Telegram Web Link
@xorazmsertifikat – guruhda yozing gaplaringizni
Test va tahlil ma’qul keldimi, nimadir o‘rgandingizmi?

Demak, bitta savol ham “darslikdan tashqari” emasligini ko‘rdingizmi?
Turkiyadagi zilzilalar esingizdami?

Minglab odamlar bir zumda uysiz, suvsiz, ovqatsiz va chorasiz qolgan. O‘zbekiston ham yordam ko‘rsatgan edi o‘sha paytlar. O‘sha kunlari Turkiyada yashayotgan bir ayolning kanalida yozgan gaplari menga ta’sirli bo‘lgan:

“Do‘stim, ilgari xayriyaga qarshi edim. “Oyoq-qo‘li but-ku, ishlasin”, derdim. Zilzila meni bir kunda hamma narsamdan ayirdi. Oyoq-qo‘lim but, lekin chorasizman”.

Inson holati doim o‘zgaruvchan, bugun yordamga muhtoj bo‘lmagan kishi – ertaga ehtiyojmand bo‘lishi mumkin. “Oyoq-qo‘li but-ku, ishlasin” degan fikr menga ba’zi holatlarda “Yovvoyi kapitalistlar”ning ta’siri tufayli jamoatchilikka singgan deb o‘ylayman (men g‘oyaviy jihatdan sotsialistman).

Men buni yozishdan maqsad – xayriya targ‘iboti emas. Shuning uchun test o‘tkazishga qaror qilgan edim. Donat – rasman xayriya hisoblanmaydi aslida.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BLUM TAKSONOMIYASI

Blum taksonomiyasining mohiyatini tushunmoqchi bo‘lsangiz, ushbu videoni ko‘ring. Attestatsiyaga kiradiganlarga yuborib qo‘yamiz )

Videoda ba’zi joylari negadir montajchi tomonidan kesilgan :)

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun attestatsiyaga kiradigan barcha ustozlarga omad tilayman! 70 % lik ustamaga erishish nasib qilsin.

O‘ylashimcha, “tarix” nima bo‘lgandayam “qiyin” bo‘lmaydi. Chunki bir nechta pog‘onalardan tashkil topgan, ma’lumotni “bilish”ni talab qiluvchi savollar “murakkab” degani emas (balki “boshqachadur”, oldingi yillardagi kabimasdur, ertaga ko‘ramiz :)), ma’lumotni yodlash esa murakkab ish hisoblanmaydi aslida.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HISTOMAP (10 jahon. 2022).pdf
336.1 KB
#Milliy_sertifikat #attestatsiya #MUHIM #namuna

• «Histomap» qo‘llanmasi
• 10-sinf «Jahon tarixi» darsligi bo‘yicha

• (c) Jalol BOLTAYEV

“HISTOMAP” qo‘llanmalar turkumi – testga tayyorlanish uchun eng yaxshi vositalardan biridir. Bilamizki, bugungi kunda “Milliy sertifikat”, “Attestatsiya”, umuman, tarix faniga oid har qanday imtihonlarda savollarning katta qismi tarixiy shaxslar bilan bog‘liq. Testlarda o‘quvchilarim yaxshi natija ko‘rsatishi uchun 2017-yildan beri har bir darslik bo‘yicha “Histomap” qo‘llanmasini tuzib kelaman. Ushbu faylda esa 10-sinf “Jahon tarixi” (2022) darsligi bo‘yicha tuzgan “Histomap”imdan sizga namuna keltirdim.
Bunday qo‘llanmani yaratish mendan har bitta shaxsga doir ma’lumotlarni barcha darslikdan sinchkovlik bilan tahlil qilib, bitta joyga to‘plashim, xulosalarim to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini bilishim uchun qo‘shimcha manbalarni ham o‘rganishimni talab etadi.
Masalan, bir necha yil oldin Vilgelm II ning qaysi suloladanligini bilishni talab etadigan savol ochiq test topshirig‘i bo‘lib tushgan. To‘g‘ri, bugun buni ko‘pchilik biladi. Lekin o‘sha payti aksariyat gabsburglar deb yozib chiqqan.
“Histomap” qo‘llanmasi “Milliy sertifikat”dagi “kutilmagan” savollarga tayyorlanishda ham juda yaxshi vosita bo‘la oladi.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#esga_olamiz #Telegram

TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLARI VA ULAR DAVRIDA SODIR BO‘LGAN BA’ZI VOQEALAR


Izoh: ro‘yxatga vaqtinchalik maqomda general-gubernator bo‘lgan, general-gubernator o‘rinbosari sifatida o‘lkani idora etgan shaxs nomlari kiritilmadi. Chunki bu ortiqcha.
darslikda kelgan |darslikda kelmagan

1. K. Kaufman – 1867–1881
• «Tуркестанские ведомости»va uning o‘zbek tilidagi ilovasi «Turkiston viloyatining gazeti» nashr etila boshlandi (1870).
• Toshkentda Turkiston xalq kutubxonasi ochildi (1870).
• Kaufman taklifi bilan Samara teatri o‘lkada namoyish o‘tkazdi (1870)
• O‘rta Osiyo Olimlar jamiyati ish boshladi (1871)
• Avliyootada birinchi rus manzilgohi paydo bo‘ldi.
• Po‘latxon qo‘zg‘oloni (1873–1876)
• Toshkentda Turkiston muzeyi ochildi (1876)
• Toshkentda “Shahar nizomi” joriy etildi (1877).
• Yetimxon qo‘zg‘oloni (Mingtepa, Andijon)
• O‘rta Osiyoni bosib olishning uchinchi bosqichi (1873–1879)
• O‘rta Osiyoni bosib olishning uchinchi bosqichi 4-bosqichi boshlanishi (1881)

2. M. Chernyayev – 1882–1884

3. N. Rozenbax – 1884–1889
• Birinchi rus-tuzem maktabi tashkil etildi (1884)
• O‘rta Osiyoni bosib olishning to‘rtinchi bosqichi yakunlanishi (1885)
• Turkmaniston yerlari ruslar tomonidan to‘liq egallandi (1885)
Andijonda Darvishxon boshliq isyon ko‘tarildi (1885)
• Buxoroda Rossiya imperatorining siyosiy agentligi tuzildi (1885)
• Baljuvon bekligida Vose boshliq isyon boshlandi (1885)
• Kaspiyorti temiryo‘li qurildi (1885)
• Turkiston general-gubernatorlik kengashi tuzildi (1886)

• Turkiston yerlari, o‘rmonlari va yerosti qazilma boyliklari davlat mulki deb e’lon qilindi (1886)
• Yangi vaqf hujjatlarini tasdiqlash faqat general-gubernator roziligi bilan bu yerlarni davlat soliqlari va majburiyatlaridan ozod qilmasdan amalga oshiriladigan bo‘ldi (1886)
• Rossiyadan ko‘chib kelganlar uchun Yer fondi tashkil etldi (1886)
• uyezd sudlari bekor qilinib,ularning o‘rniga uchastka mirovoy sudyalari tuzildi (1886)
• Amudaryo flotiliyasi tasis etildi (1887)
• Samarqandga dastlabki poyezd keldi (1888)
• Buxoro amirlig hududida rus qishloqlari vujudga kela boshladi (1888)
• Kalif bekligida isyon (1889)

4. A. Vrevskiy – 1889–1898
• Rossiyadan o‘zboshimchalik bilan ko‘chib kelgan kishilar ham mamuriyat ruxsati bilan ko‘chirilganlarga berilgan imkoniyatlardan foydalanishi mumkinligi elon qilindi (1892)
• Oddiy fuqarolarni mamurlarga qarshilik ko‘rsatgan taqdirda bevosita harbiy dala sudiga bera boshladilar
• «Vabo isyoni» (1892)
• «Harbiy holatda deb elon qilingan joylar haqida Qoida» kuchga kirdi (1892)
• Ismoil G’aspirali ilk marta O’rta Osiyoga keldi (1893)
• Buxoro amirligida birinchi jadid maktabi ochildi (1893)
• Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garagi ochildi (1895)
• Namangan uyezdining Oqsuv-Shahrixon volostidagi Naymanchi, Ko‘hna mozor, Langarbob qishloqlarida aholi isyon ko‘tardi (1896)
• Toshkentda birinchi gimnaziya ochildi (1896)
• Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni ko‘tarildi (1898)

5. S. Duxovskoy – 1898–1901
• Temiryo‘l Toshkent orqali Andijongacha qurib bitkazildi (1899)
• Farg‘ona vodiysida qo‘zg‘olon ko‘tarildi (1899)
• Andijonda Shamsiddin domla va Toshkentda Mannon qori jadid maktabiga asos soldi (1899)

6. N. Ivanov – 1901–1904
7. N. Tevyashev – 1904–1905
8. D. Subbotich – 1905–1906
9. N. Grodekov – 1906–1908
10. P. Mishenko – 1908–1909
11. A. Samsonov – 1909–1914
12. F. Martson – 1914–1916

13. A. Kuropatkin – 1916–1917
• Jizzax qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tgan (1916)

(c) Jalol BOLTAYEV

@TESTLIDER
@TARIX_OMBOR guruhida TARIX faniga oid barcha kerakli materiallar joylangan. Qoʻshiling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ATTESTATSIYA savollari muhokamasi @TARIX_OMBOR guruhida bo‘lib o‘tadi.

Attestatsiya imtihonida qo‘llangan savollar bo‘yicha o‘z fikrlaringizni @TARIX_OMBOR guruhida yozishingiz mumkin. Albatta, har qanday imtihondan so‘ng ikkilanishlar va e’tirozlar bo‘ladi: masalan, “savol notoʻgʻri edi”, “to‘g‘ri javobni belgilagandim” kabi. @TARIX_OMBOR guruhida yozsangiz, shaxsan yordam berishga (o‘z munosabatimni bildirishga) harakat qilaman.

(c) Jalol BOLTAYEV
Samarqand qog‘ozlari (7 o‘zbek, 2022), Gerxard Shryoder islohotlari (10 jahon, 2017) tushibdi...

👉 @TARIX_OMBOR guruhiga kiring, munosabatingizni bildiring.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toifani qo‘lga kiritib, imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘qituvchilar orasida tarix fani ustozlari eng ko‘pchilikni tashkil etsa keragov bu borishda )

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Abdunazarova Ozoda
Assalomu alaykum domla yaxshimisz raxmat aytmoqchidim domla atestatsiyaga kirib chiqdim 84 ball bilan 2 toifani qolga kiritdim yaxshiyam kursizga qoshilganim darslarga qatnasholmayatudim maktabda 1 yarim stavka ish faqat kechpayt ertalab mavzu takrorlashga vaqt bolyatudii lekin quiz va forms testlarni ishlab ozim takrorlayatudim sizni tanlab adashmabman endi 100foiz harakat bilan sertifikatgaaa raxmat domla Alloh rozi bosin Azizaxon ustozga ham raxmat boshqa online kurs otadigan oqituvchilarni ham kuzatdim sizii metodikez togri ekanligiga ishonchim komil edi endi 100 foiz boldi
Forwarded from Zuhra
Assalomu alaykum ustoz ming raxmat bergan bilimingiz uchun 31 ta tarix 8 ta pedmahorat ishlab 78 ball birinchi toifani oldim darsliklarni toʻgʻri yoʻnalishda oʻqitish kundalik ooptimal , forms testlar va ulardagi testlarni nima desam ekan soʻz topolmayapman testlaringizni taʼriflashga , darslik qayta qayta oʻqish qiyin lekin sizni testlaringiz ishlab qanday kitobni oʻqib qoʻyganimni bilmayman . Testlaringiz kitobni oʻqitadi. Raxmat
Endilikda onlayn kurslarimga ro‘yxatdan o‘tish jarayonida “Kursga kirishdan maqsadingiz”ni “aytasiz” (belgilaysiz).

Masalan, “70 % lik uchun”, “Milliy sertifikat uchun”, yo har ikkalasini belgilaysiz.

Bular mening tom ma’nodagi kursim ishtirokchilari bo‘ladi. Savol-javoblarda qatnashishadi, natijalarini tahlil qilaman. Har 7 darsdan so‘ng qo‘ng‘iroq qilinadi.

Yana ikkita sal o‘zgacharoq maqsad bo‘lib, ularni ham tanlashingiz mumkin:

• “Repetitorman, materiallar uchun kirdim” – bunda telefon qilimayman, savol-javoblarga jalb qilmayman, natijalarini tahlil qilmayman. Faqatgina repetitorlik nuqtayi nazaridan yordam beraman (metodika, material va h.k.).

• Materiallaringiz bilan mustaqil o‘qimoqchiman – bu nima degani? Aytaylik, buni tanlagan odam repetitor emas, imtihon topshiruvchi. Lekin savol-javoblarda qatnashmoqchimas. Yoki o‘ziga individual dars jadvali yaratib olgan-u, shu bo‘yicha ketmoqchi. Bunda ora-orada bog‘lanib, natijalarini tahlil qilib turishim, maslahatlar berishim mumkin.

***
Shunchaki “Attestatsiya uchun”, “Milliy sertifikat uchun”, “Yozgi imtihon uchun”, “Madrasa uchun” kabi variantlarni tanlaganlar esa tom ma’noda kursim ishtirokchisi. Ularning natijalarini tahlil qilaman, haftada qo‘ng‘iroq qilib, bog‘lanib turaman.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
90 ball... Javohir ustoz, siz uchun xursandman, 70 % lik ustama muborak bo‘lsin!

(Onlayn kursim ishtirokchisi).

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV pinned «Endilikda onlayn kurslarimga ro‘yxatdan o‘tish jarayonida “Kursga kirishdan maqsadingiz”ni “aytasiz” (belgilaysiz). Masalan, “70 % lik uchun”, “Milliy sertifikat uchun”, yo har ikkalasini belgilaysiz. Bular mening tom ma’nodagi kursim ishtirokchilari bo‘ladi.…»
2025/07/07 15:32:29
Back to Top
HTML Embed Code: