Telegram Web Link
Jalol BOLTAYEV yopiq kursida o‘qituvchilar uchun “Pedagogik mahorat” bo‘yicha darslar boshlanmoqda!

• Mavzu: “Kreativlik”
• Spiker: tadqiqotchi-doktorant Shokir Tursun
• Sana: 4-iyul, juma (bugun)
• Boshlanish vaqti: 18:00

Ustoz Shokir Tursun pedagogika bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Xullas, haqiqiy olim insonlardan biri.

70 % lik ustamani niyat qilganlar darsga kirsin. Dars “Pro ombor”da (yopiq guruh) bo‘ladi.
Qisqasi, shunday mazmunda yozgan barchaga shu gap.
“Qaysi kitobda Aleksandrning O‘rta Osiyoga yurishlari haqida ma’lumot bor?”

Aksariyat, ayniqsa 2017-yilgi darslikni o‘qiganlar, to‘g‘ri javob sifatida darrov aytishadi: Kvint Kursiy Ruf – “Makedoniyalik Aleksandr tarixi”. Ha, bu to‘g‘ri.


Ammo unutmang:
Arrian ham “Aleksandrning harbiy yurishlari” asarida bu yurishlarni yozgan. Demak, Arrianni inkor etish – noto‘g‘ri.

Umrimda birinchi marta kursga borganimda, birinchi darsda domlamning shogirdi shu savolni bergandi. Men ikkita asarni ham aytganimda u:
“Yo‘q, faqat bittasida yozilgan”, – deb turib olgandi.
Ichimdan esa bir savol o‘tdi: “Qanday qilib, bu tarixchilar Aleksandr haqida butun boshli asar yozadi-yu, unda O‘rta Osiyoga yurishlar haqida yozmaydi? Bu mantiqan to‘g‘ri kelmayapti-ku...”
So‘ngra “isbotlab beraman” deb har ikkala kitobdan iqtiboslar topib borganim ham esimda.


Lekin uyam o‘sha “KuSHli”lardan edi. Otdan tushsayam egardan tushmasdi. 😁

Umuman olganda, bu biron yangilik ham emas, boz ustiga 2022-yilgi nashrda “Arrian Makedoniyalik Aleksandrning O‘rta Osiyoga qilgan harbiy yurishlari haqida “Aleksandrning harbiy yurishlari” nomli asar yozgan” deb ham yozilgan (ammo-lekin shu kitob chiqquncha “ba’zi” odamlarga juda tushuntirib bo‘lmasdi-da. Undaylar 2014-yilgini o‘qisa, “faqat Arrianda” deydi, 2017-yilgini o‘qisa “faqat Rufda” deb turib oladi. To‘xta-chi, deb sira o‘ylab ko‘rmaydiyam...)

Lekin shunday bo‘lsa-da, aytib qo‘ygim keldi – chunki hozir ham ayrim abituriyentlar orasida bu savol “bahsli” bo‘lib yuribdi. Javob: “Ikkalasida ham yozilgan”.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Jalol BOLTAYEV yopiq kursida o‘qituvchilar uchun “Pedagogik mahorat” bo‘yicha darslar boshlanmoqda! • Mavzu: “Kreativlik” • Spiker: tadqiqotchi-doktorant Shokir Tursun • Sana: 4-iyul, juma (bugun) • Boshlanish vaqti: 18:00 Ustoz Shokir Tursun pedagogika…
Yopiq guruhim a’zolari DIQQATIGA!

Bugun nima ishingiz bo‘lsa ham 18:00 da yig‘ishtirib turing va “Pro ombor”dagi pedagogik mahorat bo‘yicha darsga kiring. Haqiqiy ilmdan bahramand bo‘ling.

Bu insonni bir necha yillardan beri bilaman. Lekin ma’lumot berishda biroz adashibman. Shokir Tursun hozircha hali tadqiqotchi-doktorant hisoblanadi, falsafa doktori emas. Bu vaqt masalasi, xolos. Men OAKdan allaqachon o‘tdi, deb o‘ylagan edim. Hozircha jarayon hali davom etib turibdi ekan.

Kimga 70 % lik ustama kerak bo‘lsa, bu darsga kirishni jiddiy maslahat beraman!

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ YANGI “TEZKOR GURUH”. QABUL BOSHLANDI!

Kimlar qo‘shilishi mumkin ⁉️
Navbatdagi (oldimizdagi) attestatsiya va “Milliy sertifikat” imtihonida qatnashib, natija qilishni xohlovchilar


Nima reja qilingan ⁉️
Imtihongacha USTUVOR darsliklarni va materiallarni o‘rganib chiqish.


Nega qo‘shilish kerak ⁉️
• Barcha darsliklarni tezkor tartibda ko‘rib chiqish reja qilingan;
• Sizda
eng sifatli va to‘g‘ri materiallar bilan tayyorlanish imkoniyati mavjud bo‘ladi;
• “Forms test”larning o‘zi ham natijani ancha tiklab berishiga aminman :)


***

Karta: 9860010133910371
Oylik narx: 180 ming so‘m

⚡️ “Ishonch chegirmasi” asosida katta chegirmaga ega bo‘lishingiz mumkin. 500 ming emas, 450 ming emas, bir martalik 350 ming so‘m evaziga “Tezkor guruh”ga qo‘shilib, imtihonga (taxminan noyabr) qadar o‘qiysiz.

Nima uchun “Ishonch chegirmasi” asosida arzon narxga qo‘shilish mumkin⁉️
Bu menga va mening tizimimga to‘laqonli ishonadigan insonlar uchun beriladigan chegirmadir!

To‘lovni amalga oshirib, chekni menga (@JalolBOLTAYEV) jo‘natasiz, Men sizni yopiq guruhlarimga qo‘shib qo‘yaman.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from XASAN
Maslahatim tezroq bu guruhga qoshilinglar
100 foiz natijaga erishasizlar
Men 0 dan oqib deyarli 4 oyda yahshi natija korsatdim bunga sabab tizimli va juda juda sifatli qollanmalar😉
Bu yerda ilm haqida suhbat bo‘lyapti... Maza...
20:00 da @TESTLIDER'da audiochat ochiladi. Onlayn kurs bo‘yicha qanaqa savollaringiz bo‘lsa, berishingiz mumkin bo‘ladi.
Live stream scheduled for
Onlayn kurs bo‘yicha
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
- “TEZKOR GURUH” haqida
- “KUZGI” 1 va 2-guruhlar haqida
- Qanday qilib REKORD o‘rnatish mumkin?
- “Pedagogik mahorat” bo‘yicha

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SIRLI INSONNI TOPING!

Bugun ustoz Shokir Tursun “Kreativlik” mavzusida ajoyib dars o‘tdi. Ushbu dars shaxsan o‘zim uchun ham juda manfaatli bo‘ldi, deb ayta olaman. Ajoyib... Ilm yuqadi, shunday insonlardan dars olish ajoyib...

Endi oldimizdagi haftada juma kuni “Pedagogik mahorat” bo‘yicha navbatdagi dars bo‘lib o‘tadi. Bu gal ham o‘ta-o‘ta jiddiy odam darsni olib boradi. O‘ta jiddiy. U inson men uchun ustoz – ilmini va shaxsiyatini juda hurmat qilaman.

Demak, navbatdagi “pedagogik mahorat” bo‘yicha darsni kim olib boradi deb o‘ylaysiz? Izohga yozing-chi!

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jalol BOLTAYEV bilan yo‘lga chiqqanlar to‘xtamaydi – siz ham sinab ko‘ring!

“KUZGI 1-GURUH”
🔴8-sinf “Jahon tarixi” (2019) darsligi o‘rganilmoqda.
🔴Oylik to‘lov: 180 ming so‘m
🔴To‘liq to‘lov (imtihongacha): 500 ming so‘m
📌 Quyi sinf darsliklarini chuqur o‘zlashtirganlar uchun ayni muddao!

“KUZGI 2-GURUH”
🔴7-sinf “Jahon tarixi” (2017) SESHANBA kuni boshlanadi.
🔴Oylik to‘lov: 180 ming so‘m
🔴To‘liq to‘lov (imtihongacha): 500 ming so‘m
📌 “Darslikni 1-darsdan o‘rganaman” deganlar to‘g‘ri tanlov!

“TEZKOR GURUH” – ⚡️ Faqat jiddiylar uchun!
🔴Darslar 1–10-avgustda boshlanadi (taxminan 6-avgust).
🔴Oylik to‘lov: 180 ming so‘m
🔴“Ishonch chegirmasi”: 350 ming so‘m – imtihongacha boshqa to‘lov yo‘q
📌 Eslatma: “Kuzgi 1” yoki “Kuzgi 2” guruhlarida o‘qiyotganlar “Tezkor guruh”ga BEPUL qo‘shiladi.

💡 ENG MAQBUL TANLOV?
Bugun “Kuzgi” guruhlardan biriga qo‘shilsangiz:
🕶Darslarni kechiktirmay boshlaysiz.
🕶“Tezkor guruh”ga avtomatik BEPUL o‘tasiz.
🕶Jalol BOLTAYEVning maxsus materiallari va strategik yondashuvidan ertaroq foydalana boshlaysiz

KIMLAR UCHUN?
🔴“Milliy sertifikat”ga tayyorlanayotganlar
🔴70 % ustama olishni rejalashtirayotganlar

NIMALAR O‘RGANILADI?
🔴Yangi 6–7-sinf, yangi 10-sinf darsliklari chuqurroq va tizimli o‘rganiladi.
🔴Barcha 2017–2019-yilgi darsliklar o‘rganiladi.
🔴Yangi 8–9-sinflar ham zarurati bo‘yicha alohida qo‘llanmalar va usullar bilan o‘rganiladi.

To‘lov uchun karta: 9860010133910371
Chekni @JalolBOLTAYEV'ga yuboring – sizni yopiq guruhga qo‘shaman.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Juma kuni “pedagogik mahorat” bo‘yicha darsni kim o‘tadi?

Mayli, o‘zim aytaman:

juma kuni darsni London universiteti (UCL) bitiruvchisi, taʼlim eksperti, bir qancha ilmiy kitoblar, jumladan, “Baholash nazariyasi asoslari (testologiya, pedagogik o‘lchovlar)” asarining muallifi Komil JALILOV olib boradi.

Mavzu: “INSON QANDAY O‘RGANADI?”.

Dars yopiq guruhda – “Pro ombor”da bo‘lib o‘tadi.
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Juma kuni “pedagogik mahorat” bo‘yicha darsni kim o‘tadi? Mayli, o‘zim aytaman: juma kuni darsni London universiteti (UCL) bitiruvchisi, taʼlim eksperti, bir qancha ilmiy kitoblar, jumladan, “Baholash nazariyasi asoslari (testologiya, pedagogik o‘lchovlar)”…
“GFR va GDR o‘rtasida shartnoma qaysi davlatda imzolangan, SSSR to‘g‘rimi?” mavzusida chat o‘tkazganimda “SSSR davlat emas” degan iddao bilan kirgan bir odam mavzu/argumentatsiya qolib ketib, o‘zini maqtay ketgandi. O‘z-o‘zidan “ustozlaringizam meni darajamda emas” deb qo‘yadi-da. 😁

Ex, aslida ustozlarimning darajasi uning tasavvur darajasiga sig‘maydi...

SSSR davlatmi-davlat emasmi, buni anglash uchun juda chuqur tahlil kerak emas-kuya, lekin bu masala “tahlil qilish” kognitiv darajasining qay holatda ekanligiga bog‘liq.

Juma kuni “Odam qanday o‘rganadi?” mavzusida bular haqda ham gaplashamiz.

P. S. Tahlil qilish darajasi kamroq yoki yo‘q odam uchun darslikda “SSSR, bu – davlat” degan alohida mavzu bo‘lishi kerak, menimcha.

P. S. 2. Aslida xato qilish ayb yoki ilmsizlik emas, uni tan olmaslik ayb. Bir qancha argumentlardan so‘ng ham tushunmaslik esa – ilmsizlik.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/06 18:08:20
Back to Top
HTML Embed Code: