Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Bu kitob sizni tarbiyalaydi!
Ushbu kitobda men anchadan beri qidirib yurgan shaxsiy erkinlik boʻyicha savolimga javob bor. Menga ta'sir qilgan bu asar, sizga ham albatta foydali boʻladi degan umiddaman. Shaxs oʻlaroq ham erkin, ham rivojlangan boʻlishimiz uchun bu kitob javonimizda boʻlishi kerak.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥8🤩5👍32
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
– Ustozim! Ishlarim ko‘payib ketgani uchun hech kitob o‘qiy olmayapman. – Kitob o‘qimaganing uchun ishlaring ko‘payib ketgan! (Suratda nashrga tayyorlanayotgan kitob.) Buyurtma berish @TaskinKitob Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari…
Sovuq kunda "qaynoq" yangilik🥰
"Odamlar nima deydi?" kitobi hukmingizga havola etiladi!

Kitobdan parcha:
Imtihon savollarining tarqab ketishi muvaffaqi yatga erishildi degani emas. Masalan: qabr savollari ham tarqab ketgan, biroq odamlar baribir imtihondan yiqilmoqda...



Yumshoq muqova 126 sahifa, 25ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍24🤩6🔥51🥰1
G'oliblikni qisqichbaqadan o'rganish kerakligini bilasizmi? Qanchalik hayratlanarli eshitilmasin, bu haqiqat. Kanadalik psixolog Jordan Piterson o'zining "Hayot uchun 12 qoida" nomli bestsellerida bu va boshqa haqiqatlarni tushuntiradi. Mazkur kitobda ishonchli do'st, fahmli turmush o'rtoq, oqil ota-ona va kuchli inson bo'lish hamda qanday xatolar qilmaslikka oid maslahatlar mujassam. Ushbu maslahatlar oldinga yurish, qiyinchiliklarni yengish va mazmunli yashashga yordam beradi.

“Hayot uchun 12 qoida” kitobida kanadalik taniqli psixolog Jordan Piterson do‘stlik, ta’lim, tarbiya, oila va jamiyat to‘g‘risidagi mulohazalarini bildiradi hamda bu mulohazalar asosida hayotimizni yanada mazmunli qiladigan tavsiyalarini ilgari suradi.

Qattiq muqova, 430 sahifa, 90ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥7👍5😢5👏3🤩2
Dostoevskiy asarlari bir to‘plamda:
Jinoyat va jazo 65ming
Qimorboz 32ming
Telba 45ming
Xo‘rlanganlar va haqoratlanganlar 50ming
Oydin tunlar 30ming
Iblislar 69ming

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥13🤩6👍3👏32
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Sovuq kunda "qaynoq" yangilik🥰 "Odamlar nima deydi?" kitobi hukmingizga havola etiladi! Kitobdan parcha: Imtihon savollarining tarqab ketishi muvaffaqi yatga erishildi degani emas. Masalan: qabr savollari ham tarqab ketgan, biroq odamlar baribir imtihondan…
Bir ayol 20 dinor pulini yoʻqotib qoʻyib, koʻchaga quyidagicha eʼlon ilib qoʻydi:

“Men 20 dinor pulimni yoʻqotib qoʻydim. Kim uni topib olsa, falon manzildagi falon xonadonga qaytarsin, chunki maoshim oz boʻlgani uchun pulga juda muhtojman. Hozir yeyishga nonim ham yoʻq”.

Bir kishi “Men oʻsha pulni topib oldim” deb, hamyonidan 20 dinor pulni chiqarib, oʻsha xotin yashaydigan manzilga bordi. Pulni olgan xotin yigʻlab yuborib, “Oʻgʻlim, sen oʻsha pulni topib oldim deb kelgan oʻn ikkinchi kishisan”, dedi.

"Odamlar nima deydi?" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢47👍19🔥162🤩1
Behuda umr

Bir kishi tush ko‘rdi va uyg‘onganidan so‘ng tushining ta'birini bilish uchun ta'birchining yoniga bordi.

Ta'birchi u kishiga "Avval uyqudan uyg‘on" deb javob berdi.

Jubron Xalil Jubronning “Kesik qanotlar” kitobidan.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👏14🔥85👍5😁2
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Sovuq kunda "qaynoq" yangilik🥰 "Odamlar nima deydi?" kitobi hukmingizga havola etiladi! Kitobdan parcha: Imtihon savollarining tarqab ketishi muvaffaqi yatga erishildi degani emas. Masalan: qabr savollari ham tarqab ketgan, biroq odamlar baribir imtihondan…
"Avliyolar sultoni" deya ulug‘langan Shayx Abdulqodir Jiyloniyning ushbu risolalar to‘plami "musulmonman" degan har birimizga hayotiy qo‘llanma bo‘la oladi. Haqiqiy mo‘min dunyoni qalbiga qarorgoh, o‘ziga maskan qilmaydi. Umri qisqa, neʼmatlari o‘tkinchi bu dunyo havaslariga aldanib qolmaydi. Mo‘minning har bir amali Alloh taolo roziligi yo‘lida bo‘ladi, bandalari esa baʼzan ilmsizligi, baʼzan munofiqligi sabab o‘z amallarini insonlarga ko‘z-ko‘z qilib gunohkor bo‘ladilar. Ushbu qisqa va lo'nda bayon etilgan risolalar Allohning rahmatidan umidvor bandalarning ko‘p savollariga javob berishiga aminmiz.

Yumshoq muqova, 110 sahifa, 19ming
Buyurtma berish: @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍134🤩3🥰2😢2
Markaziy Osiyoning bugungi xaritasini chizib bergan “Katta oʻyin” haqida eshitganmisiz? Bu mintaqadagi xonliklarni oʻziga vassal va mustamlakaga aylantirish uchun ikki qudratli imperiya — Chor Rossiyasi va Britaniya oʻrtasida kechgan kurash “Katta oʻyin”ga asos boʻldi. Ushbu kitob mintaqada qariyb bir asr davom etgan siyosiy oʻyinlar, gilam osti diplomatiyasi, qonli janglar va katta hududni oʻz taʼsiri doirasiga tushirish uchun xalqaro bosim haqida qiziqarli tilda hikoya qiladi. Hikoya boʻlganda ham voqealarni oʻz koʻzlari bilan koʻrgan shohidlarning hikoyalari.
Geosiyosiy bir oʻyin tarzida kechgan bu kurashda tomonlar kim koʻproq va kattaroq hududni egallash payida edi. Chor Rossiyasi Hindistonga chiqish, inglizlar tasarrufidagi hududni oʻziniki qilishni koʻzlasa, Britaniya bunga goh bufer davlatlar yaratish, goh Hindiston mulki chegaralarini kengaytirish orqali qarshi turadi.

Yumshoq muqova, 744 sahifa, 80ming
Buyurtma berish: @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍10👏75🎉1
Ushbu asar o‘tmishidan voz kechib kelgan bir o‘smirning hikoyasidir. Yo‘lini yo‘qotgan, turli xil savollar girdobida qolgan, suz tinglamas va isyonkor bir yosh niholning... Sahifalarni varaqlab o‘qiy boshlaganingizda bu hikoyaning haqiqatan ham hayotda ro‘y berganligiga ishonch hosil qilasiz. O‘zingizni bir onda hayrat va hayajon ichida ko‘rasiz. Yaʼni, har bir jumlasi yuragingizga qadar qadaladi. Taʼsirchan tuyg‘ularga boy voqealar rivoji sizni xayollar domiga olib ketadi.

Ushbu hayotiy asarni o‘qish orqali sizga berilgan umrni yana ham go‘zal yashashga harakat qilasiz. Bu kabi hislar og‘ushida kitob tugagunga qadar uni qo‘lingizdan qo‘ymaysiz. Va nihoyat, so‘ngida «Bunday nihoya topmasligi kerak edi» deya hayratga tushasiz.

Yumshoq muqova, 256 sahifa, 35ming
Buyurtma berish: @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍173🎉1
Remark asarlaridan parchalar:
Nima sababdan hozirgi yoshlar juda g‘alati? Tarixdan nafratlanasiz, bugunni mensimaysiz, kelajakka esa befarqsiz. Bu oxir-oqibat yaxshilikka olib kelmaydi.

Baxt haqida besh daqiqa so‘zlash mumkin, undan ortiq emas. Sen o‘zingni baxtliligingdan ortiq hech nima deya olmaysan. Baxtsizlik haqida esa insonlar tongdan kun botgunga qadar so‘zlab berishlari mumkin.

Inson o‘z aqlini ko‘z-ko‘z etayotganini ko‘rishdanda zerikarliroq tomosha yo‘q. Ayniqsa, zarracha ham aql yo‘q bo‘lsa.

Uch og'ayni _ Jannatdagi soyalar _ Lissabondagi tun _ Qarzga olingan umr _ G'arbiy frontda o'zgarish yo'q


Buyurtma berish: @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥11👍9😢3👏21
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
"Safar" Adam O‘zkosa Gʻarbning pozitivistik bilim tushunchasi dunyoga na ilohiy va na insoniy biror gʻoya bera oldi. Bu holat insoniyatni sekin asta oʻz joniga qasd qilish falokatiga yetakla(y)di. Bunday falokatlardan qutulishning imkoni, bilim va donolikni…
Minorai Kalon 1127-yilda Qoraxoniylar hukmdori Arslon Xonning buyrug‘i bilan barpo qilingan. Mo‘g‘ullar tomonidan bosib olingan Buxoroning har yerini vayron qilgan Chingizxon nima uchun bu minoraga tegmaganining qiziq hikoyasi bor. Shaharga kirib bo‘lgach, otda o‘tirgan holda Minorai Kalonga qarayotgan Chingizxonning dubulg‘asi yerga tushib ketadi. Bu ishning ilohiy ogohlantirish deb bilgan Chingizxon Buxoroni talon-toroj, vayron qilinishi buyrug‘ini berayotib, Minorai Kalonga aslo qo‘l tekkizilmasligini tayinlaydi.

"Safar" kitobidan.

Buyurtma berish: @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍9🔥4🥰31🎉1
Bir dirham yuz dirhamdan ustun keldi…
(Bir kishi bor yo’g’I ikki dirham puli bor edi, uning bir dirhamini sadaqa qildi. Boshqa bir kishining juda ko’p boyligi bore di, undan yuz dirham sadaqa qildi…)
Kimning himmati qorniga kiradiganga bo’lsa, uning qiymati qornidan chiqadigan narsachalik bo’ladi…

Modomiki, olim kishi bozorda sotuvchilik qilib pul topishga majbur boʻlayotgan ekan, demak, u yashayotgan jamiyat maymunlar jamiyati ekan. Olimiga himmat qilmagan xalq maymun saviyasidagi xalqdir...

"Himmat mo'minning quvvati" kitobidan

Yumshoq muqova, 190 sahifa, 35ming
Buyurtma berish: @TaskinKitob


Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍18😢5🥰42🔥2
Bizga darveshning xirqasini kiydirib, bu din, deyishdi.
Buzuqlikka g‘arq etib, bu san’at, deyishdi.
Dinsizlikni o‘rgatib, ilm mana shu, deyishdi.
Tabaqalar kurashi bilan bo‘lib tashlab, bu ijtimoiy adolat, deyishdi.


Mustafo Mahmudning "Muhabbat madrasasi" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥12👍7🤩75😢4
Masalan, mehmon kelishidan avval uyimizni bir qator tartiblab chiqamiz, sababiga esa mehmonlar nima deydi? deya javob beramiz... Natijada barcha amalimizning mukofoti odamlarning nima deyishi bilan taqdirlanadi. Aslida esa bir musulmon o‘laroq "Mehmon atoyi Hudo" mehmonni Alloh yuboradi, uni odatdagidanda yaxshiroq holda kutib olishimiz Allohga xush keladi, deganimizda amalimizning mukofotini odamlarning so‘ziga emas mehribon Robbimizga qoldirgan bo‘lar edik!

Shayx Ali Tantoviyning "Odamlar nima deydi?" kitobidan.


Kitobning eng diqqatga sazovor jihati – 30 dan ortiq hikoya orqali umumbashariy va musulmonlarga xos muhim ijtimoiy muammolarni chuqur va ko'p qirrali yoritilishidir.
Kitobning asosiy qiymatli tomonlari:
- 30 dan ortiq hikoya orqali jamiyatdagi turli munosabatlar va muammolarni keng ko'lamda ko'rsatadi
- Umumbashariy muammalar bilan yonma-yon musulmonlarning ijtimoiy muammolarini ham chuqur tahlil qiladi
- Diniy va ijtimoiy kontekstda dolzarb mavzularni ochib beradi
Muallif kitobda o'zining boy hayotiy tajribasi va diniy bilimlaridan unumli foydalangani yaqqol sezilib turadi. Hikoyalar orqali o'quvchiga insoniy qadriyatlar, axloq va ma'naviyat haqida chuqur ibrat va naʼmuna bera oladi.
"Odamlar nima deydi" kitobi har bir o'quvchiga tavsiya etiladigan asardir. U o'quvchida o'z so'zlariga va boshqalar bilan muloqotga bo'lgan mas'uliyatni oshiradi, shuningdek, umumbashariy va musulmonlar orasidagi munosabatlarni chuqurroq tushunishga yordam beradi.


Yumshoq muqova 126 sahifa, 25ming
Buyurtma berish
@TaskinKitob

https://www.tg-me.com/Taskinkitoblar/2005

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
6👍6🔥4😢3👏2
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
https://telegra.ph/Ozorlarni-yuving-03-19
«Alloh» so‘zining aql bovar qilmas sirlari


Niderlandiyalik psixolog Vander Hoven Kur’on o‘qish va «Alloh» so‘zini takrorlash bemor va sog‘lom insonlarga qanday ta’sir qilishini kashf etganini e’lon qildi. Professor uch yildan bir qancha bemor ustida tadqiqotlar olib borib, hayratlanarli xulosalarga erishdi. Bemorlarning ba’zilarini musulmon emasligini, ayrimlari musulmon bo‘lsa-da, arab tilini bilmasligini ta’kidlagan Hoven kasallariga «Alloh» so‘zini o‘rgatganini aytadi. Natija esa nihoyatda mukammal bo‘lganini, ayniqsa, ruhiy ziqlik va qon bosimi ko‘tarilishi (xafaqon) bilan og‘riganlarda yaxshi natijaga erishgani ma’lum bo‘ladi.
Professor Xoven "Alloh" kalimasidagi harflar bemorlar ruhiyatiga ta’sirini shunday izohlaydi:

«Alloh» so‘zining ilk harfi bo‘lgan «Alif» nafas yo‘llari tizimidan sirg‘alib chiqadi va nafas olishni izga soladi.
"Lom" harfi esa (arab tilidagidek talaffuz qilinganida) til bilinar-bilinmas tanglayning ust qismiga tegadi va jag‘ bir muddat shu muddatda turib qoladi («lom» harfi tashdidni olgani uchun).
So‘nggi harf «h» talaffuz qilinganida jigar va yurak o‘rtasida aloqa vujudga keladi va bu jarayon so‘nggida yurak urishi me’yoriga tushadi.
Bu izlanishni amalga oshirgan niderlandiyalik olim musulmon emas, lekin Islom ilmlariga qiziqqan va Qur’oni Karim sirlarini tadqiq qilgan. Bemor to‘shagida dard tortaëtgan insonning «Alloh!» deya ingraganiga ko‘pchiligimiz guvoh bo‘lganmiz. Biror musibatga yo‘liqqan insonning «Allohim!» deya xitob qilganini eshitmaganlar bo‘lmasa kerak.
Tutadigan shoxi qolmasa, boshi berk ko‘chaga kirsa, qo‘l uzatadigan insoni qolmasa, banda "Alloh" deya tinchlanadi. "Alloh" so‘zi hayotimizning asosiga aylanib ketganidan, har qanday holatda Alloh deymiz. To‘g‘ri yo‘lni topish, yaxshilikka erishish, uchun «Yo Alloh» deymiz. Shaytondan qochib, Allohdan panoh istaganda «A’uzu billah» deymiz. Har ishni «Bismillah» deya Uning nomi bilan boshlaymiz. Ne’matga munosib ko‘rsa, shukr qilamiz. Berganida ham, olganida ham «Alhamdulillah» deymiz. Hayratlanganimizda, «Mashaalloh» deymiz. Pushaymon bo‘lganimizda, «Astag‘firulloh» deymiz.
Sevinganimizda, «Allohu akbar» deymiz. Xafa bo‘lganimizda, «Inna lillah...» deymiz. Yuragimiz siqilganida «Subhanalloh» deymiz. G‘alaba qilganimizda «Nasrumminalloh» deymiz.
Rizq topganimizda, «Ar-rizqu lillah» deymiz. Orzu qilganimizda, «Inshaalloh» deymiz. Bir ishni bajarganimizda, «Biiznillah» deymiz. Mashaqqat oldida «La havla va la quvvata illa billah» deymiz.
Va’da berganimizda, «Vallohi va billah» deymiz. Bu qadar eslatmalar nuri qalbni yoritganida «E valloh» demaslik mumkinmi?..

«Iymon va huzun» kitobidan.


Yumshoq muqova, 25ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥12👍7🥰5😢32
Muvozanat qonuni _ Ey qizim


Bir kishi Tobein Maymun ibn mihron rohimahullohning qiziga sovchi bo‘lib keldi.
U kishi:
Qizimni senga ravo ko‘rmayman - dedi.
Sovchi:
Nega? - dedi .
Maymun:
Chunki qizim zebu-ziynat va kiyim-kechakni yaxshi ko‘radi - dedi.
Sovchi :
Menda unday narsalardan juda ko‘p - dedi.
Maymun :
Endi seni unga ravo ko‘rmayman - dedi.

Buning sababi, bu dunyoda barcha narsa "muvozanat qonuni"ga asoslangan. Ayol tabiatidan zebu-ziynatga o'ch bo‘ladi. Erkak esa "menda ko‘p" deb ayoliga istaganini beraversa oila muvozanati buziladi. Bunday erkak "boshqaruvchi" emas, "boshqariluvchi" demakdir. Aqlli ota, qiziga "boshqariladigan" emas, "boshqaradigan" erni ravo ko‘radi. Maymun ibn mehron ham qizi uni boshqaradigan emas, qizini boshqaradigan kuyov istagan edi. Chunki, ayol boshqargan oilada (boshqa ishlarda ham) hech qachon baraka bo‘lmaydi.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍16🔥9🥰5👏3😢1
Kofe yoki energetikni g‘aflat uyqusiga kuchi yetmaydi!

Jeyms Allen _ "Fikrlayotgan odam"


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🤩16👍9🔥72😁1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Masalan, mehmon kelishidan avval uyimizni bir qator tartiblab chiqamiz, sababiga esa mehmonlar nima deydi? deya javob beramiz... Natijada barcha amalimizning mukofoti odamlarning nima deyishi bilan taqdirlanadi. Aslida esa bir musulmon o‘laroq "Mehmon atoyi…
Mayitni hammolday koʻtarib kelib, masjid ostonasiga qadam qoʻya olmay koʻchada qolganlarni koʻrdik...
Farzi ayn boʻlgan ibodatga qoʻshilolmay, farzi kifoyaga “qoʻr toʻkib” saf tortganlarni koʻrdik...
Alloh baxtni istamas ekan, takbiri tahrima tugul, takbirga-da ogʻiz ocha olmas... Namoz oʻqish tugul, ostona hatlab masjidga ham kira olmas...
Bu baxtsizlikdir!

"Odamlar nima deydi?" kitobidan.


Yumshoq muqova, 124 sahifa, 25ming
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥21👍12🥰7👏1🤩1
"Safar" Adam O‘zkosa


Gʻarbning pozitivistik bilim tushunchasi dunyoga na ilohiy va na insoniy biror gʻoya bera oldi. Bu holat insoniyatni sekin asta oʻz joniga qasd qilish falokatiga yetakla(y)di. Bunday falokatlardan qutulishning imkoni, bilim va donolikni jamlagan, bilimga qadr-qiymat va ahamiyat bera olgan Islomdadir.
Kunimiz musulmonlari ishlab chiqaruvchilar emas, balki isteʼmol qiluvchilargina boʻlib qolishgan va bu holatni oʻzgartirish darkor. Bu masalaning yechimi – musulmonlar Islom madaniyatining yuksalish davridagi ruhiyat va tushunchaga takror qaytishlari kerak!!!

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥8🤩5👍4👏3🎉1
2025/07/11 22:08:19
Back to Top
HTML Embed Code: