Telegram Web Link
“Sog‘lom hayot uchun!” — Sergelida yurish marafoni tashkil etildi

Sergeli tumanida yozgi ta’til davrida o‘quvchilar, talabalar hamda mahalla yoshlari uchun bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish bo‘yicha 90 kunlik dolzarb tadbirlar izchil davom etmoqda.

Shu doirada tuman aholisi va yoshlari ishtirokida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, aholini jismoniy faollikka chorlash maqsadida “Sog‘lom hayot uchun” shiori ostida piyoda yurish marafoni o‘tkazildi.

Tadbirda ishtirokchilar belgilangan masofani bosib o‘tib, sog‘lom turmush tarzining hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini yana bir bor anglab yetdilar.
Yurish marafoni aholining barcha qatlamlarini sportga, harakatga, faol yashash tarziga chorlovchi samarali tashabbus sifatida baholandi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sergelida “Oqila ayollar” harakati ishtirokida forum bo‘lib o‘tdi

Sergeli tumanida “Oilalar mustahkamligini ta’minlashda ‘Oqila ayollar’ harakatining o‘rni” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda “Oqila ayollar” harakati a’zolari, olima ayollar, hamkor tashkilot vakillari, “Ayollar maslahat kengashi” a’zolari, tadbirkor va hunarmand ayollar faol ishtirok etdilar.
Forumda harakat a’zosi M.Xalisova tomonidan “Oqila ayollar”ning joriy yilning dastlabki besh oyi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi.
Tadbir davomida hamkor tashkilot vakillari va mahalla xotin-qizlar faollari tomonidan xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish, ularning tibbiy va huquqiy savodxonligini yuksaltirish, ijtimoiy-ma’naviy barqarorlikni mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlarga oid fikr va mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, “Oqila ayollar” harakati a’zolarining murojaatnomasi o‘qib eshittirildi. Unda kelgusida amalga oshiriladigan muhim yo‘nalishlar belgilab berildi.
Jumladan:
Oilaviy ajrimlar, erta nikoh va yoshdagi tug‘ruqlarning oldini olish;
Milliy qadriyatlarni targ‘ib etish va qizlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish;
“Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” tamoyili asosida targ‘ibot ishlarini kuchaytirish;
Ayollar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va kasb-hunar o‘rganishlariga ko‘maklashish;
Ayollar o‘rtasida jinoyatchilik va oilaviy muammolarni bartaraf etish borasida profilaktik ishlarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook  🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘p kvartirali uylaridagi lift tizimlariga xizmat ko‘rsatish masalalari yuzasidan Sergelida tushuntirish yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun Toshkent shahrining ko‘p kvartirali uylarida foydalanilayotgan lift uskunalarini o‘rnatish hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish masalalarini muhokama qilish va tushuntirishga qaratilgan navbatdagi yig‘ilish Sergeli tumanida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Toshkent shahar uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, “Texnopark” MChJ vakillari hamda tuman boshqaruv organlarining rahbar xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda yuqorida qayd etilgan davlat farmon va qarorlarining ijrosini ta’minlash, xususan, eskirgan va nosoz liftlarni zamonaviy va xavfsiz uskunalarga almashtirish, ularning ishlashini doimiy nazoratga olish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish tizimida yuzaga kelayotgan muammolarni joyida hal etish yuzasidan batafsil tushuntirish va tavsiyalar berildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook  🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sergelida yoshlarga mo‘ljallangan 90 kunlik tadbirlar doirasida badiiy jamoalar hisobot konserti bo‘lib o‘tdi

Sergeli tumanida yozgi ta’til davrida o‘quvchilar, talabalar hamda mahalla yoshlari uchun bo‘sh vaqtni mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida 90 kunlik dolzarb tadbirlar izchil davom etmoqda.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 24-iyun kuni 21-Bolalar musiqa va san’at maktabida Madaniyat bo‘limi tasarrufidagi badiiy havaskorlik jamoalarining II chorak yakuni bo‘yicha hisobot konserti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 5 ta faxriy unvonga ega bo‘lgan jamoalar o‘z repertuarlaridan ijodiy chiqishlar bilan qatnashdi. Konsert davomida milliy va zamonaviy kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va raqslar orqali tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook  🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/03 05:34:22
Back to Top
HTML Embed Code: