Telegram Web Link
#PositiveVibes #PrezidentMaktabi

📍Nurafshon shahridagi Prezident maktabida – quvonch va do‘stlik muhitida o‘tgan “Pitsa time”!

🇺🇿Maktabning faol o‘quvchi qizlari, xotin-qizlar qo'mitasi raisi Sidikova Nigora bilan hamkorlikda mazmunli dam olish va jamoaviy muhitni mustahkamlash maqsadida “Pitsa time” tashkil etdilar.

➡️Tadbir davomida qizlar bir-birlari bilan samimiy suhbatlar qurdilar, yangi do‘stlik rishtalarini mustahkamlab, o‘z iqtidorlarini namoyon etdilar.
Bunday tashabbuslar o‘quvchilarda nafaqat ijodkorlik va ijobiy kayfiyatni oshiradi, balki jamoada o‘zaro hurmat va birdamlik tuyg‘usini ham kuchaytiradi.


🎓Tashabbuskor o‘qituvchimiz va faol qizlarimizga minnatdorchilik bildiramiz! Prezident maktabi – bu nafaqat bilim maskani, balki mehr, samimiyat va ilhom manbaidir.

🏛 Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥2
⚡️Texnologiyalar davri – ijod va tafakkur davri!

🇺🇿 Nurafshon shahridagi Prezident maktabida Robototexnika to‘garagi muntazam ravishda o’tkazilib kelmoqda!

Bu to‘garakda o‘quvchilar:
🔹zamonaviy texnologiyalar bilan ishlashni, dasturlash asoslarini o‘rganishni, ijodkorlik va jamoaviy fikrlashni rivojlantirishni o‘zlashtirmoqdalar.


📝Yosh ixtirochilar turli robotlar yaratish, ularni boshqarish va amaliy loyihalar ishlab chiqish orqali kelajak muhandislari sifatida shakllanmoqdalar.

➡️Prezident maktabi o‘quvchilari nafaqat bilim olmoqda, balki raqobatbardosh, innovatsion tafakkur egalariga aylanmoqda!

🏛 Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10❤‍🔥3🔥3🙏3👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tashabbus
#Yangi_loyiha
#Hamkorlik
#Yosh_kitobxon_tanlovi

📚Nurafshon shahridagi Prezident maktabida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan Toshkent viloyatida joylashgan Prezident va 15 ta ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari o‘rtasida Tog‘ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” asari asosida tashkil etilgan “Yosh kitobxon” tanlovidan video-lavha.

📌 Ushbu tanlovning navbatdagi mezboni Oqqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi❗️

🏛 Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👏2👍1🔥1🥰1🎉1💯1
#diqqat_eʼlon
#sayyor_qabul

🤩 AGENTLIK RAHBARIYATINING SAYYOR QABULI OʻTKAZILADI

📆 Joriy yilning 24-oktabr kuni soat 16:00 da Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosari Xasan Shakirov Nurafshon shahridagi Prezident maktabida sayyor qabul oʻtkazadi.

✅️ Sayyor qabulni tashkil etishdan maqsad, aholining Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi yoʻnalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni vakolat doirasida tezkor hal etish choralarini koʻrishdan iborat.

🗺Sayyor qabul oʻtkaziladigan manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, "Yangiobod" MFY, "Yangiobod" ko‘chasi 36-uy.

Bizni kuzating
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥2
#sayyor_qabul
#Toshkent_viloyati

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati ishtirokida Nurafshon Prezident maktabida sayyor qabul oʻtkazildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar o‘z murojaatlarini  Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosari Xasan Shakirovga toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazish imkoniga ega boʻldi.

🗣Murojaatlar mazmuni o‘quvchilarning o‘qishini boshqa ta’lim muassasalariga ko‘chirish, dars jarayonlarini yanada samarali tashkil, xalqaro taʼlim grantlari boʻyicha xabardorlikni oshirish kabi masalalarni qamrab oldi.

❗️Sayyor qabul davomida murojaatlarning aksariyati  joyida hal etildi. Yechimi vaqt talab qiladigan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ularni nazoratga olish belgilandi.

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53
🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
#Диққат_эълон

DIQQAT, IJODKOR VA IQTIDORLI O‘QUVCHILAR!


Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Ixtirochilikka qadam” tanlovining maktab bosqichi dastlab 20–31-oktabr kunlari o‘tkazilishi va maktab bosqichi g'oliblarini maxsus sayt orqali ro'yxatdan o'tkazish joriy yilning 1-noyabriga qadar amalga oshirilishi belgilangan edi.

❗️Hozirda ixtirochi.piima.uz sayti mutaxassislar tomonidan texnik takomillashtirish jarayonida bo‘lgani sababli, maktab bosqichi g‘oliblarini ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirildi!

📆 Endilikda "Ixtirochilikka qadam" tanlovining maktab bosqichi g'oliblarini saytda ro'yxatdan o'tkazish joriy yilning 27-oktabridan 5-noyabrigacha amalga oshiriladi.

💡 Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda yangi mahsulot yoki xizmat yaratish imkonini beradi:
➡️ta’lim,
➡️axborot texnologiyalari,
➡️yashil energiya,
➡️ekologiya,
➡️iqlim o‘zgarishi
➡️qishloq xo‘jaligi.

🌍 Fikrlaringizni ixtiroga aylantiring — o‘z ixtirongiz bilan maktabingiz faxriga aylaning!

🔗 Qo‘shimcha ma’lumotlar Agentlik rasmiy kanallari orqali e’lon qilib boriladi.

Sizdek nomzodlarning tanlovimizda ishtirok etishidan xursandmiz!

Bizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Cyber University
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zbek tili bayrami: Milliy ma'naviyatning sehrli lahzalari

🫥 "Cyber university" davlat universitetida o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi festival tarzida nishonlandi. Ushbu festivalda O'zbekiston xalq shoiri, senator, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Mahmud Toirov ishtirok etib, tadbirni ochib berdi. U "Poetik makon" doirasida klassik shoirlar asarlaridan parchalar va o'z ijodidan she'rlar o'qib, yoshlarni ruhlantirdi.

Mahmud Toirov har bir maydonchani aylanib chiqdi: “Til devori”da eng shirin so‘zlarni yozib, ishtirokchilar bilan suhbatlashdi; “CyberSo‘z”da zamonaviy terminlarni muhokama qildi; “Tilni asra”da til madaniyatiga tahdidlarga qarshi kurashni ta’kidladi va “Tilni saqlayman” devoriga imzo qo‘ydi. “She’r marafoni”da o‘qigan she’rlari esa festivalni milliy ma’naviyatning chinakam timsoliga aylantirdi.

😑Ushbu voqea nafaqat tilni ulug‘lash, balki shoirlarimiz orqali kelajakni yoritishning yorqin namunasi bo‘ldi. Yoshlar, Mahmud Toirovning so‘zlari kabi, tilimizni asrab-avaylaylik va boyitaylik!

🌐Website 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook 🎬Youtube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥1
2025/10/25 02:49:47
Back to Top
HTML Embed Code: