Telegram Web Link
#mahallabay #korxonabay

“Mahallabay” va “korxonabay” – har bir soliq to‘lovchiga individual yondashuv

Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda manzilli yondashuvni ta’minlash maqsadida davlat soliq xizmati organlarida ikki zamonaviy ishlash tizimi – “mahallabay” va “korxonabay” joriy etilgan.

Aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilari, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda jismoniy shaxslarga shahar va tuman soliq inspeksiyalari tomonidan xizmat ko‘rsatiladi. Har bir mahallaga biriktirilgan soliq inspektori fuqarolar va tadbirkorlar bilan bevosita ishlaydi, ularning dolzarb masalalarini hal etishda ko‘maklashadi, soliq qonunchiligi bo‘yicha tushuntirishlar beradi hamda soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishda yordam ko‘rsatadi. Ushbu hamkorlik shakli “mahallabay” ishlash tizimi deb ataladi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lovchilarga esa viloyat soliq boshqarmalari xizmat ko‘rsatadi. Har bir korxonaga biriktirilgan soliq inspektori korxona faoliyatini kuzatish, maslahat berish va yuzaga keladigan masalalarga tezkor javob berish uchun mas’ul hisoblanadi. Mazkur yondashuv “korxonabay” ishlash tizimi asosida amalga oshiriladi.

O‘z soliq inspektoringiz kimligini bilish uchun soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga kirish yoki Soliq mobil ilovasidagi Soliq Biznes bo‘limidan foydalanish kifoya. U yerda inspektorning aloqa ma’lumotlarini topish va zarurat tug‘ilganda bevosita bog‘lanish mumkin.

Soliq to‘lovchilar bilan individual yondashuv asosida ishlash tizimining joriy etilishi natijasida xizmat ko‘rsatish sifati oshdi, soliq ma’murchiligi samaradorligi yanada yaxshilandi.

Soliq inspektorlari faoliyati natijalari haqida batafsil:
👉 mahallabay
👉 korxonabay
_________
#махаллабай #корхонабай

«Махаллабай» и «корхонабай» - персональный подход к каждому налогоплательщику

Для повышения качества обслуживания и обеспечения адресного подхода к налогоплательщикам в органах государственной налоговой службы внедрены два современных принципа работы — «махаллабай» и «корхонабай».

Плательщики налога с оборота, в том числе индивидуальные предприниматели, а также физические лица обслуживаются в городских и районных налоговых инспекциях. За каждой махаллей закреплён налоговый инспектор, который напрямую взаимодействует с гражданами и предпринимателями, помогает решать текущие вопросы, разъясняет налоговое законодательство и оказывает помощь в своевременном исполнении налоговых обязательств. Такой формат взаимодействия получил название «махаллабай».

Плательщики НДС обслуживаются в областных налоговых управлениях. За каждым из них тоже закреплён налоговый инспектор, ответственный за сопровождение деятельности предприятия, консультирование и оперативное реагирование на возникающие вопросы. Этот подход реализуется по принципу «корхонабай».

Чтобы узнать, кто является вашим налоговым инспектором, достаточно зайти в персональный кабинет налогоплательщика или воспользоваться разделом Soliq Biznes в мобильном приложении Soliq. Там можно найти контактные данные инспектора и при необходимости связаться с ним.

Благодаря внедрению персонализированных подходов взаимодействия с налогоплательщиками, повысился уровень обслуживания, улучшилось качество налогового администрирования.

Подробнее о достигнутых результатах работы налоговых инспекторов:
👉махаллабай
👉корхонабай

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#avtomobilsiz_kun

Soliq qo‘mitasi xodimlari “Avtomobilsiz kun” aksiyasida faol ishtirok etdi 🚴‍♀️

Ular 🚶‍♂️piyoda va 🚊jamoat transportida harakatlanib, sog‘lom turmush tarzi hamda 🌿toza muhitni qo‘llab-quvvatlashga o‘z hissasini qo‘shdilar.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"SURXONDARYO" TV

O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan Soliq qo‘mitasi va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyati soliq xizmati organlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar uchun Samarqand shahriga ikki kunlik sayohat tashkil etildi.

Telegram facebook 📹youtube 🌐instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

"ISHONCH" TV

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish va eksport hajmini ko‘paytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati tadbirkorlarga tushuntirilmoqda.

Telegram facebook 📹youtube 🌐instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏6👍2🔥1
#savol_javob

– Chorvachilik xo‘jaliklari uchun qanday soliq imtiyozlari mavjud?

"Chorvachilik va parrandachilikni qo‘llab-quvvatlash, sohada yuqori qo'shilgan qiymat yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident Qaroriga muvofiq

🗓 2025-yil 1-apreldan 2028-yil 1-yanvarga qadar chorvachilik va parrandachilik xo'jaliklari tomonidan Davlat budjetiga to'langan QQSning 50 foizi har oyning 25-sanasiga qadar qaytariladi.

❗️Bunda ushbu tartib ishlab chiqarilgan go'sht, sut, parranda go'shti va tuxumni realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushum jami tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olgan daromadining kamida 90 foizini tashkil etishi kerak

🟢 2028-yil 1-yanvarga qadar – naslchilik korxonalari uchun ularning asosiy faoliyat turi bo‘yicha quyidagi soliqlar stavkasini 50 foizga pasaytirilgan stavkada to‘lash shaklidagi soliq imtiyozlarining amal qilish muddati uzaytiriladi:

▫️foyda solig‘i (tijorat banklariga joylashtirilgan mablag‘lardan olingan foizlardan tashqari);
▫️mol-mulk solig‘i;
▫️yer solig‘i;
▫️suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.

Avval imtiyoz 2025-yil 1-yanvargacha amal qilgan.

👉 Telegram
👍1
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Yo'ldosh aloqa operatorlari uchun 5 yilga soliq imtiyozlari joriy etilmoqda

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublikaning olis hududlarida aloqa qamrovini oshirishda yo'ldosh aloqa texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.
👉PQ-313-son 21.10.2025-yil.

2026-yil 1-yanvardan 5 yil muddatga o'rta va past orbitali yo'ldosh aloqa tarmoqlarini O'zbekiston hududida markaziy yer stansiyasi orqali tashkil qilish bilan bog'liq bo'lgan loyihalar doirasida:

🔹yo'ldosh aloqa tarmoqlari operatorlari tomonidan yo'ldosh aloqa tizimi orqali ko'rsatilgan xizmatlar QQSdan ozod qilinadi;

🔹markaziy yer stansiyalari, terminallar va yo'ldosh aloqa infratuzilmasining boshqa aktiv qurilmalari joylashtirilgan telekommunikatsiya inshootlari va ularning yer maydonlari mol-mulk solig'i va yer solig'idan ozod etiladi;

🔹yo'ldosh aloqa tarmoqlari operatorlari yaratilgan yo'ldosh aloqa tizimi orqali ko'rsatgan xizmatlari uchun foyda solig'idan ozod qilinadi.

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksi
2- va 75-moddalari
__________
#новое_в_законодательстве

Операторам спутниковой связи на 5 лет предоставляются налоговые льготы

Принято Постановление Президента "О мерах по внедрению технологий спутниковой связи для расширения охвата связью в отдаленных районах республики".
👉№ПП-313 от 21.10.2025 г.

С 1 января 2026 года сроком на 5 лет в рамках проектов, связанных с организацией средне- и низкоорбитальных спутниковых сетей связи через центральную земную станцию на территории Узбекистана:

🔹услуги, предоставленные операторами сетей спутниковой связи через систему спутниковой связи, освобождаются от НДС;

🔹сооружения телекоммуникаций и их земельные участки, на которых размещены центральные земные станции, терминалы и другие активные устройства инфраструктуры спутниковой связи, освобождаются от налога на имущество и земельного налога;

🔹операторы сетей спутниковой связи освобождаются от налога на прибыль за услуги, оказанные через созданную систему спутниковой связи.

❗️Данный порядок будет внедрен в практику после внесения соответствующих изменений в Налоговый кодекс.
👉
ст.2 и ст.75 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#faol_tadbirkor

Yo‘l qurgan – elda aziz!

Avtomobil transporti qatnovi ortib borayotgan ayni paytda transport vositalarining erkin harakatlanishi, qolaversa, aholining uzog‘ini yaqin qilishda nafaqat yo‘llar, balki ko‘priklar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, yo‘l va ko‘priklarning mustahkam va xavfsiz bo‘lishi yanada muhimdir.

Denov tumanidagi «Inter Prof City Stroy» MChJ direktori Axrorjon Xolmo‘minov yo‘l va ko‘priksozlikda katta tajriba ega, sun’iy inshootlar hamda aerodrom qurilishini rivojlantirish yo‘lida samarali mehnat qilib kelayotgan ilg‘or tadbirkorlardan biridir.

Axrorjon Xolmo‘minov rahbarligida 2021-yilda tashkil etilgan «Inter Prof City Stroy» mas’uliyati cheklangan jamiyati jamoasi shu kunga qadar nafaqat yon-atrofdagi, balki viloyat hududlaridan o‘tuvchi halqaro ahamiyatdagi va ichki yo‘llarni rekonstruksiya qilish, yangilarini qurish orqali transport harakatiga qulaylik yaratib, piyodalar uchun maxsus yo‘lakchalar barpo etish ishlarini amalga oshirib kelmoqda. Yillar davomida ta’mirtalab bo‘lgan yo‘llarni tuzatib, fuqarolarning mushkulini oson qilgan jamoa ishchilari ko‘priksozlikda ham katta tajriba to‘plagan.

- O‘tgan davr mobaynida 32 ta ko‘prik qurib, foydalanishga topshirdik, - deydi tadbirkor Axrorjon Xolmo‘minov. – Jamoamiz bilan yo‘l va ko‘prik qurilishini jadal rivojlantirish, yangi loyihalar ustida ish olib borish barobarida, mahalliy xomashyolardan qurilish materiallari ishlab chiqarishga ham alohida e’tibor qaratayapmiz. Bu esa tannarxni bir necha barobarga qisqartirib, sof daromad manbaini kengaytirishga imkon bermoqda. Ayni paytda zarur mahsulotlarning barchasini shu yerning o‘zida tayyorlash va ishlab chiqarish maqsadida yangi zavod qurish loyihasi ishlab chiqilgan. Joriy yil oxirigacha mazkur zavodni ishga tushurish va qo‘shimcha 40 ta yangi ish o‘rni yaratishni rejalashtirganmiz.

«Inter Prof City Stroy» MChJ faoliyati yo‘lga qo‘yilgan dastlabki yillarda ishchi xodimlar soni 60 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 225 nafarga yetgan. Ishchi xodimlar manfaatini ustun qo‘ygan jonkuyar rahbar Axrorjon Xolmo‘minov birinchi navbatda ularning ijtimoiy muhofazasiga alohida e’tibor qaratadi. Chunki ish unumdorligi eng avvalo xodimlarning salomatligi va ishchanlik kayfiyatiga bog‘liq.

Birdamlikdagi tinimsiz mehnatlar o‘z mevasini berdi. Milliy iqtisodiyotimizda barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash, yurtimizda tadbirkorlik rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, mamlakatimizning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yuksaltirish borasidagi xizmatlari, ish o‘rinlari yaratish, aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan katta hissasi, shuningdek, biznesda erishayotgan salmoqli natijalari hamda ijtimoiy hayotdagi munosib ishtiroki uchun Xolmo‘minov Axrorjon Ilxomovich 2025-yilda «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

👉 Telegram
👍7
#barqarorlik_reytingi

Imkoniyatlar kengaydi: barqarorlik reytingida 5 ta yangi va 11 ta takomillashtirilgan mezon


Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi.
👉 VMQ-662-son 21.10.2025-yil

Yangi mezonlar:

🔹Foyda solig‘i bo‘yicha hisoblangan soliq summasi soha, hudud, tadbirkorlik toifasi o‘rtachasidan oshishi – 10 ball
🔹Raqamli markirovkalash qoidalariga (ONKM, 2D-skanerlar) rioya etilishi – 5 ball
🔹Dala cheti mavjud bo‘lgan qishloq xo‘jaligi korxonalari va fermer xo‘jaliklari tomonidan ekinlar ekilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar «e-Fito.uz» tizimiga kiritilgan va samarali deb baholangan bo‘lsa — 10 ball
🔹Ekologik markirovkalash sertifikatining mavjudligini baholashda tadbirkorlik subyekti mazkur sertifikatga ega bo‘lsa — 2 ball
🔹Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortig‘ini o‘rnatganda – 5 ball

Qayta tiklanuvchi energiya samaradorligi:
▫️50 foiz va undan yuqori bo‘lsa – 5 ball;
▫️30–50 foizgacha bo‘lsa – 3 ball;
▫️10–30 foizgacha bo‘lsa – 1 ball beriladi.

👉 Batafsil

Endilikda, qonunlarga rioya etib faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari jami 147 balldan (asosiy mezonlar 100 ball, qo‘shimcha 47 ball) 96 ballni qo'lga kiritib, AAA reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘lish imkoniyati oshdi.

Ma'lumot uchun. Reyting ma’lumotlarini real vaqt rejimida Soliq mobil ilovasi hamda soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida ko‘rish imkoniyati yaratilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"SURXONDARYO" TV

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish va eksport hajmini ko‘paytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati tadbirkorlarga tushuntirilmoqda.

Telegram facebook 📹youtube 🌐instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1👏1
#shunday_bolishi_mumkinmi

Ulgurji savdo korxonasi transportsiz avtokran va yuklash xizmati koʻrsatmoqda

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlar tomonidan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) rasmiylashtirishda yo‘l qo‘yilayotgan qo‘pol xatolar va soliq qonunchiligi buzilishi holatlari haqida ma’lumot berib borishni davom ettirmoqda.

Bunday holatlar maxsus axborot-tahliliy tizim orqali aniqlanmoqda. U mavjud raqamli ma’lumotlar tahlili asosida EHFlarning xavf darajasini real vaqt rejimida avtomatik tarzda belgilab beradi.

Masalan, 2024-yil iyun oyida yog‘och, qurilish materiallari va sanitariya uskunalari ulgurji savdosi faoliyati bilan shug‘ullanish uchun tashkil etilgan “Gumbaz” MChJ (nomi o‘zgartirilgan) ustav jamg‘armasi 785 mln so‘mni tashkil etib, uzoq vaqt faoliyat ko‘rsatmasdan 2025-yil oktabr oyida rahbarini o'zgartirgan holda, juda qisqa vaqt ichida, ishchilar va transport vositalariga ega bo‘lmasdan 71,9 mlrd so‘m (shundan, QQS — 7,7 mlrd. so‘m) miqdorida transport xizmatlari (avtokran, yuklash xizmatlari) hamda turli mahsulotlar realizatsiyasi bo‘yicha EHF rasmiylashtirgan.

Eslatib o‘tamiz: EHFlarning xavf darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus axborot tizimi hozirda test tartibida faoliyat yuritmoqda va aniqlangan holatlar bo‘yicha hozircha hech qanday chora-tadbirlar ko‘rilmagan.

❗️Mazkur tizim 2026-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladi.
__________
#разве_такое_возможно?

Предприятие оптовой торговли оказывает услуги автокрана и погрузки, не имея транспортных средств

Налоговый комитет продолжает информировать о грубых ошибках и нарушениях налогового законодательства, допускаемых предпринимателями при оформлении электронных счетов-фактур (ЭСФ).

Такие факты выявляются с помощью специальной информационно-аналитической системы, которая на основе анализа имеющихся цифровых данных автоматически определяет уровень риска ЭСФ в режиме реального времени.

Например, ООО "Гумбаз" (название изменено) создано в июне 2024 года для деятельности в сфере оптовой торговли древесиной, стройматериалами и сантехническим оборудованием с уставным капиталом 785 млн сумов. Долгое время фактически не осуществляя деятельность, в октябре 2025 года после смены руководителя, при отсутствии работников и транспортных средств, юрлицом оформило ЭСФ на общую сумму 71,9 млрд сумов (в том числе НДС – 7,7 млрд сумов), за оказание транспортных услуг (автокран, погрузочные работы) и реализацию различных товаров.

Напоминаем: специальная информационная система по определению уровня риска ЭСФ в настоящее время запущена в тестовом режиме и в отношении выявленных нарушений никакие меры не применены.

❗️Данная система будет внедрена с 1 января 2026 года.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
#bilasizmi

Statsionar bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari uchun soliq imtiyozlari

🗓 2026-yil 1- yanvargacha
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi statsionar bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari quyidagi soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi:

🟢 bino va inshootlarni, yer uchastkalarini ijaraga berishdan olinadigan daromadlari bo‘yicha – foyda solig‘i;

🟢 ijaraga berilgan obyektlar va ular egallagan yer uchastkalari bo‘yicha – mol-mulk solig‘i hamda yer solig‘i.

👉 Telegram
2025/10/25 02:59:55
Back to Top
HTML Embed Code: