Telegram Web Link
Xudo bizga shunday do‘stlar, aka-uka, opa-singillar Ustozlar berganiga shukr. Ishonchingizni oqlash nasib qilsin. Kelganingiz uchun rahmat! Minnatdormiz.
Laziz Hasanovich, Laziz Rahmatov Sizga alohida tashakkur! Yurtning sizdek ma'rifatparvarlari bor bo‘lsin.
13👍5🥰2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
16:00  01.07.2025

“Ikkimizning ertaklarimiz” nomli yangi kitob taqdimoti

#Toshkent

muxbir : Naima Xurramova


https://www.tg-me.com/zamon_lavhalar
17👏5
Audio
***
Ғамга– шукр, қувончга–қуллуқ,
Елкамни жим тутаман доим.
Бу дунёси уч кун, жонимни
Минг мақомга солма, Худойим.

Шоҳсанам Нишонова

2025
🎤Муслима Муродова
👍15👏32
MANSUR JUMAEV VA SHOHSANAM KITOBI XABAR
O‘zbekiston radiokanali

Qadrli jurnalist Bahriddin og‘amizga tashakkurlar!

Bizning ma'naviy otamiz, Ustozimiz G'ayrat Majiddan minnatdormiz
👍86🔥3❤‍🔥2🤔1
Асқад Мухтор бош муҳаррир бўлган, мумтоз журналимиз "Гулистон"да оилавий чиқиш биз учун масъулият ва катта фахр!
Манзура Шамсга ташаккурлар!
🔥147👏4
Audio
"Mahalla" radiosining "Mushohada uchun mavzu" eshittirishini hozir yoki takroran 11-07-2025 kuni soat 12-25 dan eshitish mumkin. Bizni aytyapti, deyishadi-ku😍😍
👍81👏1🤩1
Kel!
Janob Hech Kim
Hamma yulduzini yashirdi osmon,
Eng qora ranglarni sochaverdi tun.
Yiqildim, yo‘q edi turmoqqa imkon,
Azizim, Sen meni yo‘qlamagan kun.

Bog‘larda bo‘riday uvillar shamol,
Uchirib yubordi yaproqlarini.
Yaxshiyam olamga qilmadi doston,
Sezmadi ko‘nglimning titroqlarini.

Azizim, ayt, Senda qandayin kunlar?
Nahotki, ishqsizlik solmasa qo‘rquv!
Axir, yetmayapti ko‘ksimga havo,
Ishon, kelmayapti ko‘zimga uyqu.

Bas, yetar, bu holda sinama ortiq,
Gar ozorlar ichra oshiqning baxti!
Taslimman, ichikkan ko‘nglim haqqi-yu,
Va Sening chiroyli ko‘zlaring haqqi…
Kel!

Shohsanam Nishonova


@JanobHechKim_Mp3
🔥126👍5❤‍🔥4👏2🥰1
***

Масиҳим, анисим, пиримни олди
Икки чашмимдаги нуримни олди.
Элга ошкор бўлди аҳволим маним,
Ҳаммадан яширган сиримни олди.

Қалби дурга тўла денгиз эди у,
Яхшилар ичинда тенгсиз эди у,
Сўз билан дунёни ёпди кетарда,
Кўйлаги яқосиз, енгсиз эди у.

Тавоним остига чўғ сочди тақдир,
Ўтиб борадирман ҳеч иложим йўқ.
Дўстлар, чарх айланиб агар у келса,
Менинг ҳеч кимсага эҳтиёжим йўқ.

Ш.Н
😢4514🔥8👏2
Qo‘yozmalar yonmaydi! Ayniqsa, u bitiktoshlarda bo‘lsa, ayniqsa, bashariyatga dahldor she'rlar bo‘lsa. Mansur Jumayeving she'rlari shunday she'rlar edi, shubhasiz. Farg'onamizdan, farg‘onaliklarimdan oilamizga unutilmas sovg'a keldi. Buning uchun Toxir Haydarov ( kulol)ga tashakkurlar. "Shohsanamxon, Farg'ona doim siz bilan she'rlaringizdan yozib berish niyatim bor edi", deb qoldilar. Men esa rahmat aytib avval "Aka"ning she'rlari yozib bersangiz qanday boʻlarkin. Har holda ulardan oldin chiqish noqulay", degandim Ular "Aka"ning muxlislari ekan, xursand bo'ldilar. Kuyovga, qiziga ehtirom uchun rahmaaaaaaat, Farg'onam!!!
26👏5🥰2🔥1😍1
Forwarded from KITOBDOR
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
***
Ko’z yoshi ham kutmagin
sevinmagan odamdan;
sevgi so’rma,
sevgilim,
sevilmagan odamdan.

Ishq tilasang har mahal,
oshiq bo’lib so’ragin;
barmoqlaringga mahtal
eshik mening yuragim.

Yo’ling tushgan zamoni,
yoymay ovozasini,
bir yo’l chertib o’t, jonim,
qalbim darvozasini.
Faqat bir shart:
chorlasam,
kirsang,
hasrat chekish yo’q,
bu eshikdan, azizam,
kirish bordir,
chiqish yo’q!


Kitob:
Hazrati ishq
Muallif
: Mansur Jumayev
Narxi: 52 000 soʻm

📲 Buyurtma berish uchun @kitobdor01 yozing!

🗺Manzil: Xadra maydoni, Toshkent kitob markazi, 1-doʻkon

📍@kitobdornashr
🔥103
Forwarded from Ishq Safari
#safar

Na sizga ishonib yo'lga chiqqanman,
Na qizga ishonib yo'lga chiqqanman.
Atrofimda to'la odamzor ammo
Yolg'izga ishonib yo'lga chiqqanman.

Muhammadali G‘afforov
🔥12👍95👏3👎1
Раҳшона опа, китоб муборак! Ё насиб, борамиз.
8👍6❤‍🔥1👏1
#Шарқ_юлдузи (05/2025)
#Ёшлар_ижоди

Шоҳсанам НИШОНОВА


Юрагимга улангувчи йўл

У ҳақда қўшиқ


Қишлоқда ўтарми усиз тўй, аза,
Ўтин ёриб берар, чой қайнатар у.
Ўйламай айтишар: ўчоқ бошига
Фалончи келади, фалончи бор-ку!

Иссиқми, аёзми, қайнатади чой,
Бошида ўйнайди булутлар парқув.
Жим хизмат қиларди, жим кузатардим,
На ақча олади, на тин олар у.

Онаси оламдан ўтган бола пайт,
У эл билан ўсди, йўқдир таъма, кин.
Исмини билмасдик, яхши кўрардик,
Ўтинчи амакин, чойчи амакин.


Тўлиқ ўқиш

Бизни кузатиб боринг:
TelegramFacebook | web-sayt
16🔥3👏2
2025/10/23 03:53:58
Back to Top
HTML Embed Code: