Telegram Web Link
"Til — millat ko‘zgusi" shiori ostidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir

✔️Bugun Nurafshon shahri hokimligi, RMMM Nurafshon shahri bo‘linmasi tashabbusi bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi tasarrufidagi 57-umumtaʼlim maktabida “Til — millat ko‘zgusi” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔎Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zbek tiliga bo‘lgan chuqur hurmat va mehrlarini sheʼr, qo‘shiq, raqs hamda sahna ko‘rinishlari orqali namoyon etdilar. Ularning chiqishlari orqali o‘zbek tilining boyligi, go‘zalligi va milliy qadriyatlarimizdagi o‘rni yuksak darajada ifodalandi.

🎁 Shuningdek, tadbir ishtirokchilari uchun "Mahalla" xayriya jamoat fondi Toshkent viloyati bo‘limi tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Ushbu ezgu tashabbus yoshlarning bilimga, sanʼatga va milliy qadriyatlarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.

🕊 Bunday tadbirlar ona tilimizga bo‘lgan hurmatni yanada yuksaltirib, yosh avlod qalbida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini mustahkamlaydi.

https://www.tg-me.com/Nurafshonpressa
3
#Халқаро_ҳамкорлик

⚡️Япониянинг нуфузли университети билан давлат хизматчилари таълими бўйича ҳамкорлик масалалари муҳокама қилинди


▫️Бошқарув самарадорлиги агентлиги вакиллари Япониянинг Нагоя университети Осиё ҳамкорликни ривожлантириш департаменти директори, Осиё сунъий йўлдош кампуслари институти (ASCI) директори, профессор А. Ямаучи бошчилигидаги делегация билан учрашув ўтказди.


Маълумот учун: ASCI – Нагоя университети томонидан 2014 йилда ишлаб чиқилган, Осиё минтақасида илмий салоҳиятли ва истиқболли раҳбар кадрларни ривожлантиришга қаратилган нуфузли дастур ҳисобланади. Ушбу дастур Ўзбекистонда 2015 йилдан бошлаб амалга оширилаётган бўлиб, ёш ва истиқболли мутахассислар учун докторантурада ўқиш имконини беради.

Суҳбат давомида давлат хизматчилари учун таълим дастурларини йўлга қўйиш, кадрлар салоҳиятини ошириш ва икки томонлама ҳамкорликни кенгайтириш масалалари муҳокама қилинди. Нагоя университети томонидан амалга оширилаётган нуфузли ASCI докторлик дастури ҳақида маълумот берилди.

Ушбу дастур давлат хизматчиларига иш фаолиятини тўхтатмаган ҳолда, масофавий тарзда 3 йил давомида таҳсил олиш ва илмий изланишлар олиб бориш имконини яратади. Сафар ва тадқиқот харажатларининг барчаси университет томонидан қопланади.

Учрашув якунида 2026–2027 ўқув йили учун дастурда иштирок этадиган номзодлар рўйхатини шакллантириш ҳамда ҳамкорликни ривожлантириш бўйича келишувга эришилди.


Расмий саҳифаларимиз
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Aloqa
3
#davlat_tili

🇺🇿 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

Aziz hamshaharlar, hurmatli shahrimiz faollari!

Sizlarni bugungi ulug‘ ayyom — til bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Til – millatning yuragi, qalb ko‘zgusi.
U xalqimizning o‘tmishi, buguni va kelajagini, madaniyati va ruhiyatini o‘zida mujassam etgan muqaddas ne’matdir.

Ajdodlarimiz, xususan, Alisher Navoiy turkiy tilning go‘zalligi va boyligini butun jahonga tanitgan bo‘lsa, jadid ziyolilarimiz uning asrab-avaylanishini milliy burch sifatida ko‘rganlar.

Bugungi kunda ham bu ezgu an’ana izchil davom etmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek:
“O‘zbek tili — milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsolidir.”

Bugun o‘zbek tili nafaqat ish yuritish, balki ilm-fan, madaniyat va jamiyat taraqqiyotining asosiy tayanchiga aylanmoqda.

Keling, barchamiz ona tilimizni yanada e’zozlaylik, uni ardoqlab, yosh avlod qalbiga singdiraylik!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

🖊 Ilxom Klichxanov
Nurafshon shahri hokimi

https://www.tg-me.com/Nurafshonpressa
👍42
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍1👏1
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi IT-parkka tashrif buyuradi.

Davlatimiz rahbari majmuaning ikkinchi bosqichiga start berish marosimida ishtirok etadi hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish loyihalari bilan tanishadi.

Shuningdek, Prezident raisligida hudud va tarmoqlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит IT-парк в Ташкенте.

Глава нашего государства примет участие в церемонии запуска второго этапа комплекса, а также ознакомится с проектами по внедрению технологий искусственного интеллекта.

Также под председательством Президента состоится видеоселекторное совещание по вопросам развития технологий искусственного интеллекта в регионах и отраслях.

Facebook|Instagram|X
E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Davlat mulkini ijaraga oling!

🔹Angren shaharida 17 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 7 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 3 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 16 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 11 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 5 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 11 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 7 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 10 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
1
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Bugun insoniyat yangi sivilizatsiya bosqichiga – sun’iy intellekt davriga dadil qadam qo‘ymoqda.

Bunday texnologiyalar iqtisodiyotdan tortib, ta’lim, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va boshqaruv tizimigacha chuqur kirib bormoqda.

Qaysi soha bo‘lmasin, kim bu jarayonda qattiq izlanib, aniq natija qilsa, bir qadam oldinda yursa, marra shuniki bo‘ladi
”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Yil boshida 2030-yilga borib, dunyo iqtisodiyotida sun’iy intellekt hajmi 15 trillion dollarga yetishi prognoz qilingan bo‘lsa, hozirgi tahlillar bu raqam 20 trillion dollardan ortishini ko‘rsatyapti.

Facebook|Instagram|X
1
O‘zbekistonda ham sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha alohida qaror qabul qilinib, sohaning huquqiy asoslari yaratildi.

Qisqa davrda davlat xizmatlari, bank-moliya, jamoat xavfsizligi, transport kabi yo‘nalishlarda 30 dan ortiq pilot loyihalar ishga tushdi.

O‘tgan yili Sun’iy intellektni 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.
Raqamli texnologiyalar vazirligida mazkur soha bilan ishlaydigan alohida markaz tashkil etildi.

Bir yilda mamlakatimiz sun’iy intellektga tayyorgarlik bo‘yicha xalqaro indeksda 17 pog‘ona yuqoriladi (dunyoda 70-o‘rin, Markaziy Osiyoda 1-o‘rin).

Facebook|Instagram|X
2030-yilda sun’iy intellektga asoslangan xizmatlar hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazish reja qilingan edi. Lekin xorijiy ekspertlar O‘zbekistonning salohiyatini 10 milliard dollarga baholamoqda.

Buning uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi yanada ko‘p ishlashi, vazirlar, hokimlar, tarmoq rahbarlari esa haftada bir kunini shu sohani rivojlantirishga ajratishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

“Hamma vazirlar, hokimlar chet elga borganida sun’iy intellekt iqtisodiyot tarmoqlari rivojiga qanday hissa qo‘shayotgani, aholiga, biznesga nima yengillik berayotganini ko‘ryapti. Bizda ham shuni qilsa bo‘ladimi? Albatta, bo‘ladi”,

– dedi Prezident.

Masalan, tarmoqlardagi ko‘plab korxonalar biznes jarayonlarini raqamlashtirib, xarajatlarini 10 foizgacha kamaytirayotgani qayd etildi. Sun’iy intellekt ham joriy etilsa, samaradorlik yanada oshishi ta’kidlandi.

Adliya, soliq idoralari sun’iy intellekt yordamida 24/7 rejimida onlayn maslahat tizimini ishga tushirdi. Bojxona qo‘mitasi sun’iy intellekt orqali xavfni boshqarish tizimini yo‘lga qo‘ydi. Geologiyada ham sun’iy intellekt yordamida videotahlil tizimini yo‘lga qo‘yib, rudadan olinadigan metall hajmini 1-2 foizga oshirish bo‘yicha loyiha tayyorlanmoqda. Bu birgina mis qazib olishning o‘zidan yiliga 20 million dollar qo‘shimcha daromad keltiradi.

Facebook|Instagram|X
Yig‘ilishda hududlarda ham yaxshi misollar borligi qayd etildi.

Masalan, Urganch shahrida sun’iy intellekt asosida “Aqlli shahar tizimi” ishga tushirildi.

Situatsion markaz tashkil qilinib, elektr, gaz, suv, issiqlik ta’minoti, boshqaruv-servis kompaniyalari, transport, yo‘l, obodonlashtirish, chiqindi korxonalari yagona tizimga ulangan.

Har bir yo‘nalishdan kelib tushayotgan murojaatlarni sun’iy intellekt asosida tahlil qilib, tezkor kompleks yechim berish yo‘lga qo‘yilgan. Bularning hisobidan yiliga 16 milliard so‘m tejalmoqda.

Viloyat markazlari va poytaxt tumanlarining barcha hokimlariga Urganchdagi yangi tajribani o‘rganib, yil yakunigacha o‘zida joriy qilish topshirildi.

Boshqa vazirlik va idoralar rahbarlariga ham sohaning ichiga kirib, sun’iy intellektni joriy qilish bo‘yicha imkoniyatlarni ishga solish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Facebook|Instagram|X
Endilikda vazirlar va tarmoq rahbarlarining raqamlashtirishga mas’ul o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida sohada sun’iy intellektni rivojlantirishga ham javobgar bo‘lishi belgilandi.

Shahar va tumanlarda ham hokimlarning raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchisi lavozimi kiritiladi.

Barcha vazirlik va hokimliklarga o‘z tuzilmasida sun’iy intellektni rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan alohida bo‘linma tashkil qilish va ularning oldiga, eng avvalo, ish samaradorligi va xizmat sifatini oshirish, ortiqcha xarajat, “yashirin” iqtisodiyot va byurokratiyani qisqartirish kabi masalalarga sun’iy intellekt orqali yechim topish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berish topshirildi.

Yuqori ko‘rsatkichga erishgan, xorijiy til biladigan, texnologik bilimi kuchli 100 nafar mutaxassis AQSH, Yevropa, Singapur, Yaponiya kabi davlatlarga olti oylik kurslarga yuboriladi.

Kelgusi yildan vazirlik va hududlarda sun’iy intellektni joriy etish holatini baholaydigan reyting tizimi ishga tushiriladi.

Facebook|Instagram|X
Prezidentimiz dunyoda sun’iy intellektga talab ortib borayotgan hozirgi davrda raqobatdosh bo‘lish uchun 3 ta eng asosiy masala – infratuzilma, ochiq ma’lumotlar va kadrlar tayyorlashga e’tiborni kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

Sakkiz yilda 300 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari qurildi, aholi punktlarining 99 foizi mobil aloqa bilan qamrab olindi. Katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash uchun 7 ta data-markaz ishga tushirildi.

Keyingi yil sog‘liqni saqlash, energetika, bank-moliya, bojxona-soliq, transport, tog‘-kon va qishloq xo‘jaligi sohalarida sun’iy intellekt bo‘yicha 100 ta loyiha rejalashtirilgan.

Bularni amalga oshirish uchun shunga mos quvvatlar, zamonaviy super-kompyuterlar kerak. Lekin hozirgi mavjud quvvatlar faqat kichik loyihalarni ishga tushirish uchun yetadi.

Oqibatda tadbirkorlar o‘z loyihasi uchun chet eldagi infratuzilmadan foydalanib, bunga millionlab dollar sarflayapti.

Shu bois, joriy yil 16 ta super-kompyuter sotib olish uchun 50 million dollar ajratildi. Keyingi yil bu mablag‘ 2 karra oshirilishi e’lon qilindi.

Facebook|Instagram|X
“Bir narsani tushunish kerak: tarmoq va hududlarda sun’iy intellekt infratuzilmasiga oshib borayotgan talabni faqat davlat hisobidan qoplab bo‘lmaydi,

– dedi Prezident.

Bugun start berilgan "IT-Park" loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida Saudiyaning “Data Volt” kompaniyasi bilan 150 million dollar hisobiga 12 megavattli data-markaz ishga tushiriladi. Keyingi bosqichda yana 3 milliard dollar sarmoya hisobiga quvvatlar 500 megavattga olib chiqiladi.

Umuman, investorlar uchun yanada jozibador muhit yaratib, zamonaviy super-kompyuter klasterlari va data-markazlarni ko‘paytirish zarurligi qayd etildi.

Bunday markazlar xarajatining 70 foizi elektr energiyasiga to‘g‘ri kelgani uchun investorlar jozibador elektr tariflari masalasini ko‘targan.

Bu boradagi ishlar Qoraqalpog‘istondan boshlanishi belgilandi. Sun’iy intellekt infratuzilmasiga 100 million dollardan ko‘p sarmoya kiritgan investorlarga elektr energiyasi narxi 5 sent etib belgilanadi, IT-park imtiyozlari tatbiq etiladi, import uskunalari bojxona to‘lovidan ozod etiladi.

Bu sohada katta sakrash qilish bilan birga, Qoraqalpog‘iston iqtisodiyoti rivojiga ham munosib hissa qo‘shadi”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Shu bilan birga, olis hududlarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash uchun keyingi yildan yo‘ldoshli internet operatorlarining faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ular 5 yilga yer, mol-mulk, foyda va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi.

Facebook|Instagram|X
2025/10/23 08:53:36
Back to Top
HTML Embed Code: