Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YUKSALISH DAVRI

Yuksalmoq safarin anglamoq uchun,
Xotirlamoq arzir moziyni koʻp bor.
Gʻoliblar, fotihlar yotgan yurt bu kun,
Baland marralarni koʻzlagan takror!

Asli shu zamindan yoyilgan taʼlim,
Uygʻonish davrining boʻlgan mayog‘i.
Qancha allomalar bergani maʼlum,
Xorazm Maʼmunning bilim oʻchogʻi.

Yana ogʻir kechmish oʻtkardi Vatan,
Koʻtardi qancha yov tahdidlarini.
Bitmas chandiqlardan ozor chekdi tan,
Boy berdi kechilmas jadidlarini.

Yelkasi yer koʻrmas botirlar hamon,
Qancha mard ketsa ham tugamas janglar.
Vatan deb nomusni saqlarlar omon,
Gʻururi Boysun togʻ, yelkasi Langar.

Keldi ajdodlarning orzu roʻyobi,
Uygʻonish davri shu, yuksakka safar.
Poklandi bobolar qurgan mehrobi,
Toʻkilgan qon uchun quchildi zafar.

Har tomon turli bir soha ayvoni.
Har tomon yetkazar gʻalaba sori,
Yo gʻazal ayyomi, yo futbol maydoni,
Bir zum tin olmagay bu yurt meʼmori.

Demak, shak-shubha yoʻq, aylanaverar,
Otasi botir yurt har bahodirga.
Tugʻilaveradi, yuksalaverar,
Muhammadqodirlar, Abduqodirlar.

Bitmas xazinadir olim, arbobi,
Tugamas jahongir arslon, sherlari.
Shoh Boburga oʻxshar uchragan Bobur,
Navoiyga oʻxshar Alisherlari.

Til bilgan el bilar, ham elning gʻamin,
Ibrat farzandlari ilmga ibrat.
Mutolaaxonaga aylansa zamin,
Zukko kitobxonga aylanar millat.

Baland marralarda yuksalmoq davri,
Keldi maʼrifatla uygʻonish oni.
Bu buyuk millatning yuragin zarbi.
Suronga toʻldirsin butun dunyoni.

Niyatullo Elbek oʻgʻli
❤‍🔥4🔥21👏1
Turkiy dunyoning eng mashhur va katta jurnali Turkiyada chop etiladigan Qardosh qalamlar (Kardesh Kalemler) jurnali soʻnggi sonida koʻplab turkiy tilli ijodkorlar qatorida oʻzbek adabiyotining yosh ijodkorlari safida bizning ham sheʼrlarimiz berilibdi. Bu yuzasidan ijodiy ishlarimizni soʻrab olgan va tarjima qilib turkchaga oʻgirgan qadrdon doʻstimiz, qardoshimiz Fotihbeyga tashakkurlar aytamiz! Olloh rozi boʻlsin! Jurnal qoʻlimizga tekkanida ichidagi tarjimalardan ham havola qilamiz.

https://www.kardeskalemler.com/sayi/kardes-kalemler/67d3ef002ccc0
❤‍🔥5👏4🔥21
ИШОНИШ ҚИЙИН, АММО...

Арслон овлаган кийигини ейишни бошлар экан, қорнида боласи борлигини сезиб қолди.Ўлган кийикнинг боласини онасининг қорнидан тортиб чиқарди. Бола ўлиб бўлган, энди кеч эди. Арслон ўлик болани онасининг жонсиз танаси ёнига қўйиб, оғир қадамлар билан бир четга узанди. Бу ҳолатни тасвирга олган сураткаш, арслоннинг узоқ вақт ҳаракатсиз ётганидан шубҳаланди. Бутун жасоратини жамлаб унга яқинлашди. Арслон ўлик эди. Арслоннинг ўлими сабабига қизиққан сураткаш, жасадни ветеринарга олиб борди. Ветеринар арслоннинг қорнини ёриб, унинг юрак ёрилишидан ўлганини аниқлади.

"Шерюрак" дейилишининг битта маъноси шу бўлса керак. Арслон ўзи сабабидан бир айбсизга етган зарарни ҳазм қила олмади. Ҳайвон деб билганларимиз, баъзи одамлардан кўра марҳаматлироқ.

@Qalb_yoli
😢7💔5❤‍🔥3
NECHUK JONMAN

Nechuk jonman, parishonman, sar to po aybu nuqsonman,
Yomonman, yo’ldan ozg’onman, na insonman, na hayvonman.

Abas umrimni o’tkazdim, gunohlar daftarin yozdim,
Maosiy dashtida ozdim, topolmay yo’lni hayronman.

Amolimdan uyotqonman, gunah loyig’a botqonman,
Xudoyimni unutqonman, nechuk derman musulmonman?

Olib kasbi halolim deb, haqi mardumni molim deb,
Yesin ahli ayolim deb yugurgan qavli yolg’onman.

Amal uqboni darkori, bu dunyodir ekinzori,
Husulum ma’siyat bori, gunah dashtiga dehqonman.

Bo’ynimda ishqi tavqi yo’q, dilimda haqni shavqi yo’q.
Tilimda tavba zavqi yo’q, g’ariqi bahri isyonman.

Netarman go’r azobig’a, maloyikni javobig’a,
Qiyomatni hisobig’a, yomon oluda domonman.

Turar Mahsharda g’ovg’olar, boshimda qancha savdolar,
Bo’lurman anda rasvolar, na qilg’um ahli tug’yonman.

Qani Jamshid taxtida, Skandar bormu baxtida,
Manam o’tkinchi vaqtida gadoman, garchi sultonman.

Qulingdirman manam, yo Rab, gunohimdin na g’am, yo Rab,
Agar qilsang karam, yo Rab, zihi mamnuni ehsonman.

Inoyatlik ilohimsan, panohim, takyagohimsan,
Na qilsang podshohimsan, sanga bo’ynumni sungonman.

Gunahim haddin oshti, lek g’ufroningga Rojiyman,
Qiyomat shiddati vahmi bilan tarsonu larzonman.

Rojiy Marg'iloniy

@Qalb_yoli
❤‍🔥4🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi muborak Juma kuni qutlugʻ boʻlsin. Har tunimiz qadr boʻlib, har kunimiz Navroʻzga aylansin! Barchangizga Navroʻz ayyomi muborak, yaxshilar! Bugungi bayram konserti Yangi Oʻzbekiston bogʻidan boshlandi. Shundayin katta sahnada katta shoirlar Shodmonqul Salom, Nuriddin Rasulov va Burhon Rahmatovlar bilan sheʼr aytib chiqish nasib qildi. Bardavom qilsin!

@Qalb_yoli
🔥73❤‍🔥3👏2💔1😇1
Эркин қушман, озод яшайман
Ҳеч нарсадан қилмай шикоят.
Топганимни бир зум йўқотиб,
Қайтиб топиш — мен учун одат.

Кўнгил сўраб қўймасангиз ҳам,
Достон қилиб беришга шайман.
Кўнглимизни ўғрилаб сўнгра —
Сотганларни севиб яшайман.

Таслим бўлиш ожизларга хос,
Бир кулиб, бир кўзёш тўкаман.
«Ўзим» бўлиб дунёга келдим —
Дунёдан ҳам шундай ўтаман.

Ниан Юрис, 2011

Абдулқодир Маҳмуд таржимаси

@Mahmudiy_uz
🔥2👏2❤‍🔥1
DIQQAT, E’LON!
ZOMIN SEMINARI BOSHLANMOQDA!


Yosh ijodkorlarning an’anaviy Zomin seminari hududiy bosqichlariga start beriladi. Respublikamizning turli joylarida ijod qilayotgan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan ijodkorlarni seminarning hududiy bosqichida ishtirok etishga chorlaymiz!
Seminar 7 ta:
📜 Nazm;
📖 Nasr;
🎭 Dramaturgiya;
📑 Badiiy publitsistika;
🌐 Badiiy tarjima;
👫 Bolalar adabiyoti;
📝 Adabiy tanqid
yo‘nalishida o‘tkaziladi.
Seminarda qatnashish istagida bo‘lgan yoshlardan Yozuvchilar uyushmasining o‘zlari yashaydigan (doimiy yashash joyi bo‘yicha) hududiy bo‘limlariga pasport nusxasi hamda ijodiy ishlarini (20 sahifadan 40 sahifagacha, birinchi sahifasida muallif ism-sharifi, telefon raqami yozilgan holda) fayl papka holatida hamda elektron tarzda yuborishlari so‘raladi.
Toshkent shahri uchun ijodiy ishlar 2025-yil 15-aprelgacha qabul qilinadi. (Viloyatlar uchun qabul belgilangan kunlari eʼlon qilingan. Masʼullar bilan bogʻlanish mumkin)

Andijon viloyati: 932584005, Barno Soliyeva;
Buxoro viloyati: 943251010, Suhrob Hamroyev;
Fargʻona viloyati: 903030715, Gulchehra Asronova;
Jizzax viloyati: 880281707, Nafisa Qoʻylonova;
Xorazm viloyati: 935532258, Boltavoy Begmatov;
Namangan viloyati: 902756506, Gulchehra Zokirova;
Navoiy viloyati: 934604530, Hulkar Gapparova;
Qashqadaryo viloyati: 906701129, Elboy Qulmanov;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi: 913843660, Beknazar Ernazarov;
Samarqand viloyati: 939921064, Zuhra Eshonqulova;
Sirdaryo viloyati: 949130365, Xayrulla Solijonov;
Surxondaryo viloyati: 999577122, Muzaffar Qurbonov;
Toshkent viloyati: 994848334, Zohidjon Olov;
Toshkent shahri: 916675177, Masihulloh Madaminov.
👏3❤‍🔥1
#TAVSIYA

Baxtga erishishning oltita sharti bor:

1. O‘tmishning ibratdan boshqa eshiklarini berkit va uni behuda titkilashdan voz kech!
2. Boshqalarning sen haqingdagi fikrlariga qara:
- Allohdan qo‘rqadigan muruvvatli kishilarning fikri bo‘lsa undan foydalan;
- yuzsiz-hasadgo‘y, pastkashlarning fikri bo‘lsa unga tupurib qo‘y!
3. Qo‘lingda boriga qanoat qil va boshqaning qo‘lidagidan umidvor bo‘lma!
4. Senga anglatishlarini kutib oʻtirma, chunki hayot seniki, u esa ibratlarga toʻla. Anglab yet!
5. O‘zingni boshqalarga qiyoslama, chunki sen mumtozsan!
6. Uyg‘on, kulimsira va maqsad sari olg‘a bos!
- Aniqki, Robbingning senga ham atagani oldinda!
- Qani, bismillah!

©️ Abror Muxtor Aliy

@Qalb_yoli
🔥43❤‍🔥1
***

Ko'zlaringda ishq ko'rib keldim,
Haq yo'ldagi g'oyalarimga.
Har kun besh bor egilsa derdim,
Soyalaring soyalarimga!

Bu dunyosi oddiy bir o'yin,
G'amida ham kulolmaganga.
Ishqdan Misr qurmog'im qiyin,
Men uchun Nil bo'lolmaganga.

Niyatullo Elbek o'g'li

@Qalb_yoli
🔥64❤‍🔥2👏2
Shayton doim ham yonimizga qoʻrqinchli ikki shoxli maxluq koʻrinishida kelmaydi, baʼzan u bizga nasib boʻlmagan goʻzal orzular qiyofasida keladi. Shunda biz orqamizga nazar solib, erishilmagan xayrsiz matohlar uchun muhabbatdan va baxtdan olayotgan nafasimizni rostlab Yaratuvchiga isyon qilib qoʻyamiz! Yo Olloh bizlarni bu qadar ojiz qoldirma!

© Niyatullo Elbek oʻgʻli

@Qalb_yoli
😢5🔥4❤‍🔥3💔2👏1
***

Togʻlar choʻqqisini koʻzlab yuraman,
Baland pardalarda soʻzlab yuraman,
Dolzarb lahzalarda mulzam turaman,
Mingta yaxshim boʻlsa, bor bir yomonim,
Buncha azoblisan zaif tomonim.

Sherday na’ra tortdim yovlar qarshida,
Jon saqlab qolgandim toʻlqin mavjida,
Gʻalaba ayyomin ayni avjida,
Dushmanga koʻrinib qolmoqda yonim,
Buncha azoblisan zaif tomonim.

Men Xudo emasman, qulman batamom,
Qismatni tanlolmas banda hech zamon,
Gar meni suymasa sinamas hamon,
Ammo qil ustida oʻynaydi jonim,
Buncha azoblisan zaif tomonim.

Oyning yuzida ham bor hatto dogʻi,
Qizil olmaning ham qurt tushgan yogʻi,
Dunyoning ham biri kam boʻlar chogʻi,
Demak, illat emas asli yomonim,
Ammo azob berar zaif tomonim...!

Niyatullo Elbek oʻgʻli

@Qalb_yoli
🔥7❤‍🔥3👏21💔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Daxshatli tarix yozildi hozir! Kimdir ishi sabab, kimdir yosh bolalar ekanku deb beeʼtibor boʻlib koʻrmagandir lekin bu futbol, bu millat! Oʻzbekiston U17 yoshlilar oʻrtasidagi Osiyo chempioni!
Bolaligimdan magʻlubiyatga chidolmaslik, faqat gʻalaba uchun harakat qilishni oʻrganganman. Gʻalabali yurishlarimiz bardavom boʻlsin!

IRODA

Oyog'imdan chaldi xatolar,
Tik qolmoqqa yetmadi kuchim.
Tag'in qaddim tutdim, dunyoga
Kelmaganman yutqizmoq uchun.

Tuyulgandi bu janglar qiyin,
Mardlik ta'min bilmagunimcha.
Tugamaydi hech qachon o'yin,
Men g'alaba qilmagunimcha!

Niyatullo Elbek o'g'li

@Qalb_yoli
👏11❤‍🔥3🔥21
#TavalludKun

Farzandi uchun qo'lidan kelmaydigan ish bo'lmagan, bolasi uchun eng kuchli odamga aylana oladigan inson bu ota-ona. Bugun 23-aprel – DADAJONIM tavallud kunlari. Umringiz uzoq bo'lsin, dadajonim! Uzoq umr ayajonim bilan duogo'yimiz bo'lib, baxtimizga sog'-omon yuringizlar! Sizlar uchun jonimiz fido!

ULUG‘ TOG‘

Gʻururingiz ulug‘ tog‘ kabi,
Sabotingiz qoyalaridek.
Mustahkamdir, ota, qaddingiz
Har to‘siqda turoldingiz tik.

Menga o‘rnak sizning yo‘lingiz,
Turibmanku ko‘zlarim yonib.
Tog‘ bo‘laman bir kuni men ham
Yuklsalyapman sizga suyanib...

Niyatullo ELBEK o'g'li

@Qalb_yoli
❤‍🔥5👏21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Zomin2025

Zomin saralashi munosabati bilan Buxoro shahriga yoʻl oldik. Sharif shaharda Buxoro hamda Navoiy ijodkorlari saralashini oʻtkazib qaytamiz. Barcha yosh ijodkorlarga omad tilab qolamiz! Manfaatli safar boʻladi Xudo xohlasa.

@Qalb_yoli
7❤‍🔥3🔥1
CHEMPION

Grandlarni charchatdi ancha,
Top klublar boshiga yetdi.
Kuboklarga yetib kelgancha,
Bogʻcha bollar yoshiga yetdi.

Or deb bildi magʻlublik sha’nin,
Come back ta’min yod etgan holda.
Shakllandi mardlar shundayin,
Oltin avlod va oltin bola.

Shubha qildi koʻplari birday,
Ishonmadi ertak deb garchand.
Ertakdagi qahramonlarday,
Yetib keldi chepmionlarcha.

Majbur turing terilib saf-saf,
Yoʻlak oching! BARCA kelyapti.
Erik Haydar aytgan toʻgʻri gap,
Yoʻldan qoching! BARCA kelyapti.

Xavfli boʻlar yarador sher, lek
Sherdir nasli yotsa ham tursa.
Koʻk anorrang yarashganidek,
Kuboklarga yarashar BARCA!

© Niyatullo Elbek oʻgʻli

@FCBuz | Rasmiy Kanal
@Qalb_yoli
🔥5👏3❤‍🔥21😍1
1998-2000-yillarni g‘ira-shira eslayman tushunib-tushunmay futbol koʻrardim dadam bilan, terma jamoamiz oʻyinlarini qoldirmay kuzatardik. Magʻlub boʻlib qolsa murgʻak yurakchalarimga sigʻmay yigʻlab yuborardim. Goh hakamlar, goh bizdan sal kuchli terma jamoalar sabab boʻlib har 4 yillikdagi Jahon chempionati orzularimni koʻmib tashlashga majbur boʻlardim. Lekin men ishonardim. Chunki bizning buyuk xalqimiz har qanday zafarga loyiq. Futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining 2026-yilgi Jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan tarixiy natijasi xalqimizga muborak boʻlsin!

FUTBOLCHILARIMIZGA

O‘v raqiblar, shay turing endi,
Moziylardan kelmoqda darak.
Jaloliddin, Temurlar keldi,
Matonatdan toblangan yurak!

Madhiyaga turing xaloyiq,
Tomirlarda qalqisin g'urur.
Bu yurt mudom zafarga loyiq,
Ko'taraylik boshimiz mag'rur!

Jim turmoqlik muxlisga nomus,
Bosh egmoqlik yov qarshida or.
Bitta joyga uraylik mushtni,
Shunda bo'lar g'alabalar yor!

Futbolda ham ko'rsatib qo‘ying,
O'zbeklarning qudrati, kuchin,
G'alabalar ulashing faqat,
Ortingizda buyuk xalq uchun!

Gʻarbga yetmay qolgandi bir vaqt,
Amir Temur qilgan safari.
Tugataylik ortig'i bilan,
Bobom boshlab qo'ygan zafarni!

Millat uchun jonimiz fido,
Yutug'idan quvonib shodon.
Yurt qayg'usi qayg'umiz illo,
Yurtning dardi dardimiz mudom!

Har to'siqqa beraylik barham,
Qani ketdik bellarni bog'lang.
Bir xalq bo'lib shaklandik va
Bir xalq bo'lib yengaylik olg'a!

Niyatullo Elbek oʻgʻli

@Qalb_yoli
🔥82👏2
Audio
ELANISH

Yashamadim garchi yer bo‘lib,
Lekin lozim goho tan berish.
Ajablanmang agar er bo‘lib,
Elanishim tuyulsa erish.

Men taqlidning tarafdorimas,
O‘zgalarga o‘xshab bo‘lmaydi.
Ko‘kni bilmam, yerda har nafas
Elanmasdan yashab bo‘lmaydi.

Bolalikdan sig‘may tanamga,
Orzularga belangan edim.
Ilk bora shu aziz Vatanga
Ozod bo‘l, deb elangan edim.

Onamga ham avval tik turib,
Men g‘ururli bolaman, dedim.
Shundan keyin sekin elanib,
Sevganimni olaman, dedim...

Xullas, bunday misollar bisyor,
Atasangiz mayliga avom.
Toki bizda yurak bor, ishq bor,
Elanishlar etadi davom.

Hamon sho‘ng‘ib bolaligimga,
Tuyg‘ularga belanayapman.
Hozir esa jajji o‘g‘limga
“Dada de” deb elanayapman..

© Jo‘rabek Ramazon

@Qalb_yoli
@jorabekramazon
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hamon sho‘ng‘ib bolaligimga,
Tuyg‘ularga belanayapman.
Hozir esa jajji o‘g‘limga
“Dada de” deb elanayapman..

Jo‘rabek Ramazon

@Qalb_yoli
@jorabekramazon
❤‍🔥5🔥3😍2
— "Duel" degani oʻzi nima?
— Men buni bilaman. Kinoda koʻrganman. Hozir ikkovi bir birini otib oʻldiradi...

"Chinor ostidagi duel" filmidan.
😁14🔥2😢1
#premyera

Ancha vatqdan buyon tayyorgarlik koʻrilgan, intiqib kutilgan adabiyot – Sheʼriyat yoʻnalishida katta loyiha Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil qilingan "Sheʼriyat teatri” loyihasining Premyerasiga barcha kuzativchilarimizni taklif etamiz! Shoir haqida, umuman bir ijodkor tugʻilishi, uning yuzaga chiqishi haqida katta yozuvchi, dramaturg ustozimiz Qoʻchqor Norqobilning ssenariylari asosida poyaxtimizda ijod qilayotgan yosh shoirlar va Muqimiy teatrining taniqli va mahoratli aktyorlari birgalikda goʻzal bir spektakl tayyorlashibdi. Ertangi Premyerada barcha kuzatuvchilarimizni kutamiz!

@Qalb_yoli
2025/10/27 15:10:19
Back to Top
HTML Embed Code: