Telegram Web Link
Tarix o'qituvchisining vazifasi - kitobni ko'r-ko'rona yodlatish emas. Agar kimdir shunday fikrda bo'lsa va tarixdan dars berayotgan bo'lsa ozroq to'xtab o'ylab ko'rsin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💐 Bayram muborak!

Bugun soat 20:30da maxsus test o'tkazamiz.

G'olibaga - 80,000 so'm o'tkazib beramiz!

Qatnashasizmi?

Kanalga ulanish uchun: @toshkent_tarixchilari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Virtual 207🫆
O‘qituvchilikni ko‘plar mensimaydi. Maoshi sababdir, boshqadir. Lekin o‘ziga bu kasbni munosib ko‘rishni istamaydigan yoshlar ko‘p uchraydi. Qo‘lidan o‘qituvchilik keladiganlari ham turli sabablar bilan o‘qituvchi kasbini tanlamaydi, o‘xshasa-o‘xshamasa, boshqa yo‘ldan ketadi. Ayrimlar esa avval o‘qituvchilikni tanlab, keyin pushaymon bo‘lib, boshqa sohaga o‘tib ketadi.

Men o‘qituvchi bo‘lganimdan biror marta pushaymon bo‘lmaganman. Doim faxrlanganman, hozir ham faxrlanaman, bundan keyin ham faxrlanaman. O‘qituvchi kasbiga past, mensimagannamo nazar bilan qaraydiganlarga aytadiganim shuki, avvalo, bu kasbning noni qattiq bo‘lgani bilan, ona sutidek halol - vijdonan ishlasangiz, albatta.
Ikkinchidan, hammagayam emas o‘qituvchilik qilish. “Hayotda o‘qituvchi bo‘lmayman” deb qasam ichib, oxiri noilojlikdan baribir o‘qituvchi bo‘ladiganlar-u, boshqa sohadan ketib, o‘shaniyam do‘ndirmaydiganlarning aksariyati aslida o‘qituvchilik martabasiga mutlaqo munosib ham emas.
Uchinchidan, “Ot qadrini ot minib ko‘rmaganlar qaydan bilsin?” Hali o‘zi ***qa kallak urmasdan, “o‘laman sattor - o‘qituvchi bo‘lmayman” deydigan yoshlar, “bolam o‘qituvchi bo‘lmaydi” deb karillaydigan ota-onalarni ham tushunaman, ham tushunmayman.
Tushunishim sababi shuki, har kimning ixtiyori o‘z qo‘lida. Bilgan qandini yeyaversin. Hech kim uni muhokama qilmaydi.
Tushunmasligim sababi shundaki, kolxozchi bo‘ladimi, kosmonavt bo‘ladimi - indamay bo‘laversin?! Nega “Hayotda prokuror bo‘lmayman”, “Bolam ikki dunyoda hokim bo‘lmaydi” demaydi ular, hayronman. O‘qituvchi o‘qitmasa, shular prokuror, hokim bo‘larmidi? “Eshakning mehnati halol, go‘shti harom” degani shudir-da.

Ko‘p eshitganman bir-biriga o‘xshash hayotiy hikoyalarni. Repetitorlik qilgan yosh yigit o‘zining sobiq abituriyentiga sovchi jo‘natgan, “o‘qituvchiga beradigan qizimiz yo‘q” degan javob olgan. Mayli, qizning ixtiyori ota-onasida, pishirib yemaydimi. Lekin “mehnati halol, go‘shti harom” o‘qituvchilarga, hamkasblarimga, o‘zimga achinaveraman.
Forwarded from Iqtisod4i
Юзлаб марта эслайдиган фикримизни яна бир бор ёзиб кетай.

Давлат маъмурий йўл билан ниманинг нархини пасайтиришга уринмасин оқибати фақат ва фақат тақчиллик бўлган. Пул билан ҳам айнан шундай. Пулнинг нархини пасайтиришга уруниш ўша пулни ҳозирги каби бемалол топа олмаслигимиз билан якунланади. Ҳозир қиммат бўлса-да, топиш имконли. Нархга аралашишни бошласак аниқ арзон ва йўқ бўлади.

Ўзбекистонда пулнинг нархи қимматлиги эса чуқур ислоҳотларсиз ҳал қилиб бўлмайдиган муаммо.
Quizizz Premiumdan BEPUL foydalanish!

Bu videoda Quzizz platformasining premium imkoniyatlaridan qanday qilib foydalanish mumkinligini o'rgatishga harakat qilganmiz.

🔗 https://youtu.be/nlMYp0oZ_IU
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
If I had an hour to solve a problem and my life depended on it, I would use the first 55 minutes determining the proper question to ask.

Albert Einstein, Nobel Laureate in Physics (1921)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Uzbekonomics
Iqtisodiyot fanidan dars beradiganlar har bitta talabaga ahamiyat berishlari, yaxshilab o'qitishlari kerakligi haqida saboq ekan.

Eslatma: Tramp iqtisodiyot yo'nalishida bakalavr qilgan.

Koridorda o'qigan bo'lsa kerak.

@uzbekonomics
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va / yoki uning quyi tizimlariga murojaat: "g'irrom o'yin" qilmang!

"Bezor bo'lkdik bu tizimdan", deyishmoqda "Mening fikrim" portalida yangi baholash tizimining bekor qilinishini talab qilib joylangan petitsiyaga qarshi ovoz berish va ushbu topshiriqni bajarganligining isbotini taqdim qilishga mahburlanayotgan o'qituvchilar. Pedagoglar portalga kirib, petitsiyaga qarshi ovoz berishga va yangi baholash tizimini yoqlab izohlar qoldirishga majburlanayotgani haqidagi xabarlar bundan ham oldin chiqqan edi. Vazirlik tizim yaratayotgan jiddiy muammolarni tan olishni istamaydigan ko'rinadi: vazir o'rinbosari bilan uchrashuv ham besamar ketgan edi, ota-onalarning turli davlat idoralariga murojaatlari ham vazirlikka ko'rib chiqish uchun yuborilmoqda va vazirlikdan "hammasi zo'r" mazmunidagi "otpiska"lar kelmoqda.

O'qituvchilarga bunday topshiriqlar berish - quyi bo'g'inlardagi rahbarlar tashabbusimi yoki markazdan, vazirlikning o'zidan berilgan topshiriq, hozircha aniq emas. Lekin bir narsa aniq: kim(lar)ningdir o'zidan tepadagi(lar)ga yaxshi ko'rinish istagi, "kreslo"ning qimirlab qolishidan qo'rqish va buning oqibatida muammolarni xaspo'shlash, ko'zbo'yamachilik, qo'l ostidagilarni yolg'onga majburlash, "tepa"ga "hammasi zo'r" qabilidagi soxta taqdimotlar va hisobotlar berish - nafaqat ta'limni, balki har qanday sohani o'ldiradi. Vazirlik va / yoki uning quyi bo'g'inlari uchun "kreslo"dan ko'ra ta'limning kelajagi muhimroq bo'lganda edi - bunday g'irrom yo'lni tanlashmmagan bo'lardi. Menimcha.
2025/07/05 14:22:52
Back to Top
HTML Embed Code: