Telegram Web Link
📣 DIQQAT, ABITURIYENTLAR!

🏆 2-SOVRINLI BLOK TEST
🗓 15-iyun, yakshanba kuni
📍 @zamon_kitob_uz kanalida.

🧑‍💻Bu test – shunchaki sinov emas, bilim va yutuq sari qadam!
Sizda ham o‘zingizni sinab ko‘rish, imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslik va sovrinli g‘oliblar qatoridan joy olish imkoniyati bor!

➡️ Daftaringizga belgilab qo‘ying:
15-iyun — bilim va raqobat kuni!
📌 Kanalga tashrif buyuring, ishtirok eting va kuchingizni sinang!

📆Test yakshanba kuni ertalab soat 6:00 da boshlanib, 24 soat davom etadi va 4 ta yo‘nalishda eng yuqori o‘rinni egallagan abituriyentlarga pul mukofoti topshiriladi.

@zamon_kitob_uz
👆👆👆
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qalay? Ushbu mem-videoning mazmunini tushunish uchun intellektual qobiliyatingiz yuqoriroq bo‘lmog‘i lozim ) 😁

Jalol BOLTAYEV
97-299-00-66

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KUZGI 2-GURUH (dars jadvali).pdf
1.4 MB
🔥KUZGI GURUH (2-GURUH) DARS JADVALI

Yuqoridagi dars jadvalini ko‘ring. Bu muddat men uchun yetarli! Tizimli va sifatli tayyorgarlik ko‘rishni istaganlar qo‘shilishi mumkin!


Ertaga BIRINCHI DARS! Qabul davom etmoqda!

Kurs narxi:
• Oylik: 180 ming so‘m
• Oldindan to‘liq: 650 ming so‘m

Karta: 9860010133910371
To‘lovni amalga oshirib, chekni @JalolBOLTAYEV'ga yuboring, so‘ng men sizni yopiq guruhga qo‘shib qo‘yaman.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ertaga NOUTBUK tanlashga boraman :)
Kursimda (oflayn/onlayn) eng yuqori natija ko‘rsatgan odamga noutbuk berilishidan xabaringiz bor.

4 martadan buyon faqat Jalol Boltayev strategiyasi bo‘yicha o‘qitib kelayotgan bo‘lsam, shuning uchtasida eng yuqori ballni abituriyentlar (maktab o‘quvchilari) qo‘lga kiritgan edi, bu gal esa o‘qituvchi (repetitor emas) qo‘lga kiritdi.

12-oktyabrREKORD (“Milliy sertifikat”) – Durdona (11-sinf) – 83,87 ball (A+)
1-dekabr – REKORD (“Milliy sertifikat”) – Oyjamol (10-sinf) – 85,21 ball (A+)
22-fevral – REKORD (“Milliy sertifikat”) – Sevinch (10-sinf) – 87,22 ball (A+)
23, 24-mayTOP (“Milliy sertifikat”) – Dildora ustoz (o‘qituvchi, repetitor emas) – 90,00 ball (A+)

***
Oflayn/onlayn kurslar ichida ENG YUQORI ballar aynan Jalol BOLTAYEV kursida. BU FAKT!


👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mendagi vositalar yetarli va juda samarador. Repetitorning vazifasi ham shu aslida. Puxta va natijaga olib boruvchi tizimli vositalarni va metodikani yaratish. Bahona topavermay, bulardan unumli foydalangan odam rekordlarni o‘rnatadi, qisqa fursatda ham natija ko‘rsata oladi.

Hard skill’im har doim kuchli bo‘lgan. Lekin o‘zimga soft skill'larimda ba’zi “muammolar” bordek ko‘rinadi. Aslida “muammolar” ham emas, men “noto‘g‘ri narsa”lar evaziga o‘quvchi tutib yura olmayman, unga haqiqatni tushuntirib beraman. Haqiqatga chiday olmaganlar esa o‘zingni ayblaydi yo “tuyaqush rejimi”ni yoqib oladi.
“Kuzgi 1-guruh”dagilardan hozircha ko‘nglim to‘q

Doimiy topshiriqlarni bajarib borayotganlar, darsga mas’uliyat bilan yondashayotganlar bor. Nasib, “Jalol BOLTAYEV kursi – rekordchi kurs” degan tamoyilni buzmaysiz :)

Lekin bir narsani aytib qo‘yay: xolamning o‘g‘lining to‘yi edi, ammamning qizining to‘yi edi, imtihonim bor edi – hammasi mana shundan boshlanadi. Iltimos, jiddiyroq yondashing. Yaxshi ketayotgan ba’zi o‘quvchilarimda boshlandi uje. Bunaqasi bo‘lmaydi.
“Kuzgi 2-guruh”da birinchi darsimni yakunladim. Har darsda shunday anons berib boriladi. Qalay?
Forwarded from ISN
😁 juda ham chiroyli bo'ldi
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
😁 juda ham chiroyli bo'ldi
Mana shunaqa dars jadvalini xonasiga ilib qo‘yib yoki doim topshiriqlarni bajarib, shijoat bilan yondashayotganlarning borligi men uchun ham juda motivatsiya bo‘ladi.

Bular menga kayfiyat beradi, kayfiyatim yo‘q payti menga ishonib, mas’uliyat bilan harakat qilayotgan o‘quvchilarim borligi meni yana yangiliklarga, ijodga, harakatga undaydi.
6 tarix, davrlar (qo'llanma).pdf
2 MB
«OPTIMAL QO‘LLANMA» KITOBIDAN

📝 Ushbu qo‘llanma orqali turli 6-sinf «Qadimgi dunyo tarixi»ning 1–5-mavzularini osonroq o‘zlashtirib olishingiz mumkin (yangi darslik bo‘yicha)!

▪️6-sinf «Qadimgi dunyo tarixi»
▪️Muallif: Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Milodiy va miloddan avvalgi (@TESTLIDER).pdf
2.4 MB
«OPTIMAL QO‘LLANMA» KITOBIDAN

📝 Ushbu infografik qo‘llanma orqali “miloddan avvalgi” va “milodiy” tushunchalarini oson va tez o‘rganib olasiz!

▪️6-sinf «Qadimgi dunyo tarixi» darsligi asosida
▪️Repetitor: Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV pinned «Ertaga NOUTBUK tanlashga boraman :) Kursimda (oflayn/onlayn) eng yuqori natija ko‘rsatgan odamga noutbuk berilishidan xabaringiz bor. 4 martadan buyon faqat Jalol Boltayev strategiyasi bo‘yicha o‘qitib kelayotgan bo‘lsam, shuning uchtasida eng yuqori ballni…»
#MUHIM #optimal_qoʻllanma #Milliy_sertifikat #8_oʻzbek #shajara

Shayboniylar shajarasi (Buxoro)


(c) Jalol BOLTAYEV

@TESTLIDER
@TARIX_OMBOR guruhida TARIX faniga oid barcha kerakli materiallar joylangan. Qoʻshiling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUHIM #optimal_qoʻllanma #Milliy_sertifikat #8_oʻzbek #shajara

Ashtarxoniylar shajarasi (Buxoro)


(c) Jalol BOLTAYEV

@TESTLIDER
@TARIX_OMBOR guruhida TARIX faniga oid barcha kerakli materiallar joylangan. Qoʻshiling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
GERODOTNING “XATOSI”

Gerodotning eng ko‘p bahs-munozaraga sabab bo‘lgan fikrlaridan biri – massagetlar va ularning joylashuvi haqidagi ta’rifidir. Mil. avv. V asrda yashagan bu yunon tarixchisi o‘zining mashhur “Tarix” asarida “massagetlar Araks daryosi bo‘yida yashaydi” degan mazmunda yozadi. Shu jumla zamonaviy ilm-fan nuqtayi nazaridan qiziqarli savollarni keltirib chiqargan: Gerodot tilga olgan “Araks” qaysi daryo?

Aksariyat qadimiy manbalar va zamonaviy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, massagetlar Kaspiy dengizining sharqiy sohillarida, Orol dengizi atrofida, ya’ni hozirgi Markaziy Osiyo hududida – Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida yashaganlar. Bu fikr nafaqat Gerodot, balki keyinchalik yashagan antik davr mualliflarning ma’lumotlari, arxeologik topilmalar va tilshunoslik izlanishlari bilan ham tasdiqlanadi.

Biroq muammo shundaki, Gerodot bu hududda oqadigan daryoni “Araks” deb ataydi. Ayni paytda esa boshqa tarixchilar, xususan, Strabon, Ptolemey asarlarida “Araks” degan nom hozirgi Kavkaz tog‘lari orqali oqib o‘tuvchi Aras daryosiga nisbatan ishlatiladi. Bu daryo Armaniston, Eron va Ozarbayjon hududlaridan oqib o‘tadi va Kaspiy dengiziga quyiladi.

Gerodotning ta’rifida Araks daryosi “40 tarmoqqa ajraladi, shulardan faqat bittasi Kaspiy dengiziga quyiladi” deb yozilgan. Bu tavsif geografik jihatdan Aras daryosiga mos keladi, chunki u aynan Kaspiy dengiziga quyiladi. Aksincha, Amudaryo Kaspiy dengiziga to‘g‘ridan to‘g‘ri quyilmagan. Ayniqsa, Gerodot yashagan davrda Amudaryo faqat Orol dengizi yoki cho‘l botqoqliklarida yakun topgan.

Shu sababli ko‘plab tarixchi olimlar quyidagi xulosani ilgari suradi: Gerodot massagetlarning joylashuvini to‘g‘ri tasvirlagan bo‘lishi mumkin, lekin daryo nomini chalkashtirgan – u Amudaryoni nazarda tutgan, lekin uni “Araks” deb atagan.

Yana bir ehtimolga ko‘ra, Gerodot o‘zi yashagan zamonda mavjud bo‘lgan rivoyatlarga asoslangan holda Araks daryosi haqida tasavvurga ega bo‘lgan, lekin uni massagetlar hududiga noto‘g‘ri ko‘chirish orqali xatoga yo‘l qo‘ygan.

Har ikki holatda ham Gerodot “adashgan” bo‘lib chiqyapti :)

Markaziy Osiyolik tarixchilarning ko‘pi (jumladan, E. Rtveladze) “Gerodot massagetlar joylashgan hududni to‘g‘ri bilgan, lekin daryo nomida adashgan. U Amudaryoni tasvirlab, uni ‘Araks’ deb atagan, aslida esa bu daryo ‘Oks’ bo‘lgan” degan pozitsiyasini ilgari surishadi. Aksar yevropalik tarixchilar esa “Gerodot ‘Araks’ daryosini to‘g‘ri bilgan, u bugungi Aras daryosi, lekin massagetlar joylashuvini adashtirgan” degan fikrda.

Umuman olganda, Gerodotning asari tarixshunoslikda qimmatli manba hisoblanadi, biroq unga mutlaqo ishonch bilan emas, balki tanqidiy tahlil bilan yondashish talab etiladi. Chunki Gerodot ko‘p hollarda o‘zi bormagan, ko‘rmagan hududlar haqida yozgan. U sayohatchilar, savdogarlar, harbiylar va elchilar hikoyalarini yig‘ib, o‘ziga xos tarzda ularni umumlashtirgan.

(c) Jalol BOLTAYEV – repetitor, testolog

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
GERODOTNING “XATOSI” Gerodotning eng ko‘p bahs-munozaraga sabab bo‘lgan fikrlaridan biri – massagetlar va ularning joylashuvi haqidagi ta’rifidir. Mil. avv. V asrda yashagan bu yunon tarixchisi o‘zining mashhur “Tarix” asarida “massagetlar Araks daryosi bo‘yida…
O‘zi, ochig‘i, men buni oldin bilmasdim. 2022-yilda “Kundalik-optimal”ni tuzib o‘tirganimda shu joyida Gerodot adashgandek tuyilavergandi, shubha paydo bo‘lgandi. Keyin tekshirib ko‘rsam, haqiqatan adashgan ekan. «Gerodotning “xatosi”» haqidagi maqolam shaxsiy tadqiqotlarimga asoslanmagan, olimlar izlanib, shunaqa fikrga kelib bo‘lishgan allaqachon :)

Qachondan beri bu “xato” haqida maqola yozaman, deb yurardim (lekin darslarda bu haqda aytib ketardim). Bugunga nasib qilibdi.
Nima deysiz, kelib “qizdirib” beradiganlar bormi? Faqat o‘zimga qoladigan bo‘lsa, yig‘ilish bazm (party) emas, “ilmiy anjuman”ga aylanib ketadi :)

Onlayndagi kursim ishtirokchilaridan kimlar Xorazmga kela oladi?

29-iyunga qo‘ysak...
“2-guruh”imdagilar kushliroqmi yo menga shunday tuyilyaptimi? )

27 ta bilan ham “Top-20”ga kirib bo‘lmayapti )

Yaxshi, 2-guruh ham “yaxshi chiqdi”. Bu quiz testdan tashqari har kunlik topshiriqlarni (“Kundalik-optimal”, “Forms”) bajarishyapti, kimlar jiddiy yondashayotganini alohida nazorat qilib boryapman.

8-sinflardan boshlab quizlar soni ham ortadi. Bittasida 100 dan ortiq testlar bo‘lgan quizlar bor. Barakalla! Mana shunaqa o‘qisangiz, mana shunday topshiriqlarni bajarsangiz – yana va yana rekord o‘rnatamiz.

Menda rekord degan so‘z shunchaki ishlatilinmaydi, statistik va FAKT nuqtayi nazaridan ishlatiladi ))
Men uchun ham oflayndagi va onlayndagi o‘quvchilarim BIR XIL

Va, shuningdek, yana bir jihatni aytmoqchiman: onlayn kursimda ham, oflayn kursimda ham o‘quvchilarimning boshqa kursga hech qanday ehtiyoji bo‘lmasligi uchun maksimal harakat qilganman doim.

Bir voqea esimda qolgan: bundan bir necha yillar ilgari oflaynga keladigan bir o‘quvchi boshqa oflayn kursda ham “tayyorlanishini” bilgandim, so‘rasam, u “ta’lim dargohi”da agar o‘ziga kursga qatnamasa, baholarini pasaytirib yuborishi, bosim qilishini aytgandi (haqiqatan shunday u “ta’lim dargohi”da). Xullas, keyin u o‘quvchini tayyorlamagandim...
2025/06/29 12:32:55
Back to Top
HTML Embed Code: