Telegram Web Link
🌿 Yashil iqtisodiyot va barqaror biznes kafedrasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi!

🗓 2025-yil 23-oktabr
Bugun Yashil iqtisodiyot va barqaror biznes kafedrasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan:
🔹 o‘quv jarayonini takomillashtirish,
🔹 ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish,
🔹 talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida Saydullaev Abbosassistent lavozimi, Beknazarov Begzoddotsent lavozimiga tanlov muhkamasi ko‘rib chiqildi.


TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:  
🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
🎓 TDIU Samarqand filialida malakaviy amaliyotga start!

2025-yil 23-oktabr
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialining Iqtisodiyot fakulteti sirtqi bo‘lim 4-bosqich “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” yo‘nalishi talabalari uchun malakaviy amaliyot oldidan instruktaj yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda fakultet dekani G‘.Ibragimov, amaliyot rahbari S.Ibragimov, kafedra dotsenti A. F.Abduraxmonova va yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari L.N.Eshonqulov ishtirok etishdi.


📘 Instruktaj davomida talabalarga:
amaliyotning maqsadi va ahamiyati,
kredit tizimidagi o‘rni,
intizom va xavfsizlik qoidalari,
amaliyot kundaligini yuritish hamda hisobot tayyorlash tartibi haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

📅 Amaliyot muddati: 2025-yil 27-oktabrdan 6-dekabrgacha

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati   
  
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:  
🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
👍31
🌿 “Tabiatni muhofaza qilishda jamoatchilik ishtiroki” mavzusida trening kursi tashkil etildi!

🗓 2025-yil 22-oktyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida “Ekoklub” doirasida navbatdagi muhim trening bo‘lib o‘tdi.
Treningni “Tabiiy, ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi v.b. dotsenti E.Z. Isaqova hamda dotsent E. Xamdamova tomonidan O‘zbekiston Ekologik partiyasi bilan hamkorlikda Zoom platformasi orqali tashkil etildi.

♻️ Treningning asosiy maqsadi — yoshlarning ekologik ongini oshirish, tabiatga mehr va mas’uliyatni kuchaytirish edi.

🌱 Dars davomida quyidagi mavzular atroflicha muhokama qilindi:
Sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanish,
Ekologik madaniyatni rivojlantirish,
Chiqindilarni qayta ishlash va jamoatchilikning roli,
Amaliy tashabbuslar orqali tabiatni asrash.
  
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:  
🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
3👍2
🎓1-bosqich qo‘shma ta’lim talabalari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi!

📅 Bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida 1-bosqich qo‘shma ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar bilan filial direktori, professor Olim Murtazayevning ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

🤝 Uchrashuv jarayonida professor Olim Murtazayev talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazib, ularning fikr va takliflarini tingladi. Shuningdek, ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda xalqaro hamkorlik dasturlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

💬 Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar, o‘qish jarayonidagi dastlabki taassurotlari va maqsadlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Yangi bosqich – yangi imkoniyatlar!
Talabalarimizga o‘qishda zafar, yangiliklarga boy ilmiy izlanishlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
👍4🔥31
🏡 Talabalar yashash sharoiti — doimo e’tiborda!

📅 2025-yil 23-oktabr
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida DXSH (davlat-xususiy sheriklik) turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar yashash sharoiti o‘rganildi.

🤝 Tashrif davomida:
🔹 Talabalar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazildi;
🔹 Ularning yashash joylari, o‘qishga bo‘lgan munosabatlari hamda psixologik holatlari o‘rganildi;
🔹 Zarur tavsiyalar va ruhiy ko‘mak berildi.

💬 Tadbirning maqsadi — talabalarga yanada qulay sharoit yaratish, ularning ta’limga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish va ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlashdir.

Har bir talaba — bizning e’tiborimiz markazida!
Ularning farovonligi ta’lim sifati va muvaffaqiyat kalitidir. 🌟

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🔗 TelegramInstagramFacebookYouTube
2025/10/25 17:30:24
Back to Top
HTML Embed Code: