Telegram Web Link
#Edu_arabia

⚡️MADINA ISLOM UNIVERSITETI haqida (1-qism)

Ushbu oliygoh Saudiya Arabistonining Madina shahrida joylashgan eng yirik va nufuzli islom universitetlaridan biri hisoblanib, Saudiya qirolining farmoni bilan 1961-yil 6-sentabrda tashkil etilgan.


Universitet o'quv rejasiga dunyoviy fanlarni kiritgan boshqa islom universitetlaridan farqli oʻlaroq, oliygohda faqat diniy fanlar:

🗄 Qurʼonshunoslik;
🗄 Fiqh;
🗄 Hadisshunoslik
🗄 Daʼvat va din asoslari
🗄 Arab tili taʼlim beriladi.

🎓Arab tilini bilmaydiganlar uchun universitet ikki yillik tayyorgarlik kurslarini taklif etadi.

Universitetda bakalavr taʼlimi 4 yil davom etib, o'qishni tamomlagandan soʻng talabaga bakalavr unvoni beriladi. Shuningdek, islom fanlari magistri va islom fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun keyingi taʼlim olish imkoniyatini beriladi.

🔴AFZALLIKLARI:
🗄O'qish budjet asosida (hech qanday kontrakt to'lovi yo'q;
🗄Viza hamda chipta to'lovlari universitet hisobidan beriladi;
🗄Talabalarga stipendiya to'lanadi;
🗄Bepul uy-joy bilan ta'minlanadi;
🗄Uyga qaytish uchun bepul aviachiptalar beriladi;
🗄Har bir talaba universitet hisobidan bir marta Makkaga Haj qilish huquqiga ega;
🗄Har kuni asr namozidan keyin, shuningdek, juma kuni bepul avtobuslar universitet binosidan chiqib, talabalarni Al-Masjid an-Nabaviy masjidiga olib boradi. Xufton namozidan keyin talabalar universitetga qaytariladi;
🗄Har yili yozda talabalarga uylariga borishga ruxsat beriladi.
🕌 Yuqoridagi Masjid an-Nabaviy payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.) masjidlari hisoblanib, ushbu masjidda o'qilgan bir rakat namoz boshqa joylarda o'qilgan 1000 rakat namozdan afzalroq hisoblanadi. Ya'ni talabalar ham o'qish ham ulkan savobga ega diniy ibodatlarni ham bemalol bajarish imkoniyatiga egalar.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍@Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🥰21🔥1
⚡️Talaba GPA balini hisoblash

Xemis tizimida talabalarning GPA balini hisoblash funksionali takomillashtirildi.

Tizimning joriy versiyasida zaruriy o‘quv yilini tanlab aynan o‘sha o‘quv yili uchun alohida hisoblashni amalga oshirish mumkin.

👉 (1) raqamli o‘quv yili faqatgina talabalarni filtrlab ro‘yxatini chiqarish uchun ishlatiladi.

👉 (2) raqamli o‘quv yili esa aynan qaysi yil uchun GPA balini hisoblashni belgilaydi.

❗️Har bir o‘quv yili uchun GPA balini ro‘yxatdagi Hisoblash yozuvini bosish orqali ham hisoblash mumkin.


O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2👏1
⚡️Qaysi ta'lim shakliga o'qishni ko'chirish mumkin-u, qaysinga mumkin emas?

📝O'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar ushbu jadvaldan foydalanishlari tavsiya etiladi. Bir necha yildan beri ushbu ta'lim shakllararo o'qishni ko'chirishga ruxsat etib kelinmoqda.

Jadvalda ko'rsatilmagan MASOFAVIY ta'lim shaklidan sirtqi ta'lim shakliga o'qishni ko'chirish mumkin.

➡️O'tish ballari
➡️Imtihon tartibi

O'qishni ko'chirishga oid xabarlar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Bilasizmi

⚡️ Axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishi bitiruvchilari qaysi tashkilotlarda va lavozimlarda ishlashi mumkin?


Axborot texnologiyalari (IT) va dasturlash sohasi
IT Park Uzbekistan
Xususiy IT-kompaniyalar (EPAM, Exadel, DataSite va boshqalar)
Davlat idoralarining IT bo‘limlari
Banklar va sug‘urta kompaniyalari (Kapitalbank, Uzcard, Humo)

🌠 Lavozimlar:
Dasturchi (Backend, Frontend, Full Stack Developer)
Ma’lumotlar tahlilchisi (Data Analyst, Data Scientist)
Axborot tizimlari muhandisi
IT-loyiha menejeri


Kiberxavfsizlik va tarmoq texnologiyalari
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Davlat va xususiy sektor tarmoq xavfsizligi bo‘limlari
Xalqaro IT xavfsizlik kompaniyalari

🌠 Lavozimlar:
Kiberxavfsizlik mutaxassisi
Tarmoq administratori (Network Administrator)
Kriptografiya bo‘yicha mutaxassis
IT-audit va axborot xavfsizligi eksperti


Sun’iy intellekt va avtomatlashtirish
AI va Machine Learning kompaniyalari
Robototexnika va aqlli tizimlar markazlari
Davlat idoralari va bank sektoridagi AI bo‘limlari

🌠 Lavozimlar:
Sun’iy intellekt bo‘yicha mutaxassis
Ma’lumotlar olimi (Data Scientist)
Avtomatlashtirish bo‘yicha injener
IoT (Internet of Things) muhandisi


Bank, moliya va sug‘urta sohasi
Markaziy bank va tijorat banklari
Sug‘urta kompaniyalari
FinTech kompaniyalari

🌠 Lavozimlar:
FinTech dasturchisi
Blokcheyn texnologiyalari mutaxassisi
Moliyaviy tahlilchi (Financial Analyst)
Risk-menejer (Risk Manager)

Davlat idoralari va tahlil markazlari
Davlat xavfsizlik xizmati
Prokuratura organlari
Ichki ishlar vazirligi
Kiberxavfsizlik tashkilotlari
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Statistika qo‘mitasi

🌠 Lavozimlar:
Axborot tizimlarini boshqarish mutaxassisi
IT-tahlilchi (IT Analyst)
Raqamli transformatsiya bo‘yicha mutaxassis


● Xususiy biznes va tadbirkorlik

🌠 Lavozimlar:
IT-startap asoschisi
Axborot texnologiyalari konsalting kompaniyasi rahbari
Sun’iy intellekt va avtomatlashtirish bo‘yicha tadbirkor
IT-ta’lim markazi asoschisi


XULOSA

Axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishida tahsil olganlar IT, bank-moliya, davlat idoralari, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik sohalarida ishlashlari mumkin. Zamonaviy texnologiyalarni chuqur o‘rganish global IT-kompaniyalarda ishlash imkoniyatini oshiradi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍@Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
⚡️Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlarini 28-mart kuni o'tkaziladi

DIQQAT: test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar ro‘yxati, test sinovi o‘tkaziladigan hududlar va test sinovlarini boshlanish vaqti haqidagi maʼlumotlar qo‘shimcha ravishda test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan muddatdan kamida 3 kun oldin eʼlon qilinadi.

⚠️ Izoh: test sinovlarini o‘tkazish muddatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, bu haqda qo‘shimcha maʼlumot beriladi.

➡️ Nostrifikatsiya haqida batafsil

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
⚡️Qanday holatda talabalar stipendiyadan ajralishi mumkin?

Hozirgi kunda O‘zbekiston talabalari uchun stipendiya miqdori 517.880 so‘m etib belgilangan. Oddiy holatlarda davlat grantida o‘qiydigan yoki stipendiyali kontrakt to‘laydiganlar shuncha stipendiya olishadi.

Semestr davomida barcha fanlarni aʼlo, yaʼni “5” baho bilan (86 ball va undan yuqori to‘plagan) tamomlagan talabalarga 6 oy – 1 semestr davomida stipendiyaning 20 %i miqdorida 103.576 so‘m qo‘shimcha stipendiya belgilanadi. Shunda talaba 621.456 so‘m stipendiya olishi mumkin.

Lekin semestr davomidagi fanlarni 30% va undan kam o‘zlashtirsa, yaʼni yakuniy nazoratlarning 30%ida “3” baho olsa (masalan, 1 semestr davomida 6 ta fan o‘tiladigan boʻlsa, talaba ularning 2 tasidan “3” baho olsa, 33,(3) %ini o‘zlashtirmagan hisoblanadi), semestr davomida stipendiyadan ajraladi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51💔1
🇺🇿 Barcha yillar nomlari. Saqlab qo'ying kerak bo'lishi mumkin:

1991-yil — Alisher Navoiy yili
1992-yil — Hamshiralar yili
1993-yil — Ahmad Yassaviy yili
1994-yil — Mirzo Ulug‘bek yili
1995-yil — Ibn Sino yili
1996-yil — Amir Temur yili
1997-yil — Inson manfaatlari yili
1998-yil — Oila yili
1999-yil — Ayollar yili
2000-yil — Sog‘lom avlod yili
2001-yil — Onalar va bolalar yili
2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili
2003-yil — Obod mahalla yili
2004-yil — Mehr-muruvvat yili
2005-yil — Sihat-salomatlik yili
2006-yil — Homiylar va shifokorlar yili
2007-yil — Ijtimoiy himoya yili
2008-yil — Yoshlar yili
2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili
2010-yil — Barkamol avlod yili
2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
2012-yil — Mustahkam oila yili
2013-yil — Obod turmush yili
2014-yil — Sog‘lom bola yili
2015-yil — Keksalarni e’zozlash yili
2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili
2017-yil — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili
2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili
2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili
2020-yil — Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili
2021-yil — Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili
2022-yil — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
2023-yil — Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili
2024-yil — Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili
2025-yil — Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🥰1
#Bilasizmi

⚡️ Metrologiya va standartlash yo‘nalishi bitiruvchilari qaysi tashkilotlarda va lavozimlarda ishlashi mumkin?


Metrologiya va standartlash sohasi
O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti
Davlat standartlashtirish agentligi (O‘zstandart)
Sifat nazorati va sertifikatlashtirish markazlari
Xalqaro standartlashtirish tashkilotlari (ISO, IEC va boshqalar)

🌠 Lavozimlar:
Metrolog mutaxassis
Standartlashtirish bo‘yicha muhandis
Sifat menejeri
Sertifikatlashtirish bo‘yicha ekspert


● Davlat idoralari va sanoat korxonalari
Energetika va sanoat korxonalari (Uzbekenergo, UzAuto Motors)
Neft va gaz sohasidagi zavodlar (Uzbekneftegaz, Lukoil)
Davlat inspeksiyalari (Sanoatgeokontekhnazorat va boshqa nazorat organlari)

🌠 Lavozimlar:
Sanoat metrologiyasi bo‘yicha mutaxassis
Sifat nazorati bo‘limi xodimi
Davlat inspeksiyasi vakili

● Ilmiy tadqiqot va innovatsiya markazlari
Akademik tadqiqot institutlari
Innovatsion texnologiyalar markazlari
Metrologiya va standartlashtirish bo‘yicha ilmiy laboratoriyalar

🌠 Lavozimlar:
Ilmiy tadqiqotchi
Kalibrlash laboratoriyasi muhandisi
Texnik me’yorlashtirish bo‘yicha mutaxassis


● Xususiy sektor va xalqaro tashkilotlar
Xususiy sertifikatlashtirish kompaniyalari
Xalqaro sifat menejmenti kompaniyalari
Texnologiya va ishlab chiqarish korxonalari

🌠 Lavozimlar:
Sifat menejmenti bo‘yicha maslahatchi
Texnik standartlashtirish bo‘yicha mutaxassis
Xalqaro sifat auditori


● Tadbirkorlik va xususiy biznes
🌠 Lavozimlar:
Metrologiya xizmatlari ko‘rsatadigan xususiy kompaniya rahbari
Sifat va sertifikatlashtirish konsalting markazi asoschisi
Kalibrlash laboratoriyasi rahbari


XULOSA

Metrologiya va standartlash yo‘nalishida tahsil olganlar davlat idoralari, sanoat korxonalari, xalqaro tashkilotlar va xususiy sektorda faoliyat yuritishlari mumkin. Ushbu sohada zamonaviy bilimlar va xalqaro standartlarni o‘zlashtirgan mutaxassislar global bozorga chiqish imkoniyatiga ega.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
⚡️Kontraktni to’liq to’lamaganlarni yakuniy yoki oraliqlarga kiritmaslikka OTM mas’ullarining haqqi bormi?

Yo’q bunga haqqi yo’q, yakuniy va oraliqlarga talabani kiritmaslik uchun kontraktni to’lamaslik asos bo’la olmaydi. Agar talaba umuman kontrakt to’lamagan bo’lsa uni talabalar safidan chetlatishi mumkin xolos.

Talabani oraliqqa yoki yakuniyga kiritmaslik, ataylab fandan yiqitish, darsga kiritmay nb qo’yib qo’yish, va boshqa g’ayriqonuniy harakatlar amalga oshirish umuman mumkin emaa.

📑 Kontrakt to'lash muddatlari:

Abituriyentlar uchun kontraktning 25 foizini – 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha)
ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun – 1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);
To‘lov miqdorining kamida 50 foizi – 1 yanvargacha;
Kontraktning 75 foizi – 1-martgacha;
Kontraktning 100 foizi – 1-maygacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

🟢xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥4
O'qishni ko'chirish uchun majburiy fandan tushgan test savollari

#01 Qaysi allomaning 1998-yilda 1200-yilligi nishonlagan?
Anonymous Quiz
21%
Ahmad Yassaviy
38%
Imom al-Buxoriy
30%
Ahmad al-Farg'oniy
11%
Abu Ali ibn Sino
92🔥2👍1👏1
O'qishni ko'chirish uchun majburiy fandan tushgan test savollari:

#02 Buxoro amirligida nomuntazam qo'shin qanday nomlangan?
Anonymous Quiz
10%
Qoravul
45%
Qoracherik
10%
Askar
35%
Sarboz
👍53🔥1
O'qishni ko'chirishda majburiy blokdan tushgan savollar

#03. To'gri yozilgan so'zlar qatorini toping
Anonymous Quiz
11%
Suxbat, tamon
59%
Isnod, daromad
20%
Sanoat, manaviyat
9%
Torovat, inshaot
👍105👏42🔥1
#Bilasizmi

⚡️Yurisprudensiya yo‘nalishi bitiruvchilari qaysi tashkilotlarda ishlashlari mumkin?

● Davlat tashkilotlari
O'zbekiston Prezidenti administratsiyasi
Vazirlar Mahkamasi va barcha vazirliklar
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar
Davlat xavfsizlik xizmati
Prokuratura organlari
Ichki ishlar vazirligi
Sud idoralari (Fuqarolik, Jinoyat, Ma'muriy sudlar)
Boshqaruv va mahalliy hokimliklar
Davlat Soliq qo‘mitasi
Bojxona qo‘mitasi
Kadastr qo‘mitasi
Tashqi ishlar vazirligi
Davlat inspeksiyalari (Sanoatgeokontekhnazorat, migratsiya nazorati va boshqalar)
Notarial idoralar
Advokatura
Har qanday tashkilotlar
Banklar
Mehnat va bandlik munosabatlari


Xususiy sektor
Advokatlik byurolari
Xususiy yuridik firmalar (KPMG, Deloitte, PwC, EY kabi xalqaro firmalar)
Korporativ yuridik bo‘limlar (UzAuto Motors, Artel, Coca-Cola)
Banklar va moliyaviy tashkilotlar (Ipoteka bank, Kapital bank, Xalq banki)
Sertifikatlashtirish va konsalting kompaniyalari


Ilmiy va ta’lim muassasalari
Toshkent davlat yuridik universiteti
Barcha turdagi ta'lim muassasalari
Huquqiy tadqiqot institutlari
Akademik markazlar


XULOSA

Yurisprudensiya yo'nalishi bitiruvchilari juda keng imkoniyatga ega bo'lib, o'qishni tamomlagandan so'ng har qanday tashkilot va muassaslardan ish topishlari mumkin. Eng muhimi orttirilgan bilim va ko'nikmalar orqali o'zlari istagan sohaga ishga kirishlari yanada osonlashadi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥1
#Bilasizmi

⚡️Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi bitiruvchilari qaysi tashkilotlarda ishlashlari mumkin?

● Davlat tashkilotlari
O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi
Vazirlar Mahkamasi va barcha vazirliklar
Tashqi ishlar vazirligi
Savdo-sanoat palatasi
Davlat bojxona qo‘mitasi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari va konsulliklari
Davlat inspeksiyalari (Masalan, xalqaro aloqalar bo‘yicha)
Parlament va xalqaro siyosat bilan bog‘liq idoralar


● Xususiy sektor
Xalqaro tashkilotlar (BMT, OSCE, UNDP, UNICEF)
Xalqaro kompaniyalar va korporatsiyalar (Coca-Cola, UzAuto Motors, Artel kabi)
Xususiy yuridik firmalar va konsalting kompaniyalari
Savdo va eksport-import tashkilotlari
Banklar va moliyaviy muassasalar (ayniqsa, xalqaro operatsiyalarga ixtisoslashgan)
Xalqaro bozorlar bilan ishlovchi marketing va menejment agentliklari


● Ilmiy va ta’lim muassasalari
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Barcha turdagi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari
Akademik va xalqaro tadqiqot markazlari


XULOSA

Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi bitiruvchilari uchun ish imkoniyatlari juda keng. Davlat tashkilotlaridan tortib xususiy kompaniyalargacha, har bir tashkilot xalqaro aloqalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarga ehtiyoj sezadi. Muhimi, malaka va chet tillarini bilish orqali bitiruvchilar har qanday sohaga bemalol kirib borishlari mumkin.


O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥4🥰1
O'qishni ko'chirishda majburiy blokdan tushgan savollar

#04. Jarangsiz undoshlar qator kelgan so'zni belgilang.
Anonymous Quiz
34%
Faxm
19%
Razm
22%
Qand
25%
Baxt
👍12👎11
O'qishni ko'chirishda majburiy blokdan tushgan savollar

#05. Qo'shib yoziladigan so'zlar qatorini toping
Anonymous Quiz
8%
Aytib//yubordi; bodom//qovoq
81%
Havo//rang; umum//xalq
6%
To'y//tomosha; ishladi//qo'ydi
5%
Tim//qora; ikki//kilogram
6👍6
O'qishni ko'chirishda majburiy blokdan tushgan testlar

#06. 1929-yil yanvarda AQSHda bo'lib o'tgan prezidentlik saylovida g'olib chiqqan shaxni toping.
Anonymous Quiz
42%
Franklin Ruzvelt
18%
Vudro Vilson
29%
Teador Ruzvelt
12%
Gerbert Guver
👍6👎3
#07. Qadimgi kassiy qabilalari hozirgi qaysi davlat hududida yashagan?
Anonymous Quiz
25%
Hindiston
27%
Ispaniya
38%
Eron
10%
Italiya
👍7
#08. Qaysi shahar "Islom dinining gumbazi" va "Islom dinining quvvati" nomlari bilan ulug'langan?
Anonymous Quiz
31%
Samarqand
57%
Buxoro
9%
Xiva
3%
Toshkent
👍4👏3
2025/07/14 16:08:00
Back to Top
HTML Embed Code: