Telegram Web Link
RASMIY MUNOSABAT

▫️Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda “Sergelida kanalizatsiya suvi toza kanalga oqizilmoqda” sarlavhali material e’lon qilindi.

▫️Ushbu maqola Sergeli tumani Yuqori Darhon mahallasida yashovchi fuqaroning murojaati asosida tayyorlangan bo‘lib, unda “Salar” oqova suv inshootidan kanalizatsiya suvlari tozalanmasdan Salar kanaliga tashlanayotgani iddao qilingan.

▫️Aytish lozim, inshoot faoliyati tegishli tashkilotlar tomonidan doimiy ravishda nazoratga olingan. Oqova suvlar belgilangan me’yorlar asosida tozalanib Salar kanaliga oqiziladi.

▫️Maqolada aytilishicha qo‘lansa hid faqat tungi vaqtda atrofga yoyiladi.
Gap shundaki inshoot 24/7 rejimida kechayu kunduz ishlovchi texnologiyaga asoslangan. Uni to‘xtatib yoki kanalizatsiya suvini tozalamasdan chiqarib yuborishning texnik hamda texnologik jihatdan imkoni yo‘q.

▫️Qolaversa shuni alohida ta’kidlash joizki, maqolada aytilgan Yuqori Darhon mahallasi bilan “Salar” inshooti orasidagi masofa qariyb 7 kilometrga teng.

▫️Yana bir gap, yuqoridagi kabi holatlar, inshoot bilan bog‘liq tushunmovchiliklar yoki turli shubha, gumonlar yuzaga kelishining oldini olish maqsadida press-tur, ochiq eshiklar kuni kabi tadbirlar orqali inshoot faoliyati doimiy ravishda keng jamoatchilikka ochiq ko‘rsatiladi

▫️Shu o‘rinda eslatma: inshoot faoliyati bilan yaqindan tanishish istagida bo‘lgan jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillarini uchun “Salar” eshiklari hamisha ochiq.

https://www.tg-me.com/poytaxt_uz/38725
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumanida yozgi ta’til davrida o‘quvchilar, talabalar hamda mahalla yoshlari uchun bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish bo‘yicha 90 kunlik dolzarb tadbirlari davom etmoqda.


Xususan, Sergeli markaziy xiyobonida tuman yoshlari ishtirokida "Milliy Toshkent" festivali va milliy liboslar ko'rgazmasi hamda "Barkamol avlod" bolalar maktabi o'quvchi yoshlari qo'l mehnati bilan yasalgan mehnat qurollari ko'rgazmasi bo'lib o'tdi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Kuchli mahalla – kuchli davlat” tamoyili amalda: Sergelida ijtimoiy faollik oshmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbuslari asosida joriy etilgan “Kuchli mahalla – kuchli davlat” tamoyili asosida Toshkent shahri Sergeli tumanida mahalla yettiligi instituti izchil va samarali faoliyat yuritmoqda.

Bugun mahalla nafaqat ijtimoiy muammolar hal etiladigan maskan, balki fuqarolarning huquq va manfaatlari himoyasi, ochiqlik va adolat tamoyillari qaror topayotgan asosiy bo‘g‘inga aylanmoqda. Sergelining har bir mahallasida aholi bilan ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda. Muammolar eshitilmoqda, joyida tahlil qilinmoqda va eng muhimi – hal etilmoqda.
Bu yondashuv davlat va jamiyat o‘rtasida chinakam ishonch ko‘prigi yaratayotganining yaqqol dalilidir.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook  🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Sayyor_qabul

Mahallalarda tuman hokimining sayyor qabullari tashkil etilmoqda


Bugun "Noʻgʻay-qoʻrgʻon" mahalla fuqarolar yig‘ini binosida tuman hokimining fuqarolar uchun sayyor qabuli o‘tkazildi. Qabulda tegishli tashkilot va xizmat ko‘rsatuvchi idoralar rahbarlari ham ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida mahalla aholisi tomonidan bildirilgan muammo va murojaatlar tinglanib, ayrim masalalarga joyida yechim topildi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/05 13:57:34
Back to Top
HTML Embed Code: