Telegram Web Link
⚡️Rasman: O‘zbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun, juma kuni nishonlanadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi qoshidagi Fatvo markazining ma’lum qilishicha, Zulhijja oyining birinchi kuni bugun — 28-may, chorshanbaga to‘g‘ri keldi.

Hijriy-qamariy yil hisobi bo‘yicha Zulhijja oyining 10-kuni Iydul Azho – Qurbon hayitining birinchi kuni hisoblanadi.

Shunga ko‘ra, joriy yilda O‘zbekistonda Qurbon hayitining birinchi kuni 6-iyun, juma kuni nishonlanadi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤‍🔥21
⚡️ 2025-yilgi qabuldagi asosiy yangiliklar!

🇺🇿 Prezidentning 2025-yil 5-maydagi PF-76-son Farmoni bo‘yicha eng ko‘p berilgan savollarga javoblar


Sirtqi ta’lim shakli yopiladimi?

JAVOB: Joriy 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab barcha ta’lim tashkilotlari (davlat va nodavlat)da sirtqi ta’limga qabul to‘xtatiladi.

Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar taqdiri nima bo‘ladi?

JAVOB: Ular amaldagi ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘z o‘qishlarini davom ettirib, diplom olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Sirtqi ta’lim o‘rniga qanday muqobil ta’lim shakllari joriy qilinmoqda?

JAVOB: Sirtqi o‘rniga kechki, masofaviy va maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time education) ta’lim shakllari bo‘yicha qabul kvotalari oshiriladi.

Muqobil ta’lim shakllariga qabul qanday amalga oshiriladi?

JAVOB: Muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy qabul kvotasi kunduzgi ta’lim shakli natijalarining 50 %idan oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time education) ta’lim shakli qanday va qachondan yo‘lga qo‘yiladi?

JAVOB: Bu yangi ta’lim shakli bo‘lib, ish bilan band aholi uchun haftaning ma’lum kunlarida taqdim etiladigan o‘qish turi hisoblanadi. Ushbu ta’lim shakli bo‘yicha o‘qitishga tegishli nizom va tartiblar ishlab chiqilgandan so‘ng ruxsat beriladi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍96
⚡️O'qishni ko'chirish bo'yicha bu yil quyidagi platformalar orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tiladi

15-iyuldan 5-avgustga qadar:

👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'qishni ko'chirishda milliy yoki xalqaro sertifikatlar imtihondan ozod etadimi?

O'qishni ko'chirish imtihonlarida milliy yoki xalqaro sertifikatlar hech qanday maksimal ball bermaydi hamda boshqa turdagi imtiyozlar ham amal qilmaydi.

📹 Batafsil videoda ma'lum qilingan.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍2👏2
⚡️Ham perevod uchun, ham abituriyent bo'lib oliygohga hujjat topshirish mumkin

O'qishni ko'chirmoqchi bo'lgan talaba oliygohga abituriyent bo'lib ham hujjat topshirishi mumkin.


🖊 Buning uchun, 15-iyun va 15-iyul oralig'ida my.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent sifatida oliy ta'lim muassasasiga hujjat topshirishi mumkin va saytga diplom yoki attestat raqamini kiritishi kifoya. Agarda ushbu hujjatni oliygohiga topshirgan bo'lsa raqamini bilmasa taxminan noto'g'ri raqam kiritsa ham bo'laveradi.

➡️15-iyul sanasidan boshlanadigan o'qishni ko'chirish uchun qabul jarayonida ham tegishli sayt orqali "perevod" uchun hujjat topshirishi imkoniyatiga ega. Bunda transkript yuklansa kifoya.

Abituriyent va "perevodchilar" uchun test bir xil vaqtda bo'lmasligi sababli bemalol imtihonga kirib chiqishi va muvaffaqqiyatli o'tganidan so'ng, keyinchalik o'z xoxshiga ko'ra birini tanlashiga to'g'ri keladi.

⚠️Bir vaqtda ikki xil jarayonga hujjat topshirish ta'qiqlanmagan va bu keyinchalik talabaga hech qanday muammo tug'dirmaydi. Ammo bir vaqtning o'zida ikkita oliy ta'limda o'qish imkoniyati mavjud emas.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍4❤‍🔥21
#Kerakli_hujjatlar

⚡️O'qishni ko'chirgan oliygohga taqdim etish lozim bo'lgan hujjatlar bilan tanishing

🖋 Barcha uchun umumiy (talabaga oid) hujjatlar:
1. O'rta ma'lumot to'g'risidagi attestat yoki diplom asli;
2. O'qishga qabul qilinganligi to'g'risida buyruqdan ko'chirma;
3. Kursdan-kursga o'tganligi to'g'risida buyruqdan ko'chirma;
4. Talabalar safidan chetlashtirilganligi to'g'risida buyruqdan ko'chirma;
5. Akademik ma'lumotnoma yoki transkript;
6. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatdan nusxa;
7. 3x4 rasm 4 nusxada.


👩‍👩‍👦 Turmush qurish sababli o'qishini ko'chirayotgan talabalar uchun qo'shimcha hujjatlar:
1. Turmush o'rtog'ining shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
2. Turmush o'rtog'ining doimiy yashash joyi to'g'risida ma'lumotnoma (my.gov.uz yoki DXM dan olingan versiyasi QR-kodli);
3. Nikoh guvohnomasi.


👮‍♂Davlat xizmatchisining ish joyi o'zgarayotganligi sababli o'qishini ko'chirayotgan talabalar uchun qo'shimcha hujjatlar:
Davlat xizmatchisi ota yoki ona bo'lsa:
Ota-onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
Talabaning tug'ilganlik haqida guvohnomasi (haqiqatdan farzandi ekanligini aniqlash uchun);
Ish joyi o'zgarganligi to'g'risida tegishli vazirlik ma'lumotnomasi (yo'llanmasi);

Davlat xizmatchisi turmush o'rtog'i bo'lsa:
Turmush o'rtog'ining shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
Nikoh guvohnomasi;
Ish joyi o'zgarganligi to'g'risida tegishli vazirlik ma'lumotnomasi (yo'llanmasi).


⚠️ Eslatma: talaba tomonidan qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlangan taqdirda, o'qishi ko'chirilishi rad etilishiga asos bo'ladi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👏4👍3🔥1
⚡️Qabul boshlanishiga 1 hafta qoldi

Prezident farmoniga ko‘ra, o‘tgan yildan boshlab qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣ Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan oliygohni tanlaydi;

Ya’ni birinchi bosqichda universitet yoki institut tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi xolos. "Men Yuridik universitetga topshirdim, men Tibbiyot akademiyasiga topshirdim" degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi.

Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.

2️⃣ Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaysi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi.

O‘qishga kira olmaganlar nima qiladi?

Mabodo abituriyentlar oliygohlarga kira olmasa, unda testda to‘plagan bali bilan kollej va (yoki) texnikumni tanlashi mumkin. O‘qishga kira olmaganlar uchun kollej yoki texnikum tanlashga OTMlarga qabulning yakuniy natijasi (mandat) e’lon qilinganidan so‘ng yana 10 kun muddat beriladi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17
#Sõragan_edingiz

TRANSKRIPT - nima deganlar uchun maxsus foto

Ushu rasmdagi 1-kursni tamomlagan transkript ko'rsatilgan. Katta kurslar uchun esa o'tilgan barcha semestrlardagi baholar aks etishi talab etiladi.

☝️ Eslatib o'tamiz, o'qishni ko'chirishda transkript yoki reyting daftarchasi (zachotka) topshirish majburiy hisoblanadi.

O'qishni ko'chirishga doir xabarlar:
@Talimgaoid_perevod
3
🏛 Ayni vaqtda O‘zbekistonda jami 201 ta oliygoh faoliyat yuritmoqda

📊 Hududlar kesimida oliy ta’lim tashkilotlari soni quyidagicha (ro‘yxat o‘sib borish tartibida):

📍 Navoiy viloyatida 3 ta;
📍 Sirdaryo viloyatida 3 ta;
📍 Jizzax viloyatida 5 ta;
📍 Surxondaryo viloyatida 6 ta;
📍 Namangan viloyatida 7 ta;
📍 Xorazm viloyatida 8 ta;
📍 Andijon viloyatida 9 ta;
📍 Qashqadaryo viloyatida 9 ta;
📍 Farg‘ona viloyatida 9 ta;
📍 Buxoro viloyatida 10 ta;
📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasida 11 ta;
📍 Samarqand viloyatida 14 ta;
📍 Toshkent viloyatida 16 ta;
📍 Toshkent shahrida 91 ta.

📌 Ushbu ma’lumotlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining stat.edu.uz axborot platformasidan olingan bo‘lib, u real vaqt rejimida yangilanib boriladi.

Ma’lumot uchun: Milliy statistika qo‘mitasining xabarida 2024/2025-o‘quv yili boshidagi holatga ko‘ra 222 ta OTM mavjudligi qayd etilgan.


O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
⚡️Qurbon hayiti munosabati bilan 6-7-iyun dam olish kunlari deb e'lon qilindi

Prezident qarori bilan 7-iyun (shanba) kuni olti kunlik ish haftasi tartibi bo‘yicha ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

Demak, talabalar uchun ham 6-7-iyun kunlari dam olish kuni bo'lib, 5-iyun payshanba haftaning so'nggi o'qish kuni hisoblanadi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🔥1
⚡️Sirtqi ta'lim yopilgan bo'lsa, o'qishni ko'chirish tartibi qanday bo'ladi?

Xabaringiz bor, 2025/2026 o'quv yilidan barcha ta'lim yo'nalishlari uchun sirtqi ta'lim shakli butkul yopildi. Bu o'z navbatida o'qishni ko'chirishga oid savolni o'rtaga tashlaydi.

Xo'sh endi sirtqi ta'limga o'qishni ko'chirish mumkinmi?

Ha albatta mumkin. Sirtqi ta'lim yopilishiga oid farmon yangi qabul qilinuvchi abituriyentlarga taalluqli bo'lib, o'qishni ko'chiruvchilar uchun hozircha qisman taalluqli emas, ya'ni quyidagilar mumkin:

Xorijdan sirtqi ta'limga o'qishni ko'chirish;
Nodavlat oliygohdan davlat oliygohiga sirtqiga o'qishni ko'chirish;
Davlat oliygohining biridan boshqasiga sirtqiga o'qishni ko'chirish (uzrli sabab bilan);
Nodavlat oliygohlarning biridan boshqadiga sirtqiga o'qishni ko'chirish;
Bir oliygoh ichida sirtqi ta'limga o'qishni ko'chirish;
Bir oliygoh ichida kunduzgi ta'limdan sirtqi ta'lim shakliga ko'chirish.

Agarda, o'qishni ko'chirish jarayonida fanlar farqi ko'p chiqishi natijasida 1-kursga qabul qilinish ehtimoli yuzaga kelsa, ana unda sirtqi ta'lim shakliga ko'chirishga ruxsat etilmaydi, majburiy ravishda boshqa ta'lim shakliga ko'chiriladi.

Soddaroq tushuntirsak, bu yilgi o'qishni ko'chirishda 2-3-4-5 kurslar bemalol sirtqi ta'limga "perevod" qilishlari mumkin. Faqatgina fanlar farqi sababli 1-kursga tushib qolish ehtimoli yuzaga kelmasagina.

❗️Izoh: Agarda bu bo'yicha alohida cheklovchi huquqiy hujjat qabul qilinmasa, yuqoridagi tartibda bemalol o'qishni ko'chirishingiz mumkin.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍1🔥1👏1🕊1🏆1
✔️ Rasman: Qizlar uchun Grantga tavsiyanoma berish boshlandi

— Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida ajratiladigan o‘rinlar uchun tavsiyanoma olish maqsadida talabgorlardan arizalar 30-maydan 8-iyunga qadar tavsiyanoma.ijro.uz ( https://xotin-qizlar.uz ) platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

Tavsiyanoma kimlarga beriladi


• Kam ta’minlangan oila farzandi bo'lgan qizlarga;
• Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila qizlariga;
• Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga;
• 14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlariga;
• Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlarga;
• Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarga.


Tavsiyanoma egalariga qachon yetkaziladi?

Arizalar 10-iyungacha ko‘rib chiqiladi va 14-iyungacha elektron shaklda tayyor qilinadi. 15-iyungacha tavsiyanomaga loyiq ko‘rilgan hamma talabgorga o‘z tavsiyanomasi yetkaziladi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11
⚡️Mana shunaqa vaziyatga tushib qolgan talabalar ham kam emas

Oilaviy sharoitingiz u qadar yaxshi bo'lmasa yoki kursingiz pasaysa o'qishni ko'chirmaslik siz uchun afzalroq bo'lsa, bu ishni ertaroq qiling.

O'qiyotgan joyingizga ariza yozishdan avval "perevod" qilgan joyingizdan kursingiz va fanlar farqi uchun qancha summada kredit chiqishini hisoblatib, ana undan keyin qolgan ishlarni bajaring.

Afsuski ushbu murojaatdagi talabada ayni vaqtda shuncha kredit va kontrakt to'lovini amalga oshirishdan boshqa chorasi yo'q.

🤝 Hamkorlik

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7
⚡️O'qishni ko'chirish uchun o'tish ballari

Xorijdan va nodavlat oliygohlardan davlat OTMlariga o'qishni ko'chirish avgust oyida test asosida bo'lib o'tadi.

Mana shu test jarayonlarida o'qishni ko'chirish uchun har bir ta'lim yo'nalishlari uchun o'tish ballari alohida tasdiqlangan. Ushbu rasmda ta'lim sohalar kesimida "perevod" qilish uchun qancha o'tish bali to'plash kerakligi ko'rsatilgan.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16
⚡️ Qo‘ng‘irotboy Sharipovning bolaligi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov 1963-yil 24-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida tugʻilgan.

Qo‘ng‘irotboy Sharipov bolaligini shunday eslaydi:

— Katta oilada o‘sganman. 10 ta farzandning beshinchisiman. Otam davlat xizmatchisi bo‘lgan, shunga tarbiyamiz bilan onam shug‘ullangan.

O‘ynashga vaqtimiz bo‘lmasdi. Maktabdan keyin chorva, tomorqa zimmamizda edi. Kitob o‘qish, dars qilishimizni dam olishdek
qabul qilardik.


O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍
@Talimgaoid_perevod
6👍5🔥1
O'qishdan chetlashtirilgan talabalar ham "perevod" qilishi mumkinmi?

✔️ Xorijiy davlatlarda va Respublikamizdagi nodavlat oliygohlarda tahsil olayotgan ayrim talabalar o‘z vaqtida to‘lov-kontrakt pulini to‘lamaganligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘qishidan chetlatilgan holatlar yo‘q emas. Ushbu toifadagi talabalar ham o‘qishini davlat OTMlariga ko‘chirishi mumkinmi?

🗂 Buning uchun talabadan o‘qigan davri ko‘rsatilgan transkripti (yoki akademik ma’lumotnoma) hamda talabalar safidan chetlatilganligi to‘g‘risida buyruq kerak bo‘ladi. Ushbu hujjatni o‘qishni ko‘chirish arizasiga ilova qilgan holda imtihonlarda bemalol ishtirok etishi mumkin. Bunda huquqiy tomonlama hech qanday cheklov mavjud emas.

Shuningdek, o‘qishdan chetlatilgan talabalar o‘qishini qayta tiklash muddati quyidagicha belgilangan:

5 yilgacha — rektor buyrug‘i bilan;
5 yildan 10 yilgacha — tegishli vazirlik yoki idora qarori asosida;
10 yildan ortiq — idoralararo komissiya qarori bilan.


Ushbu tartib 2017 yil 20 iyundagi Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga asoslanadi.


🔔 Xulosa qilib shuni aytish mumkin-ki, o‘qishdan chetlatilgan talabalar ham Respublikadagi davlat oliygohlariga o‘qishini ko‘chirishi mumkin.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍3🔥1👏1🤬1🎃1
⚡️Diqqat: Endilikda faol obunachilar moddiy rag'batlantiriladi!

"Ta'limga oid (perevod)" telegram kanalining muhokama guruhi (@Qabulga_oid)ga do'stlarini taklif etish orqali faol bo'lgan obunachilar moddiy rag'batlantirib boriladi.

Endilikda siz kanalimizga biriktirilgan @Qabulga_oid muhokama guruhiga do'stlaringizni taklif etish hamda xabarlarga o'z fikr va mulohazalaringizni yozib qoldirishingiz orqali hafta oxirida kanal ma'muriyati tomonidan moddiy rag'batlantirilasiz.

Hafta yakunida eng faol deb topilgan obunachilar guruh statistikasi hamda maxsus bot yordamida aniqlanadi hamda moddiy rag'batlantiriladi.

🖋 Qoidalar:

Do'stlar taklif etishingiz yuqori ustunlik beradi;
Guruhda emas, faqat kanaldagi post izohlariga yozilgan izohlar hisoblanadi.;
Chat shaklidagi yoxud shunchaki son uchun yozilgan ma'nosiz izohlar hisoblanmaydi;
Qancha ko'p odam qo'shish bu keyingi tanlov summasi oshib borishiga xizmat qiladi;
G'oliblar hamda rag'batlantirsh faktlari e'lon qilib boriladi.

Barchaga omad tilagan holda faollikka chorlab qolamiz! Qani boshladik!

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍135🔥3🤣2🥰1👏1😁1🎉1
⚡️Rasman: Qurbon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi

Andijon viloyati – 05:00
Namangan viloyati – 05:00
Farg‘ona viloyati – 05:00
Toshkent viloyati – 05:10
Toshkent shahri – 05:10
Sirdaryo viloyati – 05:20
Jizzax viloyati – 05:20
Samarqand viloyati – 05:20
Surxondaryo viloyati – 05:25
Qashqadaryo viloyati – 05:25
Navoiy viloyati – 05:30
Buxoro viloyati – 05:30
Xorazm viloyati – 05:45
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 05:50


O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8💘1
Bakalavr_turdosh_2024.pdf
1.8 MB
⚡️Turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati – eng so'nggisi

Ushbu faylda balalavriat ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori bo‘yicha turdosh taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati keltirilgan.

O'qishini ko'chirmoqchi bo'lganlar ushbu ro'yxatdan foydalanishlari tavsiya etiladi. Yo‘nalishlar jami 32ta turdosh guruhlarga ajratilgan.

Bir guruhda bo'lgan ta'lim yo'nalishlari o'sha guruhdagilar uchun turdosh hisoblanadi va biridan boshqasiga o'qishni ko'chirish mumkin.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
52👍2🔥1👌1
⚡️Rasman: Oylik, pensiya, stipendiya va nafaqalar oshiriladi

Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.


Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-iyuldan pensiya va nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari 10 foizga oshiriladi.

Bunda:
🔹 yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 918 000 so‘m;
🔸 nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 012 000 so‘m;

✔️ kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
🟢3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun – 360 000 so‘m, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun – 275 000 so‘m;
🟢oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha – 165 000 so‘m;
🟢oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha – 110 000 so‘m;
🟢kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 420 000 so‘m etib belgilandi.

🗓 2025-yil 1-avgustdan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi.

🗓 2025-yil 1-iyuldan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 471 000 so‘m etib belgilandi.

🗓 2025-yil 1-avgustdan:
🔹mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 271 000 so‘m;
🔸bazaviy hisoblash miqdori – 412 000 so‘m etib belgilandi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

🌍 @Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11
2025/07/12 20:40:33
Back to Top
HTML Embed Code: