Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇾🇪🇺🇸🇬🇧 AQSh va Buyuk Britaniya Yaman poytaxti shimoliga yangi havo hujumini uyushtirdi

Reuters agentligiga ko'ra, AQSh Yamandagi xusiylarga qarshi yangi zarbalar berilganini tasdiqlagan.

@SiyosiyFakt
🇾🇪🇺🇸🇬🇧 AQSh o'z ittifoqchilari bilan Yamanga hujum chog'ida 30 dan ortiq lokatsiyani nishonga olgan va 150 dan ortiq jangovar o'q-dorilardan foydalangan — Pentagon.

Nishonlarning juda katta qismi tinch aholi istiqomat qilmaydigan joylar bo'lgan, shu sababli qurbonlar soni u qadar katta bo'lmaydi, degan idora.

@SiyosiyFakt
⚡️O‘zbekiston fuqarolari uchun BAAda 30 kungacha vizasiz bo‘lishga ruxsat etiladigan bo‘ldi

Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Bugun kirish viza talablaridan o‘zaro ozod etish to‘g‘risidagi hukumatlararo hamkorlik protokolini O‘zbekistonning BAAdagi favqulodda va muxtor elchisi A.Aqqulov va BAA Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xolid Abdulla Belhul imzolagan.

Hujjat rasman 2024-yil 16-fevraldan kuchga kiradi.

Maʼlumot uchun: 2023-yil davomida BAAga 119 ming 454 nafar O‘zbekiston fuqarolari tashrif buyurgan va 9,2 mln. AQSh dollari miqdorida viza rasmiylashtirish uchun sarf qilgan.

Shunday qilib, O‘zbekiston fuqarolari uchun viza rasmiylashtirmasdan boriladigan mamlakatlar sonini 29 taga yetdi.

@SiyosiyFakt
Forwarded from Xushnudbek.uz
Prezident farmoniga ko‘ra, Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tarkibidan chiqarilib, Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkazildi.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi negizida Sport vazirligi tashkil etiladi.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
Ko‘chmanchi sport...

O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan buyon eng ko‘p tuzilmaviy o‘zgarishlarni boshidan kechirgan soha, menimcha, bu so‘zsiz — sport sohasi bo‘lsa kerak. Hali uyoqqa, hali buyoqqa, hali qo‘mita, hali vazirlik, hali qo‘shilgan, hali ajralgan, xullas shu sohaning tayini yo‘q.

Keling, sport sohasidagi davlat boshqaruvi tarixiga qaraymiz.
Mustaqillikning ilk yillarida tizim Fizkultura va sport davlat komiteti tomonidan boshqarilgan.

1️⃣ 1992-yil 14-yanvar. Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi deb qayta nomlandi (Asos)

2️⃣ 2004-yil 27-sentyabr. Madaniyat ishlari vazirligi hamda sport sohasi birlashtirilib, Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashkil qilindi (Asos)

3️⃣ 2017-yil 15-fevral. Madaniyat va sport ishlari vazirligi ikkiga ajratilib, Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tashkil qilindi (Asos)

4️⃣ 2018-yil 5-mart. Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi negizida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil qilindi (Asos)

5️⃣ 2021-yil 6-aprel. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi birlashtirilib, yangi Turizm va sport vazirligi tashkil etildi (Asos)

6️⃣ 2022-yil 18-fevral. Turizm va sport vazirligi yana ikkiga ajratilib, Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Turizm va madaniy meros vazirligi tashkil etildi (Asos)

7️⃣ 2022-yil 24-dekabr. Sportni rivojlantirish vazirligi negizida Yoshlar siyosati va sport vazirligi tashkil etildi, Yoshlar ishlari agentligi esa vazirlik huzuriga o‘tkazildi (Asos)

8️⃣ 2024-yil 20-yanvar. Yoshlar siyosati va sport vazirligi negizida Sport vazirligi tashkil etildi, Yoshlar ishlari agentligi esa Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkazildi (Asos).

Ko‘rib turganingizdek, birgina so‘nggi 7 yilda sport boshqaruvi 6 marta (!) o‘zgardi. Qo‘mita bo‘ldi, vazirlik bo‘ldi, birlashtirildi, ajratildi, yana birlashtirildi, yana ajratildi…

Va balki bu hali oxirgisi ham emasdir, kim bilsin.


👉 @xushnudbek 👈
Bugun soat 23:08 da Xitoy-Qirg’iziston chegarasida zilzila sodir bo'ldi. Magnituda М=7.

O’zbekiston hududida sezilish kuchi:

Vodiy viloyatlarida 3-4 ball;
Toshkent shahrida 3 ball.

@SiyosiyFakt
Xitoy va Qirgʻiziston chegarasida 7 magnitudali zilzila qayd etildi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi

@SiyosiyFakt
🇫🇷Ikki qishloq xo'jaligi uyushmasi, FDSEA va Yosh fermerlar, soat 14:00 dan boshlab "Parij blokadasi" ga chaqirmoqda. Bir nechta avtomobil yo'llarida asosiy harakatlanish rejalashtirilgan.

©20minutes

@Siyosiyfakt
Germaniya to‘rt kunlik ish haftasini sinovdan o‘tkazadi

1-fevral kuni Germaniyada 4 kunlik ish haftasining 6 oylik sinov davri boshlanadi. Loyihada 45 ta kompaniya ishtirok etmoqda. Tajriba tugagandan so‘ng, ish haftasini qisqartirish ishlab chiqarish unumdorligiga ta’sir qiladimi yoki yo‘qligi aniqlanadi.

@Siyosiyfakt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Birinchi_prezident
Bugun - 30-yanvar – Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov tavallud topgan kun!

Islom Karimov – 1989-yildan 2016-yil vafotigacha qadar mamlakatni boshqargan yirik davlat arbobi, mohir iqtisodchi, yirik siyosatchi edi.

Birinchi Prezident Islom Abdugʻaniyevich Karimov – davlatimiz mustaqilligining haqiqiy asoschi!

Siz bizning qalbimizda mangu barhayotsiz!!!

@Siyosiyfakt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#IslomKarimov86

Islom Karimov
ning bolalik va oʻsmirlik yillari haqida film-portret

@Siyosiyfakt
⚽️Osiyo kubogi chorak finaliga chiqqan barcha jamoalar nomi ma’lum bo’ldi.

2-fevral (16:30)
🇹🇯Tojikiston
🇯🇴Iordaniya

🔥2-fevral (20:30)
🇦🇺Avstraliya
🇰🇷Janubiy Koreya

🔥3-fevral (16:30)
🇮🇷Eron
🇯🇵Yaponiya

‼️3-fevral (20:30)
🇶🇦Qatar
🇺🇿O‘zbekiston

@Siyosiyfakt
Forwarded from HabiСatura
Футбол ишқибозлари, хафа бўлманг. Ютқазишганидаям бир ҳикмат бордир)

Карикатура: @habikatura
Forwarded from Xushnudbek.uz
Bugun Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Sherzodxon Qudratxo’janing O’zbekistonda yashab turib, o’zbek tilini bilmaydigan insonlar haqida aytgan gapi uchun O’zbekiston elchisini chaqiribdi.

Qiziq, elchimizni taklif qilishmabdi, balki chaqirishibdi. Butun boshli “O’zbekistonni bosib olaylik” degan ahmoqning gapidan keyin bizning TIV Rossiya elchisini taklif qilgan edi. Kim bilsin, balki biznikilar o’shanda xijolat bo’lib, uzr ham so’ragandir.

Xullas, Rossiya TIV fikricha, Sherzodxon Qudratxo’janing keskin fikri ikki tomonlama do’stona munosabatlariga teskari emish va ruslar O’zbekiston TIVdan shu holat bo’yicha izoh talab qilishibdi.

Iya, O’zbekistonda yashaydiganlardan o’zbek tilini hurmat qilishni so’rash, qachondan buyon O’zbekiston-Rossiya aloqalariga zid bo’lib qoldi? Mantiq yo’q.

Xullas, biznikilar ham xuddi ruslarning o’zi kabi javob berishi kerak: Sherzodxon Qudratxo’janing fikri o’zining shaxsiy pozitsiyasi bo’lib, so’z va fikr erkinligidan foydalanyapti. Bu fikrlar Toshkentning rasmiy pozitsiyasini anglatmaydi. Tamom. Yetadi.

Axir Rossiya tomoni ham Zaxar Prilepinga o’xshagan potensial bosqinchi-okkupantlarning fikriga xuddi shunaqa javob berdiku.

Tag’in, uzr so’rab, sharmanda qilib o’tirmanglarey, hurmatli mas’ullar.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb_mavzu

🇨🇳 Uyg'urlar Xitoy tarkibiga qanday kirib qolgan?

Videoni oxirigacha ko'ring, qardosh uyg'ur xalqiga ofiyat tilab qolamiz

@SiyosiyFakt
2024/05/14 07:28:16
Back to Top
HTML Embed Code: