Telegram Web Link
Surxondaryo viloyati FVBda “Shaxmat” musobaqasi tashkil etildi

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning tarkibiy tuzilmalarining shaxsiy tarkibi o‘rtasida sportning “Shaxmat” turi bo‘yicha Boshqarma boshlig‘i kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqa xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, intellektual salohiyatni rivojlantirish va do‘stona muhitni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra:

1-o‘rinni Boshqarma Yong‘in-qutqaruv otryadi smena boshlig‘i A. Qahharov egalladi;

2-o‘ringa Qiziriq tumani FVB 13-KYoQQ haydovchi-qutqaruvchisi Eshmat G‘ayrat sazovor bo‘ldi;

3-o‘rinni esa Qiziriq tumani FVB 13-KYoQQ qutqaruvchisi J. Eshmatov qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, musobaqada “Eng yosh ishtirokchi” va “Faxriy ishtirokchi” nominatsiyalari bo‘yicha ham shaxsiy tarkib a’zolari alohida taqdirlandi.


Бошқа янгиликлар 👇
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Forwarded from SURXONDARYO FVB
Hurmatli voxadoshlar!

Joriy yilning 20–27-oktyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi PQ-158-son qaroriga asosan, mamlakatimizda “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” o‘tkaziladi.

Ushbu haftalikning asosiy maqsadi — yurtimizda seysmik xavfsizlikni ta'minlash, shuningdek, fuqarolarning zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.

Haftalik doirasida mahallalar, ta'lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda zilzilaga tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etiladi.

Бошқа янгиликлар 👇
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Favqulodda vaziyatlarning oldini olishda – yangi sahifa va yangi imkoniyatlar

Bugun, Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor B.B. Kudratxodjayev Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy va tarkibiy tuzilmalari bilan videokonferensaloqa orqali uchrashuv o‘tkazdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kuni kecha qabul qilingan “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi Farmon hamda soha yo‘nalishida qabul qilingan qarorlarning mazmun-mohiyati shaxsiy tarkibga yetkazildi.

Shuningdek, vazir tomonidan ushbu Farmon va qarorlar ijrosini amalga oshirish, ularning amaliy natijasini ta’minlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

➡️Boshqa yangiliklar

📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X
Audio
📌 ''Kun mavzusi'' Umummilliy kompaniyasi oyligi doirasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida

Бошқа янгиликлар 👇
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Jarqoʻrgʻon tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Zilzila haftaligi” doirasida 67-sonli maktabda keng qamrovli o‘quv-taktik mashg‘ulot tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchi-yoshlarning favqulodda vaziyatlarda, xususan zilzila, yong‘in yoki boshqa tabiiy ofatlar vaqtida to‘g‘ri harakatlanish, o‘zini va boshqalarni himoya qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Mashg‘ulot davomida FVB xodimlari o‘quvchilarga zilzila paytida binodan xavfsiz chiqish, yong‘in sodir bo‘lganda evakuatsiya tartibi, birinchi yordam ko‘rsatish hamda shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalarini amaliy tarzda namoyish etishdi.

Bunday mashg‘ulotlar yosh avlodda ogohlik, hushyorlik, jamoaviy harakatlanish madaniyati hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Бошқа янгиликлар 👇
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
2025/10/26 17:35:42
Back to Top
HTML Embed Code: