Telegram Web Link
#Tayinlov

⚡️Bir qator oliy ta’lim muassasalarida prorektor lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi:

Bozorov Oybek Odilovich Qo‘qon davlat universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga;

Akramov Abduvali Mamatxonovich Namangan davlat texnika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga;

Bo‘tayev Usmonjon Xayrullayevich Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga;

Dehqonov Sherzod Abdumutalibovich
Farg‘ona davlat texnika universiteti yoshlar masalalari, maʼnaviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori lavozimiga;

Siddiqov Jahongir Nosirulloyevich Andijon davlat chet tillari institutining yoshlar masalalari, maʼnaviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori lavozimiga;

Sherboyev Murodjon Foziljon oʻgʻli Andijon davlat texnika institutining yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlandi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32
#RasmiyMunosabat

Talabalarga majburiy forma joriy etilmaydi!

Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki barcha universitet va institut talabalari uchun yagona "talaba formasi" joriy etilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va noto‘g‘ri talqin etilayotganini ma’lum qilamiz.

Aslida, tarqalgan xabar asos qilib keltirilayotgan hujjat – Vazirlar Mahkamasining muhokamadagi qaror loyihasiga ilova qilingan "Oliy ta’lim tashkiloti brendini yaratish to‘g‘risidagi nizom" bo‘lib, mazkur nizom har bir oliy ta’lim tashkilotining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi brend va imij konsepsiyasini shakllantirishga xizmat qilishi nazarda tutilgan. Nizom loyihasida talabalar uchun yagona forma joriy etilishi yoki majburiy tartibda talab etilishiga doir hech qanday norma mavjud emas.

Aksincha, oliy ta’lim muassasalari o‘zining tarixi, vazifasi, madaniy qadriyatlari va hududiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, o‘ziga xos korporativ uslub va ramzlarini ishlab chiqish huquqiga ega. Bunga ta’lim tashkilotlarining individual imijini shakllantirishga qaratilgan tashabbus sifatida qaralishi lozim. Shu bilan birga, estetik, gigiyenik yoki tashqi ko‘rinishga oid tavsiyalar faqat ixtiyoriy xarakterga ega bo‘lib, ularni joriy etish yoki qo‘llashning amaliy jihatlari har bir ta’lim muassasasining ichki qarorlariga bog‘liq. Ya’ni, mazkur Nizom loyihasi doirasida maxsus forma joriy etish yoki uni majburiy tartibda talab qilish umuman nazarda tutilmagan.

Shu bilan birga, korporativ uslub va brend elementlari (logotip, rang sxemasi va h.lar) shakllantirish tashabbusi universitetlarni nafaqat mahalliy, balki xalqaro maydonda ham samarali targ‘ib etish, ularning raqobatbardoshligini oshirish hamda nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bunday yondashuv dunyo tajribasida ham ta’lim muassasalarining marketing strategiyasining muhim qismi sifatida qaraladi.

Oliy ta’lim tashkilotlarida har bir talabaning shaxs sifatidagi erkinligi va huquqlari Konstitutsiya va amaldagi qonunchilikka muvofiq himoya qilinadi. Vazirlik barcha axborot manbalarini mas’uliyat bilan yoritishga chaqiradi va rasmiy ma’lumotlarga tayanib harakat qilishni tavsiya etadi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11👏1
AQSh bo‘ylab virtual sayohat.

Hozirda minglab odamlar Google Street View orqali virtual furgonni boshqarib, AQSh bo‘ylab sayohat qilmoqda. Har kim ushbu sayohatga qo‘shilishi mumkin – “Internet Roadtrip” loyihasi barcha uchun ochiq.

Qanday ishtirok etish mumkin?
Ishtirokchilar birgalikda yo‘nalishni tanlash uchun ovoz beradi va chat orqali kelishib oladi. Furgonni boshqarish Google Street View’dagi tasvirlar asosida amalga oshiriladi, bu esa real sayohat hisini yaratadi. Sayohat davomida yoqimli radio eshitiladi, bu esa jarayonni yanada qiziqarli qiladi.

Bu loyiha Neal.fun platformasida ishga tushirilgan bo‘lib, foydalanuvchilarga birgalikda virtual dunyo bo‘ylab sayr qilish imkonini beradi. U 2018-yilda Matthew Muspratt’ning Google Street View’da 3700 milya masofani bosib o‘tgan tajribasidan ilhomlangan.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
⚡️Davlat xavfsizlik xizmatida (DXX) ishlash uchun qanday talablar keltirilgan:

1. Oliy ma'lumot: DXXga ishga kirish uchun oliy ma'lumot talab qilinadi. Ko'pincha yuridik, xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, harbiy fanlar, xorijiy tillar yoki boshqa tegishli sohalardagi mutaxassisliklar afzal hisoblanadi (harbiy xizmatni o'tagan bo'lishi kerak). Umuman olganda barcha yo'nalishlarni bitirib hujjat topshirish mumkin.

2. Maxsus tayyorgarlik: Nomzodlar maxsus tayyorgarlikdan o'tishi kerak. Bu tayyorgarlik DXXning o'ziga xos talablari va faoliyat yo'nalishlariga mos keladi. Unda jismoniy tayyorgarlik, maxfiy ma'lumotlar bilan ishlash qobiliyati va xavfsizlik choralariga rioya qilish ko'nikmalari rivojlantiriladi.

3. Jismoniy va psixologik tayyorgarlik: DXXning ko'p vazifalari yuqori jismoniy va psixologik chidamlilikni talab qiladi. Nomzodlar tibbiy va psixologik ko'rikdan o'tishi lozim.

4. Qonunchilik va xavfsizlik sohasidagi bilimlar: Davlat xavfsizligi, jinoyat huquqi, konstitutsiyaviy huquq, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, hamda razvedka va kontrrazvedka faoliyatlari bo'yicha chuqur bilimlar talab qilinadi.

5. Maxfiylikni saqlash qobiliyati: DXX xodimlaridan yuqori darajada maxfiylik va davlat sirlarini saqlash qobiliyati talab qilinadi. Buning uchun maxsus ishonchlilik tekshiruvidan o'tkaziladi.

6. Tillarni bilish: O'zbek tilini mukammal bilish talab etiladi. Xorijiy tillar, ayniqsa, rus, ingliz, va boshqa strategik tillarni bilish katta afzallik hisoblanadi.

7. Xarakter va psixologik xususiyatlar: Xavfsizlik xizmati xodimlari yuqori darajadagi intizom, mas'uliyat, sinchkovlik va stressga chidamli bo'lishi kerak.

8. Ish tajribasi: Ba'zan boshqa davlat idoralarida, jumladan harbiy xizmatda yoki huquqni muhofaza qilish organlarida ishlash tajribasi afzal ko'riladi.

DXXga ishga kirish jarayoni qattiq seleksiya va ko'p bosqichli tekshiruvlarni o'z ichiga oladi, bu jarayonda har bir nomzodning yuridik, jismoniy va psixologik holati sinovdan o'tadi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥21
#Tayinlov

⚡️ Bir qator oliy ta’lim muassasalarida prorektor lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi:

Bozorov Oybek Odilovich Qo‘qon davlat universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga;

Akramov Abduvali Mamatxonovich Namangan davlat texnika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga;

Bo‘tayev Usmonjon Xayrullayevich Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga;

Dehqonov Sherzod Abdumutalibovich
Farg‘ona davlat texnika universiteti yoshlar masalalari, maʼnaviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori lavozimiga;

Siddiqov Jahongir Nosirulloyevich Andijon davlat chet tillari institutining yoshlar masalalari, maʼnaviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori lavozimiga;

Sherboyev Murodjon Foziljon oʻgʻli Andijon davlat texnika institutining yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlandi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O'zbekistondagi TOP-3 ta ta'lim yo'nalishlari

Bugungi kunda eng talabgor, hamisha ish topish mumkin bo'lgan, ham davlat va xususiy sektorlarda ishlab, yaxshigina daromad topish mumkin bo'lgan yo'nalishlar qaysi ekanligini bilasizmi?

Sizning-cha, yana qaysi ta'lim yo'nalishlari uzoq vaqt dolzabrligini yo'qotmay kela oladi? Izohlarda fikringizni yozib qoldiring!

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32👍2👌1💯1
⚡️Qabul jarayonlari boshlanishiga 8 kun vaqt qoldi!

Amaldagi qonunchilikka ko'ra, nodavlat oliy ta'lim tashkilotlariga qabul jarayonlari har yili iyun-sentabr oylarida bo'lib o'tishi belgilangan. 1-iyun sanasidan rasman qabul jarayonlari boshlashga ruxsat berilgan.

Demak, 8 kundan so'ng nodavlat oliy ta'lim muassasalariga 2025/2026 o'quv yili uchun rasman qabul jarayonlari boshlanadi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5😁31🔥1
⚡️Oliy ta'lim vazirligi tomonidan kanallarga ulanish bo'yicha OTMlarga tavsiyaviy xat

Respublikadagi barcha davlat va xususiy oliygohlarga vazirlik axborot xizmati rahbari nomidan "Media Affairs" MCHJ tasarrufiga kiruvchi "Platina.uz" sayti, "Masofa ta'lim" va "Pressuzb" telegram kanallari bilan tijoriy (pullik) hamkorlik yo'lga qo'yish bo'yicha tavsiya xati yuborilibdi.

Ushbu xatga ilova qilib "Media Affairs" MCH rahbari direktori tomonidan 1-may sanasida Oliy ta'lim vaziri Q. Sharipovga yuborilgan TIJORIY hamkorlik yuzasidan tasarrufidagi barcha OTMlar bilan hamkorlik o'rnatishda amaliy yordam berishini so'rab yo'llagan murojaati ham ilova qilingan.


Avvalroq, Revizor telegram kanali Toshkent shahar Yoshlar ishlari boshqarmasi 2024-yil 11-dekabr kuni boshqarma hamda “Media Affairs” MCHJ o‘rtasida umumiy qiymati 534,7 million so‘mlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri bitim imzolangani, tadbir piari uchun sarflangan mablag‘ miqdori natijaga nisbatan juda yuqori ekanligi hamda piar  faoliyatlar uchun sarflanayotgan davlat mablag‘larining natijadorligi jiddiy baholanishi zarurligini ta'kidlagan edi.

Bugun vazirlik tomonidan aynan mana shu MCHJ bilan tijoriy hamkorlik masalalarini o'rnatish yuzasidan OTMlarga tavsiyaviy xat yuborilgan. Bu esa bir qancha savollarga o'rtaga tashlamoqda. Mutasaddilardan rasmiy munosabat kutib qolamiz!

Mavzuga oid 1-maqola
Mavzuga oid 2-maqola

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🤬21🔥1👏1💯1😨1
26_may_test_candidates.pdf
462.9 KB
⚡️Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2025-yil 26-may kuni o‘tkaziladi.

📋 Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiradigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi PDF faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).

🖋Izoh: Talabgorlar turli sabablarga ko'ra test topshirish hududini yoki test topshirish tilini o'zgartirish uchun https://www.tg-me.com/NostrifikatsiyaBBA_bot manzili orqali (ariza raqami, ism, familiya va sharifini keltirgan holda) murojaat qilishlari mumkin.

📍Test o'tkaziluvchi hududlar

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21😁1
⚡️O‘zbekistonliklar ko‘proq ta'limga pul sarflashmoqda

Jumladan, o‘tgan davrda aholi tomonidan eng ko‘p mablag‘ ta’lim sohasiga tikildi.

Keyingi o‘rinlarda esa uy-joy ta’miri va davolanish uchun harajatlar turibdi.

Shuningdek, kelgusida uy remonti uchun ta’limdan ko‘ra ko‘proq sarflashlari prognoz qilinmoqda.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1211🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎓Osiyo Xalqaro Universiteti 2025-2026-oʻquv yili uchun abituriyentlarni qabul qilishni boshladi!

Agar siz xalqaro standartlarga, amaliyotga yoʻnaltirilgan zamonaviy universitetda ta’lim olishni istasangiz — bu imkoniyat aynan siz uchun!

📌Endilikda OXUda umumiy 35 ta bakalavr va 14 ta magistratura yoʻnalishlari mavjud.

🎓 Kunduzgi, kechki va masofaviy shakllarda tahsil olish imkoniyati mavjud.

2025-2026-oʻquv yilida:

• yoʻnalishlar soni 90 taga yaqin – har bir qiziqishga mos tanlov;
200 ta grant o‘rni – bilimli, iqtidorli va faol yoshlarga bepul ta’lim imkoniyati;
2+2 / 1+3 qo‘shma dasturlar (AQSH bilan) – xalqaro darajadagi diplomni qoʻlga kiritish imkoniyati;
chet elda amaliyotlar – talabalar nazariyani real tajriba bilan mustahkamlashadi.


Sizni yana bundan-da koʻplab imkoniyatlar kutmoqda!

OXU – bu siz orzu qilgan kelajak sari qat’iy qadam!

Litsenziya (№715238, 10.11.2022)

🌐 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz

📞 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun biz bilan bog'laning:

+998553050009

Telegram | Instagram | YouTube

Reklama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31👏1😁1
#Sõragan_edingiz

⚡️Ta'lim krediti olgan talabaning o'qishini ko'chirishda muammo bo'lmaydimi?

Ta'lim krediti asosida tahsil olayotgan talaba boshqa ta'lim muassasasiga o'qishini ko'chirsa birorta muammoga duch kelmaydimi degan savolga javob:

Ta'lim krediti olishning o'qishni ko'chirish jarayonlariga hech qanday aloqasi yo'q. Ya'ni ta'lim krediti olganligingiz sababli o'qishni ko'chira olish huquqingiz cheklanmaydi.

Ta'lim krediti asosida o'qiyotgan bo'lsangiz va boshqa OTMga o'qishingizni ko'chirsangiz bunda ham muammo mavjud emas. Muhimi siz ta'lim kreditini vaqtida to'lab borishingiz kerak.

Bu yerda ahamiyat beradigan bir jihat mavjud. Aslida ta'lim krediti 3 tomonlama shartnoma (talaba, OTM va bank) asosida tuziladi. Qoida bo'yicha shartnoma tomonlaridan biri (OTM♧ almashsa kredit shartnomasiga ham o'zgartirish kerak, lekin to'lovlarni vaqtida to'lasangiz va bu haqida bankni ogohlantirishingiz ham shart emas.

Xulosa qiladigan bo'lsak, ta'lim krediti o'qishni ko'chirish jarayonlariga bevosita ta'sir qilmaydi. Xavotirga asos yo'q.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍63🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro taʼlim, zamonaviy yoʻnalishlar va kuchli ustozlar – barchasi Toshkent Kimyo xalqaro universitetida!

⚠️Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (sobiq Yeodju) va uning Namangan hamda Samarqand filiallari 2025/2026 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi.

🔹38 ta bakalavriat yo‘nalishlari
🔹Ta’lim tillari: o‘zbek, rus va ingliz
🔹Ta’lim shakllari: kunduzgi, sirtqi, kechki va ikkinchi mutaxassislik yo‘nalishlari

🌍 Nega aynan KIUT?

✔️ Rasmiy LITZENZIYAGA ega (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasdig‘i bilan)
✔️ Xalqaro akkreditatsiya: KAZSEE va IQAA
✔️ Dunyoning nufuzli oliygohlari bilan hamkorlik va talabalar almashinuvi dasturlari
✔️ AQSh, Angliya, Misr, Italiya, Janubiy Koreyadan tajribali professorlar bilan darslar
✔️ Grant va chegirmalar tizimi mavjud

✔️Universitet taʼlim yoʻnalishlari, shartnoma narxlari va kirish imtihonlari haqida batafsil maʼlumot: www.kiut.uz

Hujjat topshirish uchun:

📌 Bakalavriat: https://admission.kiut.uz

📞 Qo‘shimcha ma’lumot: +99878 129-40-40 (ichki raqam 1)

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥1👏1🤬1
⚡️Tibbiyot yo'nalishlariga o'qishni ko'chirish tartibi haqida

Xorijdan va yurtimizdagi nodavlat oliygohlardan davlat OTMlarining tibbiyot yo'nalishlariga o'qishni ko'chirish 2 ta mutaxassislik hamda 3 ta majburiy fanlardan test asosida bo'lib o'tadi.

Test sinovlari jami 90 ta savoldan iborat:
● 2 ta mutaxassislik fan (30 tadan jami 60 ta savol)
● 3 ta majburiy fan (10 tadan jami 30 ta savol)
➡️ Umumiy test sinovlarini yechish uchun jami 3 soat vaqt beriladi.

Belgilangan minimal o'tish bali 129 ballni tashkil etadi.

O'qishni ko'chirish imtihonlarida yetarli ball to'play olmasangiz super-kontraktning asosida "perevod" qilishingiz mumkin va u quyidagicha bo'ladi:


o‘tish baliga 1,05 ballgacha yetmasa bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
1,06 balldan 2,05 ballgacha — 2 barobari;
2,06 balldan 3,05 ballgacha — 2,5 barobari;
3,06 balldan 4,05 ballgacha — 3 barobari.

Undan ko'proq ball yetmay qolsa, yo'nalishlarga qarab quyidagi summalarni to'lab o'qishni ko'chirish imkoniyati ham mavjud:
https://www.tg-me.com/Talimgaoid_perevod/4280

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥1👏1
⚡️Tibbiyot yo'nalishlariga "super kontrakt" bekor qilinishi mumkin

So'nggi vaqtlarda xususiy klinikalarda noto'g'ri tashxis qo'yish hamda tibbiy bilimlarning yetishmasligi sababli o'lim holatlari ko'p kuzatilmoqda. Ayniqsa oddiygina burun operatsiyasi jarayonida bemorlarning halok bo'lish sonlari ortib borayotgani vaziyatning naqadar qo'rqinchli ekanligini oshkor qilib qo'ydi.

Yuqoridagi va bir qancha yana boshqa tashvishli sabablarga ko'ra, 2025/2026 o'quv yilidan tibbiyot ta'lim yo'nalishlari uchun "super kontrakt" bekor qilinishi kutilmoqda. Bundan tashqari tibbiyot sohasini bitirgan talabalar alohida maxsus imtihondan o'tolmasalar diplom berilmasligi ham joriy etilmoqda.

Avvalroq, SSV vaziri Amrullo Inoyatov tibbiyotda "super kontrakt"ni olib tashlash bo'yicha hukumatga taklif kiritganligi haqida aytib o'tgan edi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏19👍7🔥43
⚡️Yangi o'quv yilidan boshlab chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlariga sertifikat olish majburiy bo'ladi

2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

Ya’ni yangi o'quv yilidan boshlab qaysi yo‘nalishda chet tili birinchi fan (3,2 ball) bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga faqat sertifikati borlargina hujjat topshira oladi.

2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga koʻra chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati ilovada (rasm👆).

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🤣1
⚡️O'qishni ko'chirish jarayonlari boshlanishiga ham oz qoldi.

Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro'yxatdan o'tiladi:

➡️ transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga;
➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga.

Arizalar qachon beriladi?

● O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar har yili 15-iyuldan 5-avgustgacha beriladi.
● Arizalar har yili 5-avgustdan 30-avgustga ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:

■ Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;

■ Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.

O‘qishini ko‘chirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

● ko‘chirishni istagan ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;
● reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxalari;
● ichki perevod bo'lsa asoslantiruvchi hujjat;
● pasport yoki ID nusxasi.

Quyidagi holatlarda o‘qishni ko‘chirish arizalari rad etilishi mumkin:

akkreditasiyaga ega bo‘lmagan xorijiy OTMda yoki ularning filiallarida o‘qiganlar;
mavjud ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shaklida o‘qiganlarga;
OTMning markazlari, bo‘limlari, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalarda o‘qiganlarga;
1-kurs 1-semestrni tugatmasdan o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lganlar;
OTMda mos ta’lim yo‘nalishi yoki shakli bo‘lmaganida, fanlar bo‘yicha farqlar 4 tadan oshganda;
kontrakt asosida o‘qiyotganlar to‘lovni o‘z muddatida to‘lamaganda;
talabaning shaxsiy yig‘ma jildi o‘z muddatida berilmaganida;
grant bilan ko‘chirish uchun bo‘sh o‘rinlar bo‘lmaganida;
OTM moddiy-texnika bazasi imkoniyati cheklanganda;
maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yo‘nalishiga, boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘rirmoqchi bo‘lganda;
kechki ta’limdan sirtqi ta’limga hamda kechki ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga;
talaba O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilinib qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan bo‘lsa.

➡️Grant asosida o‘qishni ko‘chirish uchun faqat grantda o‘qiyotgan talabalar ariza berishi mumkin hamda ariza berilgan OTMning joriy yildagi qabul kvotasida grant o‘rinlar mavjud bo‘lishi kerak.

➡️Ko‘zi ojizlar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ajratilgan kvotada grant asosida o‘qiyotganlar o‘qishi granti asosida ko‘chiriladi.

➡️Xorijiy OTMdan o‘qishni O‘zbekiston OTMlariga ko‘chirmoqchi bo‘lganlar maxsus sinov (test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida) topshiradi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍115🤩149🥰8🔥6🎉6💯1
#sertifikat_natija

⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

📝 2025-yil 19–20-aprel kunlari o‘tkazilgan ona (o‘zbek, qoraqalpoq va rus) tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

❗️ Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#abituriyent

📌 5 yil staji bor xotin-qizlarga tavsiyanoma olish uchun ariza berish 31-maygacha (shu kuni ham) davom etadi

Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo'lishlari lozim.

📝 Talabgorlar joriy yilning 31-mayiga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) xotin-qizlar bo‘limlariga murojaat qilishlari kerak.

BU MUHIM: tavsiyanoma oldim, degani o‘qishga kirdim, degani emas. Buning uchun siz yetarli darajada balandroq ball to‘plashingiz ham kerak. Ushbu tavsiyanomani olgan xotin-qizlar mabodo o‘qishdan yiqilsa, yana bir marta imkoniyatga ega bo‘ladi va barcha yiqilgan tavsiyanomalilar orasida 500 ta o‘rindan biri orqali kontraktga o‘qishga kirishi mumkin.


❗️ESLATMA: 2023 hamda 2024-yillarda tavsiyanoma olgan, lekin o‘qishga kira olmagan xotin-qizlar yana hujjat topshirishi shart emas. Oxirgi 2 yilda olingan tavsiyanoma haliyam kuchga ega, o‘sha bilan topshirishlari mumkin.

❗️2022-yilda berilgan tavsiyanomalar muddati tugadi, ular yangi tavsiyanoma olishi kerak.

‼️ESLATMA-2: O‘tgan yillarda tavsiyanoma olib, o‘qishga kirganlarning tavsiyanomasi esa o‘z kuchini yo‘qotgan, yaʼni kuygan bo‘ladi.

ℹ️ Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi;
tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi;
o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.

Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi.

❗️Tavsiyanoma ball qo‘shib bermaydi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍5🔥1
2025/07/13 02:28:19
Back to Top
HTML Embed Code: