#Yigʻilish

Yoshlarga eʼtibor – kelajakka poydevordir!

Tuman hokimi Muzaffar Aripov raisligida Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini  muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman Komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda hokim oʻrinbosarlari, huquq-tartibot organi vakillari, Mudofaa bo‘limi hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Yigʻilishda tuman hokimi alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni vazirlik, idora, korxona va tashkilot rahbarlariga biriktirish orqali ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashish va bu borada belgilangan ustuvor vazifalar xususida taʼkidladi.

Maʼlumot oʻrnida, mahallalardagi yoshlar yetakchilari tomonidan olib borilgan xatlov jarayonlarida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 20 400 nafar yoshlar balansi shakllantirilib, 3 toifaga ajratildi. Shundan 14 727 nafar yashil, 4 800 nafar sariq va 304 nafar qizil toifadagi yoshlarni tashkil qilmoqda.

Komissiya yigʻilishida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tuman hokimi tegishli mutasaddilarga koʻrsatmalar berdi.

😀Telegram | 😀Instagram | 📹 You tub
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

Maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalash ustuvor vazifalardan biri

Piskent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari ishtirokida "Umumtaʼlim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusidagi oʻquv-seminari tashkil etildi.

Seminarda yoshlar tarbiyasida milliy qadriyatlarning oʻrni va ahamiyatiga oid bir nechta mavzularda maʼruzalar tinglandi. Shuningdek, "Oʻzbek jadid ziyolilari: maktab islohi va matbuoti" mavzusida oʻzaro fikr almashindi.

Oʻquv-seminar davomida umumtaʼlim maktablarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, maktab psixologlari va sinf rahbarlarga ish faoliyatida tarbiyaviy ishlarni tizimli olib borishlari uchun uslubiy qoʻllanmalar tavsiya etildi.

😀Telegram | 😀Instagram | 📹 You tub
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

Piskent tumani hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari o‘zgarmoqda.

Endilikda hokimlik axborot xizmati facebook, telegram, instagram, Youtube da faol ravishda axborot tarqatishni boshlaydi.

Shuningdek, jarayonga mos holatda axborot tarqatish shakli va formati ham tubdan o‘zgaradi, yangilanadi.

Piskent tumani hokimligining tarmoqlardagi yangi rasmiy sahifalariga ulaning va bizni kuzatishda davom eting.

😀Telegram  😀Instagram  📹YouTube

Shu o‘rinda muhim yangilik!

Endi Piskent tumani hokimi Muzaffar Aripovning rasmiy sahifalari ham ochildi. Unda siz tuman hokimining faoliyatiga oid eng so‘nggi yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin.

🗂Кириллда ўқиш

Facebook  🌐Instagram   Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/05/08 04:30:31
Back to Top
HTML Embed Code: