Telegram Web Link
#ijodiy_kecha

Adabiyot va ilhom uchrashuvi

TerDUda ijodkorlar bilan navbatdagi adabiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Salim Ashur, “Sharq yulduzi” jurnali bosh muharriri Sirojiddin Rauf, “Yoshlik” jurnali bosh muharriri Nurillo Chori va Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limi rahbari Mengnor Ollomurodov ishtirok etdi.

Ular talabalar bilan samimiy suhbat qurib, o‘z ijodiy yo‘llari, adabiy qarashlari va zamonaviy adabiyotdagi o‘zgarishlar haqida so‘z yuritdilar. She’r va nasriy asarlaridan namunalar o‘qib, adabiyotning ma’naviy tarbiya va tafakkurdagi o‘rnini ta’kidladilar.

Tadbirda talaba-yoshlar ham o‘z ijod namunalari bilan qatnashib, mehmonlar bilan savol-javob tarzida muloqot qilishdi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishda va ularni milliy adabiyotga qiziqtirishda muhim ahamiyatga ega
.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#Zomin_2025

Adiblar va talabalar uchrashuvi

📌 Surxondaryoda Respublika yosh ijodkorlarining an’anaviy Zomin seminarining hududiy bosqichlari boshlandi. Termiz shahrida Toshkentdan tashrif buyurgan ustoz adiblar boshchiligida Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari yosh talantlari ishtirok etayotgan seminar doirasida “Surxondaryoda adabiyot kunlari” bo‘lib o‘tmoqda.

📌 Bugun Termiz davlat agrotexnologiyalari universitetida elimizning ardoqli shoirlari va yozuvchilari bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda ustozlar, universitet talabalari, ko‘plab yosh iste’dodlar va shoirlar qatnashdi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli shoir Salim Ashur, “Sharq yulduzi” jurnali bosh muharriri, taniqli shoir Sirojiddin Rauf, “Yoshlik” jurnali bosh muharriri, yozuvchi Nurilla Chori, yosh iste’dodli shoir Masihulloh Madaminov va shoir Mengnor Ollomurodlar yoshlarga adabiyot boasida o‘z fikrlarini aytib o‘tdi. Ijodiy uchrashuv mazmunli va qizg‘in o‘tdi.

✍️ Muzaffar QURBONOV,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Surxondaryo viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi
Ustoz ijodkorlar va talabalar uchrashuvi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalari universiteti

https://www.tg-me.com/Surxonadabiyoti
2025/07/08 23:04:02
Back to Top
HTML Embed Code: