Telegram Web Link
Forwarded from DURDONA
Assalomu alaykum ustoz Allohim fazli bn siz sabab bergan bilimlariz tufayli bugun 8 may 86 ball 70 foiz ustamaga erishdim. rahmat kottakon sizga.
Testlarning validligi, sifatiga e’tiborni qaratmagan holda bir narsani ayta olaman:

O‘qituvchilar 70 % lik ustamaga ega bo‘lib, moliyaviy jihatdan ancha yaxshilanadi... 70 % lik ustamaga erishganlar uchun chin dildan xursandman. Xursand bo‘lishimning sababi “bilimli” deyishda emas, endi ko‘proq ehtiyojlarini qondira olishida... Ayniqsa, farzandlariga...

Farzandimni o‘qitaman, ilmli qilaman deb o‘zini o‘qqa-cho‘qqa uradigan onalar-otalar bor. Farzand yosh, buni tushunmasligi mumkin. “Onam olib bermaydi, otam olib bermaydi” degan o‘y-fikrlar o‘tishi mumkin. Buni eshitgan ona, ota yanada kuyinadi. (bu borada o‘zim ham o‘rnak bo‘la oladigan farzand bo‘lmagandirman...)

Meni hurmat qiladigan ham, yomon ko‘radigan ham – hammangiz bu ustamani qo‘lga kiritishingiz uchun chin dildan tilakdoshman. Chin dilimdan...

Iqtisodiy jihatdan ham, qadr-qimmat va erkinlik jihatdan ham o‘qituvchilar O‘zbekiston jamiyatida yuqori pog‘onalarda turadigan kunlarga kelarmiz, nasib.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shahzod Mirzayev
Assalomu alaykum Jalol ustoz 2 toifaga 84 ball bn o'tdim. 35 tadan 34 ta urdim.Sizni kursizda ko'rib chiqqan testlarimiz.Tanlovda adadhmaganimga yana bir bor amin bo'ldim.Alloh ilmizni ziyoda qilib umrizga kasbimgizga baraka bersin.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ona tili va adabiyot fanidan MILLIY SERTIFIKATga tayyorlov!

• Ustoz: BOZIRGON RAHIMBOYEV
• 10 yillik tajriba
• 1000+ muvaffaqiyatli o‘quvchi
• Sertifikat uchun kuchli tayyorgarlik

Bu shunchaki dars emas – bu natijaga eltuvchi yo‘l! Siz ham haqiqiy ustoz bilan o‘rganing, orzungizdagi ballni qo‘lga kiriting! 😎

📍Shovot tumani
☎️ 77-067-60-00

📍Yangibozor tumani
☎️ 97-512-70-97

Instagram👉 https://www.instagram.com/unify_learning_center
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Ona tili va adabiyot fanidan MILLIY SERTIFIKATga tayyorlov! • Ustoz: BOZIRGON RAHIMBOYEV • 10 yillik tajriba • 1000+ muvaffaqiyatli o‘quvchi • Sertifikat uchun kuchli tayyorgarlik Bu shunchaki dars emas – bu natijaga eltuvchi yo‘l! Siz ham haqiqiy ustoz…
Bu reklama emas, bu tavsiya. Har kimni tavsiya qilavermayman, bilasiz. Bu ustozga esa ishonaman. Ona tilidan bir ustozning shogirdlarimiz. Men kursga borib yurgan kezlarimda domlaning yordamchi shogirdlaridan edi. Bizga ham o‘rganishimizda yordami teggan. Ona tilichi ustozimiz – Sarvar Ro‘zimboyev bizga repetitor qanday bo‘lishi kerakligini o‘rgatgan. Yomon shogird chiqarmagan, xullas. Bozirgon og‘a ham shunday kuchli shogirdlaridan biri.
70 % ustama muborak, xursandman!

(Onlayn kursim ishtirokchisi)

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ISHONCH + MAS’ULIYAT + JALOL BOLTAYEV = RESPUBLIKA REKORDI

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Attestatsiya imtihonida qo‘llangan testlardan birida to‘g‘ridan to‘g‘ri xatolik bordek ko‘rinyapti. Tarixdan bitta savolda apellyatsiya berib yutib chiqish mumkin ko‘rinyapti, lekin savolning aynan shaklini bilishim zarur. 2+ ball olishni istaysizmi?

(c) Jalol BOLTAYEV

@TESTLIDER
Audiochat ochaman.
⚡️ KECHAGI ATTESTATSIYA IMTIHONIDAGI KONKRET XATO SAVOL HAQIDA

Agar shunday tushgan bo‘lsa, ...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yilgi farmoniga ko‘ra tashkil qilingan EIZlarni aniqlang.
Javob: Urgut, G‘ijduvon, Qo‘qon, Hazorasp

Bir qarashda to‘g‘ridek ko‘rinyapti, shundaymi? Chunki 11-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2018) darsligida shunday berilgan.

Lekin aslida bu farmon 2017-yilda chiqqan, 2016-yilda emas. Darslikda xato berilgan. 2018-yilda «Kundalik-optimal» test to‘plamini tuzish jarayonida kitobdagi ma’lumotlarni tekshirib chiqqan edim.
Manba:
https://lex.uz/acts/-3096605 (o‘sha Prezident farmoni)

Savolda xatolik bo‘lsa, javob hech qachon to‘g‘ri bo‘lmaydi.

Mantiqiy misol: 2013-yilda Behruz ismli farzandingiz tug‘ilgan. Kimdir sizga “2012-yilda tug‘ilgan farzandingizning nomi nima edi?” desa, farzandingiz 2012-yilda tug‘ilgan bo‘lib qoladimi?

O‘sha savolda kim qanday javob belgilaganidan qat’i nazar savol xato bo‘lgani uchun apellyatsiyada 2 ball olish mumkin (shaxsan men shunday hisoblayman).

Shuningdek, testologiya va qonunchilikka ko‘ra, savollar darsliklardan emas, o‘quv dasturlari va/yoki spetsifikatsiya asosida tuziladi.

Bu savolni “topgan” o‘qituvchilar, xavotir olmang. Testologiyaga ko‘ra, xato savol uchun ball ayrilmaydi, kimga tushgan bo‘lsa, ball qo‘shiladi.

***
Savol “tashkil etilMAgan” deb tushgan bo‘lsa ham baribir xatoligicha qolaveradi. Ya’ni agar unday tushgan bo‘lsa, 2016-yilgi PF bo‘yicha bironta ham EIZ tashkil etilmagan.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kuzgi attestatsiya va “Milliy sertifikat”, yozgi kirish imtihonlari, “Majburiy tarix” uchun YANGI GURUHimga (“NOLDAN”) qabul ochiq.

Darslar 15-maydan boshlanadi.


Kursga qo‘shilish uchun menga (@JalolBOLTAYEV) YANGI GURUH deb yozing.

***
Tom ma’noda maydagi imtihon uchun qabul aslida 2 oydan beri yopiq.

To‘g‘ri, 1 oy oldin, 2 haftalar oldin qo‘shilganlar ham bor (ko‘p emas. Vaziyatini tushuntirib, qo‘shilishgan). Lekin ularning natijalari ham kurs natijasi sifatida ko‘rsatilmaydi bizda. Lekin 1 oy, 1 hafta tugul kursida bo‘lmaganlarning natijasini tashavorishyapti-yu ) ☺️

“1 haftalik”, “1 oylik” natijalar ham o‘zi mantiqsizlik aslida.

Imtihonga yaqin kursga kuchli agitatsiya bilan odam qo‘shib, keyinchalik kurs natijasi sifatida chiqarish men uchun emas. 1 hafta, 1 oy qolganda kursimga kirganlar ham bor. Lekin ularning natijasi hech qachon olib chiqilmagan.

Individual natijaga yo‘naltirilgan, real natijalargina olib chiqiladigan kursda o‘qish imkoningiz bor.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from $
Boshqa barcha tarix kanallarida may uchun qabul ochiq lekin men sizda oʻqimoqchi edim siz songa emas sifatga oʻqitishingizga yana bir bor amiyn buldim, biroz kechikib manda mayli rahmat ustoz ishlaringizga omad
Forwarded from Jalol BOLTAYEV
Forwarded from Jalol BOLTAYEV
⚡️Attestatsiyadagi savollardan yana biri xato(mi?), Langobardlar Ispaniyani olganmi?

Attestatsiya imtihonida shunday savol tushdi deyishyapti: “Yustinian I vafotidan so‘ng qaysi qabila butun Ispaniyani egallagan?”. Javob sifatida “Langobardlar” varianti berilgan bo‘lishi mumkin. Agar javoblarda “vestgotlar” varianti berilmagan bo‘lsa, ushbu savolda umuman to‘g‘ri javob yo‘q va apellyatsiya berib, 2 ball olish mumkin.

Chunki Langobardlar Ispaniyani hech qachon bosib olmagan. 2022-yilda 7-sinf “Jahon tarixi”ning “Kundalik-optimal” testini tuzish jarayonida darslikdagi bu ma’lumot meni shubhalantirgan edi. Boshqa manbalarni qarab, “xato ketgan shekilli” deb qo‘ygan edim. Hozir esa “o‘sha payti balki adashgandirman”, deb yana qaradim: “Semyonov”, britannica.com va inglizcha vikipedianing tegishli mavzularida Ispaniya va langobardlarning aloqadorligi haqida gap-so‘z yo‘q (britannica.com’dagi maqola; vikipediyadagi maqola – ushbu maqolada vestgotlarning Liuvigild ismli hukmdori Ispaniyaning katta qismini nazoratga olganligi haqida gap ketgan).

Xullas, Yustiniandan so‘ng Ispaniyada vestgotlar hukm surgan. Biroq men professional tarixchi emasman. Balki adashyotgandirman. Lekin men topayotgan manbalarda langobardlar va Ispaniyaning umuman aloqadorligi chiqmayapti, Yustinian I dan so‘ng Ispaniyada vestgotlar hukm surganligi yozilgan.

Testologiya nuqtayi nazaridan test savollari aynan to‘g‘ri va ishonchli ma’lumotlarga asoslanishi shart. De-yure test topshiriqlari alohida bir darslik matniga emas, balki o‘quv dasturi va/yoki spetsifikatsiya asosida tuzilishi lozim. Albatta, buni mendan ham yaxshiroq bilishadi. Shuningdek, nafaqat testologiyada, qonunchilikda ham shunday.

Ya’ni “darslikda shunday yozilgan-ku” degan gap o‘tmaydi. Darsliklar o‘quv dasturini tushuntirish uchun ishlatiladi, lekin ular test uchun yagona manba bo‘la olmaydi. Agar test tuzish jarayonida biz foydalanayotgan ma’lumot shubhali tuyilsa, uni nufuzli va ishonchli manbalar bilan solishtirib ko‘rish lozim. Bu mening shaxsiy fikrim emas, testologiyada va qonunchilikda shunday.

***
Shuningdek, tarixshunoslik, manbashunoslik, testologiya tamoyillari bo‘yicha hozircha hech bir sun’iy intellekt apellyatsiyali bunday masalalarda manba bo‘la olmasligini bilsam-da, ChatGPT'dan ham so‘rab ko‘rdim. U ham “langobardlar va Ispaniya aloqador emas” mazmunida javob berdi.

“Jalol, testologiyada ChatGPT manba bo‘la olmaydi” deyishmasin deb (haqiqatan shunday), ikki-uchta manba ham keltirdim.

O‘ylashimcha, bu savol ham xato (agar vestgotlar varianti berilmagan bo‘lsa) va bu apellyatsiya bo‘yicha mutasaddilar e’tiroz bildirib o‘tirmasa kerak. Chunki Baholash markazi O‘zbekistondagi 2 ta asosiy testologiya bo‘yicha tashkilotlaridan biri...

***
BMBAda ham shunga o‘xshash holat yuz bergan edi: ya’ni Olimpiadaning respublika bosqichida gannoverlar sulolasining 1714–1901-yillarda hukm surganligini bilishni talab etadigan test tushgan. 8-sinf “Jahon tarixi”da esa bu xato yozilgan. O‘sha testda 8-sinf “Jahon tarixi”ga tayanib, noto‘g‘ri javobni yozgan olimpiadistlar emas, balki aynan to‘g‘ri ma’lumotni bilgan holda javob yozgan o‘quvchining javobi qabul qilingan.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vestgotlar varianti ham berilgan ekan. Lekin “to‘g‘ri javob” sifatida “langobardlar” olingan deyishyapti. Demak, to‘rtta ssenariy kutilyapti:

1. Bu savol endi tartibga solishning imkoni yo‘qligi tufayli bekor qilinadi. Bu holatda “Langobardlar”ni belgilaganlardan ball qirqilmaydi, shunday qilib, ushbu savol tushgan barcha ishtirokchilarga 2 ball beriladi. Ehtimoli yuqoriroq.

2. Agar savol bekor qilinmay, “Vestgotlar” to‘g‘ri javob sifatida qabul qilinsa, “Langobardlar”ni tanlaganlar o‘sha savol uchun 0 ball oladi. Bu “ball qirqish” emas, balki noto‘g‘ri javob uchun ball berilmasligi bilan cheklanadi. Ehtimoli pastroq.

3. Vestgotlar va langobardlarni belgilaganlargagina 2 ball beriladi, qolgan javoblar (masalan, arablar)ni belgilaganlarga ball berilmaydi.

4. Menga Pushkin bir jahon-u, menga Bayron bir jahon...
Onlayn kurs bo‘yicha shaxsiyga yozganlarga bugun javob yozib chiqaman.
Forwarded from Nafosat
Assalomu alaykum. Bugun atestatsiyadan 86 ball bilan oliyni qayta yoqladim. Bularning barchasi TEST LIDERda òrgangan test ishlash tehnikasi, qulay qòllanmalar va darslardagi bilimlar natijasi. Jalol Boltayev sizdan minnatdorman. Rahmat
Mehnatlaringizni samarasini kòrib yuring ilohim.
2025/07/07 20:14:41
Back to Top
HTML Embed Code: