Telegram Web Link
#Zomin_2025

Adiblar va talabalar uchrashuvi

📌 Surxondaryoda Respublika yosh ijodkorlarining an’anaviy Zomin seminarining hududiy bosqichlari boshlandi. Termiz shahrida Toshkentdan tashrif buyurgan ustoz adiblar boshchiligida Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari yosh talantlari ishtirok etayotgan seminar doirasida “Surxondaryoda adabiyot kunlari” bo‘lib o‘tmoqda.

📌 Bugun Termiz davlat agrotexnologiyalari universitetida elimizning ardoqli shoirlari va yozuvchilari bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda ustozlar, universitet talabalari, ko‘plab yosh iste’dodlar va shoirlar qatnashdi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli shoir Salim Ashur, “Sharq yulduzi” jurnali bosh muharriri, taniqli shoir Sirojiddin Rauf, “Yoshlik” jurnali bosh muharriri, yozuvchi Nurilla Chori, yosh iste’dodli shoir Masihulloh Madaminov va shoir Mengnor Ollomurodlar yoshlarga adabiyot boasida o‘z fikrlarini aytib o‘tdi. Ijodiy uchrashuv mazmunli va qizg‘in o‘tdi.

✍️ Muzaffar QURBONOV,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Surxondaryo viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi
Ustoz ijodkorlar va talabalar uchrashuvi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalari universiteti

https://www.tg-me.com/Surxonadabiyoti
TERMIZDA – ZOMIN SEMINARI SARALASH BOSQICHI
   
     Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Zomin seminarining Qashqadaryo-Surxondaryo hududiy bosqichi bugun goʻzal diyorimizning janubi boʻlmish Termiz shahrida boʻlib oʻtdi. Anjumanni Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, taniqli shoir, yetuk publisist Salim Ashur ochib berdi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari: “Sharq yulduzi” jurnali bosh muxarriri Sirojiddin Rauf, “Yoshlik” jurnali bosh muxarriri Nurilla Chori, umidli yosh shoir Masihullo Mmadaminovlar ijodkorlarni baholash uchun Surxon diyoriga keldilar.
    Ustoz ijodkorlar yoshlarimizga oʻzining ijod va hayot yoʻllaridagi saboqlaridan soʻzlab, yoshlarga kelajakdagi ijodlarida katta omadlar tilashdi. Anjuman davomida surxonlik va qashqadaryolik yoshlar oʻz namunalaridan sheʼrlar oʻqishdi, dildan suhbat qurishdi.
     Tadbir soʻngida barchaga Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan chop etilgan kitoblar sovgʻa qilindi. Anjuman qiziqarli va nazmunli oʻtdi.

Muzaffar Qurbonov
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Surxondaryo viloyat boʻlimi adabiy xodimi

https://www.tg-me.com/Surxonadabiyoti
Forwarded from TerDU rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/08 02:57:03
Back to Top
HTML Embed Code: