Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: Koreya Xalqaro universitetida 2025-2026 o'quv yili uchun qabul boshlandi!

🇺🇿KIUF, Vazirlar Mahkamasining 23.08.2019-yildagi 714-son qarori bilan tashkil qilingan, litsenziya asosida faoliyat yurituvchi oliygoh.

Talabalar Janubiy Koreyadagi hamkor universitetlarda o'qishni davom ettirishlari va 2 ta diplomga ega bo'lishlari mumkin.

KIUF qulayliklar:
• 2+2 qo'shma diplom dasturi;
• 3+1 qo'shma diplom dasturi;
• 5 dan ortiq Janubiy Koreyada hamkor universitetlar bilan akademik mobillik;
• Malakali va xorijiy professorlardan bilim olish;
• 100 % tan olinadigan 2 ta diplom;
• Janubiy Koreyada texnologiya, muhandislik kompaniyalarida pullik amaliyot o’tash;  
• Xalqaro mutaxassis boʻlish va dunyoga chiqish imkoniyatlari;
• Iqtidorli talabalar uchun ichki stipendiya;


Hujjat topshirish BEPUL!
Til bilish sertifikati talab etilmaydi!

📥Hujjatlar shu yilning 1-avgustiga qadar onlayn shaklda yagona internet portal (qabulkiuf.uz) orqali hamda offlayn shaklda Universitetda qabul qilinadi.

📞Murojaat uchun:
+998954019454 |👩‍💻@Qabul_KIUF
+998954019455 | +998954019456

📌Manzil: Farg'ona Viloyati, Alisher Navoi ko'chasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍1
⚡️ Rasman: 1-avgustdan boshlab talabalar uchun stipendiyalar miqdori 10% oshirildi. Bir necha yildan buyon ish haqi oshsa ham, stipendiya oshmayotgandi.

2025-yil 1-avgustdan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori ham 10 foizga oshirilishi belgilandi. Yaʼni, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori amaldagi 1 mln 155 ming soʻmdan 1 mln 271 ming soʻmga oshirildi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥41🙈1
⚡️Namangan davlat chet tillari institutiga tashrif buyurdik

■ Bugun Namangan viloyatida joylashgan Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida "Talimga oid (perevod) loyihasi muallifi, "Kosonsoyliklar" hamda "Uychilikmiz" hududiy telegram kanal adminlari bilan birgalikda “Kibermakon va yoshlar: globallashuv jarayonida dolzarb muammolar va imkoniyatlar” mavzuda uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda talabalarga bugungi globallashuv davrida kibermakonning yoshlar uchun imkoniyatlar yaratishi, lekin bir vaqtning o‘zida xavf va tahdidlarni ham yuzaga keltirishi ta’kidlandi. Yoshlarning raqamli madaniyatini shakllantirish, internet xavfsizligini ta’minlash va ijtimoiy tarmoqlarda axborotning ishonchliligini oshirish bo‘yicha ma'lumotlar berildi.


■ Bundan tashqari talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga soha vakillaridan javoblar oldilar. Uchrashuvda ishtirokchi talabalar o'qishni ko'chirish masalalari bo'yicha o'zlarini qiziqtirayotgan savollarga bevosita javob olish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

Bundan keyin institut bilan hamkorlik yo'lga qo'yish bo'yicha masalalar ham kelishib olindi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍1🔥1👏1👌1
Forwarded from Firdavs Axmadjanov
Pul bilan o'qishni ko'chirsa bo'ladimi?

Bir davlat oliygohidan boshqasiga o'qishni ko'chirish uchun 2 ta uzrli sabab kerak:

1) Turmush qurish sababli;
2) Davlat xizmatchisining ish joyi o'zgarishi sababli.


Biroq, pul evaziga o'qishni ko'chirib berishni va'da qilayotgan "shaxslar" hali ham uchrab turayotgan ekan. Ular 2 ta uzrli sababga ega bo'lmagan talabalarni ham pul evaziga tanishlari orqali o'qishini ko'chirib berishni va'da berishayotgan ekan. Xizmat haqqi yo'nalishlarga 2000$ dan 10000$ gacha belgilangan emish.

Xo'sh aslida rostan ham pul bilan o'qishni ko'chirsa bo'ladimi?

Senzurasiz ochiq gapiramiz: Pul evaziga o'qishni ko'chirishning mutloq imkoni yo'q. Sizga va'da bergan shaxs pulingizni oladi, ishingizni bitirishni aytib sentabr, oktabr, noyabr va keyingi oylargacha umidlantirib cho'zib yuradi. Har safar turli xil bahonalar bilan oradan bir yil o'tganini sezmay ham qolasiz. Hammasini tushunib yetkaningizda esa ham pulingizni ham vaqtingizni yo'qotganingizni his qilasiz. Pulingizni qaytarib olgan taqdiringizda ham shunchaki axmoq bo'lganingiz qoladi.

"Pul evaziga o'qishni ko'chirish" sxemasi qanday ishlaydi?

Va'da berayotgan shaxs aslida firibgar bo'lib, moddiy ehtiyoji uchun sizdan pul oladi. Ya'ni o'qishingizni perevod qilib berishga ishontiradi va olgan mablag'ini o'zining zarur ehtiyohlari uchun ishlatib yuboradi. Agarda u shaxs xatto sizning tanishingiz bo'lsa ham bu va'dani beryaptimi demak aldayotgan bo'ladi. Sababi buning hech qanday imkoniyati yo'q.

Ushbu firibgarlikning eng keng tarqalgan turi vaqt o'tib pulni to'liq yoki qisman qaytarib berish va sizga osongina "o'xshamay qoldi", "yuqoridagi akaxon ishdan ketib qoldi" kabi mashxur yolg'onlarni ishlatishdir. Pulni qaytarish orqali javobgarlikdan qutulib qolishadi, bu orada sizni pulingizni "aborot" qilingani qoladi.

Falon tanishim pul bilan hal qildiku?!

Xo'sh o'sha tanishingiz rostan ham pul bilan hal qilganiga 100% ishonchingiz komilmi? Balkim u pulini ololmay yurganini sizga aytishdan uyalib shunday degandir? Siz o'sha tanishingizni darslarga borayotganini rostan ham bilasizmi? Rostan ham darslarga boryapti deylik, lekin bu qalbaki hujjatlar natijasida yuzaga keladi va sanoqli kunlarda fosh bo'ladi.

So'nggi yillarda qalbaki hujjatlar bilan davlat oliygohlariga o'qishini ko'chirishga uringan bir qancha talabalar fosh bo'lishdi va xatto javobgarlikka ham tortilishdi.

Ishoning pul bilan o'qishni ko'chirishning imkoni yo'q. Balkim ishonmassiz lekin vaqt o'tib buni tushunib yetasiz. Ana unda kech bo'lgan bo'ladi. Maslahatim bu mavzuga aslo qiziqmang.

©Firdavs Axmadjanov

@Axmadjanoov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍4💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎓 2025/2026-o‘quv yili uchun Osiyo Xalqaro Universitetida qabul boshlandi!

Sizni kutadi:

35 ta bakalavr va 14 ta magistratura, 25 ta ordinatura, 11 ta doktarantura;

200 ta Grant va rektor stipendiyalari;

Chet el amaliyotlari hamda AQSH bilan qo‘shma ta’lim imkoniyati;

Ish va o‘qishni muvozanatlash imkonini beruvchi moslashuvchan dars jadvali;

Karyera markazi orqali ishga joylashish bo‘yicha amaliy ko‘mak.

Hoziroq
ariza topshiring va kelajagingizni mustahkamlang!

🌐 Roʻyxatdan oʻtish: qabul.oxu.uz
📥 Onlayn murojaat uchun: operator

📞Biz bilan bogʻlanish: +998553050009
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
⚡️Endi chet tili sertifikatingizni bo'lmasa o'qishga hujjat topshira olmaysiz

2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

Ya’ni yangi o'quv yilidan boshlab qaysi yo‘nalishda chet tili birinchi fan (3,2 ball) bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga faqat sertifikati borlargina hujjat topshira oladi.

2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga koʻra chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati ilovada (rasm👆).

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4😁1
Oʻqishni koʻchirish uchun soʻngi imkoniyat!

Xorijdan O'zbekistondagi litsenziyaga ega xususiy oliygohlarga oʻqishni koʻchirish (Perevod) uchun so'nggi imkoniyat.2,3,4- kursdan ham oʻqishni koʻchirishingiz mumkin. Kvotalar soni cheklangan!

📂 Ikki tomonlama shartnoma asosida aloqa xatidagi hujjatlarni yetkazib berish xizmati ham yo'lga qo'yilgan.
👉 Murojaat uchun: https://www.tg-me.com/Future_stars4
@Future_stars4

📚 Ta'lim yo'nalishlari:
• Davolash ishi
• Stomatologiya
• Farmasevtika
• Yurisprudensiya
• Iqtisod
• Moliya
• Biologiya
• Pedagogika
• Tarix
• Psixologiya
• Boshlangʻich ta'lim
• Maktabgacha taʼlim
• Konchilik ishi
• Neft gaz

Litsenziya (№2502676 25.06.2024)

☎️ Murojaat uchun:
+998919775303
+998912465303
2👎1
⚡️2-mutaxassislikka qabul qachon bo'ladi?

Amaldagi tartibga ko'ra, 2-mutaxassislikka qabul 10-iyuldan 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.

Bunda nomzodlar onlayn platforma orqali:
— oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
— diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
— hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.

Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

@Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3
⚡️Rasman: Test sinovlarida qatnashish uchun to'lov miqdori ko'tarildi

Oliy ta'limga kirish imtihonlari va o'qishni ko'chirish test sinovlarida qatnashish uchun bu yil abituriyent va "perevodchilar" 206 000 so‘m to‘lov qiladilar.

💵 O'tgan yili test sinovlarida qatnashish uchun to'lov miqdori 187 500 ming so‘m edi, bu yil bu miqdor 206 000 so'mni tashkil etmoqda.

Amaldagi tartibga ko'ra, test sinovlarida ishtirok etish uchun BHM ning 50% miqdori to'lov amalga oshiriladi. O'tgan yili BHM miqdori 370 ming so'mni tashkil etgan. Bu yil BHM miqdori 412 ming so'mga ko'tarilgani sababli test sinovlarida qatnashish 206 000 so'mni tashkil etmoqda.


🔰Quyidagi abituriyentlar to'lovdan ozod etilgan:
o‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
nogironligi bo‘lgan shaxslar;
mehribonlik uylari bolalari;
bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
“Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.


O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎199🗿4🔥1
Forwarded from Ta'limga oid
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: bugundan abituriyentlar qabuli boshlandi

Bugun, 5-iyun kuni, davlat oliygohlarida abituriyentlar qabul boshlandi. Qabul jarayonlari my.uzbmb.uz saytida 25-iyungacha bo‘lib o‘tadi.

ESLATMA: hozircha faqat fanlar majmuasi tanlanadi xolos. Ya’ni abituriyent qaysi fandan test topshirishini belgilaydi. Lekin universitet yoki yo'nalish tanlamaydi.

Test natijalari to‘liq chiqib bo‘lgach, abituriyent o‘zi to‘plagan ballga qarab, keyinchalik qaysi oliygoh va qaysi yo‘nalishni tanlashni o‘zi hal qiladi.


Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:

@Talimgaoid
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: 2025/2026-o'quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi.

NIU bugun O‘zbekiston yoshlari uchun 2 milliard so‘mlik GRANT ajratgan zamonaviy va xalqaro standartlarga mos universitet! 18 ta bakalavriat yo'nalishlari, 3 ta magistratura mutaxassisliklari — har biri real kasb, haqiqiy imkoniyat!

O‘zbekistonda qolib, xalqaro standartdagi bilim olishni xohlaysizmi? NIU – siz izlayotgan maskan!

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari
Magistratura mutaxassisliklari

Litsenziya ( № 755472 06.08.2022 )

📞 +998555000043
Ro'yxatdan o'tish uchun havola: USTIGA BOSING

Bizning manzillar:
📌 Navoiy viloyati, Karmana tumani, Toshkent ko'chasi 39-uy
📌 Surxondaryo viloyati, Sho'rchi tumani, Oqkamar MFY, Mustaqillik ko'chasi 64-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
✈️Telegram | 📷Instagram | 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7
#Xushxabar

⚡️Test sinovlari uchun to‘lov miqdori oshmaydigan bo'ldi!

Xabaringiz bor, oliy ta’limga kirish va o‘qishni ko‘chirish test sinovlarida ishtirok etish uchun BHMning 50 foizi miqdorida to‘lov amalga oshiriladi.

Yaqinda BHM oshirilishi e'lon. Lekin, bu yangi miqdor 1-avgustdan boshlab kuchga kiradi.

Bu nimani anglatadi?
Abituriyentlar test uchun to‘lovni eski narxda – (187 500 so‘m) amalga oshirishlari mumkin.

⚠️ Qisqasi, test uchun to‘lov oshmaydi, ammo 1-avgustdan keyin BHM asosidagi to‘lovlar ko‘tariladi.

Eslatma: quyidagi abituriyentlar to'lovdan ozod etilgan:
o‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
nogironligi bo‘lgan shaxslar;
mehribonlik uylari bolalari;
bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
“Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.


O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13👍3🔥1👏1
💚
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥17
Iyd Qurbon hayitingiz muborak bo’lsin! 🌙

🌍@Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
123🔥2💘1
2025/07/13 10:32:21
Back to Top
HTML Embed Code: