bootg.com »
United States »
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat boʻlimi » Telegram Web
Forwarded from Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy
KELDI
Shoberdi baxshiga
Boysun degan elatdan
Sozin sozlab pir keldi.
Unga ergashib, do‘stlar,
Lolazorli qir keldi.
Qirchillima qish edi,
Bahor hali tush edi,
Bog‘lar kabi junjikkan
Faqatgina men emas,
Tom tagida qush edi.
Tuyg‘ulari ko‘pirib,
Hasrat g‘amin supurib,
Eritib dil qorini,
Do‘mbirasi qo‘r keldi.
Tulporlarni uchirib,
Gʻanimlarni qochirib,
Qorajonday or qilib,
Oti bilan shoh surib,
Shoberdiday zo‘r keldi.
Tog‘ning toshi gumburlab,
Yeru osmon guldirab,
Cho‘mib his bulog‘iga,
Polvonlari mingashib
Do‘mbira qulog‘iga,
Baxshisini olqishlab
Chambil degan el keldi
Sozning jo‘rini ko‘rib,
So‘zning zo‘rini ko‘rib,
Qalbning qo‘rini ko‘rib,
Oh, egam-o, voh, egam,
Ko‘zlarimga sel keldi.
Tilak JO‘RA
1987

#Adiblar_ijod_haqida
* * *
Har gal yangi nimadir yozganingizda bir gaplarni aytdim-ov, deb o‘ylaysiz o‘zingizcha. Lekin bari – dengizdan tomchi. Dildagisini umrning oxirigacha aytib ado qilib bo‘lmas!
Muhim gapni aytish uchun, avvalo, ko‘ngilda shunday gap bo‘lishi kerak.
Erkin A’ZAM
——————
* * *
Ҳар гал янги нимадир ёзганингизда бир гапларни айтдим-ов, деб ўйлайсиз ўзингизча. Лекин бари – денгиздан томчи. Дилдагисини умрнинг охиригача айтиб адо қилиб бўлмас!
Муҳим гапни айтиш учун, аввало, кўнгилда шундай гап бўлиши керак.
Эркин АЪЗАМ
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

#HIKMAT
***
Asl g‘avvos bo‘lsang, durni ko‘rgaysan,
Sof bo‘lsang, ketar chog‘ hurni ko‘rgaysan.
Hamma yoq zulmat deb shikoyat qilma,
O‘ZINGDA NUR BO‘LSA, NURNI KO‘RGAYSAN...
✍️ Mirzo KENJABEK
——————————
***
Асл ғаввос бўлсанг, дурни кўргайсан,
Соф бўлсанг, кетар чоғ ҳурни кўргайсан.
Ҳамма ёқ зулмат деб шикоят қилма,
ЎЗИНГДА НУР БЎЛСА, НУРНИ КЎРГАЙСАН...
✍️ Мирзо КЕНЖАБЕК

9 MAY – XOTIRA VA QADRLASH KUNI
VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN QALQON BO’LGAN O’G’LONLAR
(Mustaqillik yillarida halok bo‘lgan vatan o‘gʻlonlari xotirasiga)
Mustaqillik yillarida
qurbon bo‘lgan o‘g‘lonlar,
“Qurbon bo‘lgan” degim kelmas,
qo‘rg‘on bo‘lgan o‘g‘lonlar.
El tinchiyu omonligi,
erk-saodat yo‘lida,
Vatan uchun, millat uchun
qalqon bo‘lgan o‘g‘lonlar.
Gar Vatanga aylanmasa
unday ko‘ngil ko‘ngilmas,
“Halok bo‘lgan” degan so‘zga
ko‘ngillar hech ko‘nikmas.
“Halok bo‘lgan” degim kelmas,
bu o‘g‘lonlar o‘lganmas,
Shudring bo‘lgan, shamol bo‘lgan,
osmon bo‘lgan o‘g‘lonlar.
Har bolasi hushyor yurtda
qoraymas hech quyoshlar,
Yuzlariga shom pardasin
tortmayin tog‘u toshlar.
Ota uyda laganlarda
qoldi suzilgan oshlar,
Nasibasi tiriklarga
armon bo‘lgan o‘g‘lonlar.
Jaholatu qabohatga
tik bordingiz berib jon,
Nomingizni yod aylar har ko‘cha,
har bir xiyobon.
Saharlari samolardan
mo‘ltiraysiz nigoron,
Osmonlarda zor-intizor
Cho‘lpon bo‘lgan o‘g‘lonlar.
Birovlari chimildiqqa
kirib ham ulgurmagan,
Birovlari yor ko‘ziga
to‘yib ham termulmagan.
Birovlari farzand ko‘rib,
o‘g‘il to‘ylar qilmagan,
O‘z yurtiga qoshu ko‘zi
mijgon bo‘lgan o‘g‘lonlar.
Birovingiz – Jaloliddin,
Bobursiz birovingiz,
Tiriklikdan so‘rolmasdan
hali dil so‘rovingiz.
Burch-sadoqat sarhadida
joningiz – garovingiz,
Burch yo‘lida jismu joni
o‘lpon bo‘lgan o‘g‘lonlar.
Siz barhayot o‘g‘lonlarsiz,
siz hech qachon o‘lmagan,
O‘n sakkizga, yigirmaga,
o‘ttizga ham to‘lmagan,
Bu hayotda o‘n gulidan
bir guli ham so‘lmagan,
Nomu yodi mangu bog‘u
bo‘ston bo‘lgan o‘g‘lonlar.
Ul “Ikkinchi jahon...” degan
urushda nolam ketgan,
Mening besh yuz ming lolamu
besh yuz ming bolam ketgan.
Har bir ketgan bolam bilan
bir buyuk olam ketgan,
Qo‘rg‘oshinzor ko‘ksi ro‘yi
jahon bo‘lgan o‘g‘lonlar.
Jonim bolam, bu mening ham
farzimdir, ham qarzimdir,
Ayni paytda farzandlarga
maktubim dil arzimdir.
Vatan – mangu maktabimdir,
mening mangu darsimdir,
Umri ibrat maktabida
irfon bo‘lgan o‘g‘lonlar.
Sharaf bo‘lsin shunday umr,
shunday fido har jonga,
Vatan nomi burkangaydir
abadiy sharaf-shonga.
She’rlar aytsam nomingizdan
Oliy Bosh qo‘mondonga,
Matonati ming bir she’ru
doston bo‘lgan o‘g‘lonlar.
Xotiraning rangi moviy –
zangor osmon ranglidir,
Vatan uchun jon berganlar
qadri doim shonlidir.
Ona Vatan bayrog‘ida
oy, yulduzlar mangudir,
Mana shunday porloq davru
davron bo‘lgan o‘g‘lonlar.
5.05.2025 y.
Sirojiddin SAYYID,
O‘zbekiston xalq shoiri

6-may kuni tug‘ilgan ijodkorlar:
Safar Barnoyev – uyushma a’zosi, taniqli bolalar adibi;
Mengnor Ollomurod – uyushma a’zosi, shoir;
Zulayho Nurmetova – uyushma a’zosi, shoira.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Safar Barnoyev – uyushma a’zosi, taniqli bolalar adibi;
Mengnor Ollomurod – uyushma a’zosi, shoir;
Zulayho Nurmetova – uyushma a’zosi, shoira.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Oyina.uz | Tafakkur
“Ўткан кунлар” воқеалари иштирокчисига айландим – 1961 йил Украинадан Қодирийга юборилган мактуб
Уста менга деди: “Юмушингизга бораман, мулла, аммо бир шарт билан: менга Отабек деган китобни ўқиб берсангиз...”. Мен рози бўлдим. Уста қизиқ табиатли киши эди. Яхши кўрган кишисини “Келинг, Отабек” деб чақирарди.
Oʻz: https://oyina.uz/uz/article/3751
Ўз: https://oyina.uz/kiril/article/3752
Расмий саҳифаларимиз👇
Telegram | Facebook | X | Instagram
Уста менга деди: “Юмушингизга бораман, мулла, аммо бир шарт билан: менга Отабек деган китобни ўқиб берсангиз...”. Мен рози бўлдим. Уста қизиқ табиатли киши эди. Яхши кўрган кишисини “Келинг, Отабек” деб чақирарди.
Oʻz: https://oyina.uz/uz/article/3751
Ўз: https://oyina.uz/kiril/article/3752
Расмий саҳифаларимиз👇
Telegram | Facebook | X | Instagram
Forwarded from Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy
#HIKMAT
***
Ko‘rdimki, umr va dunyodan ko‘ra tez shoshilib, yo‘q bo‘lib ketadiganroq, o‘lim va oxiratdan ko‘ra yaqinroq, orzudan ko‘ra uzoqroq, xotirjamlikdan ko‘ra go‘zalroq narsa yo‘q ekan.
Najmiddin KUBRO
—————————
***
Кўрдимки, умр ва дунёдан кўра тез шошилиб, йўқ бўлиб кетадиганроқ, ўлим ва охиратдан кўра яқинроқ, орзудан кўра узоқроқ, хотиржамликдан кўра гўзалроқ нарса йўқ экан.
Нажмиддин КУБРО

TINCHLIK
Tinchlik so‘zin ma’no, salmog‘i katta,
Dunyo yaralgandir Tinchlik so‘zidan.
Elni tanigaylar yurtdan, albatta,
Insonni bilurlar avval ko‘zidan.
Bahor kelayotir Tinchlik yoqlarga,
Horib kelayotir talofatlardan.
Tunlarda qarasam ko‘k ‒ chiroqlarga,
Ular ham bezibdi, ha, ofatlardan.
Kurtak bo‘rtishiyu, tuproq ko‘pchishi,
Kapalak qanoti, barglar kaftida.
Turnalarning karvon bo‘lib ko‘chishi,
Ko‘klam oftobining iliq taftida.
Musaffo osmonda bulut kemasi,
Oppoq yelkanlarni yoyar ekan tez.
Olis yo‘lga tushsa safar tevasi,
Qo‘zilar o‘tloqda gul hidlagan kez.
Tulpor o‘mganida bo‘rtgan qoyalar,
Chavandoz kaftini yorib yuborsa.
Yashil to‘lqinlarda bedapoyalar
Oqimida suzib saharlar borsa.
Bir maromda nafas olganda mayin
Havoning qatida osuda zichlik.
Ko‘zlarim Vatanni o‘pgani sayin,
Yelkamga yashil to‘n tashlaydi Tinchlik.
Salim ASHUR

Urush inson va tabiat ustidan qilingan ulkan haqoratlardan biridir.
Vladimir MAYAKOVSKIY
———————————
***
Уруш инсон ва табиат устидан қилинган улкан ҳақоратлардан биридир.
Владимир МАЯКОВСКИЙ

URUSH SUVRATI
Suv o‘rniga qon shimayotgan
halovatsiz, bechora zamin.
Hasrat bilan yerga qaraydi
chiqarmasdan xudolar damin.
Qonga botgan dunyoni ko‘rib,
azoblarga berolmasdan dosh,
ulkan, qizil quyosh har kuni
olib ketar uzoqlarga bosh.
Ketayotir tubsiz moziyga
ko‘lankasiz yigitlar safi,
qizlar qolar kuz og‘ushida
unutilgan mevalar kabi...
Shavkat RAHMON
Suv o‘rniga qon shimayotgan
halovatsiz, bechora zamin.
Hasrat bilan yerga qaraydi
chiqarmasdan xudolar damin.
Qonga botgan dunyoni ko‘rib,
azoblarga berolmasdan dosh,
ulkan, qizil quyosh har kuni
olib ketar uzoqlarga bosh.
Ketayotir tubsiz moziyga
ko‘lankasiz yigitlar safi,
qizlar qolar kuz og‘ushida
unutilgan mevalar kabi...
Shavkat RAHMON