Telegram Web Link
10-may kuni tug‘ilgan ijodkorlar:

Xurshid (Shamsiddin Sharafiddinov) – dramaturg, shoir, tarjimon;

G'afur G'ulom – O'zbekiston xalq shoiri;

Hakim Nazir – O‘zbekiston xalq yozuvchisi;

Vahob Ro‘zimatov – jurnalist va tarjimon. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi;

Shafoat Rahmatullayev – uyushma a’zosi, shoir;

Abdumannop Tojiyev– uyushma a’zosi, yozuvchi;

Alinazar Egamnazarov –  uyushma a’zosi, yozuvchi.
Diqqat Diqqat!!
Ijodkorlar diqqatiga!

Ertaga 12 may kuni soat 10:00 da Termiz davlat unversiteti Axborot texnalogiyalari zalida (Xalq banki roʻparasidagi bino) Oʻzbekiston xalq shoiri, Senator, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid bilan adabiy uchrashuv boʻlib oʻtadi. Tadbir davomida ulkan adib Mengziyo Safarov, taniqli shoir Shafoat Rahmatulla Termiziy, mashxur adib, shoir Tesha Saydaliyev va bugun Toshkentda ijod qilayotgan ardoqli shoira Gulandom Togʻayevalarning kitoblari taqdimoti boʻlib oʻtadi. Kitob taqdimotiga qiziqqan barcha kitobxonlarni, ijodkorlarni taklif etamiz.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Surxondaryo viloyat boʻlimi
https://www.tg-me.com/Surxonadabiyoti
1941-YIL BALLADASI

...Ona kecha to‘ng‘ichini kuzatdi jangga.
Do‘ppidagi erning hidini
ko‘ksiga bosib qoldi yosh kelin.
To‘ng‘ich qadamidan ko‘tarilgan chang –
beva qismatdagi eng sarin epkin.

Ona ertaga kenjasini kuzatadi muhorabaga –
ajal bilan musobaqaga.
O‘ziga joy so‘rab qo‘yar mozordan.

Hali erkak bo‘lmagan yigit –
yaltillagan, chirigan chigit...

Shudgorni, chorvani, tuyoqni,
rangzordagi jami bo‘yoqni
Ona yoqdi.
               Boqdi o‘choqni.

Qoqdi suprasini va qo‘rasini...
bugun jo‘rasini va to‘rasini
beradi odamxo‘r urushga
(siz o‘ylamang – kino ko‘rishga).

Ona yig‘lar.
                  Ichini tig‘lar.
Qafasida yurak big‘illar.
Yuzidagi ikki buloqda,
ikki tarmoq va qo‘ng‘iroqda
yosh emas, qon emas, onazang,
suyaklarni suv etdi jarang.

Onalarni ko‘p ko‘rgan ko‘cha
a’molidan butkul voz kechar.
Ariqlarning bo‘yida o‘sgan
chechaklarning chirog‘i o‘char.

Eh, aqldan ozadi dunyo,
topib bering unga bir kimyo.
Quyosh qo‘rqib tog‘larga qochar,
qishloq to‘lib oqar zim-ziyo.

Yoqasini yirtadi alam,
bunday achchiq bo‘lmagan olam.
La’natlarga o‘xshagan faryod:
“Ajalingga xush borgin, bolam...”

Qanday go‘zal o‘zbegim fe’li!
Mehr-shafqat, fidolik seli.
Og‘ir, og‘ir paytda Onaga
madad bo‘ldi o‘zining eli.

Dedilarki: “Omon uzatgin,
et-betingni sal-pal tuzatgin.
Eslab yurar jangda chehrangni,
kulib borsin, kulib kuzatgin”.

Jo‘natmoqda kim bir o‘g‘lini,
yupatadi kimdir ko‘nglini.
Dard oladi zahmini dardning,
mard onalar bo‘lgan, to‘g‘rimi?

Ona dedi: “Tush ko‘rdim yomon,
rostin aytsam, ta’biri gumon”.
Chuvillashdi g‘amkash onalar:
“Qilaqolgin dardingni doston”.

“...Yonar edi tandirda olov,
darvozadan chaqirdi birov.
Borib-kelib qarasam, o‘tda
ikki o‘g‘lim yonardi lov-lov”.

Til tishladi onalar: ayon...
bu o‘rinda ortiqcha bayon.
Ma’lum, taqdir ikki o‘g‘lonni
yetaklaydi qay tomon, qayon.

Aldamadi Onaning tushi...
Tushga o‘xshar qolgan turmushi.
Qaytmaganlar qaytmadi. Qaytdi
kimning oltin, kimning kumushi.

Ma’lum endi Ona ahvoli...
poyoniga yetdi a’moli.
Yonib turgan tandir og‘zidan
tushib qoldi kuygan ro‘moli...

Qissa bitdi. Qissa bitmadi.
Jism yitdi. Jonlar yitmadi.
Kim ming dardga bir malham qo‘ysa,
bobomeros yurt unutmadi.

...ertaga kenjasini kuzatadi urushga
(siz o‘ylamang – kino ko‘rishga)... 

Salim ASHUR

📱
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
TERMIZDA YANGI NASHRLAR TAQDIMOTI

📌 Bugun Termiz davlat universitetida bo‘lib o‘tgan kitoblar taqdimoti katta adabiyot bayramiga aylanib ketdi.

📌 Surxondaryo adabiy muhitining taniqli ijodkorlari – Tesha Saydaliyevning “Mangu uyg‘oq qalb”, Mengziyo Safarovning “So‘qmoqdagi odamlar”, Shafoat Rahmatullo Termiziyning “Saylanma”si va Gulandom Tog‘ayevaning “Ishq handasasi” nomli kitoblari yaqinda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan chop etilgan edi.

📌 Tadbirni universitet rektori Abduqodir Toshqulov ochib berdi. Ushbu kitoblar taqdimotida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri, senator Sirojiddin Sayyid qatnashib, o‘z so‘zida Surxon adabiy muhitida kamolga yetgan shoir va yozuvchilarning adabiyotimizda katta o‘rni borligi, kitob taqdimotlarining adabiy targ‘ibot uchun naqadar muhimligini alohida ta’kidladi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Қуёшли дўстлик

Элдан, элга иқбол ташиб,
Биз яшаймиз тўй-тўйлашиб,
Алёр айтиб, куй куйлашиб.
Дўстликдандир қудратимиз,
Жаҳон бўйлаб шуҳратимиз.

Дўстлик ҳар бир онимизда,
Жондек азиз жонимизда,
Қуёш оқар қонимизда,
Дўстликдандир қудратимиз,
Жаҳон бўйлаб шуҳратимиз.

Даврамиз кенг нон ўртада,
Дарё, ўрмон, кон ўртада,
Фахру зафар, шон ўртада,
Дўстликдандир қудратимиз,
Жаҳон бўйлаб шуҳратимиз.

Бундай халқлар қардошлиги,
Тақдирларнинг қуёшлиги,
Истиқболнинг гул ёшлиги,
Дўстликдандир қудратимиз,
Жаҳон бўйлаб шуҳратимиз.

Дўстлик боғи мангу яшар,
Гуллар териб ундан башар,
Тоғлар ошар, тоғлар ошар!...
Дўстликдандир қудратимиз,
Жаҳон бўйлаб шуҳратимиз.


Бир тенгдошимга

Бизни туққан муҳтарам она,
Туғилмаган фақат бизни деб.
Бўлсак ҳамки якка-ягона,
Туғилмаган фақат бизни деб.
Ризо бўлса дея у биздан,
Дунёмизга берамиз оро.
Лекин меҳру дийдоримиздан,
Баъзан маҳрум она бечора.

Сафарларга бўлсак равона,
Элитади ҳузур-ҳаловат.
Минг хаёлда ёнади она,
Ололмасдан икки энлик хат.

Висол дами...
Чўзмаймиз шу зум –
Она учун олтин кезларни,
Ўзи берган нурли табассум,
Ўзи берган ширин сўзларни.

Айбимизга иқрормиз, балли!
Аҳён-аҳён койинамиз жим.
Лекин дилга бериб тасалли,
Деймиз: “Кўпдир ишим, ташвишим”,

Она учун икки дунё бор.
Бири – фарзанд, бири бу – ҳаёт,
Пайти келар,
Шу онаизор
Кўзин юмар ҳаётдан, ҳайҳот!
Ўша дамда
“Келсанг-чи қайтиб
Онажоним, умр офтоби,
Қадрингга мен етолмадим”, деб
Қийнамасин виждон азоби.


Теша Сайдалиев
“Мангу уйғоқ қалб” китобидан


https://www.tg-me.com/Surxonadabiyoti
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YANGI KITOBLAR TAQDIMOTI BO‘LIB O‘TDI

Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:

TELEGRAM      Facebook
Instagram       YouTube
Web-site
         Efirni ko'rish
13-may kuni tug‘ilgan ijodkor:

Qayum Boymirov – uyushma a’zosi, adabiyotshunos
Forwarded from Abdulla Oripov she'rlari (Xo'jayor)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Ватан туйғуси" нима? Ўйлашимча, бу ҳис ўртамиёна бир ёзувчи томонидан ижод этилиб, ўзимиз қатори "зиёлилар" томонидан ҳашар йўли билан "актуал концепция"га айлантирилган турфа "миллий ғоя"лардан кўра чуқурроқ.

Раҳматли шоиримизнинг гапига жиддий қулоқ тутсангиз, бу тушунча Маънавият ва маърифат маркази тарғиб қилаётган ва зўрлаб тиқиштиришга уринаётган ясама "ватанпарварлик"лардан самимийроқ ва чўнгроқ бўлар экан. Уни, масалан, бюджетнинг миллиардлаб маблағи ҳисобига сотиб олиб ёки яратиб бўлмаскан. Инсон қалбида пинҳон яшайдиган бу туйғуни кўмиб юбормайлик, деган экан Абдулла ака.

@Abdulla_Oripov_sherlari
#Fikrimni_uygʻotgan_buyuk_kitob


     Taniqli adib Mengziyo Safarovning “Soʻqmoqdagi odamlar” kitobi nabotot va hayvonot olamining inja qirralarini aks ettiradi. “Ayrishox”, “Ona kaklik”, “Lahza”, “Bedanalar” kabi qissa va hikoyalarida yovvoyi jonivorlaru qushlar hayotini zavq-shavq ila tasvirlagan adib oʻz qahramonlari bilan izma-iz yurib, ular harakatidagi eng daqiq nuqtalarni obdon kuzatgan.
Surxon vohasining boy tarixi, goʻzal tabiati, yuz yil oldingi va keyingi iqlimiy tahliliga oid “Sarbasta Surxon” essesi esa ushbu asar muallifining shaxsiyati, ilmiy salohiyatiyu professional yozuvchilik mahoratidan dalolatdir.

https://www.tg-me.com/Surxonadabiyoti
2025/07/06 21:21:04
Back to Top
HTML Embed Code: