Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz do‘stlar!

Bugungi muqaddas ayyom — Qurbon hayiti bilan barchangizni chin dildan muborakbod etaman!

Ushbu qutlug‘ kunning sharofati ila butun olamga mehribon Allohning rahmati yog‘ilsin, dunyoda tinchlik, osoyishtalik qaror topsin. Har birimizning ezgu orzu-niyatlarimiz ro‘yobga chiqsin.

Sizga baxt-saodat, sog‘lik-salomatlik, oilalaringizga tinchlik-osoyishtalik va fayzu baraka tilayman.

Ayyom muborak bo‘lsin!

_

Дорогие друзья!

Искренне от всего сердца поздравляю всех вас со священным праздником Курбан хайит!

Пусть в этот благословенный  светлый день на весь мир прольётся милость Всевышнего, воцарятся мир и спокойствие на земле, сбудутся все наши добрые мечты и стремления.

Желаю вам счастья, здоровья, семейного благополучия, мира и изобилия в доме.

С праздником Курбан хайит!
Bugun AQSH Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha byurosi rahbari vazifasini bajaruvchi – AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Erik Meyer bilan mazmunli va samimiy uchrashuv o‘tkazdik. Unda ikki tomonlama hamkorligimizning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qildik.

Taʼlim va madaniyat sohasidagi almashinuvlarga, jumladan, Amerika universitetlari bilan hamkorlikni kengaytirish rejalariga alohida eʼtibor qaratdik.

Savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, ayollarni qo‘llab-quvvatlash masalalarini ham muhokama qildik. Bu borada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar: tadbirkor ayollar uchun dasturlar, moliyaviy resurslarni taqdim etishda shaffoflikni ta’minlash yo‘lidagi qadamlar haqida so‘z yuritdik.

Amerikalik hamkorlarimizga doimiy qo‘llab-quvvatlash va ochiq muloqot uchun minnatdorlik bildiramiz. Ishonamizki, oldinda birgalikda erishiladigan natijalar hali ko‘p.



Сегодня у нас прошла содержательная и тёплая встреча с исполняющим обязанности главы Бюро по делам Южной и Центральной Азии – врио помощника Госсекретаря по делам Южной и Центральной Азии Эриком Мейером. Обсудили ключевые направления нашего двустороннего сотрудничества.

Особое внимание уделили образовательным и культурным обменам, в том числе планам по расширению партнёрства с американскими университетами.

Отдельно поговорили о развитии торгово-экономических связей и поддержке женщин. Поделились тем, что уже делается в Узбекистане: программы для женщин-предпринимательниц, шаги по обеспечению прозрачного доступа к финансированию.

Благодарны нашим американским коллегам за постоянную поддержку и открытый диалог. Уверены, впереди ещё больше совместных результатов.
Bugun Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm bilan uchrashdim. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning hozirgi holati va kelajakdagi istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildik.

Suhbat davomida biz uchun ustuvor bo‘lgan mavzularga — ayollar uchun imkoniyatlarni kengaytirish va biznes bilan shug‘ullanishni xohlagan barcha fuqarolar uchun teng shart-sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, O‘zbekiston-Amerika biznes forumi — ikki davlatning 150 dan ortiq ishbilarmonlari o‘rtasida yangi loyiha va g‘oyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri muhokama qilish uchun samarali va o‘ziga xos platforma ekani ta’kidlandi.

Lemm xonim tomonidan taqdim etilgan, O‘zbekistonda shaffoflik tamoyillarini ilgari surish, jamoatchilik bilan ochiq muloqotni rivojlantirish va axborot siyosatini modernizatsiya qilish borasidagi sa’y-harakatlarimizni e’tirof etuvchi mukofot uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.



Сегодня встретилась с Кэролин Лэмм, председателем Американо-Узбекской торговой палаты. Обсудили текущее состояние узбекско-американских экономических отношений и перспективы на будущее.

Отдельное внимание уделили темам, которые особенно важны для нас: расширение возможностей для женщин и создание равных условий для всех, кто хочет вести бизнес. Подчеркнули значимость узбекско-американского бизнес-форума — уникальной площадки, где более 150 представителей бизнеса из двух стран могут напрямую обсуждать новые проекты и идеи.

Искренне благодарна госпоже Лэмм за вручённую награду, которой отмечены усилия по продвижению принципов прозрачности, развитию публичных коммуникаций и модернизации информационной политики Узбекистана.
2025/07/13 20:52:09
Back to Top
HTML Embed Code: