Telegram Web Link
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasidagi ikki yarim yillik faoliyatim yakunlandi

Aslida Toshkentga kelganimdan beri uyushmada ishlaydigandek edim. Yaxshi koʻrardim bu dargohni. 15-yili eski uyushmaning katta zalidagi koʻpgina mushoiralarida ishtirok etganman. Adiblar xiyobonidagi yangi binosiga koʻchgandan keyin yaqin ustozlarimiz, akalarimiz, oldiga koʻproq boradigan, tadbirlar va kitob taqdimotlarini qoldirmay ishtirok etadigan boʻldim. Ayniqsa, jigarim Navoiylik Alisher ishga kirganlaridan keyin Toshkentdagi eng yurakka yaqin joyga aylangan edi uyushma. Oʻshanda ustozimiz Rustam Mirvohid Yosh ijodkorlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi edilar. Yosh ijodkorlar bilan Navroʻzda sumalak qilganimiz koʻpchilikning yodidan chiqmasa kerak. Botirjon aka Yoshlar masalasi boʻyicha oʻrinbosar boʻlib kelganlaridan keyin u kishining suhbatlarini qumsab kelayotgan yoshlar safi juda koʻpaydi. Keyinchalik ularning qoʻl ostida ajoyib jamoa shakllandi. Xullas, shunchalik bu muhitni yaxshi koʻrganimdan norasmiy ishlar edim goʻyoki qadrdonlarim orasida. Shunday kunlardan birida oʻqishlarni bitirib maktabda targʻibotchi sifatida ishlab yurarkanman, Yozuvchilar uyushmasida yarim stavka ish borligini aytishdi. Agar meni qabul qilishsa bajonidil ishlashimni aytdim. Axir, bu ulugʻ dargoh. Shunday qilib Botirjon Ergashev menga ishondilar va shu yarim stavkalik ishga joylashdim. Davlat tashkilotida ishimni boshladim. Balki bu kimlar uchundir oddiy holdir lekin men uchun bu ishonch ayni oʻsha vaqtlarimda juda qadrli edi. Menga imkon bergan uyushma rahbariyatiga, suhbatga kirganimda Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning samimiyat ila “Nima deysiz, Nodirjon, bu yigitga” deganlarida, “O‘zimizni yigitku” deya yaqin olgan akamiz Nodir Jonuzoqqa, ish davomida men u kishidan koʻp narsalar oʻrganganim ustoz Minhojiddin Mirzoga, masʼuliyatli vazifalarni ham ikkilanmay bizga topshirib, tajribalarini ayamagan akamiz Gʻayrat Majidga, har qanday masalada biz yoshlarga yordam berib kelgan akam Zavqiddin akaga, barcha xodimlarga ming rahmatimni aytmoqchiman. Oʻsha ahil jamoaning bir boʻlagi boʻla olgan boʻlsam, ishonchlarni oqlay olgan boʻlsam, Yosh ijodkorlar uchun nimalardir qila olgan boʻlsam, demak, missiya bajarildi.  Yoshgina bir xodimni ishga olib, yoʻl-yo‘riq koʻrsatib, ishonch bilan Yosh ijodkorlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi darajasigacha ishonib topshira oladigan beminnat dargoh bu Yozuvchilar uyushmasi boʻlsa kerak. Botirjon aka rahbarligida Yoshlar uchun qoʻlimizdan kelgancha yangiliklar qilishga urindik, Buxoroi sharifda Turkiy tilli davlatlar yoshlari forumi tashkil etildi, Zomin seminarlari oʻtkazildi, 70 nafarga yaqin yoshlarning Birinchi kitoblari nashr etilib taqdimotlari tashkil etildi. Toʻgarak va loyihalar oʻtkazildi. Shunday xayrli ishlarda mana shu tashkilotning bari qalbi daryo insonlari va katta isteʼdodli ijodkorlari bilan birgalikda ishladik. Ma’mura Zohidova opamdan juda koʻp narsalar oʻrgandim, Navoiylik Alisher akam-qadrdonim faqatgina ishda emas hayotda ham doim yordamlarini ayamagan, maslahatlarini qizgʻanmaganlar. Nargiza Asadova opam bilan koʻp vaqt ishlay olmagan boʻlsakda mehribonlik bilan ukalariday koʻrib, doim yaxshilik istab turishlarini unutmayman. Masihulloh Madaminov eng yaxshi koʻrgan ukam – hamkasbim bilan xotiradan oʻchmas yaxshi kunlarni, hazillarga toʻla yillarni, baʼzan sinovli damlarni ham oʻtkazdik. Hulkar Sherzodova singlim, Erkin Hojimuhammad ukam bilan yelib-yugurib, saf tortib xizmat qildik. Shu bilan birga yosh ijodkorlarning masʼulligiga kelgan ustozimiz, xalqning sevimli shoirasi Farida Afro‘zga ham rahmatlar aytib qolaman. Barilarining borlariga shukur. Bunday mehribon insonlar bilan bir jamoada ishlaganimdan doimo faxrlanaman va ilohim bu yaxshi insonlar bilan keyingi bekatlarimizda ham birga yurt koriga yarash nasib etsin. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasidan boshqa ishga oʻtayotgandirman. Lekin doimo adabiyot xizmatida qolaman. Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi sifatida uyushma bergan har qanday vazifaga tayyorman!

Hammasi uchun rahmat!

Niyatullo Elbek oʻgʻli
3❤‍🔥2🔥1😢1
“Ish faoliyatimizdan lavhalar”
🔥4❤‍🔥11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Transfer amalga oshdi. Fabritsio Romano aytganidek “HERE WE GO”. Yangi ishxonaga yaxshi kutib olindik. Yaqinlarimizga rahmat. Duo qilib qoʻyasizlar.

@Qalb_yoli
9🔥3😁2❤‍🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ozodbek NAZARBEKOV
"UYG‘ON, O‘G‘LIM!"
Botirjon ERGASHEV sheʼri

Dunyo sivilizatsiyasiyalarini uygʻotgan sanoqsiz allomalarning makoni boʻlgan bu tuproqlarda tugʻilgan har bir oʻzbekni uygʻotadigan ajoyib sanʼat asari boʻlibdi. Mualliflarga rahmat!

@Botirjon_Ergashev
😢31❤‍🔥1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Istiqlolimizning_34_yilligi

Men eng yaxshi ko'radigan Vatan haqidagi she'rlardan biri ustoz shoir Muhammad Yusufning "Iqror" nomli she'ri

Barchangizni bugungi bayram bilan qutlayman! Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!

@Qalb_yoli
🔥2❤‍🔥11👏1
#futboldalik

– Oy tutildiyu. Shunda quyosh bilan oy oʻrtasiga yer turib qoladimi?
– Yoʻq Yangi Oʻzbekistondan penaltida tepilgan toʻp)

Stadionda ichimdan oʻtgan gaplar

@Qalb_yoli
😁10👏5
Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#olis_yaqin_ovozlar

HAMMA YO'LLAR RIMGA ELTMAYDI...

Aksing o‘tar xayollarimdan,
Nigohimga sachrab ketadi.
Javob topdim savollarimga,
Barcha yo‘llar Senga eltadi.

O‘ngim qiynar sog‘inchlar hamon,
Tushlarimni qo‘ymaydi omon,
Boqiy dunyo bo‘lguncha tamom,
Barcha yo‘llar Senga eltadi.

Boshim olib borsam cho‘llar ham,
Osmon, Uchoq, dengiz, ko‘llar ham,
Nazarimda temiryo‘llar ham,
Bir Sen tomon, Senga eltadi.

To‘rvamiz bo‘sh, umr zavolda,
Imkonlarni zoye ketkazdik.
Ko‘zlar ko‘rib turgani holda
Alam qilar senga yetmaslik.

Niyatullo Elbek o‘g‘li

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4❤‍🔥3
Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#tavallud

Bugun – shoir Niyatullo Elbek o‘g‘lining tavallud topgan kuni!

Dengizni sevasan…

Sen dengizni sevasan, hayhot,
Xayolingda alvon yelkanlar.
Ertakchidek tuyilar senga
Dengizlarni ko‘rib kelganlar.

Men mavjlari ulkan dengizman,
Boshim Senda, poyonim hadsiz.
Sensiz men eng mashhur yolg‘izman,
Sog‘inchlari cheksiz, sarhadsiz.

Telbalardek chayqalar ruhim,
Sen bir suluv, men bir to‘pori.
Marvaridlar tutaman senga,
Agar kelsang ko‘ksimni yorib.

Sen dengizni sevasan, tamom,
Bu his go‘zal, bu his ko‘p yaxshi.
Orzu nedir bilarmi avom,
Tushunmaydi baxtimga qarshi…

Nigohlaring savolga to‘la,
Orzularga qo‘shilar g‘ayrat.
Mushtoqliging bilan bir yo‘la
Sog‘inchlaring keltirar hayrat.

Tuyg‘ular betutqich, beega,
Dunyolar tor keladir hisga.
Dengiz o‘yi qayerdan kelgan,
Daryolarni ko‘rmagan qizga?

Sen dengizni ko‘rmoqchisan, bas,
Haqiqatga aylanar tushlar.
Kelmoqdasan, daraklaringni
Yetkazmoqda chag‘alayqushlar.

Osmonlarga tutash bo‘lsam ham,
O, ishqimning bo‘yidan pastman.
Yo‘llaringga mushtoqman, lekin
Tashrifingga tayyor emasman!

Sen dengizni sevasan, men-chi?
Men dengizga aylanaman, kel!
Yaqin qolding, ortar sevinchim,
Iforingni keltirmoqda yel.

Tushlaringni kezinasan keng,
Tun. Jimgina orom olasan.
Tong. Dengizga aylanaman, sen
Ummonlarni sevib qolasan!

Men sochilib ketaman tamom!


🔗Batafsil ➡️ “Yoshlik” / 2023/ 5

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3❤‍🔥2
2025/10/27 15:10:29
Back to Top
HTML Embed Code: