Telegram Web Link
Асқад Мухтор ижоди бўйича Магистрлик диссертациясини 5 га ҳимоя қилдик. Қашқадарёдан Дадажонимиз, Фарғонадан Онамлар келиб ёнимда турдилар.
Илмий раҳбарим Nazira Toshpo'latova Назира Тошпўлатова, Iroda Muhiddinova Насимова ва эл суйган шоир Салим Ашуровгa, Farida Afruzga миннатдорлик билдираман.

Ўқишга кетаётганимда Орзуни G'ayrat Majid устозлариникига ташлаб кетар эдик. Оилалари қизимга ўз қизларидек қарашди. Олдиларида бир умр қарздорман. Худо рози бўлсин ҳаммаларидан.

Ҳазрат Навоий "Умидим улдурки умидингдин номумид ўлма", деганларидек, Асқад Мухтор ва Мансур аканинг руҳлари шод бўлишидан умидворман.

Ҳазрат Навоий яна шундай дейдилар:

"Йўл ёмон-у яхшисидан ема ғам,
Бисмиллоҳ дегин-у қўйғил қадам."

Ё насиб, Худо хоҳласа кейинги бекат PhD!!!

П/с: Шундай лавҳалар қўймаса диплом беришмас эмиш)))) Xolida Musulmon, rahmat, singlim!
30👍5🔥5🥰3😍1
27❤‍🔥8🥰5🔥4😍3
Shohsanam Nishonova she’riyati:

Ruh, Vijdon va Ayol Qalbining tili

Shohsanam Nishonovaning she’riyati bugungi zamonaviy o‘zbek adabiyotining sof, dardli, samimiy va vijdonli qatlami sifatida alohida e’tiborga loyiq. Uning she’rlarida o‘zbek ayolining ruhiy olami, insoniy qadriyatlar, muhabbat va sadoqat, bolaning beg‘uborlik tuyg‘usi, onaning mehrini tarannum etuvchi ohanglar hayqiradi. Har bir misra o‘ziga xos ifoda vositalari, ramziy obrazlar va teran ichki falsafa bilan sug‘orilgan.
Shoira ijodining markazida ayol qalbi, ona mehr-muhabbati, oshig‘ining istagi, vatan va xalq oldidagi mas’uliyati turadi. Shohsanam Nishonovaning “Bola bo‘lib kelgan dunyoga / Ona bo‘lib boqaman endi…” satrlaridagi ona falsafasi ayolning hayotiy pishganligi, qalb kechinmasi va mehrli kechmishlarini ifodalaydi. Ayol obrazi faqatgina hissiy emas, balki ijtimoiy va ma’naviy ramz sifatida gavdalanadi.
So‘z — dard va najot manbai
Shoira uchun so‘z — bu og‘riq, shukronalik, sabr, najot va iltijoning badiiy shaklidir. U yozadi:
“Tanda tugaydi quvvat,
Ko‘rolmassan ko‘z bilan.
So‘zsiz yenguvchi vaqtni,
Yengish mumkin So‘z bilan.”
Bu yerda so‘z ruhiy qudrat, vaqtning hukmronligini yenguvchi kuch sifatida talqin etiladi. Shoira uchun bu so‘z — oddiy hissiy ifoda emas, balki haq so‘zi, haqiqatning eng yuksak darajasidir.
Obrazlar va ruhiy kechinmalar uyg‘unligi
Shoira ijodida ifoda topgan obrazlar – bu oddiy odamlar: alla aytgan enalar, oqila momolar, vijdonli ustozlar, vafodor oshiq va ayol qalbi. Ulardagi holatlarni u shunchaki ta’riflamaydi, balki ular orqali insoniylik, mo‘minlik, ehtirom va hayotiy tafakkurni yetkazadi. “U haqida qo‘shiq” she’rida insonning xalq uchun xizmatini ulug‘laydi:

“Yelkamni tutaman, yumushlaringni,
Unga ishonganing kabi ishonsang!”
Bu – faqat poetik bayon emas, balki xalq va Vatan oldidagi burchga sodiqlik ifodasidir.
She’rlar tahlilida qisqacha umumlashtirish;
Shohsanam Nishonovaning to‘rt turli she’ri asosida quyidagi mavzular yoritilgan:
Bolalik va oilaviy qadriyatlar — beg‘ubor, tabassumli, hotirjam xotiralar (“Har kunimiz hayit bo‘lgan…”);
Talabalik va vijdon sinovi — insoniylik, sinovlar, do‘stlikda rostgo‘ylik (“Sessiya” she’ri);
Onalik falsafasi — ona timsoli orqali tangriga bo‘lgan ishonch (“Orzu bilan suhbat”);
Muhabbat va yolg‘izlik — sevgi, armon va iltijoli dard (“Kel” she’ri).
Ayniqsa “Kel!” so‘zi she’r yakunida qisqa, ammo qudratli: unda istak, iltijo, yolg‘izlik, muhabbat va samimiyat jam. Shoira jamiyatdagi ruhiy va ijtimoiy dardlarni yoritarkan, ularni halimlik, halollik, duo, imtihon, sabr orqali anglatadi.
Shohsanam Nishonovaning she’riyati — bu faqatgina his-tuyg‘ular emas, balki ruhiy tarbiya, axloqiy qadriyat, ijtimoiy haqiqat va abadiy dardning poetik uyg‘unligidir. U ayol qalbi, vijdon, muhabbat va e’tiqodga suyanib, samimiyat orqali haqiqatga eltadi. Bu she’rlar zamonaviy o‘zbek ayolining dardli, lekin bardavom ruhini aks ettiruvchi badiiy hujjatlardir.

Muallif: Sobirjon Abdujalilov
🔥95👍2
Audio
Бизнинг кўчада ҳам байрам бўлажак
Ғафур Ғулом
***
Ай, маним хонзодам, маним ҳулкарим,
Ҳали қароғингга ҳайрат тўлади.
Тонгдай хуш насимлар елади яна,
Бизнинг кўчада ҳам байрам бўлади.

Мен ипак тўқийман ой нурларидан,
Туннинг ўттизи ҳам тўлин бўлади.
Байрамлар бўлади бизнинг кўчада,
Бир париваш қизлар келин бўлади.

Токи яшар экан шабнамий диллар,
Мансурий туйғулар абадий,  тамиз.
Отаюрт номини жондай авайлаб,
Кўкларга кўтариб узоқ учамиз.

Шоҳсанам Нишонова

🎤Нигора Тоғаева
17👏7👍5👎1🔥1😁1
Айём муборак, дўстлар!
👏9🥰42
🔥9🤩65👍2👏2🥰1
2025/10/24 03:30:00
Back to Top
HTML Embed Code: