Telegram Web Link
Zilzila haftaligi doirasida profilaktik tadbirlar davom etmoqda

Termiz shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan Termiz shahrida joylashgan Koʻzi ojizlar maxsus kutubxonasida ishchi xodimlar ishtirokida Zilzila haftaligi doirasida keng qamrovli profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda.

Tadbirlar davomida xodimlarga zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanish, favqulodda vaziyatlarda o‘zini va boshqalarni himoya qilish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Evakuatsiya tartibi, xavfsiz joylarni tanlash hamda tezkor choralar ko‘rish yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazildi.

Shuningdek, mazkur tadbirlar doirasida is gazidan zaharlanish, gaz va havo aralashmasining chaqnashi, yong‘in xavfsizligi kabi dolzarb mavzularda ham tushuntirish ishlari olib borildi. Ishchi xodimlarga yong‘inlar oldini olish choralari, gazdan to‘g‘ri foydalanish qoidalari va havfsizlik talablariga qat’iy amal qilish zarurligi yana bir bor eslatib o‘tildi.
Бошқа янгиликлар 👇
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Surxondaryo viloyati FVB Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi va Termiz shahar FVB hamkorligida o‘quv seminari o‘tkazildi

"Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi" doirasida boshqarma Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi hamda Termiz shahar FVB tomonidan Termiz shahridagi 9-sonli umumta’lim maktabida o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur seminarda Termiz shahridagi ta’lim muassasalari direktor o‘rinbosarlari, maktab o‘qituvchilari hamda o‘quvchilar ishtirok etishdi. Tadbir davomida zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanish qoidalari, favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik choralarini ko‘rish, aholining hushyorligini oshirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Seminarning asosiy maqsadi – ta’lim muassasalari xodimlari va o‘quvchilarda zilzila vaqtida to‘g‘ri va tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, aholi o‘rtasida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini yanada oshirishdan iboratdir.


Бошқа янгиликлар 👇
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Shoʻrchi tumanida sodir boʻlgan yongʻin toʻgʻrisida maʼlumot

Joriy yilning 22-oktyabr kuni soat 15:30da Shoʻrchi tumani, "Toʻla" MFY xududida joylashgan, "Koʻxinur" MCHJga qarashli ASGQSH xududida harakatlanib ketayotgan "GAZ-53" rusumli yuk avtomobilida yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida xabar berilgan.

Xabarga koʻra voqea joyiga 1 ta Yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 15:37 da yetib borib, 15:39da oʻrab olinib, 16:05 da oʻchirilgan.

Yongʻin zarari va miqdori aniqlanmoqda.

Бошқа янгиликлар 👇
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
2025/10/26 08:12:33
Back to Top
HTML Embed Code: