Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar

Viloyatimiz sportchisidan Jahon rekordi!

Norvegiyaning Fyorde shahrida oʻtayotgan ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida -110 kg vazn toifasida ishtirok etgan Akbar Joʻrayev dast koʻtarish mashqida 196 kg ogʻirlikni muvaffaqiyatli koʻtarib, oltin medal bilan birga yangi jahon rekordini ham oʻrnatdi.
Og‘ir atletikachimiz Akbar Jo‘rayev 2025 yilgi Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritib, uch karra jahon chempioniga aylandi!
U musobaqaning dastlabki bosqichida snatch yo‘nalishida 196 kg og‘irlikni muvaffaqiyatli ko‘tarib, yangi jahon rekordini o‘rnatdi.

Shuningdek, clean & jerk yo‘nalishida ham ishonchli chiqish qilib, umumiy 428 kg natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. (Federatsiya hisob-kitoblariga ko‘ra, sportchi 109/110 kg vazn toifasida qayd etilgan.)

Akbar Jo‘rayev avval ham 2021 va 2023 yillardagi jahon chempionatlarida g‘olib chiqqan, shuningdek, Tokio-2020 Olimpiadasida oltin medal va rekord natija bilan yurtimiz sharafini yuksaklarga ko‘targan edi.

Ushbu g‘alaba sportchimizning yuksak mahorati, mehnatsevarligi va barqaror sport formasining yana bir bor isbotidir.

Qizig‘i, so‘nggi 40 kun ichida Toshkent viloyatidan chiqqan oltinchi sportchi jahon chempioni bo‘ldi — bu esa viloyat sportida olib borilayotgan islohotlar va yuksalishning yaqqol ifodasidir.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍4🔥1
#kun_tartibi

Zoyir Mirzayev O‘rta Chirchiq tumani hamda Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan qurilish  jarayonlari bilan tanishdi

O'rganish davomida hokim hamda tegishli mutasaddi rahbarlar Toshkent aylanma yo‘li va Toshkent–Nurafshon avtomobil yo‘llari kesishgan hududda olib borilayotgan yer osti yo‘li qurilishi bilan tanishdilar.

🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Bildirish
#Diqqat

🚧 Nurafshonda qatnov harakati vaqtincha cheklanadi

Shahar markaziy shifoxonasiga kirish yo‘lida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan, yo‘l-transport harakatini tartibga solish hamda favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida Nurafshon shahar, Navro‘z mahallasi Shifokor ko‘chasida 2025-yil 12-oktabr kunidan boshlab qatnov harakati vaqtincha cheklanadi.

Avtomobil haydovchilariga harakatni bir tomonlama yo‘nalishda amalga oshirish tavsiya etiladi.

🛠 Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

https://www.tg-me.com/Nurafshonpressa
4
#стоп_коррупция

📢 Пенсия жамғармаси тизимида  коррупцион ҳолатларга дуч келдингизми? Бизга “Тезкор хабар” беринг!

🛑 Коррупцияга “Йўқ” денг!

💻 Тизимда коррупция ҳолатлари ва ноқонуний ҳаракатлар ҳақида хабар бериш учун 12-71 ишонч телефонимиз ёки ижтимоий тармоқлардаги қуйидаги саҳифаларимиз орқали биз билан боғланинг:

➡️Telegrambot: @pensiyauzbot
➡️Facebook: https://www.facebook.com/pensiyauzb/
➡️Instagram: https://www.instagram.com/pensiyauzb/

📥 Электрон почта:
[email protected]

📨 Мурожаатларингизга душанбадан жумага қадар 09:00 дан 18:00 гача ўз вақтидаа жавоб берилади.

📅 Дам олиш кунларида жўнатган мурожаатларингиз биринчи иш кунидаёқ кўриб чиқилади ва жавоб берилади.

⚠️ Унутманг, коррупция ҳақида хабар берган ёки унинг олдини олишга кўмаклашган ходимлар ёки фуқароларнинг хавфсизлиги кафолатланади. Ёдда тутинг, коррупция мамлакат ривожланишидаги асосий тўсиқдир.

📞 12-71    
👍1
“Yong‘indan ogohlik” profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

Nurafshon shahrida “Yong‘indan ogohlik” umummilliy dasturi doirasida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan korxona, tashkilot va ta’lim muassasalarida profilaktik tadbirlar, targ‘ibot ishlari hamda maxsus-taktik mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, shahar MMTB tasarrufidagi ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarda o‘quvchilar va pedagoglarga yong‘in xavfsizligi qoidalari tushuntirilib, yong‘in yoki favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri harakatlanish, birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish hamda o‘t o‘chirish vositalaridan foydalanish bo‘yicha master-klass o‘tkazildi. Tadbir davomida ko‘rgazmali chiqishlar ham namoyish etildi.

Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan ko‘p qavatli uy-joy fondi ob’yektlari hamda aholining xonadonlarida isitish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarning oldini olish maqsadida profilaktik targ‘ibot ishlari ham olib borilmoqda.
👍1
Forwarded from Hudud Inform
Саида Мирзиёева: «Ғоямиз жаҳон ҳамжамиятида кенг кўламли акс-садо берди»

2025 йил 12 октябрь куни Осакадаги «Shining Hat» Экспо-холлида Бутунжаҳон кўргазмалар бюроси («BIE») мукофотларини топшириш маросими бўлиб ўтди. Бу маросим «EXPO 2025 Osaka, Kansai» Халқаро кўргазмасининг ёрқин якуний аккорди бўлди.

🥇 Маданият ва санъатни ривожлантириш жамғармаси томонидан ташкил этилган Ўзбекистон павильони 1500 м² гача майдонли павильонлар орасида ўз тоифасидаги энг олий мукофот — «Мавзунинг энг яхши очиб берилиши» номинациясида олтин медалга сазовор бўлди.

Қарорни 21 май куни павильонга ташриф буюрган тўққиз нафар экспертдан иборат халқаро ҳакамлар ҳайъати қабул қилди. Мукофотлар беш турдаги павильонлар ўртасида учта асосий номинация — «Архитектура ва ландшафт», «Кўргазма дизайни» ва «Мавзунинг энг яхши очиб берилиши» бўйича топширилди.

🚫 «Биз тақдим этган «Билимлар боғи: келажакдаги жамият учун лаборатория» концепциясида анъаналар ва инновациялар уйғунлиги ўз аксини топган. Ғоямиз жаҳон ҳамжамиятида кенг кўламли акс-садо берди», — деди Саида Мирзиёева.

Президент Администрацияси раҳбари профессионаллик ва ушбу лойиҳага бўлган ишонч учун бутун жамоага, шунингдек, халқаро ҳамкорларга миннатдорлик изҳор этган.

Бутунжаҳон кўргазмалар бюроси («BIE») мукофоти нима учун берилади?

Бу мукофот (1928 йилда ташкил этилган) — «EXPO» доирасида кўргазманинг асосий мавзуси билан ҳамоҳанг соҳаларда эришилган ютуқлар учун тақдим этилади. У илғор ғоя ва технологиялар, иштирокчи-давлатларнинг маданий жиҳатларини намоён этган энг яхши павильон, экспозицияларга берилади.

Нуфузли «BIE» мукофоти — номзод мамлакатнинг дунё кўргазмаси ривожига қўшган катта ҳиссасини, салмоқдор натижаларини эътироф этади ҳамда уларнинг муайян соҳадаги лидерлигини ифода этади. Мукофот соҳиби бўлган павильонлар креатив, замонавий технологияларга ва глобал муаммоларга янги ёндашувларни намоён этгани учун тақдирланади.


Каналга уланиш: 👇
@hudud_inform
Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
2025/10/27 15:58:30
Back to Top
HTML Embed Code: