#mundarija
📚 IZLAM
📘 Jumanazar Yo'ldosh, “Sir”
📖 Fragment va mundarija
📘 Shahriyor Shavkat, “Ham”
📖 Fragment va mundarija
📘 Nozima Habibullayeva, “Nafas”
📖 Fragment va mundarija
📘 Mansur Jumayev, “Biz kutgan fasl”
📖 Fragment va mundarija
📘 MohiRa, “Qirq birinchi kun”
📖 Fragment va mundarija
📘 Gulrang, “Gulqaychi”
📖 Fragment va mundarija
📘 Najmiddin Ermatov, “Turon sog'inchi”
📖 Fragment va mundarija
📘 Furqat Alimardon, “Qorakuya”
📖 Fragment va mundarija
📘 Jaloliddin Sayyid “Huqqaboz”
📖 Fragment va mundarija
📘 Suhrob Ziyo, “Daryo”
📖 Fragment va mundarija
📘 Rahmat Bobojon “Ro‘baro‘”
📖 Fragment va mundarija
📘 Muhammadxon Yusupov, “Deraza ortida”
📖 Fragment va mundarija
📘 Bayram Ali, “Bosiriq”
📖 Fragment va mundarija
📘 Gulhayo Anorova, “Avron”
📖 Fragment va mundarija
📘 Sevara Alijonova, “Mahkum sayohati”
📖 Fragment va mundarija
To‘plam narxi:457 000 so‘m 370 000 so‘m
Xarid: www.tg-me.com/akademsavdo
📚 @akademnashr
Youtube | Instagram | Facebook | Twitter
📚 IZLAM
📘 Jumanazar Yo'ldosh, “Sir”
📖 Fragment va mundarija
📘 Shahriyor Shavkat, “Ham”
📖 Fragment va mundarija
📘 Nozima Habibullayeva, “Nafas”
📖 Fragment va mundarija
📘 Mansur Jumayev, “Biz kutgan fasl”
📖 Fragment va mundarija
📘 MohiRa, “Qirq birinchi kun”
📖 Fragment va mundarija
📘 Gulrang, “Gulqaychi”
📖 Fragment va mundarija
📘 Najmiddin Ermatov, “Turon sog'inchi”
📖 Fragment va mundarija
📘 Furqat Alimardon, “Qorakuya”
📖 Fragment va mundarija
📘 Jaloliddin Sayyid “Huqqaboz”
📖 Fragment va mundarija
📘 Suhrob Ziyo, “Daryo”
📖 Fragment va mundarija
📘 Rahmat Bobojon “Ro‘baro‘”
📖 Fragment va mundarija
📘 Muhammadxon Yusupov, “Deraza ortida”
📖 Fragment va mundarija
📘 Bayram Ali, “Bosiriq”
📖 Fragment va mundarija
📘 Gulhayo Anorova, “Avron”
📖 Fragment va mundarija
📘 Sevara Alijonova, “Mahkum sayohati”
📖 Fragment va mundarija
To‘plam narxi:
Xarid: www.tg-me.com/akademsavdo
📚 @akademnashr
Youtube | Instagram | Facebook | Twitter
Forwarded from Santuagara (21+)
#review #izlam
🪞 "Ro‘baro‘ "
🌟 Rahmat Bobojon
Atrofingni o‘rar, sezasan, ko‘proq,
peshonasi - yolg‘iz, ko‘zlari - lo‘qlar.
Senga uchmoqlikni o‘rgatar shu chog‘
osmoni unutlar,
qanoti yo‘qlar...
She'r kitobga taqriz yozish eng qiyin ish aslida. Chunki shoirning tafakkur ufqi, hissiyotlari, anglagan va anglatmoqchi bo‘lgan hislaridan bexabar bo‘lsangiz, eng quyuq, badiiy bo‘yoqdorlikka ega va qofiyalar to‘q she'r ham sizga jo‘n bo‘lib ko‘rinadi. Baxtimizga aynan shu anglamni anglash yo‘lidagi baxt bizga lazzatlidir. Biror satrni tahlil qilish, uning qanday ma'no kasb etishini taxmin qilib ko‘rish zavqli ish.
Rahmat Bobojon - tarjimon shoir. Buning, ya'ni tarjimonlikning shoirlikka nima aloqasi bor dersiz. Aslida tarjimonlik mahoratiga ega, chet el she'riyatidan boxabar shoirlar ijodida ulug‘vorlik yaqqol namoyon bo‘ladi, tajriba va amaliyor o‘z so‘zini aytadi. Men buni ilk bor Izlamning birinchi faslida nashr erilgan Mirzohid Muzaffarning "Mahv" kitobini o‘qiganimdayoq tushungan edim.
Aynan shu sababli ham Rahmat Bobojon she'rlarida ulug‘ ozar va turk shoirlarining ham chizgilarini ilg‘ash, ularga xos viqorni his etish, tuyish mumkin. Shoir asosan ishq, sevgi va muhabbat mavzulari haqida qalam tebratsada, bu olamdagi jamiki hislar, muammolar yechimi va asosi aynan shu balogardon ishq ekanligini o‘qirmanga ro‘baro‘ qiladi.
Shuning uchun ham kitob nomi ro‘baro‘dir. Asli shoir o‘zining o‘zligi bilan kitobda yuzlashsada, oddiy kitobxon ham, Ro‘baro‘da o‘zi bilan o‘zi ro‘baro‘ kelishi tayin. O‘zligidan qo‘rqmaydiganlarga ushbu kitobni tavsiya etib, barchaga yoqimli mutolaa tilayman. Hurmat va ehtirom ila S.N.K
P.s: 2024-yil o‘qilgan 48-kitob

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Taqrizlar
Rahmat Bobojonning “Ro‘baro‘”si
Universitetda birinchi marta darsga kirayotgan guruhimda bir talaba yigit “Eski she’rlarimdan o‘qib beraman, ustoz” deb otboqarlar (quloqqa g‘alati eshitilarkan) haqidagi balladasini o‘qib berdi. Bir vaqtlar o‘zim ham she’rlar mashq qilib yurganim bois, qarshimda havaskor shoir yoki talaba emas, balki rosmana ijodkor turganini his qildim. Shundan keyin Rahmatjon bilan she’riyat, tarjima borasida ko‘p mulohaza almashdik.
Shu kunlarda “Izlam” loyihasida ko‘plab yosh ijodkorlar qatori Rahmat Bobojonning ham kitobi nashrdan chiqdi. Odatda, “ro‘baro‘” so‘zini qo‘llaganimizda, kim bilandir yuzma-yuz kelish, tasodifan uchrashish ma’nosini tushunamiz. Shoir esa his-tuyg‘ulari bilan, yana ham shoirona aytsak, o‘zi bilan ro‘baro‘ kelmoqda go‘yo. Fikrlarini, hayajonlarini saralamoqda. Dardlarga yuragini ochib bermoqda:
Tilga kirsang, ay chiltor, mangu
Yuragimga do‘st bo‘lsa har dod.
Xush kelibsan, muhtaram qayg‘u,
Xush kelibsan, buzruk iztirob!
Dardga to‘lgan yuraklardan dardli she’rlar tug‘iladi, o‘qirmanni o‘ziga jalb etadi. Shoir o‘z qayg‘ulariga she’r muxlislarini sherik qila oladi. Ma’lum ma’noda bu ham ular bilan ro‘baro‘, yuzma-yuz bo‘lish sifatida tushuniladi.
O‘zi bilan o‘zi ro‘baro‘ kelgan ijodkor o‘zligini anglash uchun taftishni boshlaydi:
Bir zumda oshiqman, gadoman, qulman,
Bir zumda to‘g‘riman, odil, rasoman,
Bir zumda osiyman, gumrohman, go‘lman,
Bir zumda dalliman, darbadar, xasta.
O‘zini anglash yo‘lida iztirob chekkan oshiq barcha dardlariga muhabbatni malham deb biladi, har doim unga nisbatan ehtiyojni his etadi. Bu holat misralarda juda go‘zal tarzda berilgan:
Bormi kelar yo‘lingdan belgi,
Bormi ketar yo‘lingdan bir iz?
Qaylardasan, so‘yla, ey sevgi,
Qaylardasan, so‘yla, Havvo qiz?
Yuqoridagi nashrning adabiyot ixlosmandlari uchun ahamiyati katta deb o‘ylayman.
Iroda ESHONXONOVA,
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat ona tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchisi, pedgogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.

Forwarded from “Аkademnashr” nashriyoti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from “Аkademnashr” nashriyoti
Iroda Eshonxonova, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori:
Universitetda birinchi marta darsga kirayotgan guruhimda bir talaba yigit “Eski she’rlarimdan o‘qib beraman, ustoz” deb otboqarlar (quloqqa g‘alati eshitilarkan) haqidagi balladasini o‘qib berdi. Bir vaqtlar o‘zim ham she’rlar mashq qilib yurganim bois, qarshimda havaskor shoir yoki talaba emas, balki rosmana ijodkor turganini his qildim. Shundan keyin Rahmatjon bilan she’riyat, tarjima borasida ko‘p mulohaza almashdik.
Shu kunlarda “Izlam” loyihasida ko‘plab yosh ijodkorlar qatori Rahmat Bobojonning ham kitobi nashrdan chiqdi. Odatda, “ro‘baro‘” so‘zini qo‘llaganimizda, kim bilandir yuzma-yuz kelish, tasodifan uchrashish ma’nosini tushunamiz. Shoir esa his-tuyg‘ulari bilan, yana ham shoirona aytsak, o‘zi bilan ro‘baro‘ kelmoqda go‘yo. Fikrlarini, hayajonlarini saralamoqda. Dardlarga yuragini ochib bermoqda...
👉 To'liq o'qish uchun

Forwarded from Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YOMG‘IRLAR YOG‘ADI SEN BOR SHAHARDA
Rahmat Bobojon she'ri
Muhayyo Rustam qizi o‘qidi
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Rahmat Bobojon she'ri
Muhayyo Rustam qizi o‘qidi
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Forwarded from Santuagara (21+)
#maqola #tahlil #luğat
🕯 "Izlam" izlamli?!
Bu savolga javob ko‘p kitobxonlarni qiziqtirgani tabiiy, shuning uchun ham tahliliy maqola yozishga qaror qildim. Yozgan revyularimda kitobxonlarga asarlarni subyektiv fikrlarga asoslanib tavsiya etgan yoki etmagan bo‘lishim mumkin. Lekin tahlil to‘laqonli obyektiv asoslarga tayangan holda "Izlam"ning izlam ekan yoki yo‘qligi, uning ustun va kamchiliklari haqida mufassal bayon etilgan. O‘tgan yil "Uliss"ni shunday tahlil qilgan edik. Endi esa "Izlam"ning ikkinchi faslini. Kelasi yilda esa Yangi asr avlodida chiqajak "Aks" to‘plami, Zabarjad Mediada nashr etilgan o‘n besh tomlik folklor asarlari va Ibn Haldunning "Muqadima" asarining tahlilini rejalashtirayapman. Bugungi tahlilini o‘qib bo‘lgach, kelgusi tahlillarning qaysi birini oldinroq o‘qishni istashingiz haqida fikr yozishni unutmang. Hurmat va ehtirom ila S.N.K
👉 Maqolani o‘qish uchun bosing
👉 Maqolaning davomi

* * *
Хариталарга қарадим, ҳеч бирида уйинг йўқ.
Энсиклопедияларни титдим, ҳеч бирида суратинг йўқ.
Луғатлардан изладим, ҳеч бирида исминг йўқ.
Кўзгудаги аксимга боқдим, сени кўрдим.
Билдимки, сен менсан.
#лаҳза | @Rahmat_Bobojon
Хариталарга қарадим, ҳеч бирида уйинг йўқ.
Энсиклопедияларни титдим, ҳеч бирида суратинг йўқ.
Луғатлардан изладим, ҳеч бирида исминг йўқ.
Кўзгудаги аксимга боқдим, сени кўрдим.
Билдимки, сен менсан.
#лаҳза | @Rahmat_Bobojon
Forwarded from “Аkademnashr” nashriyoti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#tavallud
19-dekabr — isteʼdodli shoir Rahmat Bobojon tavallud topgan kun!
★ ★ ★
Sen meni qaygʻuga koʻmgaysan,
Va uzoq xayolga choʻmgaysan,
Ketarsan, koʻnarsan bu gʻamga,
Ammoki vidoga koʻnmaysan…
Bu tushlar shunday badduodir,
Taʼbirdan olma hech xavotir,
Bilasan, kelmogʻing xatodir,
Anglaysan, xatoga koʻnmaysan…
Umrimga tatigan safosan,
Soʻnggida xayri bor jafosan,
Taʼqiqqa oshiqqan Havvosan,
Bul Odam Atoga koʻnmaysan…
Dard qilar kunlarim davomat,
Koʻzlarda yashnaydi malomat,
Bu Ishqni aylarsan mudom rad,
Sen nega Xudoga koʻnmaysan?!
“Ishqsizlarga doʻzax bobin ochar, doʻstlar”
Ahmad Yassaviy
Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Forwarded from «ШАРҚ ЮЛДУЗИ» журнали
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from YOZUVCHILAR UYUSHMASI XORAZM VILOYATI BO’LIMI
Бугун Шовот туманидаги 26- сонли умумий ўрта таълим мактабида таниқли ёш шоир ва таржимон Раҳмат Бобожон билан ижодий учрашув ва шоирнинг Тошкент,, Академнашр" нашриётида,, Излам " туркуми доирасида Ўзбекистонлик таниқли ёш шоир ва, ёзувчилар орасидан танланган 25 та ижодкорлар қаторида Раҳмат Бобожоннинг нашриёт томонидан янги нашр қилинган
,, Рўбару" номли китобининг тақдимоти бўлиб ўтди.
Тақдимотда Ўзбекистон ёзувчилар уюшмаси аъзоси Қадамбой Шодонов, Мактаб раҳбарияти, устоз муаллимлар ва юқори синфлар ўқувчилари иштирок қилишди. Раҳматжоннинг ўзи ўқиган қадрдон мактабида ўтган маънавий, маърифий тадбир
юқори савияда, самимий вазиятда ўтишида кўпчилик адабиётсевар ўқувчилар ҳам ўзларини қизиқтирган саволлар билан фаол қатнашиб тадбирнинг мазмунли ўтишига ўз ҳиссаларини қўшдилар.
Сўзга чиққан Қадамбой Шодонов, устоз муаллимлар, Раҳматжоннинг ўқувчилик даври, ижодий фаолияти, эришган муваффақиятлари тўғрисида кенг, батафсил маълумотлар бериб ўтдилар. Тадбирда асосан
билимларга, жумладан, адабиётга, китоб ўқиш, ижодга, ижодкорликка қизиқиш орқали ҳаётда эришиладиган натижалар- ютуқлар тўғрисида сўз юритилди. Шу сабабли устозларнинг чиқишлари ўқувчиларда катта қизиқиш уйғотганлиги уларнинг савол- жавобларидан сезилиб турди.Шоир
Раҳмат Бобожон ҳам ўқувчиларга ўзининг ўқувчилик даври, ижодий фаолияти, пойтахтдаги ўқиш, иш фаолияти тўғрисида гапириб, мактаб кутубхонасига чоп қилинган китобларидан совғалар топширди.
Тадбирдан фото лавҳалар