Telegram Web Link
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🔹 Bugun Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetiga Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Murata Tashio boshchiligidagi Yaponiya delegatsiyasini O’zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori E’zozxon Karimova qabul qildi.

Uchrashuvda Yaponiya pedagogika OTMlari bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, turli ta’lim grantlari doirasida talabalar va professor-o‘qituvchilar akademik almashinuvi hamda malaka oshirishini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar muhokama qilindi.


☑️ Tashrif so’ngida ikki tashkilot o‘rtasida keng hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo’yicha amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating

✈️ Telegram 🌐 Instagram
📹You Tube 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍3👏1
#Preschool_Education_Camp

Bugun "Preschool Education Camp" doirasida Xitoy Xalq Respublikasining Shenyan pedagogika universitetiga malaka oshirish va madaniy almashinuv tadbirlarida ishtirok etish uchun Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti hamda respublikamizning 12 ta pedagogik oliy ta’lim muassasalari vakillari Xitoy Xalq Respublikasiga yo’l oldi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating

✈️ Telegram 🌐 Instagram
📹You Tube 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62🎉1
Forwarded from Hilola Umarova
Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Barchangizni “27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bayrami bilan samimiy tabriklayman.

Sizlarning qizgʻin va sermazmun kasbiy faoliyatingiz yurtimizda olib borilayotgan katta islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu oʻrinda, maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida amalga oshirilayotgan yangiliklar va oʻzgarishlarni xalqimizga yetkazishda sizlarning hamkorligingiz juda muhim ekanligini alohida qayd etmoqchiman.

Davlatimiz rahbarining yurtimiz jurnalistlari va ijod ahliga yoʻllagan bayram tabrigida, jurnalist ahlining mashaqqatli mehnatini muqaddas sarhadlarimizda sergak turgan Vatan posbonlarining jasoratiga qiyoslaganligi ham bejiz emas.

Qadrli jurnalistlar!

Bugungi muhim sanada barchangizning fidokorona va mashaqqatli mehnatingiz rivojida ulkan muvaffaqiyatlar tilashdan mamnunman.

Kasb bayramingiz muborak boʻlsin!

@hilola_umarova
4🔥2👍1👏1
Президент Шавкат Мирзиёевнинг матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига табриги

Поздравление Президента Шавкат Мирзиёева работникам печати и средств массовой информации

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
3👍1🔥1👏1
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni!

Axborot va so‘z erkinligini ta’minlashda, zamon bilan hamnafas, ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalarida kechayotgan muhim islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazish, fuqarolarning fikr-mulohazalarini yoritish, xalq va davlat o‘rtasida mustahkam ko‘prik bo‘lib xizmat qilish borasidagi mashaqqatli va sharafli mehnatingiz e’tirofga loyiqdir. Ushbu kasb bayrami bilan samimiy qutlaymiz!

Qalamingiz o‘tkir, ma'suliyatli va sharafli kasbingizda omad yor bo‘lsin!

🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating

✈️ Telegram 🌐 Instagram
📹You Tube 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏4🔥321
Forwarded from Edu.uz
#Yoshlar_Kuni

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Uchrashuv davomida bir guruh yigit-qizlarga davlat mukofotlari topshiriladi.

Tadbirda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, salohiyati va iqtidorini yuzaga chiqarish bo‘yicha yangi tashabbuslar ilgari suriladi, ilhomlantiruvchi misollar, mamlakatning ertangi kunini belgilashga qodir g‘oyalar va yechimlar taqdim etiladi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari iqtidorli yoshlar bilan muloqot qilib, ularning innovatsiya, "yashil" iqtisodiyot, kreativ sanoat, tadbirkorlik va IT sohalaridagi ilg‘or ishlanmalari va yutuqlari bilan tanishadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
3
2025/07/13 16:42:29
Back to Top
HTML Embed Code: