Telegram Web Link
Avval noto‘g‘ri o‘rganish sistemasidan chiqib olish kerak!

O‘quvchi keladi.

“Ustoz, 1–15-mavzularni o‘qib kelaman, men olimpiadistman”, – deydi. Ha, olimpiadist ekan, ko‘proq mavzu bo‘lsa ham o‘qiy olar shunda, mayli, deb “Kundalik-optimal” testini beraman. Keyingi darsda kompyuterda ishlab ko‘radi: 250 ta testdan 100 dan ortiq xato. 750 ta testda – 300 xato. Yomon emas, harakat bor, “Milliy sertifikat” oldirsa bo‘ladi... Lekin 15 mavzudan o‘qib emas, har darsda “100 xato” bilan emas, kamroq mavzu, to‘g‘ri testlar, to‘g‘ri metodika bilan.

O‘qituvchi keladi.
“Attestatsiyaga tayyorlanayapman, 15 mavzudan 3 kunda darslikni tugataman”, – deydi. Saviyasi, salohiyati yaxshi ekanligi bilinyapti. Ammo testlarda baribir xatolar ko‘proq, chunki 15 mavzu unga ko‘plik qilyapti. Uyga vazifalarni tayyorlashga ulgurmayapti, faqat mavzu topshirmoqchi bo‘ladi. Mavzuni “o‘qish” bilan uni “o‘zlashtirish” o‘rtasida farq bor-ku axir.

Haqiqatlarni tushuntirib berganimdan so‘ng o‘quvchi ham, o‘qituvchi ham yo‘q, ha, mayli... 😁

***

Menga farqi yo‘q: kuniga 10 mavzu o‘qiysizmi, 15 mavzumi, 20 mavzumi – muhimi, har bir testni 90 % lik natija bilan ishlash. Shunda o‘sha mavzularni haqiqatan o‘zlashtirgan bo‘lasiz. Bizda o‘quv markaz 8:00 dan 22:00 gacha ochiq. Kerak bo‘lsa, kechgacha testni qayta-qayta yechish mumkin. Birinchi foiz ham muhim emas, boz ustiga aynan oldindan berib yuborilgan “Kundalik-optimal”dagi testlar kompyuterda ishlanadi.

Ko‘p o‘qish, tez o‘qish natija kafolati emas, to‘g‘ri o‘qish natijaning kafolati bo‘la oladi.

***

Ko‘p yillik tajribamdan shuni ayta olaman: ba’zida avval “tayyorgarlik ko‘rgan” o‘quvchini o‘qitish qiyinroq bo‘ladi. Chunki ularning ongida noto‘g‘ri o‘rganish usullari, balandparvoz, noilmiy gaplar o‘rnashib qolgan bo‘ladi. Avvalo o‘sha noto‘g‘ri tasavvurlarni chiqarib olish uchun vaqt ketadi, o‘sha bosqichdan o‘ta olsa, keyin kursimning samarasini real tarzda his qila boshlaydi.

Ishoning, to‘g‘ri yo‘l – to‘g‘ri test, to‘g‘ri metodika. Kim shu yo‘ldan borsa, qaytangga kamroq vaqt sarflaydi.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3717👍7💯3🏆2
“KUNDALIK-OPTIMAL” 👑

Xullas, “nima uchun kanalda kamnamosiz?” deydiganlarga... Bu o‘quv yilida hamma YANGI darsliklar bo‘yicha “Kundalik-optimal”larimni chiqarib yuboraman, Xudo xohlasa. Shu ishlar bilan bandman. O‘zim uchun ham qiyinroq bo‘lgan ishlarni yakunlab olsam bo‘ldi, qolgan hammasi oson va ikkinchi darajali men uchun. Bu turkumdagi test to‘plamlaridan foydalangan odam ham biladiki, bu har qanday vositadan ustun va samarali. Birinchi darajali.

Shu oktyabr oyida “Kundalik-optimal” turkumidagi 2 ta kitob chop etiladi, Xudo xohlasa. 6-sinf “Qadimgi dunyo tarixi” (2022) va 10-sinf “Jahon tarixi” (2022).

10-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2022) esa allaqachon chiqib, tugab ham bo‘lgan. Yangi tirajda yana chiqariladi. Qolgan yangi darsliklar ham shu o‘quv yilida chiqariladi. Eski darsliklarniki chiqmaydi, ular PDF holatda yopiq guruhlarimda turibdi. O‘quvchilarim, kursim a’zolari foydalanyapti va REKORD natijalarni qayd etyapti.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
28👍19🔥7💯3
Demak, dushanba (ertaga) kunidan boshlab, “TEZKOR ATTESTATSIYA” guruhimizda quyidagilar boshlanadi.

20:00 da (kechqurun)

• 8-sinf “Jahon tarixi” (2024)
• 1–8-mavzular
muhim, qisqa qo‘llanmalar, savol-javob, test bo‘ladi.

4:00 da (tong)
• 11-sinf “Jahon tarixi” (2018)
• 1–10-mavzular
• savol-javob, test bo‘ladi.

Guruhga qo‘shilish narxi bir martalik 120 ming so‘m.

9860010133910371 kartasiga to‘lovni o‘tkazib, chekni @JalolBOLTAYEV'ga yuboring. Keyin yopiq guruhga qo‘shib qo‘yaman.
🔥145👍2👎2
Bugungi testni biroz keyinroq o‘tkazamiz (bugun emas). Hozir boshqa ishni yakunlash zarurati yuzaga chiqib qoldi.

Ertadan 8-sinf «Jahon tarixi» (2023) bo‘yicha yopiq guruhda darslar boshlanadi. Mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda attestatsiyachilarga foydasi tegadigan, muhimroq bo‘lgan qo‘llanma qilyapman (yopiq guruhdagilar uchun)
.
👍3115🤝7💯4😎3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Kundalik-optimal”larni ishlaydiganlar mening sevimli o‘quvchilarimdir!

Shahrizoda – 11-sinf, tarixni mutlaq “noldan” boshladi. Faqat onlayn tayyorgarlik ko‘radi.


👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
25👍9😍6🏆2
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
“Kundalik-optimal”larni ishlaydiganlar mening sevimli o‘quvchilarimdir! Shahrizoda – 11-sinf, tarixni mutlaq “noldan” boshladi. Faqat onlayn tayyorgarlik ko‘radi. 👉 @TESTLIDER
Qisqasi, onlayn ta’lim, onlayn ta’lim deymiz-u, o‘quvchini “noldan” olib chiqish oson narsa emas. Umuman tarix o‘qimagan o‘quvchilar, bilishim bo‘yicha, onlayn kurslarda atigi 1 haftacha o‘qiydi... Chunki aksariyat makkillab qoladi (ba’zida o‘qituvchi, ba’zida o‘quvchi). Gap shaxsiyatlarda emas, metodlarda, materiallarda, yondashuvda.

Albatta, o‘quvchining mas’uliyati ham bo‘lishi kerak. Lekin baribir aksariyat “onlayn ta’lim”ida o‘quvchilarni o‘qitolmay qiynalayotganidan xabarim bor. Chunki “noldan” olib chiqish boshqa, o‘qituvchini o‘qitish boshqa.

P. S. Lekin bu ishni oflaynda ham qilolmaydiganlar talaygina.
💯339🔥6😁6👍1
4 shoxli toj!

Yaqinda nashrdan chiqadigan kitoblarimning muqovasida “4 shoxli toj” aks etgan. Bu ham ramziy ma’noga ega. Chunki oxirgi 4 ta “Milliy sertifikat” imtihonida aynan mening o‘quvchilarim eng yuqori natijani qayd etgan. Bu 100 % fakt.

30-noyabrdagi imtihonda ham shunaqa bo‘lsa, bu “5 shoxli toj”ga aylanadi (nasib).

Aslida minglab o‘quvchilar ichidan rekord chiqarish osonroq bo‘lardi, lekin biz sifatli ta’lim evaziga va Allohning inoyati bilan oz sonli o‘quvchilar orasida ham KETMA-KET 4 marta ENG YUQORI natijani qayd etishga muvaffaq bo‘ldik.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
47🔥15👍8💯5
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
4 shoxli toj! Yaqinda nashrdan chiqadigan kitoblarimning muqovasida “4 shoxli toj” aks etgan. Bu ham ramziy ma’noga ega. Chunki oxirgi 4 ta “Milliy sertifikat” imtihonida aynan mening o‘quvchilarim eng yuqori natijani qayd etgan. Bu 100 % fakt. 30-noyabrdagi…
Logodagi tojni “5 shoxli”ga o‘zgartirishimga sabab bo‘lishi mumkin deb o‘ylaydigan o‘quvchilarim (kursim ishtirokchilari) darsga kelmasa (kirmasa), topshiriqni bajarmagan bo‘lsa, kayfiyatim tushib ketadi. Shuning uchun doimiy qatnashing, mas’uliyatli bo‘ling, topshiriqlarni bajaring.
36🔥12👍8👀2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mahallada nimalar bo‘lyapti? )

Video ijtimoiy tarmoqlardan olingan. Tafsilotlarni hali bilmaymiz. Vazirlik rasmiy munosabat bildiradi, degan umiddamiz.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22🔥12💯4👏2
Shashtimizni tushirmanglar bizni :)

O‘zi aslida xavfsizni ta’minlagan bilan ham ish bitmaydi, chunki testlarning sifati masalasi bor. Qolgan fanlarni bilmadim-u, tarix fanidan o‘tgan yili respublika bosqichi uchun tuzilgan test topshiriqlarini, shaxsiy fikrimcha, qoniqarli deb ham bo‘lmas edi.

Bu yil olimpiadaning respublika bosqichini @TESTLIDER'da yoritib borishni reja qilib turibman.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
28🔥16👍5👏2🙏2😎2
Kuchli insonlar odamlardan emas, pozitsiyadan kuch oladi

Jadidlar mening nazdimda o‘ta darajada haqiqatparvar, xalqni to‘g‘ri yo‘lga boshlashga qodir obraz sifatida muhrlanib qolgan. Balki ular aslida bunday bo‘lmagandir, balki bu bizning xayolimizdagi timsoldir.

Ammo ayni paytda mening va ko‘pchiligimizning tasavvurimizdagi “jadid bo‘lish” aslida juda qiyin. Haqiqatni aytishning o‘zi emas, haqiqat yo‘lida oxirigacha turish og‘ir va o‘g‘riqli. Yo‘lda kimdir charchaydi, kimdir jim bo‘ladi (bo‘ldirishadi), kimdirni “sotib olishadi”, “davay, oxirigacha boramiz, qo‘llaymiz”, “siz bizga yordam bera olasiz” degan kimdirlar esa kun kelib senga qarshi chiqadi, kerak bo‘lsa, sizga qarshi bayonot beradi. “Qodiriyni sotib shoir bo‘lganlar” degan achchiq jumla bejiz aytilmagan.

Ammo eng qizig‘i nimada, bilasizmi?
Ko‘pchiligimizning tasavvurimizdagi jadid aynan mana shu nuqtadan boshlanadi. U uchun uni kim qo‘llaydi, kim qarshi chiqadi, yonida kimdir turadimi yoki yo‘qmi – buning ahamiyati yo‘q. U haqiqatni faqat haqiqat bo‘lgani uchun aytadi (axir bizga maktabda ham, universitetda ham, matbuotda ham jadidlar ana shunday obrazda ko‘rsatilmaganmi?).

U uchun yonida odam qoladimi, yo‘qmi – bu muhim emas. U uyg‘otish uchun yashaydi. “Uyg‘otmoqchi edim, o‘zlari uyg‘onishni istashmadi,” demaydi. Chunki jadidlikning belgisi ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlashida emas, pozitsiyasida va prinsiplarida. Jadid shaxsiy manfaat ortidan quvmaydi. U neytral emas. U o‘z pozitsiyasini aniq bildiradi, jim turmaydi, tomoshabin bo‘lib qarab turmaydi.

Shuning uchun “balki jadidlar aslida unday bo‘lmagandir” dedim. Chunki bunday inson bo‘lish – oson emas. Haqiqatni aytish mumkin, ammo haqiqatda yashash – har kimning ham qo‘lidan kelmaydi.

Va shu yerda o‘ylab qolaman: agar biz “baribir hech kim qo‘llab-quvvatlamayapti, ba’zilari sotilib ketdi, nimaga kerak?” desak – demak, biz jadidlikka, xalqparvarlikka, haqiqatparvarlikka da’vo qilolmaymiz. Chunki jadidlik, bu – ¹qo‘llov bo‘lmasa-da, haqiqatni gapirishdir; ²odamlardan emas, pozitsiyadan kuch olishdir; ³har soniyada vijdon bilan yashashdir.

Bu degani “bizga hali erta”.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TARIXCHI_QARASHLARI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
329👍17🔥6💯6👏2🏆1😎1
“Uzoq muddatli kurs” bo‘yicha bugun batafsil yozaman. Kuting. Yangiliklar bisyor!

“Vaalaykum assalom” demabman-ku 😁

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥39😁1712👍2😎1
Yurt yaqinda Vatan tarixchilarini taniydi! Odamlar o‘z qahramonlarini tanib qo‘ysin!
🔥44👏1710🏆6👀4👎3
Advokatning aytishicha, sud ishi hozir yakunlanibdi va 22-oktyabrda navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tadi. “Baholash markazi”ning o‘sha savoliga
1. BMBA tomonidan;
2. Tarix instituti tomonidan;
3. Darslik mualliflari tomonidan ilmiy xulosa bildiriladi ekan.

Ko‘ramiz, xalq o‘z qahramonlarini tanib oladi.


👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4012🔥12💯4
Laziz Nasrullayev, Nurhayot Hakimov, Sanjar Kushbekov, Bahodir Mahmudboyev – men sizlarni tarixchi sifatida, bir olim sifatida, ustoz sifatida hurmat qilaman. Sizlar ham ustoz Tursunboy Salimov tirik bo‘lganlarida oqni oq, qorani qora deyishini yaxshi bilasiz. U shunday mard inson edi. Shogirdlari ham shunday deb umid qilaman.

@TESTLIDER
🔥36👍158
Agar attestatsiya bo‘yicha “tarixchilar ishi”da tarixchilar YUTIB CHIQSA, faqat da’vogarlarga ball beriladimi yoki hammagami?

Qisqacha javob: HAMMAGA BERILISHI KERAK (ASLIDA)

SABABLAR:

1.
Savolga nisbatan ilmiy haqiqat BIR XIL bo‘lishi kerak – kim to‘g‘ri javob bergan bo‘lsa, u, albatta, ball olishi kerak.

2. Pedagog kadrlar attestatsiyasi bo‘yicha hukumatning 17.09.2021 yildagi 572-sonli tasdiqlangan nizomida aniq ko‘rsatilishicha, agar apellyatsiya ko‘rib chiqish jarayonida pedagogning bilimlari noto‘g‘ri baholangani yoki test materiallarida xato va kamchiliklar mavjudligi aniqlansa, attestatsiya NATIJALARI o‘zgartirilishi lozim.

Diqqat qilinsa, bu yerda “natijalar o‘zgartirilishi lozim” deyilgan – ya’ni savoldagi xato tufayli yuzaga kelgan noto‘g‘ri baholash tuzatilishi shart. Bu me’yor faqat apellyatsiya bergan shaxsga emas, balki testdagi xato ta’sir qilgan natijaning o‘ziga tegishli. Shu bois agar “vestgotlar” haqiqiy to‘g‘ri javob sifatida tan olinsa, bu qaror faqat bir necha da’vogar uchun emas, balki savoldan aziyat chekkan barcha pedagoglarning attestatsiya natijalariga tatbiq etilishi USHBU NIZOM va adolat talablariga muvofiq bo‘ladi.

3. Bir xil savolda bir xil to‘g‘ri javob bergan o‘qituvchilardan faqat sudga murojaat qilganlarning natijasini tuzatib, boshqalarnikini tuzatmaslik – kattaroq adolatsizlikka olib keladi. Bunday yondashuv teng huquqlilik tamoyiliga zid bo‘lib, boshqa pedagoglarning haq-huquqini kamsitgan bo‘lar edi. Axir har ikki o‘qituvchi to‘g‘ri bilimga ega bo‘lib, “vestgotlar” deb javob bergan, ammo faqat biri sudga murojaat qilgani uchungina ball olsa-yu, boshqasi olmasa – bu mantiqan ham to‘g‘ri emas. Huquqiy tenglik nuqtayi nazaridan qaraganda, barchaga teng mezon qo‘llanishi shart.

4. Ushbu bitta savolda ball ololmagani tufayli ko‘plab pedagoglar uchun sezilarli oqibatlar yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Masalan, amaldagi tartiblarga ko‘ra attestatsiyada 86 va undan yuqori ball to‘plagan o‘qituvchilarga bazaviy tarif stavkasining 70% miqdorida ustama haq beriladi. Demak, 84 ball bilan qolib ketgan (atigi 1 ta shu savoldan qo‘shimcha ball ololmagan) o‘qituvchilar ushbu katta miqdordagi ustama maoshdan quruq qolgan bo‘lishadi. Aynan vestgotlar masalasidagi savol hisobiga ayrim ustozlar 86 ball chegarasidan pastda qolgan bo‘lishi ehtimoli yuqori. Bundan tashqari, attestatsiya natijasi yetarli bo‘lmagani sababli malaka toifasini oshira olmagan, masalan, ikkinchi toifadan birinchi toifaga o‘tolmay qolgan pedagoglar ham bor. Ma’lumki, pedagog kadrlar har 5 yilda bir marta, ayrim hollarda navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tib turishi majburiy; agar ikki marotaba qatnashib muvaffaqiyatsiz bo‘lsa, hatto lavozimidan ozod qilinishga qadar chora ko‘rilishi mumkin. Shunday ekan, bitta savoldagi noto‘g‘ri baholash sabab ayrim ustozlar ish haqi oshimidan mahrum bo‘lishi, toifa ololmasligi yoki hatto ish joyini yo‘qotishi kabi jiddiy zararlar ko‘rgan bo‘lishi mumkin. Bu zararlarning barchasi ulardan emas, test tuzuvchilarning xatosidan kelib chiqqanini inobatga olsak, albatta, bunday pedagoglarning haq-huquqlari tiklanishi shart.

5. Ta’lim tizimidagi sinovlarga bo‘lgan ishonch, ularning shaffofligi va adolatliligi bilan bog‘liq. Agar vazirlik ushbu xatoni tan olib, buni hamma uchun tuzatmasa, bu hodisa pedagoglar orasida tizimga bo‘lgan ishonchni pasaytiradi. Aksincha, adolatli yechim sifatida barcha jabrlanganlarga tegishli ballarni qo‘shib berish kelgusida attestatsiya jarayonining halolligi to‘g‘risida ijobiy xulosa beradi. Shuningdek, agar faqat bir necha kishigagina sud qarori bilan tuzatish kiritilib, qolganlarga kiritilmasa, bu ommaviy norozi chiqishlar va yuzlab yangi da’volarga sabab bo‘lishi mumkin. Bu nafaqat sud tizimi uchun ortiqcha yuk, balki vazirlik uchun ham obro‘sizlanish va ortiqcha ish deganidir.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2617🔥3🏆2
“Ba’zi narsalar”da g‘alaba qozonish siz o‘ylagandek oson emas, har bir so‘zni emas, har bir qo‘shimchani o‘ylab gapirish (yozish) kerak.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯34👍1912🔥7👎1😎1
Yuqoridagi kabi rasmlarni 2018-yillarda yasardim. Fotoshoperlik qobiliyatimdan oldinlari ko‘proq foydalanardim.

Kursim ishtirokchilarning talab va istaklarini inobatga olgan holda endi bularni ovozli ko‘rinishda berib boraman )

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯1412🔥6
Mana, sizlaram budilnikka qo‘ysangiz bo‘ladi, ertalab telefonni uloqtirib yubormanglar lekin :)

Oxirida Jalol Boltayev kurslariga yoziling, deb qo‘shib qo‘ymoqchi edim 😁
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁59👍1110🔥8🤝4🏆2👌1😍1
2025/10/21 14:32:58
Back to Top
HTML Embed Code: