Telegram Web Link
Baronessa Ariel Malard de Rotshildga uchrashuv va qiziqarli ekskursiya uchun minnatdorlik bildiraman.

Bugungi O‘zbekiston — islohotlarning aniq strategiyasi va kuchli iqtisodiy bazasiga ega, jadal rivojlanayotgan mamlakatdir. “Rothschild & Co” kompaniyasi ushbu yangilanishlar jarayonida faol ishtirok etayotganidan mamnunman hamda o‘zaro manfaatli hamkorlik yanada rivojlanishiga umid qilaman.


Хочу поблагодарить баронессу Ариэль Малард де Ротшильд за встречу и удивительную экскурсию.

Сегодня Узбекистан — это динамично развивающаяся страна с чёткой стратегией реформ и сильной экономической базой. Рада, что компания Rothschild & Co активно участвует в этих процессах преобразований, и надеюсь, что взаимовыгодное сотрудничество будет и дальше развиваться.
Buyuk Britaniyaga tashrif doirasida “Yangi O‘zbekiston — ulkan imkoniyatlarga ega katta mamlakat” mavzusidagi davra suhbati ishtirokchilari bilan uchrashdim.

O‘zbekiston Buyuk Britaniya biznesi uchun ham jozibador makonga aylandi — bugungi kunda yurtimizda ushbu mamlakatning 270 dan ortiq kompaniyasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Britaniyalik hamkorlarning qiziqishi ortib borayotganidan mamnunman va ularning iqtisodiyotimizdagi ishtiroki tobora kengayib borishiga ishonaman.


В рамках программы визита в Великобританию встретилась с участниками круглого стола «Новый Узбекистан — большая страна с большими возможностями».

Сегодня Узбекистан привлекает всё больше британских компаний — в нашей стране их уже свыше 270.

Рада видеть растущий интерес британских партнёров и уверена, что их участие в нашей экономике будет только расширяться.
Londonda tashkil etilgan roud-shou davomida Buyuk Britaniya Gʻaznachiligi iqtisodiy kotibi Lyusi Rigbi bilan uchrashuv o‘tkazdik.

Rigbi xonimga “Yangi O‘zbekiston – ulkan imkoniyatlarga ega katta mamlakat” nomli tadbirimizda ishtirok etgani va uni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildiraman.

O‘zbekistondagi islohotlar va mamlakatimizning JSTga a’zo bo‘lishi yuzasidan fikr almashdik. Yurtimiz taraqqiyotidagi ushbu muhim bosqichni Buyuk Britaniya hukumati to‘liq qo‘llab-quvvatlayotgani quvonarlidir.



На роуд-шоу в Лондоне мы провели встречу с экономическим секретарём Казначейства Великобритании Люси Ригби.


Благодарю г-жу Ригби за участие и поддержку нашего мероприятия «Новый Узбекистан — большая страна с большими возможностями».
Мы обменялись мнениями о ходе реформ и вступлении Узбекистана в ВТО. Приятно видеть, что британское правительство полностью поддерживает этот важный этап в развитии нашей страны.
Ishbilarmon doiralar bilan uchrashuvda Britaniya biznes vakillari O‘zbekistonda amalga oshirayotgan loyihalari hamda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelgusi rejalari haqida ma’lumot berdilar.

Bu O‘zbekistondagi biznes muhitiga tashqaridan berilgan mutlaqo xolisona baho edi va men mamlakatimizda yuz bergan ulkan o‘zgarishlar bilan faxrlanaman.

Biz yuzlab yillik tarixga ega bo‘lgan ishbilarmon doiralarning ishonchini qozonib bormoqdamiz.



На деловой встрече представители британского бизнеса рассказали о своих реализуемых в Узбекистане проектах, а также о дальнейших планах по расширению сотрудничества.

Это был абсолютно объективный взгляд со стороны на бизнес-климат в Узбекистане, и я горжусь теми грандиозными изменениями, которые произошли в нашей стране.

Мы с уверенностью завоёвываем доверие деловых кругов, история бизнеса которых насчитывает сотни лет.
2025/10/22 10:07:33
Back to Top
HTML Embed Code: