Telegram Web Link
Audio
BAHOR...

Muallif: ZUHRA HAYITOVA

Ijrochi:
ZUHRA HAYITOVA

Rukn uchun mas'ul: Donoxol Jumayeva Obirahmat qizi

https://www.tg-me.com/Surxonadabiyoti
“Vohamiz ijodkorlari” – ilhom, so‘z va ma’naviyat bayrami!

V Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyat axborot-kutubxona markazida
“Vohamiz ijodkorlari” nomli ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv viloyatimizda yashab, ijod qilayotgan taniqli shoir va yozuvchilar bilan o‘tkazilib, yosh kitobxonlar va adabiyot ixlosmandlari uchun katta ilhom manbaiga aylandi.

Tadbirda:
– Ijodkorlar o‘z hayoti va ijod yo‘llaridan so‘zlab berdilar;
– O‘quvchilar va talabalarning savollariga javob berdilar;
– Yangi asarlardan namunalar o‘qildi va fikr almashildi.

Bunday uchrashuvlar yosh avlodni milliy qadriyatlar, kitobga muhabbat va ijodga mehr bilan tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, adabiy muhitni boyitadi.

“Ijodkor bilan suhbat – ruhga g‘izo, qalbga nur!”
26-aprel – Muhammad Yusuf tug‘ilgan kun

YUR,  MUHABBAT…

Oy yuzidan nur yog‘di sim-sim,
Yur, muhabbat, ketdik bu yerdan.
Shirin tushlar ko‘rsin sevgilim,
Yur, muhabbat, ketdik bu yerdan…

Biz ketsak yer kengayib qolar,
Osmonlar ham enkayib qolar.
Bir qora ko‘z jilmayib qolar,
Yur, muhabbat, ketdik bu yerdan…

Na qildim, ey yuzlari zebo,
Aybim na deb so‘rama aslo.
Bu dunyo shundayin bevafo,
Yur, muhabbat, ketdik bu yerdan…

Sevgi dilda yashnagan chechak,
U biz bilan qayda yashasak.
Ne qipdi bir qizga yoqmasak?
Yur, muhabbat, ketdik bu yerdan!

✍️ Muhammad YUSUF
TAʼZIYA

   O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi va ko‘p sonli aʼzolari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzoga akasi Zaynobiddin Hojimatovning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

   Janoza bugun 28-aprelda peshin namozidan keyin Andijon shahar Forobiy mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan Imomi Aʼzam masjidida oʻqiladi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
28-aprel kuni tug‘ilgan ijodkorlar:

Muqaddas Abdusamatova –  O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi;

Xidir Chorshanbiyev – uyushma a’zosi;

Sayyora To‘ychiyeva – uyushma a’zosi, shoira;

Naima Anvarova – Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori.
#Eʼlon

     Diqqat diqqat hurmatli ijodkorlar!
Joriy yilning 1 may kuni soat 12:00 da Termiz davlat muhandislik va agrotexnalogiyalar universiteti  faollar zalida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, taniqli shoir Salim Ashur, “Sharq yulduzi” jurnali bosh muxarriri Sirojiddin Rauf, “Yoshlik” jurnali bosh muxarriri Nurilla Chori va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi va xodimi Masihulloh Madaminovlar ishtirokida ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtadi.
Adiblar bilan uchrashuvga barchangizni koʻngil bilan taklif etamiz.

Maʼlumot uchun telefonlar:
+99893 264 64 03
+99890 747 81 93

https://www.tg-me.com/Surxonadabiyoti
TILAK

Ko‘chalardan ko‘tarib
   o‘tganing beshik bo‘lsin,
Uyingdan chiqqan ovoz
   alla ham qo‘shiq bo‘lsin.
Qiz ko‘rsang, Shirin kabi
    shirin bo‘lsin ozoda,
O‘g‘il ko‘rsang, kamida
   Farhodday oshiq bo‘lsin.

Sirojiddin SAYYID,
 O‘zbekiston xalq shoiri.
 
                              1993
1-may kuni tug‘ilgan ijodkorlar:

Mixli Safarov – uyushma a’zosi, yozuvchi, tarjimon;

Matluba Dehqon qizi – uyushma a’zosi, shoira;

Muhammad Boboxon Sharif – yozuvchi, adabiyotshunos va tarjimon

Iqbol Mirzo – O‘zbekiston xalq shoiri;

Nabijon Hoshimov – uyushma a’zosi, yozuvchi;

Xayrulla Hamidov – uyushma a’zosi, adabiyotshunos.
2025/07/08 09:34:39
Back to Top
HTML Embed Code: