Telegram Web Link
“Dolzarb 90 kun” doirasida yoshlar uchun kasbga yo‘naltiruvchi tashrif tashkil etildi

“Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida mahallada istiqomat qiluvchi ishsiz va bitiruvchi yoshlar uchun Toshkent shahri Sergeli tumanidagi “Yangi Sergeli” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Toshkent shahar kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markaziga tashrif uyushtirildi.

Tashrif davomida yoshlar markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, mutaxassislar tomonidan turli yo‘nalishlardagi kasb-hunarlar, ularni o‘zlashtirish hamda o‘quv jarayonlari haqida batafsil ma’lumot oldilar.
Ushbu tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularga amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish va ishsiz yoshlarni bandlik bilan ta’minlashga ko‘maklashishdir.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook  🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👉 O‘q otar qurolni, o‘q-dorilarni, o‘q otar qurol asosiy qismlarini, o‘z ixtiyori bilan topshirgan shaxslar javobgarlikdan ozod qilinadi va mukofotlanadi.

👉 Ўқ отар қуролни, ўқ-дориларни, ўқ отар қурол асосий қисмларини, ўз ихтиёри билан топширган шахслар жавобгарликдан озод қилинади ва мукофотланади.

Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzatib boring!

💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми #Истеъмолчи_ҳуқуқлари

🔖 Товарда кафолат муддатида топилган нуқсонларни сотувчи истеъмолчи талаб қўйган пайтдан 20 кунда, ишлаб чиқарувчи эса 10 кунда бепул бартараф этиши лозим.

✔️ Истеъмолчи товарнинг кафолат муддати тугаганидан кейин ҳам нуқсонларни бепул бартараф этиш тўғрисида ишлаб чиқарувчига талаб қўйишга ҳақли.

➡️ Бундай талаблар товарда ишлаб чиқарувчининг айби билан йўл қўйилган жиддий нуқсонлар аниқланса, хизмат муддати мобайнида, хизмат муддати белгиланмаган бўлса, 10 йил мобайнида қўйилиши мумкин.

☑️ Товарни таъмирлашга кетадиган вақтда фойдаланиб туриш учун истеъмолчига 3 кунда бошқа товар бериб турилади (сотувчининг ҳисобидан етказиб берилади).

Каналга уланиш👇👇👇
https://www.tg-me.com/huquqiyaxborot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Hokim_qabuli

Xalq qabulxonasida tuman hokimining qabullari tashkil etilmoqda


Bugun Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimining fuqarolar uchun qabuli o‘tkazildi. Qabulda tegishli tashkilot va xizmat ko‘rsatuvchi idoralar rahbarlari ham ishtirok etdi.

Qabul davomida mahalla aholisi tomonidan bildirilgan muammo va murojaatlar tinglanib, ayrim masalalarga joyida yechim topildi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook  🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sergelida “Oqila ayollar” harakati ishtirokida forum bo‘lib o‘tdi

Sergeli tumanida “Oilalar mustahkamligini ta’minlashda ‘Oqila ayollar’ harakatining o‘rni” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda “Oqila ayollar” harakati a’zolari, olima ayollar, hamkor tashkilot vakillari, “Ayollar maslahat kengashi” a’zolari, tadbirkor va hunarmand ayollar faol ishtirok etdilar.
Forumda harakat a’zosi M.Xalisova tomonidan “Oqila ayollar”ning joriy yilning dastlabki besh oyi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi.
Tadbir davomida hamkor tashkilot vakillari va mahalla xotin-qizlar faollari tomonidan xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish, ularning tibbiy va huquqiy savodxonligini yuksaltirish, ijtimoiy-ma’naviy barqarorlikni mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlarga oid fikr va mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, “Oqila ayollar” harakati a’zolarining murojaatnomasi o‘qib eshittirildi. Unda kelgusida amalga oshiriladigan muhim yo‘nalishlar belgilab berildi. Jumladan:
Oilaviy ajrimlar, erta nikoh va yoshdagi tug‘ruqlarning oldini olish;
Milliy qadriyatlarni targ‘ib etish va qizlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish;
“Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” tamoyili asosida targ‘ibot ishlarini kuchaytirish;
Ayollar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va kasb-hunar o‘rganishlariga ko‘maklashish;
Ayollar o‘rtasida jinoyatchilik va oilaviy muammolarni bartaraf etish borasida profilaktik ishlarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Forum doirasida ochiq muloqotlar, bahs-munozaralar o‘tkazildi, mavjud muammolar va ularning yechimlariga oid aniq takliflar ilgari surildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook  🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/05 22:44:09
Back to Top
HTML Embed Code: