuqori ball bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi sovrindori deb e'tirof etildi.

🔰 Nurafshon shahridagi Prezident maktabi jamoasi gʻoliblarni samimiy muborakbod etadi va kelgusida bundanda yuqori muvaffaqiyatlar tilaydi!

🏛 Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👏288🥰6👍4❤‍🔥3🔥3
Forwarded from Hilola Umarova
Aziz yurtdoshlar,
hurmatli ustoz va murabbiylar!


Sizlarni jonajon Vatanimiz Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!

Hurmatli Prezidentimiz boshchiligida Yangi Oʻzbekistonimiz barqaror taraqqiyot va keng qamrovli islohotlar yoʻlidan dadil borayotganini butun dunyo eʼtirof etyapti. Yangilanishlar har bir yurtdoshimiz, har bir oila hayotiga kirib borayotgani insonparvar siyosatning amaliy natijasidir.

Jahonga ikki buyuk Renessansni taqdim etgan mamlakatimizda bugun ulugʻ ajdodlarga munosib vorislar kamol topyapti, buyuk kelajakka mustahkam poydevor qoʻyilyapti.

Kuni kecha Mustaqillik tantanasida Davlatimiz rahbari taʼkidlaganlaridek: “Kelajakni mardlar, tarixni gʻoliblar yaratadi”. Bu yoʻldagi eng muhim omil, shubhasiz, taʻlim-tarbiyadir. Bunda ustozlarimizning, taʼlim fidoyilarining oʻrni beqiyos.

Qadrli hamkasblar!

Eng ulugʻ va eng aziz bayramimizda barchangizni yana bir bor tabriklab, sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va sharafli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman!

Istiqlolimiz bayrami barchamizga muborak boʻlsin!

Hilola Umarova,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi
rahbari oʻrinbosari
2
Hurmatli ustozlar, aziz yurtdoshlar! 🇺🇿
 
Ona Vatanimiz istiqlolining 34 yilligi – mustaqillik bayrami barchamizga muborak bo‘lsin. 🎉

Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida ozod diyorimizda har bir yil hamma sohada ulkan yutuqlar, tub o‘zgarishlar, xayrli natijalar bilan tarixga muhrlanayotgani bizni behad quvontiradi. 🌟📈

Ijtimoiy davlat deya atalgan Yangi O‘zbekistonimizdagi islohotlardan ko‘zlangan maqsad inson qadrini ulug‘lash, har bir yurtdoshimizga munosib turmush sharoitlarini yaratib berish, mamlakatimizni jahonning eng ilg‘or davlatlari safiga olib chiqishdan iborat. 🌍🚀

Bu o‘zgarishlar albatta ertangi kun egalarining bugungi taʼlim-tarbiyasiga chambarchas bog‘liq. 📚

Shunday ekan, kelajagimiz bunyodkorlarining har tomonlama barkamol voyaga yetishlari yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan qadrli yurtdoshlarimizga kuch-quvvat, sihat-salomatlik, ulkan zafarlar tilayman. 🏆

Osmonimiz hamisha bugungidek musaffo, yurtimiz tinch, xonadonlarimiz yanada fayz-u barakaga to‘lsin.

Barcha yutuqlarimizning poydevori, hayotbaxsh manbai sanalgan istiqlolimiz boqiy bo‘lsin! 🇺🇿

Yana bir bor bayram muborak, azizlar!

Nurafshon shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori, Abror Urinbayevich Nazirov ✍️

🏛 Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🔥4🥰1
2025/10/27 13:37:38
Back to Top
HTML Embed Code: